9-sinf Mavzu”Uyushiq va ajratilgan bo’laklar bo’yicha o’tilganlarni takrorlash”



Yüklə 1,74 Mb.
tarix02.01.2022
ölçüsü1,74 Mb.
#41445
Rasmiy uslub

Dars mavzusi: Rasmiy idoraviy uslub. Ish yuritish tili va uslubi

Darsning maqsadi:

  • a) ta’limiy maqsad: talabalarning nutq uslublari bo’yicha olgan bilimlarini mustahkamlash; rasmiy idoraviy uslub haqida tushuncha hosil qilish;
  • b) tarbiyaviy maqsad: talabalarni o’zbek tiliga hurmat va mehnatsevarlik, ruhida tarbiyalash;
  • d) rivojlantiruvchi maqsad: talabalarning savodxonligini oshirish, ulardagi uslub haqidagi malakalarini rivojlantirish,

Darsning tashkiliy qismi:

  • a) talabalar bilan salomlashish;
  • b) talabalarning darsga tayyorligini kuzatish;
  • d) Jahonda va O’zbekistonda ro’y berayotgan yangiliklarga to’xtalish:
  • 31-may ---Chekishga qarshi xalqaro kurash kuni, ya’ni Tamakidan xoli xalqaro kun ( World No Tabacco Day)hisoblanadi.
  • Chexiyada jamoat joylarida chekkanlik uchun 200$ dollar jarima solinadi

O’tilgan mavzuni so’rash

“ Kim topqir ” bellashuvi ( gaplar qaysi uslubdaligini aytish va savollarga javob berish)

  • Atamalarga tayanuvchi uslub bu…?
  • Qani palovdan oldik, hammaga yoqimli ishtaha. O’rtoq senam olsang-chi?
  • O’lkamizda oltin kuz. Daraxt barglari sarg’aygan xuddi sariq gilam bilan qoplangandek.
  • Radio va televideniya orqali uzatiladigan ko’rsatuvlar qaysi uslubga tayanib ish ko’radi?

5) Partiya faollari o’zlarining navbatdagi majlisiga yig’ilishdi.

  • 5) Partiya faollari o’zlarining navbatdagi majlisiga yig’ilishdi.
  • 6)” Texnalogiya “ so’zi yunon tilidan olingan bo’lib, “ techne”- san’at, mahorat, hunar “logos”- fan, ta’limot degan ma’noni anglatadi.
  • 7) O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 93-moddasi 20-bandiga asosan qaror qilaman.
  • 8) Qish chillasi avjida. Izg’irin yellar esadi.

Yangi mavzu bayoni

  • Yangi mavzuga o’tishdan oldin, uslub so’zining tarixiga to’xtalsak, bu atama bevosita stil so’zi bilan bog’liq.
  • Stilistika yunoncha stylos- “yozuv, xat tayoqchasi” yoki “suyakdan qilingan uchli tayoqcha” degan ma’noni anglatib, uslubshunoslik, uslubiyat- tilshunoslikning til uslublarini tavsif etuvchi bo’lim. Qadimda greklar shunday tayoqcha orqali yozishib, yozuv quroli sifatida qo’llashgan.
  • Stil so’zidan stilet – inglizcha xanjar va stilo- avtoruchka so’zlari kelib chiqqan.

Qadimdanoq stil so’zi “ bo’g’in, nutq stili” ma’nosida qo’llana boshlagan va keyinchalik fan sifatida o’rganilgan.

  • Nutq stilistikasi bir necha turlarga bo’lingan:
  • a) so’zlashuv stili;
  • b) rasmiy stil;
  • d) ilmiy stil;
  • e) publitsistik stil;
  • f) badiiy stil

Shular orasidan biz bugun rasmiy uslub haqida so’z yuritamiz.

  • Rasmiy idoraviy uslub bu --- diplomatik yozishmalarda, iqtisodiy, davlat idoralaridagi sudlarda, savdoga doir yuridik munosabatlar ifodasi bo’lgan hujjatlarda ishlatiladi, ya’ni bu stil ish yuritish hujjatlarida qo’llanadi. Bu uslubga quyidagi hujjatlar kiradi:
  • Rasmiy uslub hujjatlari
  • Ariza
  • Tushuntirish xati
  • Taklifnoma
  • Buyruq va farmonlar
  • E’lon
  • Tilxat
  • Tarjimayi hol
  • Ishonch xati
  • Hisobot
  • Farmoyishlar
  • Bildirishnoma
  • Ma’lumotnoma

Rasmiy uslubning muhim xususiyatlari:

  • Adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilinadi;
  • Shevaga xos so’zlar, jargonlar, har xil stilistik bo’yoqqa ega bo’lgan so’zlar ishlatilmaydi;
  • Gaplarda ta’sirchanlik bo’lmaydi;
  • Hujjatlarda fikr aniq, qisqa, lo’nda( ravon) bayon qilinishi lozim;
  • Xatboshining o’rni muhim hisoblanadi;

Yoziladigan ayrim hujjatlar shtapga o’xshash maxsus tartib va shakl bilan yoziladi, masalan; ariza, rasmiy xatlar, bildirgi, tushuntirish xati, ma’lumotnoma va qarorlar;

  • Yoziladigan ayrim hujjatlar shtapga o’xshash maxsus tartib va shakl bilan yoziladi, masalan; ariza, rasmiy xatlar, bildirgi, tushuntirish xati, ma’lumotnoma va qarorlar;
  • Birxatboshi bilan ikkinchi xatboshi o’rtasidagi matn to’rt-besh jumladan oshmasligi lozim;
  • Tinish belgilariga alohida e’tibor qaratiladi;
  • Hujjatning nomi bosh harf bilan yoziladi;

Agar bosma matn bo’lsa, hujjat nomining har bir harfi bosh harf bilan yoziladi; E’LON

  • Agar bosma matn bo’lsa, hujjat nomining har bir harfi bosh harf bilan yoziladi; E’LON
  • Hujjat nomidan so’ng hech qanday tinish belgisi qo’yilmaydi; Ariza
  • Agar pul, buyum miqdori ko’rsatilishi lozim bo’lsa, oldin raqam bilan, so’ng qavs ichida harflar bilan yoziladi, masalan; 1500 so’m (bir ming besh yuz so’m)

Diplomatik yozishmalarda hujjat yuborilgan mamlakatning nomlanishida, shaxsning ism-sharifi va lavozimini yozishda xatoga yo’l qo’yish mumkin emas, masalan; Oliy Bosh Qomondon, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev

  • Diplomatik yozishmalarda hujjat yuborilgan mamlakatning nomlanishida, shaxsning ism-sharifi va lavozimini yozishda xatoga yo’l qo’yish mumkin emas, masalan; Oliy Bosh Qomondon, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev
  • Xatolar bepisandlik, hurmatsizlik belgisidir;
  • Tashqi ko’rinish jihatdan ham nuqsonsiz, fikr aniq, to’g’ri, mantiqiy izchil, asosli bayon qilinishi lozim;
  • talaffuzga xos belgilar uchramaydi;
  • Diplomatik hujjatlar
  • Bayonot
  • Rasmiy nota
  • Ilova xatlar
  • Xatlar
  • Qaydnomalar
  • E’tiboringiz uchun rahmat

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin