8-9-mavzu: Sport maktablarining turlari va ularning nizomlari haqida tushunchalar



Yüklə 16,19 Kb.
tarix01.04.2023
ölçüsü16,19 Kb.
#92248
8-9-mavzu Sport maktablarining turlari va ularning nizomlari ha


8-9-mavzu:Sport maktablarining turlari va ularning nizomlari
haqida tushunchalar

Yuqorida takidlanganidek, O’zbеkistоnda sport turlari bo’yicha turli xil


maxsus sport maktablari faoliyat ko’rsatib kelmoqda va ularning o’z sohalari,
ixtis^sliklariga qarab Nizomlari mavjud.
Bolalar va o’smirlar sport maktablari haqidagi nizomlar ularning ish
faoliyatini tartibga soluvchi va doimiy ravishda muvofiqlashtiruvchi rasmiy hamda
huquqiy hujjatdir. Ular Respublika hukumati, sport tashkilotlari hamda mutasaddi
vazirliklar, tashkilotlarning qararlari, yo’l-yo’riqlari asosida to’ldirilib, boyitib
boriladi.
Nizomlarda asosan sport maktablarining maqsad va vazifalari, tarkibiy
tuzilishi, sportchilarni tanlab olish, sinovdan o’tkazish, murabbiylarning vazifalari,
moddiy-texnik va xo’jalik ishlarini boshqarish kabi sohalar bayon qilingan.
O’zbеkistоnda bolalar va o’smirlar sport maktablari, olimpiya o’rinbosarlari
bilim yurtlarini tuzish hamda ularni boshqarishning qat’iy tartib va qoidalari
mukammal ishlab chiqilgan.
Sport maktablari faoliyatlarini to’la aks ettiruvchi talab va qoidalar ularning
nizomlarida batafsil bayon qilingan.
Nizomlarga ko’ra, bolalar va usmirlar sp^rt maktablari va olimpiya
o’rinbosarlari bilim yurtlari, sport qo’mitalari, jamiyatlari va Xalq taTimi vazirligi
tizimida tashkil qilingan. Ular quyidagi turlarga ajratiladi:
1.Davlat sport ko’mitalari, tizimidagi sport mahorati maktablari va
olimpiya bilim yurtlari.
2.Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi bolalar va usmirlar sport maktablari, sport
turlari bo’yicha ixtisoslashtirilgan maktablari, olimpiya o’rinbosarlari bilim
yurtlari.
3.Kasaba uyushmalari jismoniy tarbiya-sport jamiyati va boshqa sport
jamiyatlari tarkibidagi sport maktablari.
Sport maktablari va bilim yurtlarini moddiy-texnik ta’minlash hamda
boshqarish tartiblari mas’ul idoralar va tashkitotlar tomonidan amalga oshiriladi.
Nizomga ko’ra, sport maktablari, bilim yurtlari faoliyati asosan direktor
tomonidan boshqariladi. Unda pedagogik kengash hal qiluvchi organ hisoblanadi.
Pedagogik murabbiylar kengashda tarbiyaviy ishlar, sportchi-o’quvchilarni
tanlab olish, o’quv-sport mashg’ulotlarini tashkil qilish, mus^baqalarga
tayyorgarlik, musobaqa natijalari, murabbiylarning fa^liyatlari, ota-onalar bilan
moliyaviy-xo’jalik va boshqa ko’pgina masalalar muhokama qilinadi.
Bolalar va o’smirlar sp^rt maktablari, as^san, ixtisoslashgan faqat bir tur va
kompleks ko’p turlar shaklida bo’ladi.
Ma’lumki, Respublikada kurash, vоlеуbоl va boshqa sport turlari
bo’yicha juda ko’p sp^rt maktablari, olimpiya o’rinbosarlari bilim yurtlari tashkil
qilingan.
1993 yil martda O,zbеkistоn Vazirlar Mahkamasi Respublikada ommaviy
futbolni rivojlantirish to’g’risida qaror qabul qildi. Bu, o’z navbatida, barcha
viloyatlar, tumanlar markazlarida futbol maktab-internatlar tashkil qilish, ularning
faoliyatlarini boshqarish va moddiy-texnik ta’minlashga alohida e’tibor berishni
taqozo qiladi.
Uzoq yillar davomida Toshkent, Samarqand, Andijon, CHirchiq shaharlarida
sport internatlari hozir ular - olimpiya o’rinbosarlari kollejlari/ faoliyat ko’rsatib
keldi va Respublika terma jamoalari uchun ko’p mingli iqtidorli sportchilar
tayyorlab berdi. Ularning orasida yuzlab xalqaro sport musobaqalarining
sovrindorlari bor.
O’zbekiston mustaqilligi» sharoitida yangidan futbol, kurash, tennis, karate va
boshqa sport turlari bo’yicha maxsus klublar tashkil etilgan, ularda turli yoshdagi
bolalar shug’ullanmoqda. Bu klublar, asosan, sport maktabi vazifasini bajarmoqda.
Yüklə 16,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin