7-mavzu: O’zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy o’zgarishlar



Yüklə 408,17 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix14.05.2022
ölçüsü408,17 Kb.
#57971
  1   2
7-mavzu O’zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy o’zgarishlar



7-mavzuO’zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy o’zgarishlar 

 Reja: 

1. 


Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish. 

2. 


Aholini  ijtimoiy  himoya  qilish  va  sog‘likni  saqlash  tizimini    

takomillashtirish, xotin-kizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish 

3. 

Aholining hayot sharoitlarini yaxshilash borasidagi islohotlar. 



4. 

Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish. 

5. 

Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish.. 



 

Aholi  bandligi  va real daromadlarini  izchil  oshirish. Samarali  mehnat uchun zarur 

sharoitlar,  munosib  ish  haqi, zamonaviy  uy-joylar, sifatli ta’lim  va tibbiy  yordam, 

dam  olish  va  hordiq  chiqarish  uchun  keng  imkoniyatlar  yaratish  -  bularning 

barchasi  iqtisodiy  sohadagi  islohotlarimiz  mohiyati  va  mazmunini  belgilab 

beradigan  muhim  omillardir.  SHu  borada  nafaqat  eng  kam  oylik  ish  haqini,  balki 

byudjet tashkilotlarida  ham, xo‘jalik  yurituvchi subektlarda ham o‘rtacha  ish haqi 

mikdorini,  pensiya,  stipendiya  va  ijtimoiy  nafaqalar  hajmini  bosqichma-  bosqich 

ko‘paytirish maqsadga muvofiq. 

2017-2021  yillarda  O‘zbekiston  Respublikasini  rivojlantirishning  bepgga  ustuvor 

yo‘nalishi  bo‘yicha  Harakatlar  strategiyasida  ham  byudjet  muassasalari 

xodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini inflyasiya 

suratlaridan yuqori miqdorda izchil oshirish ham ustuvor vazifa qilib qo‘yilgan. 

Mamlakatimizda  aholi  bandligini  taminlash  ijtimoiy-iqtisodiy  taraqqiyotning 

ustuvor  yo‘nalishlaridan  biri,  xalq  turmush  darajasi  va  sifatini  yuksaltirishning 

muhim sharti sifatida belgilangan. 

Binobarin, yurtimizda har yili  milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, hududlar 

bo‘yicha  mehnat  resurslaridan  yanada  to‘liq  va  oqilona  foydalanish,  aholining 

ijtimoiy muhofazasini taminlashga qaratilgan tegishli dasturlar qabul qilinyapti. 

Milliy  mehnat  bozorining  etiborga  molik  o‘ziga  xos  xususiyatlari  quyidagilar 

hisoblanadi:  aholining  asosiy  qismini  Yoshlar  tashkil  etishi  (har  yili  yarim 

milliondan  ortiq  bitiruvchilar  ishga  joylashish  bo‘yicha  ko‘makka  muxtoj);  700 

mingdan ortiq ishsizlarning, shuningdek, ishchi kuchining talab va taklifi bo‘yicha 

nomutanosiblikning  mavjudligi,  ayrim  tumanlarda  ishsizlik  va  norasmiy  sektorda 

ish bilan bandlikning yuqori darajasi kuzatiladi.  

“Aholini ish bilan taminlash biz uchun nafaqat iqtisodiy, ayni paytda katta ijtimoiy 

ahamiyatga egadir. Hokimliklar, vazirlik va idoralar, ish beruvchi tashkilotlar bilan 

bir qatorda bank  muassasalarini  ham bu  ishga  yanada  faol jalb etishi kerak. Aholi 

bandligini  hal  etishda  turizmni  rpvojlantirish  bo‘yicha  katta  imkoniyatlarni  ishga 

solishimiz lozim”. SHavkat Mirziyoev 




      Yurtimizda  yiliga  1,5  million  odamni  ishga  joylashtirishga  ehtiyoj  bulsa-da, 

o‘tgan  yili  (2016  yil)  Bandlikka  ko‘maklashish  markazlari  atigi  248  ming  kishini 

yoki  16,5  foizini  ishga  joylashtirgan.  Buning  asosiy  sabablari  ish  faoliyatidagi 

eskirgan  shakl  va  usullar  hamda  bandlik  muammolarini  hal  etishdagi 

rasmiyatchilik  bilan  bog‘liq.Bunday  holat  bandlikka  ko‘maklashishning  faol 

siyosat  choralarini  amalga  oshirish,  yani  ish  o‘rinlarini  yaratish,  avvalo  Yoshlarni 

va  ijtimoiy  himoyaga  muhtoj  aholi  toifalarini  ish  bilan  taminlash,  tadbirkorlik 

faolligini  rag‘batlantirish  chorasini  ko‘rishga  zaruriyatini  keltirib  chiqaradi.YAigi 

ish o‘rinlarini tashkil etishda erkin iqtisodiy zonalarning ham o‘rni katta. Xususai, 

mamlakatimizda  «Navoiy»  «Angren»  va  «Jizzax»  erkin  iqtisodiy  zonalari  tashkil 

etilgan.  SHuningdek,  O‘zbekiston  Resiublikasi  Prezidentining  2017  yil  12 

yanvardagi  4931-son  farmoni  bilan  «Urgut»,  «G‘ijduvon»,  «Qo’qon»  va 

«Xazorasp»  erkin  iqtisodiy  zonalari  tashkil  etildi2.  Bu  iqtisodiy  zonalarda  meva-

sabzavot  va  qishloq  xo‘jaligi  mahsulotlarini  chuqur  qayta  ishlash,  saqlash  va 

qadoqlash,  to‘qimachilik,  gilam  to‘qish,  poyabzal  va  charm-galantereya,  ekologik 

jihatdan  xavfsiz  kimyo,  farmatsevtika,  oziq-ovqat,  elektrotexnika  sanoati, 

mashinasozlik va avtomobilsozlik, qurilish  materiallari  ishlab chiqarish  va boshqa 

yo‘nalishlarda yangi zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish yangi ish 

o‘rinlarining yaratilishiga zamin yaratadi. 

           2017-2021  yillarda 

O‘zbekiston Respublikasini 

rivojlantirishning 

beshta  ustuvor  yo‘nalishi  bo‘yicha  Harakatlar  strategiyasida  mehnat  bozori 

talablariga  asosan,  professional  kadrlarni  qayta  tayyorlash  yuzasidan  qisqa 

muddatli  trening  va  o‘kuv  kurslarini  o‘tkazish  bo‘yicha  nodavlat  ta’lim 

muassasalari  faoliyatini  rag‘batlantirish,  nodavlat  ta’lim  muassasalari  faoliyatini 

litsenziyalash  tartibini  soddalashtirish,  davlat  akkreditatsiyasiga  ega  bo‘lgan 

nodavlat  ta’lim  muassasalari  uchun  davlat  namunasidagi  hujjatlarni  berish 

bo‘yicha  mavjud  cheklovlarni  bartaraf  etish  nazarda  tutilgan.SHuningdek, 

Harakatlar  strategiyasida  o‘rta  maxsus  va  kasb-hunar  ta’limi  muassasalarida 

kerakli  talabdan  ortiq  hajmda  tayyorlanayotgan  gumanitar  ta’lim  yo‘nalishlarini 

qisqartirishni va mos ravishda agrar sektor, kurilish va ishlab chiqarish sohasi, uy-

joy  kommunal  xo‘jaligi  sohasi  mutaxassislari  tayyorlashni  kengaytirishni  ko‘zda 

tutuvchi  o‘rta  maxsus  va  kasb-hunar  ta’lim  mutaxassislik  yo‘nalishlarini  qayta 

ko‘rib  chiqish  rejalashtirilgan.  Joriy  va  istiqboldagi  kadrlarga  bo‘lgan  ehtiyojdan 

kelib  chiqqan  holda  mutaxassislarni  tayyorlash,  agrar  sektor,  qurilish  va  ishlab 

chiqarish sohasi, uy-joy kommunal xo‘jaligini  malakali mutaxassislar bilan hamda 

bitiruvchilarni kafolatlangan ish bilan taminlash imkonini beradi.Hududlarda aholi 

bandligini  taminlash  hamda  qo‘shimcha  daromad  manbaini  yaratish  maqsadida 

tijorat banklari tomonidan mikrokreditlar ajratish xajmini yan ada  oshirish ham bu 

muammoni  hal  qilinishiga  yordam  beradi.Aholini  ijtimoiy  himoya  qilish  va 



sog‘liqni  saqlash  tizimini  takomillashtirish,  xotin-qizlarning  ijtimoiy-siyosiy 

faolligini oshirish. CHorak asrlik mustaqil taraqqiyotimiz davrida mamlakatimizda 

inson  hayotini  yaxshilash,  uning  qulay  turmush  sharoitlarini  yaratish  maqsadida 

ulkan  ishlar  amalga  oshirildi.  Demokratik  fuqarolik  jamiyatini  barpo  etish,  bunda 

aholini  ijtimoiy  himoya  qilish,  uning  sog‘ligini  kafolatlash  yo‘nalishida  jahon  va 

milliy  tajribaga  asoslangan  holda  yaxlit  tizim  yaratildi.Ayni  vaqtda  zamon  talabi, 

mamlakatimiz  bosib  o‘tgan  taraqqiyot  yo‘lining  chuqur  tahlili,  aholini  ijtimoiy 

himoyalash va sog‘likni saqlash tizimini takomillashtirish uchun mutlaqo yangicha 

yondashuv  hamda  tamoyillarni  ishlab  chiqish  va  amalga  oshirishni  taqozo 

etmoqda. 

         Olib  borilayotgan  islohotlar  samarasini  yanada  oshirish,  davlat  va 

jamiyatning  har  tomonlama  jadal  rivojlanishi  uchun  shart-sharoitlar  yaratish, 

mamlakatimizni  modernizatsiya  qilish  hamda  hayotning  barcha  sohalarini 

liberallashtirish  bo‘yicha  ustuvor  yo‘nalishlarni  amalga  oshirish  maqsadida  ishlab 

chiqilgan  Xdrakatlar  strategiyasida  Aholini  ijtimoiy  himoya  qilish  va  sog‘likni 

saqlash  tizimini  takomillashtirish,  xotin-kizlarning  ijtimoiy-siyosiy  faolligini 

oshirish  ustuvor  yo‘nalishlardan  birn  sifatida  belgilandi.O‘tgan  davr  mobaynida 

O‘zbekiston  sobiq  Ittifokdan  meros  bo‘lib  qolgan  tizimlashmagan,  umumiy 

shaklga  ega  bo‘lgan  ijtimoiy  himoya  tizimini  tubdan  yaxshilab,  tizimli,  manzilli 

harakterga  ega  bo‘lgan  va  ko‘lami  bo‘yicha  aholining  barcha  katlamlarini  har 

tomonlama  himoyalashni  tashkil  etishga  qaratilgan  takomillashgan  tizimni  joriy 

etdi  va  bugungi  kunga  kelib  aholiga  ijtimoiy  kafolatlarni  taminlamoqda.Bugungi 

kunda  Davlat  byudjetining  qariyb  60  foizi  ijtimoiy  sohani  rivojlantirishga 

yo‘naltirilmoqda.  1991  yilga  taqqoslaganda,  aholining  real  daromadlari  12 

barobardan  ziyod  ko‘paydi,  ish  haqi,  pensiya  va  ijtimoiy  nafakdlar  salmoqli 

darajada  oshdi.  Istemol  tovarlari  ishlab  chiqarishni  jadal  suratlar  bilan  oshirish  va 

aholining  ularga  bo‘lgan  talabini  qondirish  taminlanmoqda.Taraqqiyotimizning 

bugungi  bosqichida  ijtimoiy  sohaning  aholiga  majburiy  ijtimoiy  kafolatlarni 

taminlash,  aholining  ehtiyojmand  qatlamlarining  ijtimoiy  himoyasini  hamda 

keksalar  va  imkoniyati  cheklangan  shaxslarni  davlat  tomonidan  qo‘llab-

quvvatlashni kuchaytirish, ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, aholiga ijtimoiy 

xizmatlar  ko‘rsatishda  davlat-xususiy  sherikligini  rivojlantirish  masalalariga  e- 

tibor qaratilmoqda.Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish 

borasida 2017-2021 yillarda barcha tuman, shahar tibbiyot birlashmalari va oilaviy 

poliklinikalar,  onkologik  muassasalar,  respublika  ixtisoslashtirilgan  ilmiy-amaliy 

tibbiyot  markazlari,  Davlat  sanitariya  epidemiologiya  nazorat  markazlarini, 

Respublika  ilmiy  shoshilinch  tibbiy  yordam  markazi,  tibbiyot  oliy  ta’lim 

muassasalarining  klinikalari  va  respublika  klinik shifoxonalarini  hamda  to‘rtinchi 




darajali  ko‘p  tarmoqdi  bolalar  tibbiyot  markazlarining  moddiy-texnik  bazasi 

mustahkamlanadi va aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifati oshiriladi. 

        Aholining  hayot  sharoitlarini  yaxshilash  borasidagi  islohotlar.  O‘zbekistonda 

mustaqillikning  dastlabki  yillaridan  boshlab  amalga  oshirilgan  islohotlar 

jarayonida aholining turmush farovonligini hamda hayot sifatini oshirish yuzasidan 

katta  yaratuvchilik  ishlari  amalga  oshirildi.  Bugungi  kunda  Davlat  byudjetining 

kariyb  60  foizi  ijtimoiy  sohani  rivojlantirishga  yo‘naltirilmoqda.  Bu  aholining 

hayot  sifati  yaxshilanishiga  xizmat  qilmoqda.  SHu  bilan  birga  aholini,  ayniqsa 

qishloq  aholisini  yangi,  shinam  uy-joylar  bilan  taminlash  borasida  katta  ishlar 

amalga  oshirilmoqda.  Aholi  daromadlari  ko‘payishi  esa  ularning  hayot 

farovonligini  yuksaltirishga  asos  bo‘lmoqda.SHu  bilan  birga  «Republikamizda 

jadal  suratlar  bilan  zamonaviy  yo‘l-transport  va  muxandislik-kommunikatsiya 

infratuzilmasi tashkil kilinmosda. Jumladan, Qamchiq dovonidan o‘tadigan, noyob 

tog‘  tunelini  o‘z  ichiga  olgan  Angren  -  Pop  temir  yo‘l  tarmog‘i,  Toshg‘uzor-

Boysun-Qumqurgon  temir  yo‘li  qurildi.  Toshkentdan  Samarkand,  Qarshi  va 

Buxoroga  yo‘lovchi  tashiydigan  yuqori  tezlikdagi  temir  yo‘l  qatnovi  ochildi. 

Xalqaro  aeroportlar  modernizatsiya  qilindi,  Navoiy  aeroporti  negizida  xalqaro 

logistika  markazi  tashkil  qilindi  va  O‘zbekiston  milliy  avtomagistrali  barpo 

etildi»20.  Erishilgan  yutuqlar  bilan  birga  aholining  o‘sib  borayotgan  talab-

ehtiyojlarini  to‘laroq  qondirish,  ularning  samarali  ishlashi  hamda  hayoti  uchun 

munosib sharoitlar yaratish xalqimiz farovonligini taminlashda muhim zaruriyatga 

aylanmokda 

va 

bu 


O‘zbekistonni 

yanada 


rivojlantirishning 

ustuvor 


yo‘nalishlaridan  biri  hisoblanadi.  SHularni  hisobga  olib,  2017-2021  yillarda 

O‘zbekiston  Respublikasini  rivojlantirishning  beshta  ustuvor  yo‘nalishi  bo‘yicha 

Harakatlar  strategiyasida  ijtimoiy  sohani  rivojlantirishning  ustuvor  yo‘nalishlari 

bo‘yicha quyidagi vazifalarni amalga oshirish belgilab berilgan: 

—  aholi,  eng  avvalo,  Yosh  oilalar,  eskirgan  uylarda  yashab  kelayotgan  fuqarolar 

va  uy- joy sharoitini  yaxshilashga  muxtoj boshqa  fuqarolarning  yashash sharoitini 

imtiyozli  shartlarda  ipoteka  kreditlari  ajratish  hamda  shahar  va  qishloq  joylarda 

arzon uylar qurish orqali yanada yaxshilash; 

- aholining kommunal-maishiy xizmatlar bilan taminlanish darajasini oshirish, eng 

avvalo,  yangi  ichimlik  suvi  tarmoqdarini  qurish,  tejamkor  va  samarali  zamonaviy 

texnologiyalarni bosqichma-bosqich joriy etish orqali qishloq joylarda aholini toza 

ichimlik suvi bilan taminlashni tubdan yaxshilash; 

odamlarning  ekologik  xavfsiz  muxitda  yashapshni  taminlash,  maishiy 



chikindilarni qayta ishlash komplekslarini qurish va modernizatsiya qilish, ularning 

moddiy-texnik  bazasini  mustahkamlash,  chiqindilarni  yo‘q  qilish  bo‘yicha 

zamonaviy obektlar bilan taminlash; 



aholiga  transport  xizmati  ko‘rsatishni  tubdan  yaxshilash,  yo‘lovchi  tashish 

xavfsizligini oshirish va atrof muhitga zararli moddalar chiqishini kamaytirish, har 

tomonlama  kulay  yangi  avtobuslarni  sotib  olish,  avtovokzal  va  avtostansiyalarni 

qurish hamda rekonstruksiya qilish; 

yo‘l infratuzilmasi qurilishi va rekonstruksiya qilinishini davom etgirish, eng 



avvalo,  mintaqaviy  avtomobil  yo‘llarini  rivojlantirish,  xo‘jaliklararo  qishloq 

avtomobil yo‘llarini, aholi punkti ko‘chalarini kapital va joriy tamirlash; 

yangi  elektr  energiya  ishlab  chiqarish  quvvatlarini  qurish  va  mavjudlarini 



modernizatsiya  qilish,  past  kuchlanishli  elektr  tarmoqlari  va  transformator 

punktlarini  yangilash  asosida  aholini  elektr  energiyasi  hamda  boshqa  yoqilg‘i-

energiya  resurslari  bilan  taminlashni  yaxshilash,  shuningdek,  qayta  tiklanadigan 

energiya  manbalaridan  foydalanishni  kengaytirish  bo‘yicha  chora-tadbirlarni 

amalga oshirish; 

teatr  va  tomosha  maskanlarini,  madaniy-marnfiy  tashqilotlar  va  muzeylar 



faoliyatini  rivojlantirish  hamda  takomillashtirish,  ularning  moddiy-texnik  bazasini 

mustahkamlash. 

Ta’lim  va  fan  sohasini  rivojlantirish.  Uzluksiz  ta’lim  tizimini  yanada 

takomillashtirish, malakali kadrlar tayyorlash siyosatini rivojlantirish hamda ta’lim 

moddiy-texnik bazasini mustahkamlashdagi chora-tadbirlar tizimi. 

Ta’lim  va  fan  sohasini  rivojlantirish  davlat  siyosati  mano-  mazmunidan  va  uning 

dolzarbligidan  kelib  chiqib,  uni  quyidagicha  izohlash  mumkin:  birinchidan,  yangi 

ta’lim  tizimi,  barkamol  avlod  kadrlarini  tayyorlashdagi  o‘zgarishlar  va  yangicha 

yondashuvlar,  zamonaviy  kasb  sohalarining  paydo  bo‘lgani  hamda  uning 

mamlakatimiz sharoiti bilan bog‘liqligidir; ikkinchidan, ta’lim jamiyatning ijtimoiy 

tajribasini  keyingi  bosqichga  uzatadi;  uchinchidan,  ta’lim  inson  shaxsining 

intellektual-manaviy  qirralarini  shakllantirish,  uning  jamiyat  ishlab     chiqarishi  va 

ijtimoiy,  siyosiy,  madaniy,  marifiy  hayotida  faol  va  muvaffaqiyatli  ishtirokini 

taminlashga  qaratilgan  harakatlar  yig‘indisi  bo‘lib,  marifat  hamda  bilim  berishni 

anglatadi;  to‘rtinchidan,  fan  jamiyatning  ijtimoiy  institutlaridan  biri  bo‘lib,  tabiat 

va  jamiyat  hayotini  aks  ettiruvchi  ijtimoiy  ong  shakli.  U  katta  ilmiy  salohiyatni, 

ijodiy  kuch-quvvatni  birlashtirib,  manaviy  barkamol  insonni  tarbiyalashga, 

mamlakatda kudratli ilmiy salohiyatni yaratishga xizmat qiladi. 

Harakatlar  strategiyasida  maktabgacha  ta’lim  muassasalarining  qulayligini 

taminlash,  umumiy  o‘rta,  o‘rta  maxsus  va  oliy  ta’lim  sifatini  yaxshilash  hamda 

ularni rivojlantirish chora-tadbirlari belgilangan. 

Uzluksiz  ta’lim  tizimining  faoliyat  olib  borishi  ta’lim  dasturlarining  izchilligi 

asosida taminlanadi va quyidagi ta’lim turlarini o‘z ichiga oladi: 

1. 


Maktabgacha ta’lim. 

5. Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim. 

2. 

Umumiy o‘rta ta’lim. 



6. Kadrlar malakasini oshirish va 


3. 

O‘rta maxsus, kasb-hunar 

ularni qayta tayyorlash. ta’limi. 

4. 


Oliy ta’lim.  7. Maktabdan tashqari ta’lim. 

         SHuni  alohida  takidlash  kerakki,  rivojlangan  mamlakatlarda  ta’lim 

samaradorligi,  taraqqiyotning  16  foizi  -  moddiy-texnik  bazaga,  20  foizi  -  axborot 

resurslarnga,  64  foizi  -  inson  omiliga  bog‘liq.  Bu  uchala  omil  bir-biri  bilan 

chambarchas  bog‘liq  bo‘lib,  ta’lim-tarbiyaning  moddiy-  texnik  bazasi,  mavjud 

resurslaridan,  imkoniyatlaridan  oqilona  foydalanish  inson  mafaatiga  xizmat  qiladi 

va  uning  ratsional  rnvojlanishini  belgilab  beradi.Bugungi  kunda  ta’lim  davlat 

siyosatining  eng  ustuvor  yo‘nalishiga  aylandi.  Davlat  byudjetidan  ta’lim  va  ilm-

fanni rivojlantirishga 34,3  foiz  mablag‘ sarflanadi. Ta’limga ajratilgan  mablag‘lar 

byudjet  harajatlar  qismining  33,7  foizi  darajasida  rejalashtirilib  ta’lim  sohasiga 

yo‘naltirilayotgan  harajatlar  xajmi  mamlakatimiz  YAIM  tarkibida  10-12  foizni 

tashkil  etadi.  Holbuki,  jahon  tajribasida  bu  ko‘rsatkich  3-5  foizdan  oshmaydi. 

Qariyb  9,5  ming  yoki  mamlakatimizda  faoliyat  ko‘rsagayotgan  maktablarning 

deyarli  barchasida  qurilish,  kapital  rekonstruksiya  va  tamirlash  ishlari  amalga 

oshirildi.  O‘quv  maskanlarining  zamonaviy  o‘quv  laboratoriya,  mebel  jihozlari 

bilan taminlangani ta’lim sifati va mazmuniga yuksak etibor qaratilmoqda. 

Bugungi  kunda  aksariyat  maktabgacha  ta’lim  muassasalarining  moddiy-  texnik 

bazasi zamon talablariga javob bermaydi. Bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab 

olish  ko‘rstagichi  hamon  pastligicha  qolmoqda.  SHu  boisdan  ham  2200  ta 

maktabgacha ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun 

jami  2,2  trillion  sum  mablag‘  ajratish  ko‘zda  tutilgan.2016  yilda  maktabgacha 

ta’lim muassalariga bolalarni kamrab olish 27 foizni tashkil etgan, kelajakda uni 80 

foizga  etkazish  rejalashtirilgan.  SHuningdek,  qarorda  qishloq  joylarda  yangi 

maktabgacha  ta’lim  muassasalarini  kurish,  ularni  zamonaviy  talablarga  javob 

beradigan  jihozlar,  o‘quv-metodik  qo‘llanmalar  va  multimedia  vositalari  bilan 

taminlash nazarda tutilgan. 

Ta’lim  va  o‘qitish  sifatini  baholashning  xalqaro  standartlariga  o‘tishda  oliy  ta’lim 

muassasalari  faoliyati  va  samaradorligini  oshirishdagi  ustuvor  vazifalar. 

O‘zbekistonda  keyingi  uch  yilda  35  ta  yangi  oliy  o‘quv  yurti  tashkil  qilindi  va 

ularning  umumiy  soni  -  112  ta,  Bularning  13  tasi  xorijiy  oliy  ta’lim 

muassasalarining filiallaridir21. 

2017-2021  yillarda  O‘zbekiston  Respublikasida  oliy  ta’lim  tizimini  tubdan 

takomillashtirish borasida quyidagilar rejalashtirilgan: 

akademik soha, o‘quv dasturlari ishlab chiqilib, tasdiqlash; 



o‘quv jarayonini tashkil etish; 

pullik  xizmatlar  ko‘rsatish  va  moliyalashtirishning  qo‘shimcha  manbalarini 



izlashda  oliy  o‘quv  yurtlari  vakolatlarini  kengaytirish  yo‘li  bilan  ularning 

mustaqilligi bosqichma-bosqich rivojlantirish. 




milliy kadrlarning raqobatdoshligini oshirish; 

Boloniya jarayoni ishtirokchi mamlakatlari diplomlarini o‘zaro tan olish; 



o‘qituvchi  va  talabalar  bilan  almashuv  dasturlarini  amalga  oshirishga 

ko‘maklashuvchi  1999  yil  19  iyundagi  Boloniya  deklaratsiyasiga  qo‘shilish 

masalasi ko‘rib chiqish. 

Ilm-fan  taraqqiyotining  yangi  bosqichi:  fan,  ilmiy-tadqiqot,  innovatsion 



yutuqlarni  rag‘batlantirish  va  ularni  amaliyotga  joriy  etishning  samarali 

mexanizmlarini  yaratish  hamda  ixtisoslashgan  laboratoriya,  yuqori  texnologiya 

markazlari va texnologiyalarni joriy etish. 

fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini yanada takomillashtirish; 



jahonning  etakchi  universitetlari,  ilmiy  markazlari  va  fanlar  akademiyalari 

bilan ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlash; 

yangi  fan,  ilmiy  tadqiqot,  innovatsion  yutuqlarni  rag‘batlantirish  va  ularni 



amaliyotga  joriy  etishning  samarali  mexanizmlari  yaratilmoqda.Yoshlarga  oid 

davlat siyosatini takomillashtirish. 2017-2021  yillarda O‘zbekiston Respublikasini 

rivojlantirishning  beshta  ustuvor  yo‘nalishi  bo‘yicha  Harakatlar  strategiyasida 

«Yoshlarga oid davlat siyosatini takomkomilashtirish» deb nomlaigai alohida band 

(4.5-band)  kiritilgan.  U  ijtimoiy  sohani  rivojlantirishning  beshta  ustuvor 

yo‘nalishlaridan  birining  tarkibida  o‘z  ifodasini  topdi.  Unda  jismonan  sog‘lom, 

ruhan  va  aqlan  rivojlangan,  mustaqil  fikrlaydigan,  Vatanga  sodiq  qatiy  hayotiy 

nuqtai  nazarga ega Yoshlarni tarbiyalash,  demokratik  islohotlarni chuqurlashtirish 

va  fuqarolik  jamiyatini  rivojlantirish  jarayonida  ularning  ijtimoiy  faolligini 

oshirish, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga 

joylapggirish  hamda  xususiy  tadbirkorlik  sohasiga  jalb  etish,  Yosh  avlodning 

ijodiy va intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash va ruyobga chiqarish, bolalar 

va Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya 

va  sportga  keng  jalb  etish,  Yoshlarni  ijtimoiy  himoya  qilish,  Yosh  oilalar  uchun 

munosib  uy-joy  va  ijtimoiy-maishiy  sharoitlarni  yaratish,  Yoshlarga  oid  davlat 

siyosatini  amalga  oshirishda  davlat  hokimiyati  na  boshqaruvi  organlari,  ta’lim 

muassasalari,  Yoshlar  va  boshqa  tashkilotlarning  samarali  faoliyatini  tashkil  etish 

vazifalari  belgilab  berilgan.Malumki,  2016  yilning  14  sentyabrida  O‘zbekiston 

Respublikasining 33 moddadan iborat «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi 

O‘RQ-406-son  Qonuni  qabul  qilindi.  Mazkur  Qonunning  qabul  qilinishi 

munosabati  bilan  O‘zbekiston  Respublikasining  1991  yil  20  noyabrda  qabul 

qilingan«O‘zbekiston  Respublikasida  Yoshlarga  oid  davlat  siyosatining  asoslari 

to‘g‘risida»gi  429-XII-son  Qonuni  o‘z  kuchini  yo‘qotdi.  Qonunlarni  qabul  qilish 

masalaning  bir  jihati  bo‘lsa,  ularni  amalga  oshirishga  qaratilgan  chora-tadbirlarni 

ko‘rish  uning  boshqa  bir  jixatidir.  SHu  o‘rinda  «Yoshlarga  oid  davlat  siyosati» 

tushunchasi nimani anglatishiyi bilib olishimiz lozim. Yoshlarga oid davlat siyosati 




deganda, davlat tomonidan amalga oshiriladigan hamda Yoshlarni ijtimoiy jihatdan 

shakllantirish  va  ularning  intellektual,  ijodiy  va  boshqa  yo‘nalishdagi  salohiyatini 

kamol  toptirish  uchun  shart-sharoitlar  yaratilishini  nazarda  tutadigan  ijtimoiy- 

iqtisodiy,  tashkiliy  va  huquqiy  chora-tadbirlar  tizimi  tushuiiladi.  O‘zbekiston 

Respublikasining  «Yoshlarga  oid  davlat  siyosati  to‘g‘risida»gi  Qonuni  6-

moddasiiiig 1-qismida «Yoshlarga oid davlat siyosati davlat dasturlari, xududiy va 

boshqa  dasturlar  asosida  amalga  oshirilishi  mumkin»,  deb  belgilab  qo‘yilgan. 

O‘sha moddaning ikkinchi qismida «Davlat dasturlari, xududiy va boshqa dasturlar 

Yoshlarni  ijtimoiy  qo‘llab-  quvvatlash,  Yosh  fuqorolarning  shaxsiy,  siyosiy, 

iqtisodiy, ijtimoiy hamda madaniy xuquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini 

himoya  qilish  va  ro‘yobga  chiqarishni  taminlaydigan  zarur  shart-sharoitlarni 

yaratish,  jamiyat  hayotida  ularning  o‘rni  va  faolligini  oshirish,  sog‘lom  va 

barkamol  Yosh  avlodni  tarbiyalash  maqsadida  ishlab  chiqiladi  hamda  amalga 

oshiriladi»,  deyiladi.  SHu  o‘rinda  «Yoshlar»  tushunchasining  yuridik  mazmuniga 

to‘xtalib  o‘taylik.  Xush,  Yoshlar  deganda  qonun  hujjatlari  kimni  nazarda  tutadi? 

“Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonunning 3-moddasiga muvofiq, 

«Yoshlar (Yosh fuqorolar) - o‘n to‘rt Yoshga to‘lgan va o‘ttiz Yoshdan oshmagan 

shaxslar»dir. Yosh oila deganda, er-xotinniig ikkisi ham o‘ttiz Yoshdan oshmagan 

oila  yoxud  farzand  (bola)  tarbiyalab  voyaga  etkazayotgan  o‘ttiz  Yoshdan, 

oshmagan  yolg‘iz  otadan  yoki  yolg‘iz  onadan  iborat  bo‘lgan  oila,  shu  jumladan, 

nikohdan  ajralgan,  beva  erkak  (beva  ayol)  tushuniladi.  Yosh  mutaxassis  deganda, 

oliy  yoki  O‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  muassasasini  bitirgan,  ta’lim 

muassasasini  bitirganidan  so‘ng  olgan  ixtisosligi  bo‘yicha  uch  yil  ichida  ishga 

kirgan  va  malumoti  to‘g‘risidagi  hujjatda  ko‘rsatilgan  ixtisosligi  bo‘yicha 

ishlayotganiga  uch  yildan  ko‘p  bo‘lmagan  o‘ttiz  Yoshdan  oshmagan  xodim 

tushuniladi. Yoshlar tadbirkorligi deganda esa, yuridik shaxs tashkil etmagan holda 

Yosh fuqarolar tomonidan, shuningdek, tasischilari Yosh fuqarolar bo‘lgan yuridik 

shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyati tushuniladi. 

«Yoshlarga  oid  davlat  siyosati  to‘g‘risida»gi  Qonunning  5-moddasida  Yoshlarga 

oid  davlat  siyosatining  asosiy  yo‘nalishlari  belgilab  berilgan.  Ana  shunday 

yo‘nalishlardan  biri  sifatida  Yosh  oilalarni  manaviy  va  moddiy  jihatdan  qo‘llab-

quvvatlash,  ular  uchun  munosib  uy-joy  va  ijtimoiy-maishiy  sharoitlarni  yaratish 

bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar tizimini amalga oshirish vazifasi belgilangan. 

Qonunning  9-moddasida  Yoshlarga  oid  davlat  siyosatini  ruyobga  chiqarishda 

ishtirok  etuvchi  organlar  va  muassasalar  tizimiga  ta’limni  davlat  tomonidan 

boshqarish  organlari  va  ta’lim  muassasalari,  davlat  sog‘liqni  saqlash  tizimini 

boshqarish  organlari  va  sog‘likni  saqlash  muassasalari,  madaniyat  va  sport  ishlari 

bo‘yicha  organlar,  mehnat  organlari,  prokuratura  organlari,  ichki  ishlar  organlari, 

adliya  organlari,  mudofaa  ishlari  bo‘yicha  organlar  kirishi  bilan  bir  qatorda,  bu 



borada  boshqa  organlar  va  muassasalar  ham  qonun  hujjatlariga  muvofiq  ishtirok 

etishi  mumkinligi belgilab berilgan. SHundan kelib chiqib, Yosh oilalarni qo‘llab-

quvvatlash va uy-joy bilan taminlash maqsadida hududlarda 

«Kamolot»  uylarini qurish  va imtiyozli kredit asosida faol Yoshlarga taqdim etish 

vazifasi  belgilandi.  Bunday  uylar  loyiha-smeta  hujjatlari  asosida  tijorat  banklari 

kreditlari  evaziga  quriladi.  Mamlakatning  ijtimoiy  hayotida  faol  qatnashayottan 

Yosh  oilalarni  yanada  qo‘llab-quvvatlash  maqsadida  ular  zamonaviy  uy-joylar 

bilan taminlanadi va ularga uzoq muddatli ipoteka kreditlari ajratiladi. 

O‘zbekiston  Prezidentining  xalqimiz  o‘rtasida,  ayniqsa  Yoshlar  orasida 

kitobxonlik  ananasini  yanada  jonlantirish,  kitob  mutolaasiga  keng  etibor  karatish 

bo‘yicha  amalga  opshrayoggan  say-harakatlari  diqqatga  sazovordir.  O‘quvchi 

Yoshlarning 

mafkuraviy 

immunitetini 

mustahkamlash 

maqsadida 

ta’lim 

muassasalarida  «Men  sevib  o‘qigan  kitob»  va  «Eng  yaxshi  kitobxon»  tanlovlari 

tashkil etilmoqda. Bunday tadbirlar vositasida o‘quvchi Yoshlar turli  yot g‘oya va 

mafkuralardan himoya qilinadi, ularning  mafkuraviy immuniteti mustahkamlanadi 

hamda  jamiyatda  yuksak  manaviyatni  qaror  toptirishga  hissa  qo‘shiladi.  Har  bir 

tuman  markazida  kitob  do‘konlari  ochildi  va  ular  yangi  asarlar  bilan  boyitildi.  40 

ga  yaqin  nomdagi  o‘zbek  mumtoz  va  hozirgi  zamon  adabiyoti,  jahon  mumtoz 

adabiyoti  durdonalari  nashr  etildi  va  hududlarda,  xususan,  respublika  axborot-

resurs  markazlarida  ularning  takdimoti  o‘tkaziladi.  Bunday  ezgu  ishlarni  amalga 

oshirishdan  adabiyot  orqali  xalq  manaviyatini  yuksaltirish,  oilaviy  kitob  o‘qish 

ananalarini  keng  torg‘ib  qilish,  yozuvchi  va  kitobxon  o‘rtasidagi  muloqotni 

kuchaytirish,  Yoshlarni  intellektual  rivojlangan  va  manan  barkamol  qilib  voyaga 

etkazishda  kitobning  o‘rni  va  ahamiyatiga,  kitob  mutolaasi  madaniyatiga  bo‘lgan 

etiborni  kuchaytirsh  maqsad  qilib  olingan.  O‘sib  kelayotgan  avlodning  kitob  va 

boshqa bosma mahsulotlarga qiziqishini o‘stirish maqsadida O‘zbekiston xalqining 

madaniy-  marifiy  merosi, tarixi bo‘yicha adabiyotlar chiqaruvchi  nashriyot  uylari, 

bosmaxonalar, asar mualliflariga soliq va boshqa preferensiyalar takdim etilmoqda, 

iqtisodiy rag‘batlantirish choralari ko‘rilmoqda. 

       Harakatlar  strategiyasiga  asosan  oliy  o‘quv  yurtlari  kirish  sinovlarida  chin 

etim, etim va nogironlarga imtiyozlar yaratilgan. Davlat taminotidagi etim bolalar, 

ota-ona  qarovisiz  qolgan  bolalar  hamda  1-  guruh  ko‘zi  ojiz  nogironlarga  ta’lim 

olishda  keng  imkoniyatlar  yaratilgan.  Ularga  oliy  ta’lim  muassasalariga  qabul 

qilishda  alohida  davlat  granti  ajratgan  holda,  imtiyozlar  belgilangan,  hududlarda 

ayrim yo‘nalishlar bo‘yicha maqsadli qabul kvotalari tasdiqlangan. 

         Alohida  takidlash  lozimki,  uyushmagan  Yoshlarning  sport  bilan  muntazam 

shugullanishi  uchun  etarli  shart-sharoitlar  yaratilishi  kerak.  Bu  maqsadda 

mahallalarda  zamonaviy  sport  maydonchalarini  barpo  etish,  uyushmagan  Yoshlar 

o‘rtasida  musobaqalar  tashkil  etish  (street  sport)  lozim.  Agar  jamiyat  azolarining 




barcha qatlamlari, ayniqsa Yoshlar sport bilan muntazam shug‘ullansa, bu sog‘lom 

avlod to‘g‘risidagi maqsadlarimiz va intilishlarimizning hayotiy ifodasi demakdir. 

Barchamizga  yaxshi  malumki,  mamlakatimizda  sog‘lom  turmush  tarzini  targ‘ib 

qilishga,  Yoshlarning  sportga  bo‘lgan  qiziqishlarini  oshirishga  yo‘naltirilgan  uch 

bosqichli sport musobaqalari («Umid nihollari»,«Barkamol avlod», «Universiada») 

yo‘lga  qo‘yilgan.  SHu  munosabat  bilan  sport  musobaqalari  final  bosqichi 

o‘tkaziladigan  ta’lim  muassasalari  tamirlanadi  va  jihozlanadi.  Buning  natijasida 

o‘quvchi  Yoshlarning  sog‘lom  va  barkamol  bo‘lishlari  uchun  tegishli  sharoitlar 

yaratiladi.Oliy  ta’lim  muassasalarining  bakalavr  yo‘nalishida  to‘lov-shartnoma 

asosida  tahsil  olayotgan  chin  etim,  Mexribonlik  uyida  tarbiyalangan  va  ota-  onasi 

ota-onalik  huquqidan  maxrum  qilingan,  kam  taminlangan  oilalardagi  iqtidorli 

talabalarni  rag‘batlantirish  maqsadida  «Ta’lim  granti»,  «Kasaba  uyushmalari 

stipendiyasi»  loyihalari  asosida  sti-  pendiyalar  to‘lash  amalga  oshirib  boriladi. 

Ushbu  ishlarni  tashkil  etish  natijasida  ijtimoiy  himoyaga  muxtoj,  iqtidorli 

talabalarga  oliy  ta’lim  muassasasida  ta’limni  davom  ettirish  uchun  imkoniyat 

yaratiladi  hamda  ularning  harakati  bilimi  va  intilishi  moddiy-manaviy  jihatdan 

rag‘batlantiriladi.  Iqtidorli  Yoshlarni  izlab  topish,  ularni  rag‘batlantirish,  ijodiy 

salohiyatini yuksaltirish va katta sahnalarga olib chiqish, Yoshlar etiborini musiqa 

va  sanatga  qaratish,  bo‘sh  vaqtlarini  mazmunli  o‘tkazishni  tashkil  etish,  Yosh 

iqtidorli  ijodkorlarni  izlab  topish  va  ularning  ijodini  rag‘batlantirish,  Yoshlarni 

Vatanga  muhabbat,  mustaqillik  g‘oyalariga  sadoqat  va  fidoyilik  ruhida 

tarbiyalashga  xizmat  qiluvchi  qator  festivallar,  ko‘rik  tanlovlar  o‘tkazilmoqda, 

davlat  mukofotlari  joriy  etilgan.  Masalan,  istedodli  Yoshlarni  ruyobga  chiqarish, 

kashf  etish,  sanat  olamiga  kirib  kelayotgan  Yoshlarni  har  tomonlama  qo‘llab- 

quvvatlash  maqsadida  «Nihol»  mukofoti,  iqtidorli  qizlar  orasida  “Zulfiya” 

mukofotlari joriy etilgan. 

Turli  sohalarda  mehnat  kilib,  xalqimiz  hurmat-etiboriga  sazovor  bo‘lgan  zamon 

qahramonlari  faoliyati  to‘g‘risida  hujjatli  filmlar  yaratish,  ular  bilan  muntazam 

ravishda  adabiy  kechalar  o‘tkazishga  doimo  etibor  berib  kelingan.  O‘z  kasbi 

bo‘yicha  yuksak  natijalarga  erishgan  turli  soha  vakillari  faoliyatini  targ‘ib  qilish 

mamlakatimizda  amalga  oshirilayotgan  islohotlarni  yoritish,  ularni  Yoshlarga 

namuna sifatida etkazish va keng targ‘ib qilish muhim ahamiyatga ega. 

Eshlar  o‘rtasida  tibbiy  madaniyatni  oshirish,  ularga  tibbiy  ko‘rikdan  doimiy 

o‘tishining  ijobiy  tomonlarini  tushuntirish  maqsadida  ta’lim  muassasalari, 

mahallalar  hamda  tibbiyot  punktlarida  «Salomatlik  kunlari»ni  tashkil  etish 

belgilangan.  Bu  tadbirlarning  amalga  oshirilishi  aholi,  ayniqsa,  Yoshlar  orasida 

sog‘lom 

turmush 


tarzi 

shakllantirilishiga, 

ularning 

tibbiy 


madaniyati 

yuksaltirilishiga  hissa  qo‘shadi,  Yosh  avlodni  sog‘lom  va  barkamol  qilib  voyaga 

etkazishda  o‘zining  ijobiy  natijasini  ko‘rsatadi.  Ota-onalarning  pedagogik 



madaniyatini,  farzand  tarbiyasi  borasidagi  burch  va  mas  uliyatini  oshirish 

maqsadida  fuqarolar  yig‘ini  huzurida  «Ota-  onalar  universiteti»  faoliyatida 

foydalanish  uchun  uslubiy  qo‘llanma  va  ko‘rgazmali  materiallar  ishlab 

chiqilmoqda, fuqarolar yig‘ini xodimlari va faollari uchun «Yosh avlod tarbiyasida 

ota-onalar 

masuliyatini 

oshirish» 

mavzusida 

respublika 

ilmiy-amaliy 

konferensiyasini  o‘tkazish  choralari  belgilangan.  Ushbu  chora-tadbirlar  barkamol 

avlodni  huquqiy,  manaviy-  axlokiy  jixatdan  tarbiyalashda  ota-onalarning 

savodxonligini  oshirish,  namunali,  ibratli  oilalar  tajribasini  ommalashtirishni, 

mavjud ibratli anana va kadriyatlarni saqlash va rivojlantirishni ko‘zda tutadi. 

              Yoshlarimiz 

o‘rtasida 

mamlakatimizda 

amalga 


opgarilayotgan 

islohotlarga  daxldorlik  tuyg‘usini  shakllantirish,  axlokiy  va  media  madaniyatni 

oshirishga  qaratilgan  uchrashuvlar,  davra  suhbatlari,  treninglar,  viktorinalar, 

tushuntirish tadbirlarini o‘tkazish, mahallalarda aholi va Yoshlar bilan terrorizm va 

diniy  ekstremizmga  qarshi    kurashishga  bag‘ishlangan  uchrashuvlar  o‘tkazish 

muhim ahamiyat kasb etadi va bu borada ham tegishli vazifalar belgilandi. 

Notinch  oilalar  farzandlari,  uyushmagan  Yoshlar,  ish  bilan  band  bo‘lmagan, 

«ommaviy  madaniyat»  tasiriga  tushib  qolgan  yigit-qizlarning  xatti-harakatlarini 

nazoratga  olishda  ota-onalarning  masuliyatini  oshirish,  kashandalik,  alkogolli 

ichimliklar  istemol  qilish  va  boshqa  illatlar  profilaktikasiga  oid  tadbirlar, 

seminarlar o‘tkazish, buklet, plakat, ko‘rgazmali ko‘llanmalar chop etish, ko‘rsatuv 

va  eshittarishlar  tashkil  qilish  Yoshlarning  «ommaviy  madaniyat»  tasiriga  qarshi 

immunitetani  mustahkamlash,  manaviy-axloqiy  madaniyatini  oshirish,  sog‘lom 

turmush  tarziga,  sog‘lom  oila  qurishga  intilishlarini  rag‘batlantirishni  ko‘zda 

tutadi. 

 


Yüklə 408,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin