6-sinf ona tili fanidan test Morfemika ( asos va qo’shimchalar) 1.So’zlarning eng kichik ma’noli qismlarini o’rgatuvchi tilshunoslik bo’limi…
J: Morfemika 2.So’z tarkibi qanday qismlardan iborat?
J:Asos va qo’shimchalardan 3.So’zning asosiy ma’nosini ifodalab, mustaqil qo’llana oladigan qismi…
J:Asos (o’zak) 4.Bir umumiy asosga ega bo’lgan so’zlar…
J:Asosdosh(o’zakdosh) so’zlar:gul, gulli,guldor, guldor 5.Mustaqil qo’llana olmaydigan , asosga qo’shilib, unga yangi va qo’shimcha ma’no yuklaydigan, shuningdek,so’zalrni bog’lashga xizmat qiladigan qism…
J:Qo’shimcha 6.Qo’shimchalar vazifasiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi ?
J:1.So’z yasovchi 2.Shakl yasovchi qo’shimchalar 7.Qo’shimchalar shakl va ma’no munosabatiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi?
J:omonim, sinonim, antonim,ko’p ma’noli qo’shimchalar 8.Qo’shimchalar tuzilishiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi?
J: Sodda va murakkab qo’shimchalar 9.Asosga qo’shilib , yangi ma’no hosil qiluvchi qo’shimchalar…
J:So’z yasovchi qo’shimchalar 10.So’z yasovchi qo’shimchalarni qo’shish orqali qaysi so’z turkumlari yasaladi?
J: ot sifat, ravish ,fe’l 11.So’z yasovchi qo’shimchalar bilan qaysi mustaqil so’z turkumlari yasalmaydi?
J: olmosh,son yasalmaydi 12.Shakl yasovchi qo’shimchalar qanday guruhlarga bo’linadi?
J: Lug’aviy shakl yasovchi va sintaktik shakl yasovchi qo’shimchalar 13.-lar lug’aviy shakl yasovchi qo’shimchasi qanday ma’no ifodalaydi?
J: Ko’plik , hurmat,jamlash, predmet turini ifodalaydi 14.-cha, -choq, -chak:qizaloq,uycha ,qo’zichoq
J: Kichraytirish,erkalsh ma’nosi 15.-niki :meniki, maktabniki
J:qarashlilik ma’nosi 16.Asosga qo’shilib unga qo’shimcha ma’no yuklovchi qo’shimchlar…
J: Lug’aviy shakl yasovchi qo’shimchalar 17.O’zi qo’shilayotgan so’zni boshqasiga bo’g’lash uchun xizmat qiluvchi qo’shimchalar…