6-mavzu: O‘nli kasrlar bilan tanishtirish metodikasi. Mavzuni o`rgatishga oid darslarning parchalarini o`tkazish Reja: O`nli kasrlar bilan tanishtirish.
Oddiy kasrni o`nli kasrga aylantirish.
O`nli kasrlar ustida amallar bajarish metodikasi.
Biz kasrlarning kelib chiqishi yangi o‘lchov birligiga o‘tish bilan bog‘liqligini ko‘rdik, kasr maxraji esa berilgan o‘lchov birligi necha qismga (ulushga) bo‘linganligini ko‘rsatadi. Hozir dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida birtiklarning metrik sistemasi amalda bo‘lib, bu sistemada yangi birliklar boshlang‘ich birliklarni yo 10, 100, 1000 va h. k. marta kamaytirish bilan, yoki 10, 100, 1000 va h. k. marta ko‘paytirish bilan hosil qilinadi. Masalan, 1km=1000m=1000000mm, 1t=1000kg=1000000g va boshqalar. Shuning uchun amaliyotda maxraji 10 ning darajasi bo‘lgan, ya'ni m /10 n ko‘rinishidagi kasrlar bilan ishlash juda qulaydir, bunda m va n — natural sonlar. Bunday kasrlar о 'nli kasrlar deyiladi. Agar birinchi kasrda verguldan keyin n ta raqam, ikkinchisida p ta raqam bo‘lsa (bunda n< p), bu kasrlarni bitta maxrajga keltirish uchun birinchi kasrning о'ng tomoniga p-n ta nol yozish yetarli. U holda ikkala kasrda verguldan keyingi raqamlar soni bir xil bo‘ladi, bu esa ular bitta maxrajga ega ekanligini bildiradi. Bir xil maxrajli kasrlarni qo‘shish va ayirish uchun ular suratlari ustida mos amallar bajariladi. Bu esa o‘nli kasrlarni qo‘shish va ayirishni natural sonlar ustida amallar bajarishga keltiradi. O‘nli kasrlarni qo‘shish qoidasi umumiy ko‘rinishda bunday ifodalanadi:
Ikkita o‘nli kasrni qo‘shish uchun:
1) bu kasrlarda verguldan keyin о 'nli raqamlar sonini tenglashtirish kerak, buning uchun zarur bo‘lsa, bu kasrlardan biriga о 'ng tomondan bir nechta nol yoziladi;
2) hosil bo‘lgan kasrlarda vergullarni tashlab yuborib, hosil bo 'lgan natural sonlar qo 'shiladi;
3) yig‘indida qo‘shiluvchilarning har birida nechta raqam ajratilgan bo 'lsa, shuncha raqam vergul bilan ajratiladi. O‘nli kasrlarni taqqoslash va ayirish qoidalari xuddi shunday chiqariladi.
Masalan, ikkita o‘nli kasrni taqqoslash uchun ularda verguldan keyingi о 'nli raqamlar sonini tenglashtirib, vergullar tushirib qoldiriladi va hosil bo‘lgan natural sonlar taqqoslanadi: 4,62517 > 4,623, chunki 4,623 = 4,62300; 462517 > 462300 bo‘lgani uchun 4,62517 > 4,62300.
Endi o‘nli kasrlarni ko‘paytirishni qaraymiz.
Ikkita o‘nli kasr ko‘paytmasini topish uchun:
a. bu kasrlar yozuvida vergullarni tashlab yuborish;
b. hosil bo 'lgan ikkita natural son ко 'paytmasini topish;
c. birinchi va ikkinchi ko‘paytuvchilarda birgalikda nechta raqam vergul bilan ajratilgan bo'lsa, kо'paytmada oxiridan shuncha raqamni vergul bilan ajratish kerak (ya'ni agar birinchi ko‘paytuvchida n ta raqam, ikkinchisida q ta raqam ajratilgan).