K o‘rinishi va ishlash xususiyatiga ko‘ra sodda va eng avvalgi o‘ta yoklanma qisqa tutashuvdan himoya qiulish vositasi. Ushbu tiqinli saqlagich o‘zidan (naminal yuklamadan ortiqcha yuklanganm holatda) ortiqcha elektr toki oqib o‘tganda ingichka tola simlari erib ismolchiuni taqmoqdan uzish uchun xizmat qiladi.
Turli maqsadga qarab, tiqinlarda nominal tokning turli qiymatlariga ega bo‘lgan saqlagichlar lar o‘rnatilishi mumkin. Uy tarmog‘ida, kvartira yoki kottejlarda odatda, 10 A dan 32 A gacha bo‘lgan qiymatga ega bo‘lgan saqlagichlar qo‘llaniladi.
Saqlagichlarning eng katta kamchiliklaridan biri qisqa tutashuv uchun nisbatan katta ish vaqtidir. Insonlarni esa har doim hanm elektr toki urishidan himoya qilmaydi. Bundan tashqari, har safar qayta tuzatilgandan so‘ng, vilkaning sezuvchi elementi almashtirishni talab qiladi.
a) Saqlagichlar va ularni tanlash.
Saqlagichlar bilan himoyani ko‘rib chiqamiz. Eruvchan saqlagichlar patron va uning ichidagi eruvchan qo‘yilmadan iborat. Eruvchan kiritma qo‘rg‘oshin va uning qotishmalaridan yoki ingichka mis simdan qilinadi. 1–holda inersion saqlagich, 2–holda inersiyasiz saqlagich bo‘ladi.
Saqlagichlar ajralmaydigan (nerazbornqy) va ajraladigan (razbornqy) bo‘lib, tegishli ravishda PN va PR bilan belgilanadi. NPN turidagi saqlagichda kvars qumi to‘lg‘azilgan, bu qum qo‘yilma eriganda yoyni tezroq o‘chirishga xizmat qiladi.
Saqlagichlarni tanlashni ko‘rib chiqamiz.
Tanlash uchta shart bo‘yicha kataloglardan tanlanadi.
1–shart. Saqlagichning va eruvchan qo‘yilmaning nominal toklari In va Iv zanjirning hisoblangan tokidan kichik bo‘lmasligi kerak:
In Ix va Iv Ix (14.1)
2–shart. Dvigatel ishga tushiralayotgan paytda yoki texnologik yuklamaning maksimal qiymatida eruvchan qo‘yilma ortiqcha qizib ketmasligi, yuzasini oksidlan–masligi va keraksiz o‘chib qolmasligi uchun, uni o‘ta yuklanish vaqtida erita oladigan tokning 50 % idan ortiq bo‘lgan Iekiyu toki bilan yuklash mumkin emas. Buni quyidagicha formula bilan ifodalash mumkin:
Iâ (14.2)
Bu yerda: K=2,5–normal yurgizish sharoitida qabul qilinadi; K=1.6 2–og‘ir yurgizish shartlari mavjud bo‘lsa hamda yurgizishlar soni ko‘p bo‘lsa yoki dvigatel tezlanishi 2 sekunddan ortiq bo‘lsa (kranlar va inersiya momenti katta mexanizmlarning dvigatellari) olinadi.
3–shart. Eruvchan qo‘yilmalarni selektiv(tanlab) ishlashi bo‘yicha, saqlagichlarning vaqt–tok tavsifi t=f (I) dan foydalanib tanlash.
180250% li o‘ta yuklanishda NPN va NPR saqlagichlari uchun RP ga kirishdagi saqlagich toki Iv1 va RP dan ketuvchi liniyadagi saqlagich, toki Iv2 ning orasidagi farq toklar shkalasidagi 1 pog‘ona bo‘lsa, selektivlik ta’minlanadi.
NPN saqlagichlari bilan himoyalashda Ik/Iv2 nisbatining turli qiymatlarida selektiv ishlashni ta’minlovchi. Iv1/Iv2 nisbat qiymatlari quyida keltirilgan:
Ik / Iv2 50 100 200
Iv / Iv2 2.0 2.5 3.3
Bu yerda: Ik–RP dan ketuvchi liniyadagi qisqa tutashuv toki, A.
Ketma–ket ulangan PN–2 saqlagichlari eruvchan qo‘yilmalarining selektivlikni ta’minlovchi toklari quyidagi 9.1–jadvalda keltirilgan.
9.1–jadval. Selektivlikni ta’minlash
Jadvaldagi Ik–himoyalanuvchi liniya boshidagi qisqa tutashuv toki, A. Saqlagichlar eng katta o‘chirish qobiliyati bilan ham harakterlanadi. NPN va NPR saqlagichlari tokni cheklash xususiyatiga ega. Ular qisqa tutashuv toklarining nominal tokka nisbati katta bo‘lganda, q.t. tokini eng katta qiymatiga erishmasdanoq, uzib qo‘yadilar. Agar eruvchan saqlagichlarni aniq tanlansa, ularning yuqori o‘chirish qobiliyati ishonchli ishlashini ta’minlaydi.