7-ma’ruza: Bog‘cha yoshidagi bolalar nutqining komunikativ vosita sifatida rivojlanishi reja: Bog‘cha yoshidagi bolalar nutqining rivojlanishi



Yüklə 18,83 Kb.
tarix02.01.2022
ölçüsü18,83 Kb.
#47610
12 mavzu


7-MA’RUZA: Bog‘cha yoshidagi bolalar nutqining komunikativ vosita sifatida rivojlanishi

REJA:

1. Bog‘cha yoshidagi bolalar nutqining rivojlanishi.

2. Ta’lim jarayonida savodxonlikning rivojlanishi.
3. Egosentrik nutqning yuzaga kelishi.

Bog‘cha yoshidagi bolalar nutqining rivojlanishi ularning faoliyati, muloqoti bilan uzviy bog’liqdir. Bola jumlalaring mazmuni


va shaklidagi o‘zgarish uning muloqot shakllari o‘zgarishi bilan bog’liq
bo‘ladi. Ilk bolalik davriga xos situativ nutq ishchan muloqot shaklidan
nosituativ bilishga yo‘naltirilgan va nosituativ-shaxsiy muloqot shakliga
o‘tilishi bolalar nutqiga ma’lum bir talablami qo‘yadi. Bu talablar
bola nutqining yangi-yangi tomonlarini, turli kommunikativ
masalalami hal qilishi uchun zarur bo‘lgan xususiyatlami tarkib
toptiradi. Bog‘cha yoshidagi bolaning nutqi sotsial kontaktlarni
o‘matish funktsiyasini bajara boshlaydi. Buning uchun esa bolada
ichki nutq tarkib topishi, monologik xususiyat kasb etib borishi
lozim bo‘ladi. Bog‘cha yoshda bola nutqining rivojlanishidagi muhim
xususiyat nutq tafakkur quroliga aylanishidan iborat. Bola so‘z-lug‘at
boyligining o‘sishida 2 muhim tomon — miqdor va sifat tomonlari
mavjud.
Lug‘at boyligining miqdoriy o ‘sishi D.B. Elkoninning
ko‘rsatishicha, bevosita bolaning hayot sharoitlari va tarbiyalanish
xususiyatlariga bog‘liq. So‘nggi yillarda u yoki bu yoshdagi bolalar
nutqining lug‘at tarkibini o‘iganishga bag‘ishlangan tadqiqotlarda
awalgi tadqiqotlarga nisbatan yuqoriroq miqdoriy ko‘rsatkichlar
aniqlandi. Jumladan, V.Loginaning ma’lumotlariga ko‘ra 3 yoshga
kelib, bola lug‘atida 1200 ta so‘z mavjud bo‘ladi, 6 yoshli bolaning
aktiv lug‘ati esa 3000-3500 so‘zni o‘z ichiga oladi. Vaholanki, 40-
60 yil oldin o‘tkazilgan tadqiqotlarda 3 yoshli bolaning lug‘ati 400-
600 so‘zdan, 6 yoshli bolaning aktiv lug‘ati esa 2500-3000 so‘zdan
iborat deb ko‘rsatilgan edi.
Situatsion — ishchan muloqot shaklidagi bolalar leksikasi (nutqi)
konkret predmetli vaziyat bilan bog‘liq. Bu xolat shunda ko‘rinadiki,
bolaning nutqida ot so‘z turkumiga oid so‘zlar ko‘p bo‘ladi. Sifat
turkumidagi so‘zlar yoki umuman uchramaydi, yoki buyumlaming
faqat tashqi xususiyatlari: rangi, o‘lchami (barcha sifatlaming
96,4%)ni ifodalaydi. 98% fe’llar faqatgina konkret predmetli
harakatlaiga nisbatan ishlatiladi.
Bolalaming nosituativ — bilishga yo‘naltirilgan (vaziyatga —
situasiyaga bog‘liq bo‘lmagan) muloqotida ular kattalardan har xil
narsa va hodisalar haqida axborot olishga bog‘liqlikdan ozod bo‘ladi.
Asta-sekin atrof-olamdagi narsalaming turli xususiyatlarini aks
ettiruvchi so‘zlar zahirasi kengayib boradi. Jumladan, estetik
xususiyatlami ifodalovchi sifat turkumiga oid so‘zlar (11,25%) va
emotsional xususiyatlami ko‘rsatuvchi so‘zlar (5%) paydo bo‘ladi,
irodaviy va intellektual harakatlami anglatuvchi fe’l turkumidagi
so‘zlar (6,24%) vujudga keladi.
Nosituativ — shaxsiy muloqotda, bola odamlar o‘rtasidagi
munosabatlar haqida axborot olishga, o‘zining fikrini kattalar fikri
bilan taqqoslashga harakat qilar ekan, uning nutqida umumiy
grammatik murakkablashish ro‘y beradi. Sifat turkumidagi so‘zlar
quyidagi nisbatda bo‘ladi: atributiv (tashqi xususiyatlarini
ifodalovchi) — 69,80%, estetik xususiyatlami ifodalovchi sifatlar
— 14,65%, axloqiy xususiyatlami ifodalovchi sifatlar — 9,3%. Irodaviy
va intellektual harakatlami ifodalovchi fe’llar ancha ko‘payib, nutqida
ishlatilayotgan barcha fe’llaming 9,76%ni tashkil etadi.
Bolaning lug‘at boyligi nafaqat miqdor jihatdan, balki sifat
jihatdan ham o‘sib boradi. Bu asosan bolalaming so‘zlar mazmunini
o‘zlashtirishi bilan kechadi. Lug‘atni egallash jarayoni tushunchalami
egallab borish bilan uzviy bog‘liq. L.S.Vigotskiy yozishicha,
“Psixologik tomondan olib qaraganda, so‘zlarning mazmuni va
ma’nosi — bu umumlashma yoki tushunchadan o‘zga narsa emas. Biz
so‘zning ma’nosini bemalol tafakkur fenomeni deb hisoblashga
haqlidirmiz”
Bog‘cha yoshidagi bolalar eng awalo ko‘rgazmali ifodalangan
yoki ulaming faoliyatlaigia jalb etilgan predmetlar, hodisalar, sifatlar,
xususiyatlar, munosabatlaming nomlanishini o‘zlashtiradi. Buni bola
tafakkurming ko‘rgazmali-harakat va ko‘rgazmali-obrazli xarakterda
ekanligi bilan tushuntirish mumkin. Shu tufayli ham, bog‘cha
yoshidagi bolalar lug‘atida abstrakt (mavhum) tushunchalar deyarli
uchramaydi.
Agar 3-7 yoshdagi boladan berilgan topshiriqda nutqiy
faoliyatning elementi bo‘lmish so‘z bilan muayyan amallami bajarish
talab etilsa, masalan,gap tarkibidan so‘zlami ajratib olish vazifasi
berilsa, S.N.Karpovaning tadqiqoti ko‘rsatishicha, bolada unga
aytilgan gap belgilaydigan vaziyatga orientir olishning ancha barqaror
moyilligi kuzatiladi. Berilgan gap tarkibida nechta so‘z mavjud degan
savolga bolalar gapni “boshdan oyoq” qaytadan takroriaydi. Masalan,
“Koptok yumalab ketdi” degan gap berilsa, bola (5-9 yoshli) bu
gapda bitta so‘z “Koptok yumalab ketdi” degan so‘z borligini aytadi.
S.N.Karpovaning tadqiqoti shuni isbotladiki, bog‘cha yoshidagi
bolada gap tarkibidan barcha turdagi so‘zlami ajratib olish
ko‘nikmasini shakllantirish mumkin. Buning uchun ulaiga so‘zning
mezonlarini, ya’ni so‘z tovushlarining majmuasidan iboratliligini,
so‘z doim muayyan mazmunga egaligini anglashi lozim (albatta,
bolalar yoshiga mos keluvchi usullar bilan) bo‘ladi. SHunday
qilinganda, yoshidan qat’iy nazar bolalarda so‘z haqida adekvat va
anglangan tasawurlar paydo bo‘ladi.
Bu maqsadda bolaga nutqning tushunarli mezonlarini
o ‘rgatilmasdan, faqatgina astensiv ta’riflarni, ya’ni so‘zlarni
ko‘rgazmali namoyish etish orqali ta’riflashni ishlatish mumkin.
Ana shu asosda G.A.Belyakova bolalarda stixiyali ravishda shakllanib
qolgan so‘z haqidagi tasavvur, “so‘z ” so‘zining ma’nosi
aniqlashtirilib boradi.
Katta bog‘cha yoshi davrida so‘zlaming tuzatilishini stixiyali tarzda
o‘zlashtirish natijasida bolalarda so‘zni tarkibi jihatdan tahlil etishning
elementar shakllari yuzaga keladi.
Nutqning fonetik (tovush) sistemasini o ‘zlashtirish jarayoni
tovushlarni to‘g‘ri talaffuz etish va fonematik eshitishning
rivojlanishini o‘z ichiga oladi.
Nutqning fonetik tarkibini o‘zlashtirish 1 yoshning oxirlariga kelib
boshlanadi. Bog‘cha yosh davrining boshiga kelib, bolalar asosan
ona tilining barcha tovushlarini egallab bo‘ladilar. Biroq shunday
bog‘cha yoshidagi bolalar ham uchraydiki, ularda ancha katta yoshda
ham nutqiy nuqson, talaffuz kamchiliklari uchraydi. Buning asosiy
sababi nutq apparati motorikasining sekin rivojlanishidir.
2. T a’lim jarayonida savodxonlikning rivojlanishi
Ona tilidagi tovushlami o‘zlashtirishda nutqning sensor asosi —
fonematik eshitishning rivojlanishi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi.
Fonematik eshitish deganda, nutq tovushlarini idrok etish, so‘zlar
tarkibida ulami har xil ma’noli birliklar sifatida birlashtirish va ajratish
tushuniladi.
N.X.Shvachkin bolalar fonematik eshitishini dastlabki rivojlanish
bosqichlarida o‘iganib, 1-7 yoshdayoq fonematik eshitish shakllanib
bo‘lishini isbotladi. Bu daviga kelib, bola atrofdagi kattalar nutqining
taikibidagi barcha fonematik xususiyatlami farqlab oladi. Shuning uchun
atrofdagilaming to‘g‘ri va noto‘g‘ri talaffuzini payqay oladi. Bog‘cha
yoshidagi bola noto‘g‘ri talaffiiz etilgan so‘zlami asta-sekin farqlamay
qo‘yadi. Bolada so‘zlar va tovushlaming fonetik obrazlari shakllanadi.
Bu davrda bolalar nutqning fonetik tomoniga katta diqqat bilan qaraydi.
L.E.Jurovaning fikricha, bolalami til olamiga o‘rta bog‘cha yosh
davrida, ya’ni til xususiyatlarini ayniqsa, o‘tkir his etish davrida
olib kirgan ma’qul. L.E.Jurova va N.V.Durovalaming eksperimental
tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, 4 yoshli bolalar nafaqat so‘z
tarkibidagi tovushlami intonatsion ajratib olishni, balki jarangli va
jarangsiz undoshlami farqlashni, so‘zdagi birinchi tovushni aytib
berishni o‘igana oladilar. Bu esa 5 yoshli bolalarda tovushlami tahlil
etish ko‘nikmalari rivojlanishining muhim zaruratidir.
Nutq juda erta bolaning va atrofdagilaming amaliy faoliyati bilan
bog‘lanib L.S.Vigotskiy aytganidek, anchagina erta amaliy tafakkur
vositasiga aylanadi. Boshqacha qilib aytganda nutqning amaliy faoliyati
bilan aloqadorlik shakllaridan biri bo‘lajak harakatlami rejalashtirish,
kechayotgan harakatlarga nutqning yo‘ldosh bo‘lishi va harakat
natijalarini nutq vositasida ta’kidlab qo‘yishda namoyon bo‘ladi.
Bulaming bari esa aqliy faoliyatning shakllanishi uchun juda zarur.
Bog‘chagacha davming oxiri kichik va o‘rta bog‘cha davriarda nutq
bolaning amaliy faoliyati tarkibiga tez-tez kirib turadi.
Bog‘cha yosh davrda bola o‘zining harakatlari, ularda ishlatayotgan
buyumlari haqida hech kimga murojaat qilmay aytib beradi,
kelajakdagi harakatlarini rejalashtiradi va natijalami analiz qiladi.
(“Qo‘g‘irchoq uxlayapti”, “Mashinani tuzatishsa, u yuradi ”,
“Odamcha yiqilib ketdi, hozir men uni ko‘tarib qo‘yaman”). Bunda
nutq muloqot uchun xizmat qilmaydi. Bunday turdagi nutqni J.Piaje
“egotsentrik nutq” deb atadi. J.Piajening fikricha, egotsentrik nutq
bola tafakkurining egosentrik xarakteri, individual nutqning hali
etarlicha ijtimoiylasha olmaganligi natijasidir.
Biroq L.S.Vigotskiy shuni isbotladiki, egotsentrik nutq J.Piaje
aytganidek ijtimoiylashgan nutqqa qarama-qarshi nutq emas, balki
o‘z tabiatiga ko‘ra u ham ijtimoiy nutqdir. Uning paydo bo‘lishiga
sabab hali bolaning o‘ziga va o‘zgalarga yo‘naltirilgan nutqni o‘zaro
farqlay olmasligidadir. Egosentrik nutqning yuzaga kelishi kichik
bog‘cha yoshidagi bolalaming kattalar bilan hamkorlikda faoliyat
qilishga moyil bo‘lishlari bilan bog‘liq. Bolaning mustaqil faoliyat
ko‘rsatishi qanchalik sust bo‘lsa, ushbu moyillik yuqori bo‘ladi.
Egotsentrik nutq esa kattalar bilan hamkorlik qilishning o‘mini
bosuvchi o‘ziga xos nutqiy o‘rinbosor vazifasini bajaradi.
Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, egotsentrik nutq faoliyatni
rejalashtirish vazifasini ham bajarar ekan. Bola oldindan o ‘z
faoliyatining maqsad-muddaosini og’zaki ifodalaydi. So‘ngra faoliyatni
bajarish davrida olingan natijalami og‘zaki qayd etadi, og‘zaki
ravishda yangi harakatlami rejalashtiradi, duch kelgan qiyinchiliklami
bartaraf etadi.
Bog‘cha yoshining oxiriga kelib, bolaning mustaqil faoliyati 2
bosqichdan iborat bo‘ladi:
1) og‘zaki tarzda qaror qilish va faoliyatni rejalashtirish;
2) tuzilgan reja va qabul qilingan qarorlarga muvofiq faoliyatni
amalga oshirish. Bunda egotsentrik nutq asta-sekin yig‘ilib,
interiorizatsiyalanib (ichki tomonga yo‘nalib), 5-6 yoshli bolalarda
ichki nutqqa aylanadi.
Bola faoliyati va muloqotidagi yangi-yangi ehtiyojlar ongni
intensiv ravishda o‘zlashtirishga sabab bo‘ladi. Bola nutqi borgan iari
mazmunliroq bo‘lib boradi. Situativ nutq — kichik bog‘cha yoshdagi
bola nutqining asosiy shakli asta-sekin kontekst nutqqa, axborot
beravchi nutqqa o‘mini bo‘shatib beradi. Kontekst nutq bu nutqni
suhbatdosh faqat til vositalari asosida, vaziyat (situatsiya) ga
tayanmay turib tushuna olishi bilan xarakterlanadi.
Nutqning kontekst shakli fikming to‘laligicha, mantiqiy to‘g‘ri
ketma-ketlikda bayon etilishini, yangi grammatik shakllarning
qo‘llanilishini taqozo qiladi. 0 ‘z tuzilishiga ko‘ra kontekst nutq yozma
nutqqa yaqinlashadi. Kontekst nutqning muhim xususiyati uning
ixtiyoriyligidir.
Bog‘cha yoshidagi bolalami savodxonlikka o‘igatish bo’yicha olib
boriladigan ishlar D.B.Elkonin ishlab chiqqan nazariy tamoyillarga
asoslanadi. Savodxonlikka o‘igatishning bog‘cha yoshigo‘ljallangan
shakl va metodlari D.B.Elkonin metodi asosida L.E.Jurova tomonidan
ishlab chiqilgan.
Bolalar tomonidan savodxonlikni egallash imkoniyatlari va
xususiyatlarini o‘rganishga hamda buning uchun eng optimal yosh
davrini aniqlashga qaratilgan maxsus tadqiqotda N.S.Voronsova 5-6
yoshli bolalar savodxonlikni o‘rganishda tanlovchan tipdagi qabul
qilish xususiyatiga ega ekanligini, 6 yoshdan esa o‘qishga e’tiborli
bo‘lishini aniqladi. Shundan kelib chiqib, N.S.Voronsova 5 yoshni
tovushlami analiz qilishga o‘r]gatishning eng optimal davri, 6 yoshni
esa o‘qishga o‘rgatishga eng optimal (eng yaxshi va qulay) davr
ekanligini ta’kidladi.
Shunday qilib, bog‘cha yosh davrining eng muhim
xususiyatlaridan biri 4-5 yoshlarga kelib, nutqning rejalashtirish
funksiyasi paydo bo‘lishidan iborat. Dastlab rejalshtirish og‘zaki tarzda
amalga oshirilsa, keyinchalik bog‘cha yoshining oxirlarida ichki nutq
orqali rejalashtirish boshlanadi.
Yüklə 18,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin