7- laboratoriya ishi Elektrolit eritmalarida sodir bo‘ladigan reaksiyalar. Ishdan maqsad



Yüklə 15,78 Kb.
tarix15.06.2023
ölçüsü15,78 Kb.
#130898
7Met


7- Laboratoriya ishi
Elektrolit eritmalarida sodir bo‘ladigan reaksiyalar.
Ishdan maqsad : Kuchli va kuchsiz elertrolit xossalarini o`rganish
Kerakli asboblar : stakan, elektrod , lampochka , probirka.
Kerakli reaktivlar : distillangan suv H2SO4, NaOH NaCI
1-tajriba Elektrolitlarning elektr o`tkazuvshanligi. 300-400 ml sig’imli stakanga ikkita elektrod tushirib, elektr lampasini ketma- ket ulang, so’ngra elektrodlarni elektr manbaiga ulang. Stakanga distrlangan suv quying. Lampochka yonadimi? Distorlangan suvga ozgina shakat qo’shing. Shakar eritmasi elektr tokini yaxshi o’tkazadimi?Shakar eritmasini stakandan to’kib tashlang. So’ngra tajribani sulfat kislota, o’yuvchi natriy va osh tuzi eritmalari bilan takrorlang. Tajribani takror bajarishda har safar elektrodlar va stakanni avval vodoprovod suvi bilan, keyin distirlangan suv bilan yaxshilab chayqang. Olingan eritmalarning elektr o’tkazuvchanligi to’g’risida xulosa chiqaring va uni tushuntirib bering.
2-tajriba: Kuchli va kuchsiz elektrolitlarning bir biridan farqi.
a) Ikkita probirka olib, birinchisiga 2n xlorid kislotadan 1 ml, ikkinchisiga esa 2n li sirka kislotadan 1 ml quying. Har ikkala probirkaga rux bo’lakchasidan tashlab ikkala probirkaniham issiq suv solingan stakanga tushiring. Qaysi kislotada rux bilan ta’sirlashuv kuchli bo’ladi? Reaksiya tenglamasini yozing.
b) Ikkita kattaroq probirka olib, ularga 1.5 g miqdorda maydalangan marmar soling va bir vaqtda birinchi probirkaga xlorid kislotaning 1 n eritmasidan 1 ml quying, ikkinchisiga esa 1n sirka kislota eritmasidan 2 ml quying. Probirkalarni chayqatib turing va marmarning bu kislotalarda qanday erishini kuzating. Qaysi kislota kuchli ekenligi haqida xulosa chiqaring.
3-tajriba. Reaksiya paytida kuchsiz elektrolitlar, gaz va cho’kmalarning hosil bo’lishi.
a) Uchta probirka olib, birinchisiga ammoniy karbonat, ikkinchisiga bariy xlrid, uchinchisiga esa kaliy xromat eritmasidan quying, birinchi probirka ustiga kalsiy xlorid, ikkinchi probirkaga kaliy sulfat, uchunchi probirkaga kumush nitrat eritmalaridan quying. Probirkalarda nima hosil bo’ladi? Reaksiya tenglamalarini molekulyar va ionli ko’rinishini yozing. Cho’kma hosil bo’lishini tushuntiring.
b) Bir probirkaga ammoniy xlotir eritmasidan 1 ml va natriy gidroksid eritmasidan 1 ml quying.Bir oz qizdiring. Gaz ajralib chiqishiga e’tibor bering. Ajralayotgan gazni hidini biling. Reaksiya tenglamasini yozing.
c) Bir probirkaga 1 ml natriy asetat eritmasidan quying, uning ustiga 2n li xlorid kislota eritmasidan 1ml quying. Sirka kislotaning hosil bo’lishini tushuntiring va tegishli reaksiya tenglamasini ioli molekulyar ko’rinishda yozing.
NAZORAT SAVOLLARI.

  1. Elektrolitlarning elektr o`tkazuvchanligiga misollar keltiring .

  2. Kuchli va kuchsiz elektronlarning bir biridan farqi nimada ?

  3. HN4OH, H2CO3 tipidagi kuchsiz elektrolitlar uchun dissosiyalanish doimiysining matematik ifodasini yozing .

Yüklə 15,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin