9-1mt-18 guruh talabasi ning



Yüklə 35,12 Kb.
səhifə1/2
tarix19.05.2022
ölçüsü35,12 Kb.
#58742
  1   2
Xudoyberdi To’xtaboyev bolalarning sarguzasht va romannavis adib


Buxoro davlat universiteti
Sirtqi bo’limi Maktabgacha ta’lim fakulteti
9-1MT-18 guruh talabasi
______________________________________________ning

“Ona tili va bolalar adabiyoti” fanidan


Mavzu: Xudoyberdi To‘xtaboyev “Qasoskorning oltin boshi” asari tahlili


Mustaqil ishi


Bajardi:
Tekshirdi:

Buxoro 2022




Xudoyberdi To‘xtaboyev “Qasoskorning oltin boshi” asari tahlili

Reja:

1.Xudoyberdi To‘xtaboyev hayoti va ijodiy faoliyati.

2. Kichik hikoyalarida bola obrazi.

3.“Sariq devni minib”, “Qasoskorning oltin boshi”, “Besh bolali yigitcha” asarlarining badiiy xususiatlari

4. obrazlar ustida ishlash.

5. Xulosa.



6. Foydalanilgan adabiyotlar.
XUDOYBERDI TO’XTABOYEV


Xudoyberdi Toʻxtaboyevning “Tarjimai holimdan lavhalar”ida shunday yozilgan: “Men 1932 yilning 17 dekabrida Fargʻona viloyatidagi Katta Tagob qishlogʻida tugʻilgan ekanman. Otam Toʻxtavoy 21 yoshida quloq qilingan boʻlib, Tojikistonning Chorku degan joyida vafot qilgan. Ikki yildan soʻng onam Sorabibi xolasi Ashirbibi oʻlib, besh bolasi yetim qolgani sababli, uning eri Usta Qodirga turmushga chiqqan (qarindoshlarning qarori shunday boʻlgan) ekan.
Mening tarbiyam bobom Erkavoy, enam Robiyabibilarning ixtiyorida boʻlgan. Ruhim, xulqi-ahloqim va harakterimda neki boʻlsa, bogʻbon bobom, ertakchi enam tufayli shakllangan.
Oʻsmirlik davrlarim Ikkinchi jahon urushi yillariga toʻgʻri kelgan. 1949 yili Qoʻqon pedagogika bilim yurtini, 1955 yili Toshkent davlat universitetini (ilgari SAGU deb atalgan) bitirganman.
1958 yili Toshkentga keldim. Avval “Toshkent oqshomi”, soʻng hozirgi “Oʻzbekiston ovozi” gazetalarida hammasi boʻlib 14 yil ishladim.
14 yil davomida 300 dan ortiq felʼyeton yozdim. Yoʻq, baribir, ulardan koʻnglim toʻlmadi. Bostirib kelayotgan tankka qarshi rogatka (choʻzma)ga kesak solib otganimiz bilan taʼsir qilmaganidek, jamiyatdagi illatlarga qaratilgan felʼyetonlarimning ham hech taʼsiri boʻlmayotgandek edi. “Ruhi-dunyosi pok boʻlgan, tarbiyaga quloq soladigan, savob va gunohni bilishga intilayotgan, ruhim goʻzallikka talpinayotgan bolalar dunyosida ishlasam qalay boʻlarkan”, deb oʻylay boshladim va shunday qaror qabul qildim”.
Xudoyberdi To‘xtaboyev (1932.17.12, O‘zbekiston tumani) — O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1991). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1982). Qo‘qon ped. bilim yurtini (1949), O‘rta Osiyo universitetini tugatgan (1955). O‘rta maktabda o‘qituvchi va direktor (1955— 58), “Toshkent haqiqati” gazetasida adabiy xodim, bo‘lim mudiri (1958—62), “Sovet O‘zbekistoni” (1962—70) gazetasi, “Guliston” jurnalida (1970—72),“Yosh gvardiya” nashriyotida (1972) bo‘lim mudiri va bosh muharrir o‘rinbosari (1974— 76), “Gulxan”, “Yosh kuch” jurnallarida bosh muharrir (1977— 80), “Oltin meros” xalqaro xayriya jamg‘armasi boshqaruvi raisi (1980—1998).
Xudoyberdi To‘xtaboyev dastlab jurnalist sifatida tanilgan, felyetonlar yozgan. Ilk hikoyalar to‘plami — “Shoshqaloq” (1961). “Felyetondan keyin” (1962), “Sir ochildi” (1963), “Sehrli qalpoqcha” (1964) singari qissalari, “Muhabbat qo‘shig‘i” (1967), “Jonginam, shartingni ayt” (1969), “Konizar yulduzlari” (1978), “Omonboy bn Davronboy sarguzashti” (1974) va boshqa asarlar muallifi. “Sariq devni minib” romani (1968) yozuvchiga katta shuhrat keltirgan. Shundan keyin “Sariq devning o‘limi” (1973), “Besh bolali yigitcha” (1976), “Qasoskorning oltin boshi” (1981), “Yillar va yo‘llar” (1983), “Shirin qovunlar mamlakati” (1986), “Mungli ko‘zlar” (1988), “Jannati odamlar” (1996) romanlari nashr etildi. Xudoyberdi To‘xtaboyev asarlari yumorga boyligi, bolalar hayoti, ularning o‘ziga xos tabiati, xususiyatlari, ruhiy kechinmalari nihoyatda jonli, qiziqarli va bolalar- bop yo‘sinda mahorat bn tasvirlanishi jihatidan ajralib turadi. Adib o‘zbek bolalar adabiyotini jahon miqyosiga olib chiqqan ijodkorlardan biridir. Asarlari dunyoning ko‘pgina tillariga tarjima qilingan. Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1989).
-Ikki marta o‘qituvchilik qilganman. Dastlab, Qo‘qon pedagogika bilim yurtini bitirib borib, 1949-50 o‘quv yilida Qayqubod degan qishloqda 1-4-sinflarga dars berganman. Bu birinchi muallimlik davrim edi. Bir qancha qiyinchiliklarga duch keldim. Menga 1-sinfni berib qo‘yishdi. Aslida, bu ishni tajribali o‘qituvchilar olib borishi kerak.
Bir-ikkita misol aytib beraman. Bolalarga qattiq gapirib bo‘lmas ekan. O‘sha paytlarda pedagogikada qattiq gap hali bor edi. G‘ulomjon degan bir o‘quvchim bo‘lgan. Bir kuni ruchkasi yaxshi yozmayotgandi, “he, onangni…” deb so‘kib qoldi. “Hoy, o‘g‘lim, onangni deb so‘kmaydi”, deb tanbeh bersam, bir ozdan keyin “he, buvingni…” deb so‘kyapti. “Hoy, o‘g‘lim, nega yana so‘kinyapsan?” desam, “onangni demayapman-ku” deb javob berdi. So‘kinish odobdan emasligini bafurja tushuntirishimga to‘g‘ri kelgan.
Bir kun bir o‘quvchim yo‘qolib qoldi. U Qayqubod qishlog‘ining “Qo‘rg‘oncha” mahallasidan kelardi. Tushdan keyin onasi kelib, o‘g‘li uyga bormaganini aytdi. Men hamma qatori uyga ketganini aytdim. Bolalar bilan cho‘milib yurgandir, deb onasi qaytib ketdi. Kechga yaqin ota-ona birgalikda keldi. Topisholmabdi. Ertasiga erta kelib xonani ochsam, qidiruvdagi bola orqadagi partada sumkasini boshiga bolish qilib uxlab yotibdi. Xursand bo‘lishimniyam, xafa bo‘lishimniyam bilmayman. Bola topildi. Yomon tomoni, kecha sinfni qulflayotganda qaramagan ekanman. Uyqudagi pahlavonni uyg‘otdim, uyiga xabar jo‘natdim. “E o‘g‘lim, nimaga bunday qilding?” desam, “Ertaga tag‘in kelarkanman deb uxlayverdim”, deydi. “Qo‘rg‘oncha” mahallasi sal uzoqroq edi-da.
U paytlarda dovot-qalam ishlatilardi. Bolalarning bitta odati bor edi: agar bugun kimdir qalam ko‘tarmay kelsa, ertaga hammasi qalamsiz kelardi. Bir kuni bitta o‘quvchim qalamini uyda qoldirib kelibdi. Boshini silab, yaxshi gapirib qalam topib berdim. Ertasiga butun sinf qalamsiz keldi. Ha desam, bizgayam qalam olib bering, deb javob berishdi.
Shunaqangi qiziq-qiziq voqealar meni bolalar dunyosiga yaqinlashtirdi.
To‘rtinchi sinflarni ham o‘qitganman. Bu ham bolalar dunyosini yaxshi o‘rganishim uchun katta yordam bergan. Bir bola bir qizni yaxshi ko‘rib qolibdi. Darsdan keyin qolib gaplashishadi. Ket endi desang, ketmaydi. Bir kuni Husniddinova degan rus tili o‘qituvchisi menga xat olib chiqib berdi. Haligi bolalar gaplashaveribdi, yoniga borsa bir-biriga xat o‘qib berayotgan ekan. Men nima qilishim kerak? Ota-onasiga oshkor etaymi-yo‘qmi? Ular anchagina “yozishmalar olib borgan” ekan. Muallim cho‘ntaklaridan olib qo‘yibdi. Xatni oshkor qilmadim, bolalarni chaqirib o‘zlariga qaytarib berdim. Endi bunaqa ish qilmanglar, yettinchi sinfdan keyin hammasiga ruxsat, dedim. Unda yettinchi sinfgacha o‘qitilardi, undan keyin qizlar erga tegishi mumkin edi.
1955 yili universitetni bitirib keldim-da, yana maktabga ishga kirdim. Uch yil ishladim. O‘smirlik yoshidagi bolalarga dars berdim. Bu payt bolaning shakllanish davri hisoblanadi. Bu murakkab o‘tish pallasining sir-sinoati, o‘ziga xosliklarining poyoniga yetolmadim. Har bir o‘smir o‘g‘il, har bir o‘smir qiz o‘zi bir dunyo-da. Ularning hayotini kuzatib, juda ko‘p voqealarning guvohi bo‘ldim.
-Bolalarga moslab yozish qiyin, shu sababli bu yo‘nalishni tanlaydiganlar kam deyish uncha to‘g‘ri emas. Bolalarga yozish, uning ruhiga tenglashib olish, bola qalbiga monand biror narsa aytish albatta qiyin. Qarshingizga bir bolani o‘tirg‘izib qo‘yganday, u bilan suhbatlashganday yozish haqiqatan ham murakkabroq. Bugun bolalarga bag‘ishlangan asarlar juda kam, deyarli yo‘q hisobi.
1-2 aprel kunlari bolalar kitobxonligini himoya qilish kuni bo‘ldi. Shu sanada “Sharq ziyokori” kitoblar do‘konida tadbir bo‘lib o‘tdi. Atrofdagilarning e’tiborini bolalar adabiyotiga oid kitoblar terib qo‘yilgan tokchaga qaratdim. Chet el adabiyotidan Jonatan Svift, Janni Rodari, o‘zimizdan Anvar Obidjon, Farhod Musajonlarning kitoblari bor. Aksariyati qayta nashr. Yangilarini izladim, nari borsa uch-to‘rt bet keladigan asarlarni topdim, xolos.
Mendan oldin Erkin Malik so‘zga chiqib, bir qancha rasmli kitoblarni ko‘rsatdi. Bog‘dorchilikka oid – ruschadan tarjima, hayvonot olamiga oid – ruschadan tarjima. Xayriyat, Toshkent haqidagi kitob original ekan.
Bundoq qaraganda, yangi kitoblar nashr etilayotganga o‘xshaydi. “Gulxan” jurnali yoki “Tong yulduzi” gazetasida uncha-muncha hikoya, qissalar bosilyapti. Lekin bu to‘qqiz million nafar o‘quvchi bola uchun juda oz, juda-juda oz.
Salkam o‘n ming o‘rta ta’lim maktabi bor. Ayrim maktablarning kutubxonasiga kirib qolsangiz, lotin alifbosida bosilgan kitoblar kam ekaniga guvoh bo‘lasiz. Shu maktabga qatnayotgan bolalar bilan suhbatlashib ko‘raman. “Qani, o‘g‘lim, bu yil qanaqa kitob o‘qiding?” deb so‘rayman. O‘ylab-o‘ylab, bitta-yarimta ertakni aytadi, bo‘lmasa – yo‘q. Darslikdagi narsalarni o‘qishadi, lekin yaxlit kitoblar ularga yetib bormayapti.
Kitoblar ikki ming, uch ming, besh ming nusxada chiqyapti. Bu oldingiga solishtirganda bitta mahallaning kitobi, xolos. Shu ma’noda, bolalarbop asarlar taqchil.
Lekin bolalarga yozish qiyin degan gapga qo‘shilmayman. Lev Tolstoyday buyuk yozuvchi bolalar uchun yozgan-ku! G‘afur G‘ulom, Zulfiya kabi shoirlarimiz bolalarga bag‘ishlab she’rlar yozgan. Qiyinligini ular ham bilgan, lekin ichki xohish-istak ularga turtki bergan. Bitta achchiq gapni aytish joiz: bugungi yozuvchilar bolalar oldidagi mas’uliyatni uncha his qilmayapti. Shu o‘sayotgan bolalar ertaga katta yoshdagi kitobxonga aylanadi-ku! O‘qimasdan ulg‘aygan bola katta bo‘lgandan keyin ham o‘qimay qo‘ya qoladi.
Yaxshi kitobxonni bolaligidan tayyorlash kerak. Agar gazeta, jurnallar o‘z sahifalaridan bolalar uchun joy ajratsa, ularning ongini, tafakkurini shakllantiradigan asarlarni chop etib borsa, juda xursand bo‘lardim. Hech bir kishi bolalar oldidagi mas’uliyatini unutmasligi kerak.
Ba’zi birlar suvning shildirashini eshitib she’riy ohang topar ekan. Men bolalarning ichida ijod qilaman. Agar shu bugun to‘rtta bolani ko‘rmasam, bag‘rimga bosmasam, ular bilan suhbatlashmasam, ko‘nglim to‘lmaydi.
Ancha yillar oldin Yozuvchilar uyushmasi a’zolariga dala-hovli tarqatdi. O‘sha paytlarda partiya tashkilotining kotibi edim, hovli olsam bo‘lardi. Lekin bolalarni ko‘zim qiymadi. Dala-hovliga yigirmata bola o‘lib qolsa bormaydi-ku. Haftada uchta bolani yo ko‘raman, yo ko‘rmayman.
Yaqinda, “13-studiya” ko‘rsatuvida qatnashganimda bir gapni aytdim: “Men bolalarga osh beraman, chunki ular mening o‘rtoqlarim, og‘aynimlarim”. Chunki men shu bolalar bilan birga zavqlanaman, ulardan syujet topaman, shu ulfatlarimning ohangini, so‘zini “o‘g‘irlayman”.
-Hayotda iqtisodiy qiyinchiliklarga ko‘p uchraganman. O‘zim uy-joy qilganman, uylanganman. Toshkentga kelgandan keyin musofirchilikda yashadim. Mehnatim, harakatim bilan bu yerda ham uy-joy qildim, o‘g‘illarimni uylantirdim, uy-joy, mashina olib berdim. Bularning hech biri osonlikcha bo‘lgani yo‘q.
Toshkentda ish boshlagan dastlabki yillarimda qaynotam mehmon bo‘lib keldi. U kishi savdo xodimi bo‘lib ishlardi, bozorni yaxshi bilardi. Bir o‘rinda menga ro‘zg‘or tebratish to‘g‘risida nasihat qildilar. Aytgan nasihatlari hali-hanuz yodimda. Birinchisi – suv qattiq yerda to‘xtaydi, agar qattiq bo‘lmasang pulni ushlay olmaysan. Ikkinchisi – besh so‘m pul topsang, har qanday sharoitda ham ikki so‘mini asrab qo‘y. Uchinchisi – so‘mning onasi tiyin, tiyinni ehtiyot qilsang tug‘adi, ko‘payadi.
Adib 1972 yili Oʻzbekiston Yoshlar tashkilotining mukofoti, 1982 yili “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi” unvoni, 1989 yili Oʻzbekiston Davlat mukofoti bilan taqdirlangan.
Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi Toʻxtaboyevning asarlari tojik, qirgʻiz, turkman, ozarbayjon, arman, rus, ukrain, belorus, moldovan, eston, latish, litva, fin, bolgar, venger, nemis, chex, italyan ‒ jami 24 tilga tarjima boʻlgan.
“Sariqni devni minib” asarining jahon tillariga tarjima qilinishiga sabab, 1971 yili Italiyaning Rim shahrida oʻtgan jahon bolalar yozuvchilarining kengashida Janni Rodarining shu asar haqida aytgan iliq gaplari boʻlgan edi.
Avvalo ota-onaning halollik yo‘li bilan topayotgan pulining qadriga yetish kerak. Bola kelayotgan pullarning halolligini bilsin. Ota-ona mabodo nopok yo‘l bilan pul topgan bo‘lsa, bolalarni undan himoyalash zarur. Xalqimizda luqmai halol degan ibora bor. Halol luqma yeb o‘sgan bola halol mehnatni xush ko‘radigan, biroqning haqidan, haromdan hazar qiladigan kishi bo‘lib yetishadi.
Xalq orasida “ekkanga, tikkanga rahmat” degan gap yuradi. Odam boshqalarning tuz-namagidan totganda, kimdir yaratgan bog‘-rog‘ning mevasidan bahramand bo‘lganda, ularning haqqiga duo qilishni ham bilishi kerak. Qadimda bir boy o‘tgan ekan. Shu odam bozorga borganda odamlar meva-cheva olgach, “ekkanga rahmat, tikkanga rahmat” deb ketayotganini eshitib qolibdi. Kelasi yili chorakorlariga buyurib bog‘-rog‘ barpo etibdi. Vaqti kelib shu bog‘ning mevasidan odamlar bahramand bo‘libdi. Kelganlar “ekkanga, tikkanga rahmat” dermish-u, “egasiga rahmat” deb aytmasmish. Shunda boy halol mehnatning savobi ulug‘ligini anglab yetib kelasi yili o‘z qo‘li bilan bog‘ yaratibdi.
Bolani uydagi buyumlarni, kiyim-boshni, umuman, har qanday tovarni asrab-avaylashga o‘rgatish lozim. Sotib olayotgan mahsulotining sifatini, qadr-qimmatini aniqlashda nimalarga e’tibor berish kerakligini o‘rgatish lozim.
Boltiqbo‘yi respublikalarida bolalar adabiyoti kunlari bo‘lgandi. Shu tadbirlarda qatnashgan paytim bir ajoyib narsaga guvoh bo‘lganman. Boshlang‘ich sinflarda “Ro‘zg‘or arifmetikasi” degan fan o‘tilar ekan. O‘quvchi alohida daftar tutib, ota-onasi, bobo-buvisi qancha maosh yoki nafaqa olishini yozib qo‘yarkan. Keyin har kunlik xarajatlarni qog‘ozga tushirib hisoblar ekan. Masalan, o‘zi maktabga qancha yo‘l kira bilan keldi, qanaqa o‘quv quroli sotib oldi – bularni har darsda o‘qib berarkan. Narxlar, olingan narsalar solishtiriladi. Natijada bola yuqori sinfga o‘tganda qilayotgan xarajatlariga e’tibor beradigan tayyor iqtisodchiga aylanadi.
Qadimgi boylarda bir odat bor ekan. O‘g‘illarini ergashtirib bozorga olib borarkan-da, savdo qilishga kirishar ekan. Birinchisidan, ikkinchisidan, uchinchisidan, hatto to‘rtinchi savdodan ham narsa sotib olmas ekan. Bolalar betoqat bo‘lib ketar, bo‘ldi endi, olaqolaylik deb tixirlik qilarkan. Yo‘q, hali ko‘rishimiz kerak deb, me’yori kelguncha savdolashib yuraverar ekan. Tanga-tiyinlarni asrashni o‘rgangan bola o‘z-o‘zidan otaning topgan mol-dunyosini ko‘kka sovurmaydi. Shu tariqa bolada iste’molchilik madaniyati shakllanadi.
Bolani nimaga o‘rgatishimizdan qat’i nazar, xoh iqtisodga, xoh kasb-hunarga bo‘lsin, ma’naviyatni hech qachon yodimizdan chiqarmasligimiz zarur. Eng avvalo ma’naviyat masalaga qayg‘urish kerak. Qadimda bir kishi o‘g‘lini tarbiyachiga olib borsa, bo‘lajak ustoz : “O‘g‘lingiz necha yoshga to‘ldi?” deb so‘rabdi. “Uch yoshga”, deb javob beribdi ota. Shunda murabbiy: “E-e, attang, uch yil kechikibsiz-ku”, degan ekan. Qissadan hissa shuki, bola ma’naviyatini tug‘ilganidan boshlaboq shakllantirish kerak. Bu narsa onasining suti yuziga tomganda chaqaloqning o‘ziga arttirishdan boshlanadi.
Ma’naviyatni shakllantirmay turib iqtisodni shakllantirsangiz yo chayqovchi, yo olg‘ir, yo birovning hisobiga boyuvchilar paydo bo‘ladi.
Ongi-tafakkuri baland o‘quvchi hamisha go‘zallikni, o‘ziga xoslikni istab turadi. O‘qiyotgan kitobi boshqa kitobdan baland, eshitgan konserti boshqanikidan saviyaliroq bo‘lishi xohlaydi. Navoiyning buyuk bo‘lishiga o‘sha davrda turkiy dunyoda yetilgan buyuk talablar sabab bo‘lgan. Abdulla Qodiriyning roman janriga qo‘l urishisha o‘sha davrda bizning millatimizda ham katta janrlarga ehtiyoj tug‘ilgani turtki bergan. G‘afur G‘ulomning buyuk falsafiy she’rlari yaralishi ham ehtiyojga borib taqaladi. Ba’zan past saviyali talabgorlar ham uchraydi. Ular kitob ko‘rmay, shakllanmay ulg‘aygan. Hozir shularga monand yozayotganlar ko‘payib ketdi.
Prezidentiimzning “Adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga, kelajakka e’tibor” kitobida shunday fikrlar bor: “Ta’bir joiz bo‘lsa, odam yozuvchilik kasbini tanlamaydi, aksincha, bu kasb yozuvchini tanlaydi. Iste’dod, iste’dod va yana bir bor iste’dod sohiblarini topish, tarbiyalash va ularning mehnatini munosib qadrlash ham eng asosiy vazifamizga aylanishi zarur”.
Hozir yozuvchilik kasbini tanlayotganlar ko‘payib ketgan. Qarasa kitob bilan ham biznes qilish mumkin. Bir oyda kitob yozadi, ikkinchi oyda bostiradi, keyin yo‘lini topib sotadi. Chunki cho‘ntagida puli bor, imkoniyati bor. Yaqinda “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasida iste’dodsiz yozuvchilar, ularning chalajon asarlari to‘g‘risida maqola bosildi. Unda qachonlardir berilgan asarining u yer-bu yeriga o‘zgartirish kiritib, yangi asar deb bosayotganlar, o‘quvchining oldida zig‘ircha mas’uliyat his qilmaydigan, yengil-yelpi syujet orqasidan quvuvchi yozuvchilar haqida so‘z yuritilgan. Mana shunday zo‘raki yozuvchilar katta adabiyotning qadrini tushirishga, ma’naviy darajani pasaytirishga harakat qilyapti.
Xudoyberdi To’xtaboyev uzoq yillar fel’etonchi bo’lib ishlab, kishilarning yurak dardini, hasratini qunt bilan o’rgandi. Bunday shikoyatlarga sabab bo’layotgan shaxslarning xatti-harakatlarini mufassal bilib olishga intildi. Davrdan orqada qolgan, sarqit deb atalgan illatlar botqog’iga botgan, molu dunyoga hirs qo’ygan shaxslar haqida talay fel’etonlar yozdi. “Sariq devni minib”, “Sariq devning o’limi” nomli asarlari ana shu faktlarni umumlashtirish asosida yuzaga keldi, desak to’g’ri bo’ladi.
Ma’lumki, hajviy qissalarimiz barmoq bilan sanarli edi. “Kalvakmaxsum”, “Toshpo’lat tajang”, “Tirilgan murda”, “Shum bola”dan keyin ancha vaqt bu janrda aytarli asar yaratilmadi. Keyingi yillarda Abdulla Qodiriy va G’afur G’ulomning an’analarini Xudoyberdi To’xtaboyev davom ettirib, bu “bo’shliq”ni to’ldirishga harakat qildi.
Xudoyberdi To’xtaboyev bolalar uchun asar yozayotgan paytda, albatta, o’z o’quvchisini ko’z oldiga keltirib yozadi. “Olti yoshli bolaga aytayotgan gapingiz o’n to’rt yoshli o’smirga aytadigan gapingizdan albatta farq qilishi kerak”, deb ta’kidlaydi u. Yozuvchining bolalar va o’smirlarga atab yozgan asarlarining qiziqarli, o’qimishli, jozibali bo’lishining asosiy sabablaridan biri ham shunda. Shuning uchun ham Xudoyberdi To’xtaboyevning birinchi yumoristik-sarguzasht qissasi, bolalar hayotidan olingan “Sehrli qolpoqcha” tez orada bolalar hurmatiga sazovor bo’ladi va uni jamoatchilik juda iliq kutib oldi.
Yozuvchining yumorga moyilligi, oddiy vaziyatlardan ham kulgi chiqara olish iste’dodi ilgarigi asarlariga nisbatan bu asarida yana ham chuqurroq sezildi. “Sariq devni minib” asarini qiziqarli syujet asosiga quradi, asarning hikoyachisi-bayonchisi qilib undagi barcha voqealarning ishtirokchisi, guvohi bo’lmish Hoshimjonni qo’yadi, tilga olinadigan voqealar uning tilidan hikoya qilinadi. Yozuvchi Hoshimjonning hikoyasi orqali uning hayot yo’li sarguzashtlarini, o’ziga xos xarakteri va psixologiyasini atroflicha ochib beradi. Shuningdek, Hoshimjon xarakterida Xo’ja Nasriddinning va xalq ertaklaridagi “tegirmonga tushsa butun chiqadigan” zukko bolalarning fazilatlari yaqqol mujassamlashganligini ko’ramiz. Shu o’rinda bir gapni ta’kidlab o’tishimizga to’g’ri keladi. Adibning barcha asarlarida xalq og’zaki ijodining ta’siri shundoqqina ko’zga tashlanib turadi. Zero, asarlarining jozibali, o’qimishli, ta’sirli chiqishining asosiy sabablaridan yana biri uning xalq og’zaki ijodi asarlarini mukammal bilishidadir.
Zero, bo’lajak adib bolaligida buva-buvilaridan, qishloq ertakchilaridan ko’plab xalq og’zaki ijodi asarlarini tinglab o’sgan. Shu sababli u alla, qo’shiq, ertaklarga ko’p suyanib, ilhomlanib, ta’sirlanib ijod qiladi. Ba’zan esa o’sha o’zi tinglab, o’qib, eshitgan alla-yu, ertaklari to’g’risida ilmiy-ommabop maqolalar ham yozib turadi. Quyidagi matn fikrimizga asosdir.
Ruhshunos olimlar inson ruhining shakllanish jarayonini bosqichlarga bo’lar ekanlar, shu bosqichlar davomida ona allasi bilan milliy ertaklarga, rivoyatu afsonalarga alohida e’tibor berib tinmay tadqiqotlar olib boradilar. Goh g’amgin, goh quvnoq aytiladigan alla ohangida va mazmunida nafaqat beshik quchoqlab tebranayotgan onaning orzu-umidlari, quvonch va istaklari, balki butun millatning ham orzu-armonlari mujassam bo’ladi, deb ta’kidlaydilar. Milliy ruhni shakllantirishda ona allasi bilan ertaklaru rivoyatlarning o’rni buyuk ekanligiga bag’ishlab yuzlab ertaklar, afsonalar to’qilgan. Chaqaloqligida ona allasini eshitmasa, bolaligida ertak tinglamasa, ruhiyatida milliylik oz bo’ladi deb ta’kidlaydilar. Bolalar dastlab dunyoni ertak orqali anglaydilar. Ertak o’smirni o’zi yashab turgan tor hovlidan keng dunyoga olib chiqadi. Devlarni yenggan qahramonlar, o’n boshli ajdahoni o’ldirgan pahlavonlar, sehrgarni mahv qilib, jodugarni bandi qilgan qo’rqmas, botir yigitlar bilan tanishtiradi. Elu yurt ozodligi uchun jang qilgan To’maris, Shiroqlar o’smirning ko’z o’ngidan birma-bir o’ta boshlaydi. Hunarmand kishining hech qachon dog’da qolmasligi rahmdilligi shafqatli kishining hamisha murodi hosil bo’lishligi bola ruhini charog’on qilib yuboradi. Ertaklardagi “Yolg’on gapirma-hijolat bo’lmaysan” degan hikmatlar tinglovchining ongi va qalbiga asta-sekin muhrlanib boradi, tabiatning saxiy va saxovatliligi, hayvonot olamining mehrga muhtojligi, qurt-qumirsqalaru hashoratlar ham ona tabiatning bir bo’lagi ekanligi ertaklarda shunday chiroyli tasvirlanganki, inson bilan tabiat birligi shunday ishonarli, qiziqarli ta’riflanganki, diqqat bilan tinglagan bola shu zahotiyoq o’zini go’zal tabiat olamida ko’radi. Giyohni bosmoqlik, hashoratni ezmoqlik, hayvonni urmoqlikning gunohi azim ekanligini chuqur his qila boshlaydi. Hayvonlar gapirganda, qushlar tilga kirib, hikmat so’zlaganda, daraxtlar soyabon bo’lay deb qahramonlar ortidan ergashib yurganini eshitganda, o’smirning ongida sirli olam sinoatini bilishga qiziqish uyg’onadi. Voqealar goh yer ostida, goh qorli tog’lar cho’qqisi ostida, goh keng osmon gumbazida rivojlanganda bolada asta-sekin xayolot-fantaziyaning dastlabki belgilari shakllana boshlaydi. Bugungi samolyotu tez yurar mashina-yu, suv osti kemalarining “bobolari” uchar gilamlar, qulog’ini burasa osmonga ko’tariladigan yog’och otlar, yarim odam baliqlar ekanligiga endi hech birimizda shubha yo’q.
Inson bolasida xayolot (fantaziya)ni rivojlantirishda ertagu rivoyatlarning oldiga tushadigan biron vosita yo’q desak lof bo’lmas. Xalqimiz ming yillar davomida shunday ko’p ertak aytganki, hayotning biron jabhasi chetda qolgan emas, axloq, odob normalarining biron qirrasi ertakchilarning nazaridan chetda bo’lmagan.
Ertagu rivoyatlarimiz ming yillar davomida muallimu mudarris bo’lib katta-yu, kichikka bir xilda ta’lim, bir xilda tarbiya berib kelgan. Ular ajdodlarimizning orzu-armonlarini, pandu nasihatlarini o’zida jamlab, nodir qomusga aylangan. Ijodkorlarning ilhomiga manba bo’lgan. Biron ijodkor yo’qki, bolaligida ertak tinglamagan bo’lsa, xayolotini charxlab olmagan bo’lsa, biron ixtirochi yo’qki, fantaziyasi bolaligidan boshlanmagan bo’lsa. Hazrat Navoiyning buyuk ijodidan tortib, Aytmatovning jahonshumul asarlarigacha hamma-hammasida u yoki bu ma’noda ertagu afsonalar ishtirok etganini bilamiz va shu ertakda xalqning dahosi jamlanganini ko’rib zavqlanamiz. Qaysi adibki, millat ruhiyatini o’zida yaxshi aks ettirgan ertak va afsonadan unumli foydalangan bo’lsa, muvaffaqiyati zo’r bo’lganini ko’rib quvonib ham turibmiz.



Yüklə 35,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin