8-sinf INFORMATIKA va AXBOROT TEXNOLOGIYALARI 1-BSB
Sinf
|
Vaqti
|
O’tkazilish joyi
|
Jami ball
|
8-sinf
|
IV-chorak
|
Kompyuter xonasi
|
25 ball
|
1. Quyidagi amallarni bajaruvchi methodlari bor bo’lgan Calculator classini polymorphismni overloading usulini qo’llagan holda yarating.
1) istalgan toifadagi ikkita sonni yig'indisini qaytaradigan (add) methodi.
2) istalgan toifadagi ikkita sonni ayirmasini qaytaradigan (sub) methodi.
3) istalgan toifadagi ikkita sonni ko’paytmasini qaytaradigan (multiply) methodi.
4) istalgan toifadagi ikkita sonni bo’linmasini qaytaradigan (div) methodi.
5) istalgan toifadagi bitta sonning absolyut qiymatini qaytaradigan (abs) methodi.
6) istalgan toifadagi bitta sonning kvadrat qiymatini qaytaradigan (pow) methodi.
Baholash me’zoni: To‘liq yechim uchun 7 ball (masala shartini to’g’ri tahlil qila olsa – 2 ball; dastur algoritmini to’g’ri tuzilgan bo’lsa – 2 ball; dastur algoritmiga mos o’zgaruvchilarni to’g’ri qo’llay olsa – 1 ball; dastur barcha qiymatlar uchun to’g’ri natija chiqarsa – 2 ball), jami 7 ball.
2. quyida berilgan struktura asosida klasslarni yarating. display() methodini overriding usulida amalga oshiring.
Baholash me’zoni: To‘liq yechim uchun 8 ball (masala shartini to’g’ri tahlil qila olsa – 3 ball; dastur algoritmini to’g’ri tuzilgan bo’lsa – 2 ball; dastur algoritmiga mos o’zgaruvchilarni to’g’ri qo’llay olsa – 1 ball; dastur barcha qiymatlar uchun to’g’ri natija chiqarsa – 2 ball), jami 8 ball.
3. Quyida berilgan struktura asosida klasslarni yarating. area() va perimeter() methodlarini overriding usulida amalga oshiring.
Baholash me’zoni: To‘liq yechim uchun 10 ball (masala shartini to’g’ri tahlil qila olsa – 3 ball; dastur algoritmini to’g’ri tuzilgan bo’lsa – 3 ball; dastur algoritmiga mos o’zgaruvchilarni to’g’ri qo’llay olsa – 2 ball; dastur barcha qiymatlar uchun to’g’ri natija chiqarsa – 2 ball), jami 10 ball.
4. Shape nomli abstract class hosil qiling. Koordinatalar o`qida joylashgan o`rnini beruvchi x va y maydonlari bo’lsin. x va y maydonlarning qiymatlari konstruktor orqali kiritilsin. info() nomi metodi orqali x va y ning qiymatlari ekranga chiqarilsin. getPerimeter() va getArea() nomli abstract metodlari bo’lsin. Rectangle, Circle, Triangle nomli classlarni Shape classidan voris olgan xolda yarating. Rectangle, Circle, Triangle shakllarni yuzasini va peremetrni hisoblang.
Baholash me’zoni: To‘liq yechim uchun 10 ball (masala shartini to’g’ri tahlil qila olsa – 3 ball; dastur algoritmini to’g’ri tuzilgan bo’lsa – 3 ball; dastur algoritmiga mos o’zgaruvchilarni to’g’ri qo’llay olsa – 2 ball; dastur barcha qiymatlar uchun to’g’ri natija chiqarsa – 2 ball), jami 5 ball.
Dostları ilə paylaş: |