6-sinf 1-5-§ Darslikning birinchi bo'limida nimalar o'rganiladi?



Yüklə 7,44 Kb.
tarix22.12.2023
ölçüsü7,44 Kb.
#189422
6-sinf 1-5-§


6-sinf 1-5-§
1. Darslikning birinchi bo'limida nimalar o'rganiladi?
A) darslikning qisqacha mazmuni, atamalar, geografik xaritalar, atlaslar, globuslar o'rganiladi.
B) geografik qobiqning xususiyatlari, chegaralari, rivojlanish qonuniyatlari, vertikal va gorizantal tuzilishi o'rganiladi.
C) dunyo okeanining qismlari va ularning materiklar tabiatiga ta'siri o'rganiladi.
D) materiklarni o'rganish jarayonida mashhur dengizchilar, kashfiyotchi sayyohlar haqida malumot beradi.
2. Eng yirik tabiat kompleksiga nima kiradi?
A) geografik qobiq b) litosfera c) atmosfera d) gidrosfera
3. Qadimda yer yuzini ikkita yirik muhitga bo'lishgan. Qaysilar?
A) suvli muhit va quruqlik muhiti b) okeanlar muhiti va materiklar muhiti
c) suvli muhit va materiklar muhiti d) okeanlar muhiti va quruqlik muhiti
4. Tektonik tuzilishiga ko'ra bir butun yirik quruqlik bu….
A) qit'a b) orol c) materik d) yarimorol
5. Yer yuzida nechta qit'a va nechta materik bor?
A) 6 ta materik va 6 ta qit'a b) 6 ta materik va 7 ta qit'a
c) 7 ta materik va 6 ta qit'a d) 7 ta materik va 7 ta qit'a
6. Materiklarni o'rganish qaysi materikdan boshlangan?
A) yevrosiyo b) afrika
c) avstraliya d) shimoliy amerika
7. Qit'a deb nimaga aytiladi.?
A) bir butun quruqlik
b) tektonik tuzilishiga ko'ra bir butun yirik quruqlik.
C) kishilik jamiyatining taraqqiyoti davomida tarkib topgan tarixiy-madaniy tushuncha
d) barcha javoblar to'g'ri
8. Masshtabiga qarab qarab xaritalar nechchiga bo'linadi?
A) 3 ga. Yirik, o'rta, mayda B) 3 ga. Sonli, nomli, chiziqli
C) 3 ga. Sonli, nomli o'rta D) 3 ga. Yirik, sonli, nomli
9. Joy plani tuzishda qanday masshtabdan foydalaniladi?
A) Mayda
B) chiziqli
C) o'rta
D) yirik
10. Mazmuniga ko'ra xaritalarning bo'linishi?
A) tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy
B) umumgeografik va mavzuli
C) umumgeografik va tabiiy
D) mavzuli va ijtimoiy-iqtisodiy
11. Butun yer sharini tasvirlagan birinchi mukammalroq globus kim tomonidan nechanchi yilda tuzilgan?
A) Hoji Yusuf Hay'atiy 1886-yilda
B) Martin Bexaym 1492-yilda
C) H. Hasanov 1984- yilda
D) H. Hasanov 1981-yilda
12. Kimning globusi Samarqanddagi madaniyat va san'at tarixi muzeyida saqlanmoqda?
A) Hoji Yusuf Hay'atiy
B) Martin Bexaym
C) H. Hasanov
D) Beruniy
13. Xaritalar to'plami uchun ''Atlas'' nomini kim tomonidan kiritildi?
A) Merkator 1595-yilda
B) Eratasfen lll asrda
C) Ptolemey ll asrda
D) To'g'ri javob berilmagan
14. Maktab o'quv globuslari qanday masshtabda bo'ladi?
A) 1:50 000 000, 1:40 000 000, 1:30 000 000
B) 1: 5 000 000, 1:4 000 000, 1:3 000 000
C) 1: 5 000 000, 1:4 000 000, 1:83 000 000
D) 1: 5 000 000, 1:4 000 000, 1:2 000 000
15. Ko'p olimlar geografik qobiqning yuqori chegarasini troposferaning yuqori qismidan o'tkazishadi va uning qalinligini necha km deb hisoblashadi?
A) 30-35 KM B) 35-40 KM
C) 30-40 KM D) 40-45 KM
16. Yerdagi organizmlarni quyoshning ultrabinafsha nurlaridan himoya qiladigan parda bu-
A) Atmosfera
B) Troposfera
C) Ozon
D) mezosfera
17. Geografik qobiqning birinchi xususiyati?
A) modda va energiya almashinish jarayonining bo'lib turishi?
B) Geografik qobiqda organik hayotning mavjudligi
C) Geografik qobiqning tarkibiy qismlari-litosfera, gidrosfera, atmosfera va biosferalar doimiy ravishda o'zaro aloqadorlikda bo'lishiva bir-biriga ta'sir etishidir
D) To'g'ri javob yo'q
18. Okean suvi necha yilda bir marta yangilanadi?
A) 3000 yilda
B) 300 yilda
C) 3500 yilda
D) 350 yilda
19. Atmosferaning to'liq yangilanishi uchun necha kun kerak bo'ladi?
A) 15 KUN B) 10 KUN
C) 20 KUN D) 25 KUN
20. «Atmosferaning quyi qatlami-troposfera, litosferaning ustki g'ovak qatlami, gidrosfera va biosferalarni o'z ichiga olgan hamda o'zaro ta'sir etib turadigan yaxlit qobiq» Ushbu ta'rifga mos keladigan so'zni toping?
A) Litosfera
B) Quruqlik
c) Materik
D) Geografik qobiq
21. Olimlar geografik qobiqning rivojlanishini necha bosqichga bo'lishadi?
A) 3 * B) 2
C) 4 D) 6
22. Nobiogen bosqich yer taraqqiyotining necha yilgacha bo'lgan davrini qamrab oladi?
A) 570 yil avval boshlangan
B) 4,6 mlrd yildanto 570 mln yilgacha
C) 3,8-3,5 mlrd yil avval
D) 4,6-4 mlrd yil avval
23. Qaysi bosqichda atmosfera, litosfera, gidrosfera shakllangan?
A) nobiogen
B) Biogen
C) Antrapogen
D) Paleogen
24. Biogen bosqich yer taraqqiyotining necha yilgacha bo'lgan davrini qamrab oladi?
A) 570 yil avval boshlangan
B) 4,6 mlrd yildanto 570 mln yilgacha
C) 3,8-3,5 mlrd yil avval
D) 4,6-4 mlrd yil avval
25. Yerda hayot qachon paydo bo'lgan?
A) 570 yil avval boshlangan
B) 4,6 mlrd yildanto 570 mln yilgacha
C) 3,8-3,5 mlrd yil avval
D) 4,6-4 mlrd yil avval
26. Qaysi bosqichda biosfera shakllangan?
A) nobiogen
B) Biogen
C) Antrapogen
D) Paleogen
27. Qaysi bosqich inson paydo bo'lgandan (2 mln yil avval) hozirgi kunga qadar o'tgan davrni qamrab oladi?
A) nobiogen
B) Biogen
C) Antrapogen
D) Paleogen
28. Mineral boyliklar nechta guruhga ajratiladi?
A) 2 B) 3 C) 4 D) 5
29. Hozir Dunyo okeani sohillarida qanchadan ortiq dengiz port-shaharlari mavjud?
A) 2500 ta B) 2400 ta C) 2700 ta D) 2800 ta
30. Bo’r davri qaysi eraga tegishli?
A) mezazoy B) kaynazoy C) arxey D) paleozoy

Yüklə 7,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin