60. Axloq so‘zi- lotincha "myeros",ya'ni moral,mantiq so‘zidan kelib chiqib, u hech qayerda qat‘iy yozib qo‘yilmagan ijtimoiy qonundir



Yüklə 43,5 Kb.
tarix22.06.2022
ölçüsü43,5 Kb.
#62110
tarbiya ya


60.Axloq so‘zi- lotincha "myeros",ya'ni moral,mantiq so‘zidan kelib chiqib, u hech qayerda qat‘iy yozib qo‘yilmagan ijtimoiy qonundir.Axloq-kishining ichki olami,e‘tiqodi,fazilatlari sifatida mavjud bo‘lsa,odob-shaxsning ko‘zga tashlanadigan mulozamati,xulq-atvori,muomala-munosabatlarida namoyon bo‘ladi.Axloqiy tushunchalarning turli yosh davrlarida shakllanish darajasiAxloqiy onglilikAxloqiy qadriyatlarAxloqiy his-tuyg‘ular.Axloqiy tarbiyaning asosiy vazifalari quyidagilardir:●Bolalarda axloqiy xis -tuyg‘ular,tasavvurlar va xatti-harakatlarni tarbiyalash.●Xulq madaniyati va ijobiy munosabatlarni tarbiyalash.●Shaxsda axloqiy xis tuyg‘ularni tarbiyalash.●Xulqdagi salbiy hislarni barham toptirish.Axloqiy tarbiyaning vazifasi va mazmuni bog‘chadagi axloqiy tarbiya berishning asosiy prinsiplari va pedagogik shart-sharoitlarga rioya qilish asosida bajariladiMaktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar axloqiy tarbiyasining vazifasi hamda mazmuniga muvofiq uning prinsiplari ishlab chiqilgan.Axloqiy tarbiya-shaxsni har tomonlama rivojlantirishning muhim tarkibiy qismidir. U bolalarga axloqiy tasavvur va bilimlarni singdirish ,ularda shaxsning axloqiy his tuyg‘u va sifatlarini,ijobiy munosabatlar va xalq madaniyatini tarbiyalashga qaratilgan jarayondir.Axloqiy bilim berish bir qancha tarbiyaviy vazifalarni bajaradi,inson hayoti va madaniyatining axloqiy qadriyatlari to‘g‘risida keng tasavvur,tushunchalar beradi.Axloqiy tasavvurlar,qarash,mulohaza,baho berish kabi tushunchalarni shakllantirishga va shu asosda axloqiy e‘tiqodni yuksaltirishga ta‘sir ko‘rsatadi.Axloqiy tarbiyaning asosiy tamoyillari : 1.Axloqqa doir tarbiyaviy ishning ma‘lum maqsadga qaratilganligi; 2.Ta‘lim tarbiya ishiga bola shaxsini hurmat qilgan holda yondashish; 3.Axloqiy tarbiya ishini hayot va zamin bilan birga olib borish; 4. Bolalarni faolligi; 5.Jamoada tarbiyalash.
62. Farobiy
63.Hozirgi kunda ta'lim jarayonida interfaol uslublar (innovasion pedagogik va axborot texnologiyalari)dan foydalanib, ta'limning samaradorligini ko'tarishga bo'lgan qiziqish, e'tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Zamonaviy texnologiyalar qo'llanilgan mashg'ulotlar o'quvchilar egallayotgan bilimlarni o'zlari qidirib topishlariga, mustaqil o'rganib, tahlil qilishlariga, xat o xulosalarni ham o'zlari keltirib chiqarishlariga qaratilgan. O'qituvchi bu jarayonda shaxs va jamoaning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi, shu bilan bir qatorda, boshqaruvchilik, yo'naltiruvchilik vazifasini bajaradi. Bunday o'quv jarayonida o'quvchi asosiy figuraga aylanadi.Bugungi kunda ta'lim muassasalarining o'quv-tarbiyaviy jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanishga alohida e'tibor berilayotganining asosiy sababi quyidagilardir:Birinchidan, pedagogik texnologiyalarda shaxsni rivojlantiruvchi ta'limni amalga oshirish imkoniyatining kengligida —Ta'lim to'g'risidagi Qonunda rivojlantiruvchi ta'limni amalga oshirish masalasiga alohida e'tibor qaratilgan.Ikkinchidan, pedagogik texnologiyalar o'quv-tarbiya jarayoniga tizimli faoliyat yondashuvini keng joriy etish imkoniyatini beradi.Uchinchidan, pedagogik texnologiya o'qituvchini ta'lim-tarbiya jarayonining maqsadlaridan boshlab, tashxis tizimini tuzish va bu jarayon kechishini nazorat qilishgacha bo'lgan texnologik zanjirni oldindan loyihalashtirib olishga undaydi.To'rtinchidan, pedagogik texnologiya yangi vositalar va axborot usullarini qo'llashga soslanganligi sababli, ularning qo'llanilishiDumaloq stol» metodi:Topshiriq yozib qo'yilgan qog'oz varag'i davra bo'lab aylantiriladi. Har bir talaba o'zining javob variantini yozib qo'ygach, varaqni boshqa talabaga uzatadi. Keyin muhokama bo'ladi: noto'g'ri javoblar o'chiriladi, to'g'ri javoblarning soniga qarab talabaning bilimlariga baho beriladi. Bu metodni faqat yozma shaklda emas, balki og'zaki shaklda ham qo'llash mumkin. Berilishi mumkin bo'lgan topshiriqlarga misollar:- tarbiyaning tarkibiy qismlari qaysilar?;- aqliy tarbiyaning hozirgi davr talabi nimada?;
64.Tarbiya — shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, maʼnaviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur boʻlgan xususiyatlarga ega boʻlishini taʼminlash yoʻlida koʻriladigan chora tadbirlar yigindisi. Tarbiya insonning insonligini taʼminlaydigan eng qad. va abadiy qadriyatdir. Tarbiyasiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud boʻla olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini taʼminlaydigan qadriyatlar Tarbiya tufayligina bir avloddan boshqasiga oʻtadi.Pedagogik adabiyotlarda "Tarbiya" atamasi keng va tor maʼnolarda ishlatiladi. Keng maʼnoda Tarbiya inson shaxsini shakllantirishga, uning jamiyat ishlab chiqarish.i va ijtimoiy, madaniy, maʼrifiy hayotida faol ishtirokini taʼminlashga karatilgan barcha taʼsirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar yigindisini anglatadi. Bunday tushunishda Tarbiya faqat oila, maktab, bolalar va yoshlar tashkilotlarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni emas, balki butun ijtimoiy tuzum, uning yetakchi goyalari, adabiyot, sanʼat, kino, radio, televideniye va boshqalarni ham oʻz ichiga oladi. Shuningdek, keng maʼnodagi Tarbiya tushunchasi ichiga taʼlim va maʼlumot olish ham kiradi.Tor maʼnoda Tarbiya shaxsning jismoniy rivoji, dunyoqarashi, maʼnaviyaxloqiy qiyofasi, estetik didi oʻstirilishiga yoʻnaltirilgan pedagogik faoliyatni anglatadi
65Boshlang'ich sinflarda interfaol metodlar va ta'limiy o'yinlardan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish o'quvchilarni mustaqil fikrlashga, ijodiy izlanish va mantiqiy fikrlash doiralarini kengaytirish bilan birga ularni darslarda o'rganganlarini hayot bilan bog'lashga, qiziqishlarini oshirishga yordam beradi. O'qituvchilarning bunday zamonaviy talablar asosida yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanib, darslarni ilg'or pedagogik hamda axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida tashkil etilishi ta'lim-tarbiya jarayonini sifatini kafolatlaydi.Bizning fikrimizcha, ta'limiy o'yinlarga qo'yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat:1. Ta'limiy o'yinlar o'quvchilar yoshiga mos bo'lishi kerak;2. O'yinlar o'tilayotgan mavzu mazmun-mohiyatiga mutanosib bo'lishi lozim;3. Ta'limiy o'yinlarni o'tkazish vaqti aniq belgilanishi shart;4. Ta'limiy o'yinlar ham ta'limiy, ham tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lishikerak;5. Ta'limiy o'yinlarning o'tkazilish maqsadi, ahamiyati belgilanishi lozim.Dumaloq stol" metodi: Topshiriq yozib qo'yilgan qog'oz varaq davra bo'ylab aylantiriladi. Har bir o'quvchi o'zining javob variantini yozib qo'ygach, varaqni boshqa talabaga uzatadi. Keyin muhokama bo'ladi: noto'g'ri javoblar o'chiriladi, to'g'ri javoblarning soniga qarab talabaning bilimlariga baho beriladi. Bu metodni 3-4-sinflarda yozma shaklda, 1-2-sinflarda og'zaki shaklda ham qo'llash mumkin. Berilishi mumkin bo'lgan topshiriqlarga misollar Ishchanlik o'yini" ssenariysidan foydalanishtexnologiyasiTa'limning maqsadi jamiyat ehtiyojiga mos ravishda shakllanadi. Shunday ekan, ta'lim-tarbiya maqsadi mos va mutanosib bo'lishi kerak. Ilmiy adabiyotlarda ta'limning maqsadi imkoniyatlaridan to'g'ri, aniq, o'rinli foydalanish ko'nikma va malakalarini hosil qilish, mantiqiy-ijodiy tafakkurni rivojlantirish, kommunikativ savodxonlikni oshirish, milliy g'oyani singdirish, sharqona tarbiyani shakllantirish, shaxsni ma'naviy boyitishdan iboratligi ta'kidlangan. Ta'limiy maqsad asosida o'quvchilarda mustaqil fikrlash, og'zaki va yozma savodxonlikni oshirish, mantiqiy tafakkurni rivojlantirish orqali ularning muloqot madaniyati takomillashtiriladi.
66O‘zbekiston Respublikamizda xalqimizning turmush sharoitini yaxshilash, ijtimoiy himoya qilish va ta’lim tizimini takomillashtirish hamda aholining intelektual salohiyati, huquqiy saodxonligini oshirish, jamiyat a’zolarining huquqiy madaniyatini yuksaltirish singari jamiyatning barcha sohalarida tub ijobiy o‘zgarishlar, yangilanishlar, bir so‘z bilan aytganda amalga oshirilayotgan islohotlar o‘zining ijobiy natijalarini bermoqda. Ayniqsa, o‘tgan davr mobaynida jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash borasida bir qator chora-tadbirlar ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etildi. JMe’yoriy-huquqiy hujjatlar qonun hujjatlaridir va ular O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari majmuini tashkil qiladi.O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari qonunlardir.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari qonun osti hujjatlaridir.O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining ustuvorligi so‘zsiz tan olinadi.O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi oliy yuridik kuchga ega va O‘zbekiston Respublikasining butun hududida qo‘llaniladi.O‘zbekiston Respublikasining qonunlari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi asosida va uni ijro etish uchun qabul qilinadi hamda uning me’yorlari va prinsiplariga zid kelishi mumkin emas.O‘zbekiston Respublikasining qonunlari eng muhim va barqaror ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan yoki referendum o‘tkazish yo‘li bilan qabul qilinadi.
67Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda Konsepsiya deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq;Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari rejasi (keyingi o‘rinlarda Chora-tadbirlar rejasi deb ataladi) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.2. Quyidagilar Konsepsiya va Chora-tadbirlar rejasini amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin:2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan aholi, ayniqsa yoshlar tarbiyasi bilan bog‘lik vazifalarni samarali amalga oshirish, ularni tinch-osoyishta hayot uchun eng zarur tayanch kompetensiyalar bilan ta’minlash;ma’naviy tarbiyani baholashning ilmiy asoslangan indikatorlarini ishlab chiqish;tarbiya jarayonida uzluksizlik, uzviylik tamoyillariga tayangan holda avvalo, onaning homiladorlik davrini to‘g‘ri tashkil etish, go‘daklar va bolalarni ma’naviy tarbiyalash bo‘yicha asosiy yo‘nalishlarni belgilash;yoshlarda Vatanga sadoqat, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, mas’uliyatlilik, bag‘rikenglik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash, mehnatsevarlik kabi muhim fazilatlarni bolalikdan boshlab bosqichma-bosqich shakllantirish;homiladorlik davridan boshlab 30 yoshgacha davom etadigan uzluksiz ma’naviy tarbiyani amalga oshirishda ota-ona, tarbiyachi, o‘qituvchi, uzluksiz ta’lim muassasalari va mahalla jamoatchiligining o‘zaro samarali hamkorligi mexanizmini ishlab chiqish va hayotga joriy etish;aholining farzand tarbiyasi bo‘yicha bilimlarini, pedagogik madaniyatini oshirish, fuqarolarni uzluksiz ma’naviy tarbiyaning jahon tajribasida sinovdan o‘tgan samarali pedagogik texnologiyalari, usullari va amalga oshirish shakllari bilan muntazam tanishtirib borish;ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, Internet jahon axborot tarmog‘i orqali tarqatilayotgan g‘arazli axborotlar, odob-axloqni yemiruvchi illatlar, yoshlarni zalolatga boshlovchi buzg‘unchi g‘oyalarga karshi sog‘lom dunyokarashni shakllantirish;uzluksiz ma’naviy tarbiyani tashkil etishda davlat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va xususiy sektorning hamkorligini samarali yo‘lga qo‘yish.3. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Chora-tadbirlar rejasini bajarish yuzasidan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish hamda uning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan tizimli monitoring olib borilishini ta’minlasin.4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, ma’naviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin.
68 62 bosqichda
69.Fransiya jahondagi iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar ichida yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Uning ta‘lim tizimlari ham qadimiy va boy tarixga ega.Fransiyada ta‘lim tizimi bosqichlari:• Maktabgacha ta‘lim – 2 -6 yosh• Boshlang‘ich ta‘lim – 6-11 yosh• O‘rta ta‘lim – 11-18 yosh• Oliy ta‘lim va undan keyingi ta‘lim.Fransiyaning butun ta‘lim tizimi uzoq tarixga ega.2004 yil 15 martda yangi ―Ta‘lim to‘g‘risida‖gi qonun qabul qilindi. Uning o‘zgartirilishiga ta‘lim strategiyasida ro‘y bergan o‘zgarishlar, mamlakatning ichki, tashqi siyosatidagi islohotlar, yuzaga kelgan iqtisodiy sharoit, chet el pedagogikasidagi ilg‘or tajribalarning mamlakat ta‘lim tizimiga kiribkelishi, o‘quv predmetlaridagi integratsiya va boshqalar sabab bo‘ldi.Fransiyada ta‘limning asosiy maqsadi shaxsni har tomonlama kamol topishini ta‘minlash, uni mustaqil faoliyatga tayyorlash, bozor munosabatlari sharoitida o‘quvchilarni tadbirkorlikka, ishbilarmonlik va omilkorlikka o‘rgatish, shunga yarasha kasbkorga ega qilishdan iboratdir.Mamlakatda maktablar davlat, xususiy, oraliq maktablariga bo‘linadi. O‘qitiladigan predmetlar ichida fransuz tili va adabiyoti, o‘qish va yozuv alohida ahamiyatga molik bo‘lib, ularga ajratilgan vaqt dars tarkibining 30 foizini tashkil etadi. Umuman, tarkibdagi 45 foiz darslar gumanitar yo‘nalishda, qolganlari tabiiy fanlardir. Sinflarning o‘rtacha haftalik darslari 26 soatdan iborat, darslarning davomiyligi esa 60 minut, sinflardagi bolalarning o‘rtacha soni 35 - 40 ta, o‘quv yili 5 chorakka bo‘linadi.Boshlang‘ich sinflardagi o‘qish ertalabki va tushdan keyingiqismlarga bo‘linadi. Ertalab o‘quvchilar ona tilidan, tushdan keyin esa matematika va boshqa predmetlardan saboq oladilar. Fransiya maktablarida ona tili va adabiyoti hamda matematika baza predmetlari, tarix, geografiya, mehnat ta‘limi, jismoniy tarbiya predmetlari esa rivojlantiruvchi predmetlar hisoblanadi.
70 O’quvchilarda tayanch kompetensiyalarni shakllantirish uchun ta’lim texnologiyalarini tanlashda o’quv fani o’qituvchisi taqvim mavzu rejada mazkur sinf uchun belgilangan tayanch kompetensiyalarni belgilab oladi. Shundan so’ng, o’rganilishi zarur bo’lgan mavzu va shakllantiriladigan kompetensiyalarni hisobga olgan holda darsni o’tish metodi, usuli tanlanadi.Interfaol yondashuv. O’qituvchilar dars jarayonini yaxshi tashkil etish uchun qulay muhit yaratadi. O’quvchilarning o’zaro fikr (axborot) almashishlariga imkon beriladi. Yechimini kutayotgan masalalarni hamjixatlikda muhokama etadilar, yechadilar. Vaziyatdan chiqishda hamkorlikda yechim topadilar. Olgan axborotlari asosida bilimlarini bir-birlariga namoyish etadilar. Loyihalash metodi. Loyihalash metodi - o’quvchilar uzluksiz ravishda murakkablashib boradigan amaliy topshiriqni rejalash, konstruksiyalash va bajarish jarayonida bilim, ko’nikma va malakaga ega bo’ladigan o’qitish tizimidir.Ta’lim oluvchilar keng miqyosdagi muammoli (ijodiy, axborot, kommunikatsiya va h.k.)masalalar bilan bog`liq loyihalarni bajaradilar.Mazkur metodning yuqori samara berishi uchun loyihani bajarishda o’quvchilarda motivatsiyaning yuqori darajada bo’lishi, shart hisoblanadi.Loyihalash metodi orqali o’quvchilarda quyidagi shaxsiy kompetensiyalar shakllanadi: komandada ishlash; ishchanlik; ma’suliyatni his etish; o’ziga ishonch; o’qitishlilik; tezkor fikrlash; jarayon rivojini ko’ra bilish; mushohada qila bilish; uzoqni ko’ra bilish; tashxislash; motivatsiya. Tanqidiy tafakkur metodMuammoli modulli ta’lim metodi.Muammoli modulli ta’lim metodi olingan nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llashni nazarda tutadi. Mazkur metod o’qitishning turli modellarining didaktik asosini tashkil etib, o’qitish vositalari va pedagogik texnikaning qo’llash usulari bilan farqlanadi. U o’quv predmetini nisbatan kichik bo’laklarga – modullarga bo’lishni ifodalaydi.
Yüklə 43,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin