6. Mavzu: Ongsizlik muammosi



Yüklə 20,16 Kb.
tarix15.02.2023
ölçüsü20,16 Kb.
#84389
6.Ongsizlik muammosi


6. Mavzu: Ongsizlik muammosi
Ongsizlik (psixologiyada) — ong ishtirokisiz sodir boʻladigan ruhiy jarayon va holatlar. Ongsizlik koʻpincha, badan harakatida, xotirasida, xayolida namoyon boʻladi. Real mavjud, lekin sezilmaydigan qoʻzgʻatgichlar vujudga keltiradigan javob taʼsirotlarida, asli ongi paydo boʻlib, takrorlanishi natijasida avtomatlashib ketgan harakatlarda va boshqa holatlarda roʻy beradi. Mas odam oʻz oʻyxayollariga choʻmgan holda uyiga qaytadi va har holda yoʻldan adashmasdan keladi. Agar u biror xavfni sezib qolsa, bu xavfning sababi va qandayligini hali anglamasdan turib ham, himoya harakatini qiladi. Bemor psixikasida vujudga keladigan alahlash, gallyusinatsiya kabi patologik hodisalar, uxlash, gipnoz vaqtida, lunatizm chogʻida yuz beradigan psixik faoliyat ham ongsizlik holatiga kiradi. Freyd ongsizlikni sof irratsionalistik tarzda talqin etadi. Uning fikricha, ong bilan ongsizlik oʻrtasida murosasiz qarama-qarshilik bor. Insonning butun xatti-harakati ana shu qarama-qarshilik bilan belgilanadi. Ongsizlikni odam anglashga va payqashga jurʼat etolmaydi, u insondagi azaliy mayllar maskanidir.
Ongsizlik muammosini o‘rganishga bag‘ishlangan ishlar salmog‘i kam bo‘lmasa-da, muammoning bir qator jabhalari ochiq qolgan. Fikrimizcha, zamonaviy psixologiyada eng qiziqarli tadqiqotlar A.V.Brushlinskiy tomonidan o‘tkazilgan. Muallif o‘zining “Sub’ekt psixologiyasi muammolari” nomli asarida insonning rivojlanish jarayoniga bog‘liq tarzda kechadigan onglilik va ongsizlikning o‘zaro aloqadorligi psixologiya fanining o‘ta murakkab hamda dolzarb muammosi bo‘lganligi bois, uzluksiz izlanishlar olib borish talab qilinadigan soha ekanligini ta’kidlaydi.
E.A.Kostandov ongsizlik psixofiziologiyasi muammolarini o‘rganar ekan, muayyan shart-sharoitlarda nutq bilan bog‘liq signallar ongsizlik darajasida qabul qilinishi va tahlil etilishi to‘g‘risidagi dalillarni keltiradi hamda insonning borliqni idrok qilishini boshqarishida anglanmagan kognitiv ustanovkalar roli mavjudligini ko‘rsatadi.
O.V.Naumenko, “arifmetik masalalar” ni yechish usulini qo‘llash orqali masalani yechish jarayoni to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini anglamay baholash kechishini o‘rgangan. U o‘zining kognitiv ongsizlik namoyon bo‘lishiga oid tadqiqotlarida hisoblash bilan bog‘liq masalalar yechimini topish vaziyatida sinaluvchilar ma’lum belgilangan vaqt oralig‘ida to‘g‘ri va noto‘g‘ri javoblar variantini anglamagan holda ajratishga qodir ekanliklarini isbotlaydi.
A.V.Brushlinskiy, N.V.Moroshkina arifmetik masalalarni yechish vaqtida anglanganlik va anglanmaganlik komponentlari implisit esda olib qolishning hisob operatsiyalarini amalga oshiruvchi anglanganlik nazoratining pasayishi hamda uning qonuniyatlari ta’limni tezlashtirishga turtki bo‘lishi mumkinligini aniqlaydi. Ongsizlikni tadqiq qilishda muallif o‘zidan oldin faoliyat ko‘rsatgan tadqiqotchilar kabi arifmetik masalalardan foydalangan.
A.V.Brushlinskiy metodikasiga asoslangan holda N.N.Pletenevskaya tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlarda fikrlash jarayonida onglilik va ongsizlikning o‘zaro ta’siri shuningdek, masalani yechish jarayonida verbal va sub’sensor aytib turishlarning ta’sirini o‘rganib, avval qo‘lga kiritilgan natijalarni yana bir bor tasdiqladi. Bizningcha, A.V.Brushlinskiy tomonidan tavsiya etilgan ongsizlikni o‘rganish metodikasi muallif tomonidan muvaffaqiyatli amalga oshirilgan va qiziqarli natijalar qo‘lga kiritilgan.
Shunga qaramay, fikrimizcha, katta hajmli axborotga ega intellektual masalalarni yechish vaqtidagi ongsizlikning ishtiroki kam o‘rganilgan, ongli qaror qabul qilishda ongsizlik samaradorligi qiyoslanmagan. Anglanmagan ustanovkalar barqarorligi va ularning qaror qabul qilishga ta’siri qisman o‘rganilgan. Shuningdek, anglanmagan ustanovkalar barqarorligining psixofiziologik tabiati va hokazolar hali to‘liq ochilmagan.
Tadqiqotning maqsadi – shaxsning intellektual faoliyatiga ongsizlik komponentlari ta’siri muammosini tadqiq etishdir.
Ongsizlik muammosi falsafiy hamda ilmiy-psixologik fikrlarda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun anglanmaganlik masalalari keyingi vaqtlarda zamonaviy tadqiqotlar predmeti bo‘lib bormoqda. Anglanmaganlik va uning ong bilan munosabatlarini o‘rganishga zamonaviy neyrofiziologiya, sun’iy intellekt tadqiqotlari, lingvistika, antropologiya va psixologiya ma’lumotlari hamda xulosalariga tayanuvchi fanlararo metodologiya jalb etilmoqda. Ongsizlik muammosining har tomonlama o‘rganilishi ong, kreativlik va fikrlash jarayonlarini tasvirlashda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Ma’lumki, intellektual kreativlik hozirgi kunda zamonaviy jamiyatning bebaho salohiyati sifatida qaralmoqda, tafakkurning rivojlanishi va shakllanishi esa nisbatan dolzarb bo‘lib alohida axamiyatga molik. Shu bilan bir qatorda psixologlar oldida tafakkurni nafaqat borliqni bevosita aks etttirish va umumlashtirishni xarakterlovchi insonning bilish faoliyati jarayoni sifatida, balki kompleks ko‘p rejaviy fenomen hamda o‘z ichiga anglanmaganlik kabi umumpsixologik komponentni qamrab oluvchi sifatida o‘rganish vazifasi turibdi. Tafakkurning anglanmaganlik kabi umumpsixologik komponenti orqali yondashuv faolligini orttirish zamonaviy jamiyat intellektual va kreativ salohiyatining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Yüklə 20,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin