8-ma’ruza 8-Mavzu: O’qituvchi faoliyatida muloqot madaniyati va psixologiyasi. Reja



Yüklə 428,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix28.04.2022
ölçüsü428,04 Kb.
#56551
  1   2   3   4   5   6   7


8-MA’RUZA 

8-Mavzu: O’qituvchi faoliyatida muloqot madaniyati va 

psixologiyasi. 

Reja: 

1. 

O’qituvchi kasbiy faoliyatida muloqot madaniyatining 

shakllanishi. 

2. 

Pedagogik muloqotda muomala madaniyati. 

3. 

Sharqona tarbiya va muosharat odobining muloqotga ta’siri. 

4. 

Muloqot asosida ma’naviy madaniyatni shakllantirish mezonlari 

va omillari. 

 

Таянч тушунчалар: 

“Таълим  тўғрисида”ги  Қонун;  педагогик  мулоқот  маданияти; 

ўқитувчининг  этнопсихологик  фазилатлари;  кундалик  мулоқот;  анъанавий 

мулоқот;  “устоз  -  шогирд”  анъаналари;  мулоқот  объекти;  педагогик 

зиддиятлар; муошарат одоби; муомала маданияти; миллий ва умумбашарий 

қадриятлар;  сўз  ва  нутқ;  бадиҳагўй;  қиссахон;  воиз;  фозил  киши; 

ширинсуханлик;  нотиқлик  қобилияти;  маънавият  мезони;  маънавий 

маданиятни шакллантириш омиллари; психологик тактика. 

 

 O’qituvchi  kasbiy  faoliyatida  muloqot  madaniyatini  shakllantirish 



muammosi kishilik jamiyatining ehtiyojlari va talablaridan kelib chiqqan holda hal 

qilinadi.  Shu  boisdan  hozirgi  davrda  O’zbekiston  Respublikasining  “Ta’lim 

to’g’risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da kasb tanlash motivlari

kasbiy tayyorgarlik, kasbiy layoqat va kasbiy mahorat bilan cheklanib qolmaslikni, 

balki  bo’lg’usi  pedagog  kadrlar  shaxsiy  faoliyatida  kasbiy  madaniyatni  tarkib 

toptirish  mutlaqo  zarur  ekanligi  ta’kidlanadi.  Respublikamizda  o’qituvchilik 

kasbining o’ziga xos etnopsixologik fazilatlari, hislatlari, qobiliyatlari ish uslublari, 

pedagogik  mahorat  sirlarini  egallash  yo’llari,  shaxslararo  muloqot  madaniyati 

yuzasidan turli davrlarda har xil ilmiy izlanishlar olib borilgan.  

Muloqot  madaniyatining  tarbiyalovchi  imkoniyatlarini  ro’yobga  chiqarish 

ko’p  jihatdan  o’qituvchining  shaxsiy  sifatlari  bilan  belgilanishini  ta’kidlab  o’tish 

lozim.  Pedagogik  muloqot  madaniyatining  har  jihatdan  to’g’ri  tanlangan, 

o’qituvchining  ma’naviy  saviyasi,  betakror  xususiyatlariga  muvofiq  keluvchi 

uslubi quyidagi vazifalar majmuini hal qilishga yordam beradi:  



birinchidan, muloqotda har bir o’quvchiga alohida e’tibor va dilkashlik, sinf 

jamoasi  bilan  umumiy  muloqot  jarayonini  soddalashtiradi,  o’qituvchining  erkin 

pedagogik  faoliyati  uchun  zamin  tayyorlaydi,  ziddiyatli  vaziyatlarni  oson  hal 

qiladi;  




ikkinchidan,  har  bir  o’quvchi  bilan  o’zaro  munosabatni  erkin  muloqot 

asosida  tashkil  qilish,  ularning  yosh  xususiyatlariga  monand  pedagogik  va 

psixologik  muloqot  uslublarini  tanlash, uning  ruhiyatini  bilishga,  ichki  dunyosiga 

“kirib borish”ga yo’l ochadi;  



uchinchidan,  pedagogik  muloqotda  o’qituvchining  ma’naviy-axloqiy 

normalari  muvaffaqiyatlar  kaliti  bo’lib,  ta’lim-tarbiya  samaradorligini  oshiradi, 

muloqotning barcha bosqichlarida o’qituvchining o’z faoliyatidan qoniqish hissini 

xotirjamligini ta’minlaydi. 

O’qituvchining o’quvchilar bilan muloqot madaniyati individual uslublarini 

shakllantirish metodikasi quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi: 

1.  O’quvchilar  bilan  muloqot  qilish  madaniyatining  individual  shaxsiy 

xususiyatlarini  o’rganishi.  O’quvchilar  shaxsiy  xususiyatlarini  mustaqil  tahlil 

qilish, har tomonlama tavsif berish, o’qituvchining muloqotni to’g’ri tashkil etishi 

asosida amalga oshadi.  

2.  Shaxsiy  muloqotda  ro’y  beradigan  kamchiliklarni  aniqlash  va  darhol 

ularga barham berish choralarini izlab topish: muloqotda qo’pollik, mensimaslik va 

boshqa salbiy holatlarni engish. 

3. O’qituvchi o’zi uchun muloqot madaniyatining qulay bo’lgan uslublarini 

ishlab chiqishga doir faoliyatni ishlab chiqishi va o’z-o’zini kuzatish bilan yutuq va 

kamchiliklarni taqqoslash. 

4. O’zining muloqot madaniyati uslublariga muvofiq keluvchi milliy an’ana 

va ma’naviyatimizga xos jihatlardan unumli foydalanish. 

5.  Muloqot  madaniyatida  pedagogik  faoliyat  qonuniyatlaridan  chetga 

chiqmaslik,  bu  uslubni  mustahkamlash  (pedagogik  amaliyot  va  malaka  oshirish 

jarayonida). 

Pedagogik  faoliyatni  endigina  boshlayotgan  yosh  o’qituvchilar  o’z  kasbiy 

mahoratlarini  oshirish  maqsadida  o’quvchilar  bilan  muloqot  madaniyatini 

shakllantirish ustida muntazam ish olib borishlari zarur. 

Ta’lim-tarbiyaviy  jarayonni  tashkil  etishda  pedagogik  muloqot  madaniyati 

o’qituvchi  va  o’quvchilarning  bevosita  o’zaro  munosabatini  ma’lum  bir  maqsad 

sari  hamjihatlikka  yo’naltiruvchi  kuchdir.  Bu  o’rinda  o’qituvchi  quyidagi 

vaziyatlarni e’tiborga olishini alohida ta’kidlash lozim:  

-  o’qituvchining  ilk  tarbiyaviy  faoliyatidan  boshlab  muloqot  madaniyatiga 

rioya  qilishi,  bu  jarayonda  o’qituvchi  va  o’quvchilar  jamoasi  bilan  har  kungi 

muomalani  vaziyatga  qarab  rejalashtirishi,  har  bir  harakat,  so’z  ohangiga  e’tibor, 

an’anaviy muloqotning eng yaxshi xususiyatlarini o’zlashtirishi;  

- muloqot asosida sinf jamoasidagi turli vaziyatlarni qayd etish, o’quvchilar 

hatti-harakatining  oldingi  holati  bilan,  tarbiyaviy  faoliyatdan  keyingi  holatini 

qiyoslab chiqib baho berish;  



-  o’z  muloqot  uslubi  natijalarini  tanqidiy  nuqtai  nazardan  tahlil  qilib, 

kamchiliklarni uzluksiz bartaraf etib borish. Zarur so’z, ovozdagi yoqimli ohang, 

hulq-atvorni vujudga keltirish; 

-  pedagogik  muloqot  madaniyatining  samarali  kechishi  uchun  uning  shart-

sharoitlarini  bilib  olishning  o’zi  kifoya  qilmaydi,  o’quvchilar  bilan  o’zaro 

muomalaning  “ustoz-shogird”  an’analariga  xos  boshlanishi  va  o’zaro  fikr 

almashish  asosida  muhim  vazifalarni  hal  qilish  bilan  muomala  ob’ektining 

diqqatini o’ziga jalb qilish;  

-  muloqot  ob’ekti,  ya’ni  o’quvchining  diqqatini  o’ziga  jalb  qilish  deganda 

nimani  anglash  kerak?  Buning  ma’nosi  o’qituvchi  o’zining  xushmuomalaligi, 

madaniyati, go’zal xulqi, muloqotda o’quvchilar qalbiga yo’l topa olishi bilan o’z 

mahoratini namoyish qilib, muloqot madaniyatining tashkiliy shakllariga ijtimoiy-

psixologik negizni asos qilib olishidir.  

Ko’rsatib  o’tilgan  vaziyatlar  asosida  pedagogik  ta’sir  ko’rsatish  uchun 

o’qituvchining  pedagogik  muloqot  madaniyatiga,  etikasi  va  odob-axloqiga, 

dilkashligiga,  muosharat  odobiga  alohida  talablar  qo’yiladi.  Ushbu  fazilatlar 

o’qituvchining sinf jamoasida, ota-onalar bilan muloqot qila bilishida, o’quvchilar 

bilan aniq maqsadni ko’zlagan holda tarbiyaviy faoliyatni tashkil etishida va ularni 

boshqara  olishida  muvaffaqiyatlar  garovidir.  Kasbiy  faoliyatning  noyob  fazilati 

bo’lmish  pedagogik  muloqot  madaniyatiga  amal  qiladigan  yosh  o’qituvchi 

quyidagi xususiyatlarni o’zida mujassamlashtirishi lozim: 

-  mamlakatimizning  ijtimoiy-siyosiy  talablari  va  ehtiyojlariga  mos  bo’lgan 

yuksak  ma’naviyat  darajasidagi  qarashlar,  kuchli  va  barqaror  e’tiqod,  davlatimiz 

ideallari, milliy g’oya va mafkurasiga sodiqlik, vatanparvarlik, fidoyilik tuyg’ulari 

shakllangan ijtimoiy-siyosiy faol shaxs; 

-  o’quvchilarga  samimiy  mehr–muhabbat,  ularning  har  qanday  ehtiyojlari, 

qiziqishlari, hatti-harakatlari motivlarini, xulq-atvorlarini tushunish ko’nikmasi va 

malakasining shakllanganligi; 

-  jamiyatda  ro’y  berayotgan  hodisalar,  jahonda  ro’y  berayotgan  voqealar, 

tabiatga,  borliqqa,  shaxslararo,  guruhlararo,  millatlararo  munosabatlarga  nisbatan 

pedagogik  kuzatuvchanlik,  yangilikka,  ijodiy  izlanishga  nisbatan  intilish 

qobiliyatining mavjudligi; 

-  pedagogik  faoliyatning  barcha  jabhalarida  odamlarning  hatti-harakatlari, 

munosabatlaridagi  xususiyatlarni  oqilona  tushunish,  o’z  faoliyatiga  nisbatan 

refleksiv munosabatni tarkib toptirish; 

-  har  qanday  favqulotda  vaziyatlarga,  jamiyatda  ro’y  berayotgan 

yangiliklarga nisbatan hamda ijtimoiy – iqtisodiy o’zgarishlarga omilkorlik va aql 

idrok bilan munosabatda bo’lish, o’z oldiga to’g’ri maqsad qo’ya olish, reja tuzish, 

bevosita nazorat qilish, boshqarish va o’z imkoniyatlarini namoyon eta olish; 



-  pedagogik  faoliyatlarda,  jamoatchilik  tizimida  muvaqqat  guruhiy 

munosabatlarda,  ommaviy  harakatlarda  tashkilotchilik  va  boshqaruvchanlik 

qobiliyatini namoyish etishi; 

-  dunyoqarashi  va  tafakkur  ko’lamining  kengligi,  dunyoviy  bilimlarni 

bilishga  nisbatan  qiziqishining  serqirraligi,  ilmiy  izlanishlarga  moyilliligi, 

muayyan  ilmiy  salohiyat  va  pedagogik  mahorat  darajasini  muntazam  oshirib 

borishi; 

-  o’quvchilar  bilan  muloqotda  layoqatliligi,  nutq  madaniyatining  mantiqan 

ixcham,  ma’noli,  ta’sirchan  kuchga  egaligi,  psixologik  ta’sir  o’tkazish  bilan 

qurollanganligi. 

Har  bir  o’qituvchi  uchun  o’quvchilarga  to’g’ri,  omilkor  axborot  uzatish  va 

unga  suhbatdoshini  ishontira  olishi  kasbiy  zaruriyat  hisoblanadi.  Bunda 

o’qituvchining  muloqot  madaniyati,  ma’naviy  olamining  kengligi  muhim 

ahamiyatga  ega.  O’qituvchining  pedagogik  faoliyati  uzluksizdir,  shu  sababli  u 

muloqot  madaniyatini  ham  muntazam  shakllantirib  borishida  quyidagi 

yo’nalishlarga  e’tibor berishi lozim: 

1.  Yuksak  pedagogik  faoliyat  nuqtai  nazaridan  o’z-o’zini  anglashi, 

(muomalada  o’zining  o’zaro  fikr  almashishga  doir  sifatlarini,  ijobiy  va  zaif 

tomonlarini  bilishi)  va  shu  asosda  o’zaro  fikr  almashish  yo’li  bilan  o’z-o’zini 

tarbiyalashi.  

2. Kishilar bilan o’zaro munosabatda kommunikativ iqtidorini shakllantirib 

borishi,  muloqot  asosida  to’g’ri  bashorat  qilish  sezgilarini  mashq  qildirishi, 

muloqotda  o’zining  ideal  tasavvurlarini,  imkoniyatlarini  boshqalar  (o’qituvchilar 

jamoasi,  o’quvchilar,  ota-onalar)  qanday  baholashi  haqidagi  refleksiv 

tasavvurlarini tahlil qilishi. 

3.  O’zida  muosharat  odobining  muhim  xususiyatlarini  rivojlantirish 

yuzasidan ixtisoslashtirilgan mashqlar asosida ishlashi. 

4.  O’quvchilar  va  ota-onalar  bilan  tarbiyaviy  maqsadlarga  qaratilgan  turli 

jamoat  ishlarini  olib  borishi,  bunda  o’zaro  fikr  almashish  asosida  pedagogik 

tashkilotchilik qobiliyatini takomillashtirib borishi. 

5.  Muloqot  jarayonida  paydo  bo’ladigan  salbiy  holatlarni  engish 

ko’nikmalarini  shakllantirishi,  dilkashlik  va  xushmuomalalikni  rivojlantiradigan 

vaziyatlar tizimini yaratishi. 

O’qituvchi  muloqot  madaniyati  asosida  faoliyat  olib  borgan  taqdirda  ham, 

o’quvchilar  jamoasi  orasida  turli  tushunmovchiliklar,  ziddiyatlar  paydo  bo’lishi 

tabiiy  hol.  Har  qanday  tajribali  o’qituvchining  pedagogik  muloqoti  jarayonida 

o’ziga  xos  qiyinchiliklar  yuzaga  keladi.  Sinfda  sodir  bo’ladigan  har  qanday 

pedagogik  vaziyatga  javobgar  shaxs  o’qituvchidir.  Bu  barcha  davrlar  pedagogik 

faoliyatida namoyon bo’ladigan tipik hodisa.  



Ayniqsa,  ushbu  holat  endigina  o’z  faoliyatini  boshlagan  yosh 

o’qituvchilarning pedagogik faoliyatida muammoli vaziyatlarni paydo qiladi. Yosh 

o’qituvchilarning  o’quvchilar  bilan  olib  boradigan  ta’lim-tarbiyaviy  faoliyatini 

doimiy  nazorat  qilish,  ularga  to’g’ri  yo’nalish  berish,  barcha  o’quv  muassasalari 

pedagogik  jamoatchiligiga,  ustoz  o’qituvchilar  zimmasiga  yuklatilishi  lozim. 

Pedagogik  faoliyatda  xato  va  kamchiliklarga  yo’l  qo’yadigan  o’qituvchining 

yoshiga  va  ish  tajribasi  ko’lamiga  odatda  o’quvchilar  hech  qachon  e’tibor 

bermaydilar.  Chunki,  o’quvchilar  yoshidan  va  tajribasidan  qat’iy  nazar  barcha 

o’qituvchilarni  ustoz  deb  ataydilar.  O’zbekistonda  ta’lim-tarbiya  va  pedagogik 

muloqotning  o’ziga  xos  an’analari,  milliyligimizga  mos  shakl  va  metodlari 

mavjud.  

O’qituvchi  o’quvchilar  bilan  muloqot  jarayonida  yuz  berishi  mumkin 

bo’lgan  turli  ziddiyatli  vaziyatlarni  tezda  bartaraf  etishi  uchun,  avvalo  o’z 

iqtidoriga,  pedagogik  mahoratiga  tayanishi  kerak.  Pedagogik  muloqot  asosida 

erishiladigan  yutuqlar  o’qituvchining  ijodiy  mehnati  mahsulidir.  Bu  mehnatning 

salbiy  va  ijobiy  tomonlari  bo’lishi  shubhasiz.  Faqat  har  bir  vaziyatni  oqilona 

baholash,  uni  to’g’ri  rejalashtirish,  tarbiyaviy  jarayonlarda  aql-idrok  bilan 

muloqotni tashkil etishning o’zi kifoya.  

O’qituvchi 

bilan 


o’quvchining 

muloqotda 

bir-birlarini 

o’zaro 


tushunmasliklari,  muloqot  vositalarining  qashshoqligi,  har  bir  o’quvchining 

ruhiyatiga  qarab  muomala  qilinmasligi,  barchaga  bir  xil  majburiy  itoatkorlik 

munosabati, o’quvchilarni tor doiradagi intizomga chaqiruvchi emotsional jihatdan 

salbiy  tus  berilgan  buyruq  shaklidagi  muloqot  doimiy  ziddiyatlarni  keltirib 

chiqaradi. Pedagogik muloqot usullari ustida ishlashning asoslangan tizimini tuzish 

uchun,  har  bir  o’qituvchi  o’zining  muammolaridan,  yo’l  qo’yilgan 

kamchiliklaridan  kelib  chiqib,  qiyinchiliklarni  tahlil  qilish  bilan  bartaraf  etishi 

lozim.  


Pedagogik  muloqotga  doir  barcha  mashqlarning  umumiy  yo’nalishini 

mavjud  pedagogik  vaziyatlarda  malaka  hosil  qilish  uchun,  har  bir  muloqot 

ishtirokchilarining  imkoniyatlarini  ochishga  ko’maklashuvchi  uning  shaxsiy 

hislatlarini  rivojlantirib  borishni  ta’minlovchi  vositalardan  foydalanish  taklif 

qilinadi.  Muloqotga  ba’zi  o’quvchilarning  sub’ektiv  qarashlarini  aniqlash,  shu 

o’quvchi bilan muloqotni oqilona hal qilinishi zarur bo’lgan vazifalarni belgilash, 

uning xulqini tuzatish yoki unda shunchaki ishonch kayfiyatini yaratish kerak.  

Mazkur  vaziyatlarda  o’zaro  harakatlarning  tizimli  vositalari  majmuasi 

quyidagicha belgilanishi mumkin:  

• 

muloqot  jarayonida  tarbiyalanuvchi  ob’ektning  javob  harakati 



imkoniyatlarini oldindan ko’ra bilish;  


• 

ob’ektda  psixologik  to’siq  va  salbiy  qarashlarni  keltirib  chiqaruvchi 

vositalarni qo’lga kiritish;  

• 

vaziyatning  o’zgarishiga  qarab  foydalanish  mumkin  muloqotlarning 



bir nechta modeliga ega bo’lish;  

• o’quvchilar jamoasi fikrlarini tinglash, ularning mulohazalariga qo’shilish, 

ularga hamdardlik ko’nikmasini rivojlantirib borish;  

• 

o’zaro  muloqot  natijalarini  baholash  va  erishilgan  yutuqlar  hamda 



kamchiliklarni pedagogik-psixologik vositalar asosida taqqoslash.  

Pedagogik  faoliyat  va  pedagogik  muloqot  xarakteri  o’qituvchining  shaxsi, 

uning  qarashlari  nuqtai  nazarlarida  va  xulqida  namoyon  bo’ladigan  g’oyaviy 

siyosiy saviyasi, professional tayyorgarligi va bilishga intilishi bilan uzviy bog’liq. 

Bu asosiy hislatlardan tashqari o’qituvchining umumiy va boshqa qobiliyati, uning 

moyilligi  xarakteri,  muvaqqat  psixik  holatlari,  shuningdek,  to’plangan  tajribasi 

muhim  ahamiyatga  ega.  O’qituvchi  shaxsining  professional  jihatlarini  o’z-o’zini 

tarbiyalash  yo’llaridan  biri  o’zining  sifat  va  hislatlarini,  shuningdek  pedagogik 

faoliyat va muloqotlarining barqaror xususiyatlariga, o’qituvchi bilimining saviyasi 

va tarbiyalanganligi natijasida erishilgan natijalarini tahlil qilishga doir mashqlarda 

ham namoyon bo’ladi. 


Yüklə 428,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin