9-MAVZU. INSHO VA UNING TURLARI. Reja:
Insho haqida nazariy ma’lumot
Insho turlari va ularning o‘ziga xos jihatlari
Insho yozish uchun ko‘nikma va malakalarni shakllantirish yo‘llari
Umumta’lim maktablarida o‘quvchilar nutqini rivojlantirishda yozma ishlardan insholarning o‘rni kattadir. Chunki, insholar orqali bolaning ichki dunyosiga kirish, uni bilish, hatto kashf qilish mumkin. Yozma nutqni oshirish jamiyatning barcha a’zosi uchun birdek dolzarb masala bo‘lib, shaxsini tarbiyalashda ham katta ahamiyatga ega. Insho-bu bolaning atrofidagi o‘rab turgan jamiyat haqidagi kechinmalarini bildirishi, voqelikka munosabatining ifodasi, uning qarashlarini zamon talablariga ko‘ra tartibga solib, mantiqli gapirishga, savodxonlikka o‘rgatadi. Kompetentli shaxsni yetishtirishda ham samarali natijalar beradi. Insho аrabcha so‘z bo‘lib, “tashkil etish”, “yaratish”, “qurish”, “barpo qilish”, “ijod”, “bayon” , “tahrir” ma’nolarini bildirib, mustaqil fikrni bayon qilishda yaratiladigan, tafakkur rivojida ahamiyati katta bo‘lgan yozma ishdir.
Chunki, insho tafakkur natijasidir. Inshoda o‘quvchidan mulohazalarini dalillab, mantiqiy fikrlab izohlash talab qilinadi.
Insho maqsadiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: ta’limiy insholar va sinov insholari.
Ta’limiy insholar bilim berish, bilim olishga qiziqtirish, bilimlarni mustahkamlash, ijodiy fikrlash, intellektual salohiyatni oshirishga xizmat qiladi. Bunday insholarda o‘quvchilarning mustaqil fikrlash ko‘nikmalari, qaror qabul qilish faolligi, insonlarga, narsa-hodisaga munosabat bildirish malakasini shakllantirish maqsadi qo‘yiladi.
Sinov insholari o‘tilgan mavzularga oid bilimlarni, insho yozish ko‘nikma va malakalarini tekshirish hamda baholash uchun, nazorat ishi sifatida olinadi.
Pedagogik maqsadiga ko‘ra esauch guruhga ajratiladi: ta’limiy insholar, nazorat insholari, ko‘rik-tanlov insholari.
Insholar mazmun-mohiyatiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: