9-sinf ona tili va adabiyot fanidan 30 talik test savollari.
1. Har bir yangi avlod yangi tarixni yaratadi, takomillashtiradi. Gapdagi teng va tobe bog‘lanishlar sonini aniqlang.
A) 1 ta teng, 7 ta tobe bog‘lanish
B) 2 ta teng, 5 ta tobe bog‘lanish
C) 1 ta teng, 6 ta tobe bog‘lanish
D) 1 ta teng, 5 ta tobe bog‘lanish
2. Biz, ya’ni ko‘ngillilar sizni deb hech bir xavfli ishga, hatto qum o‘g‘irlashga ham qo‘l urmaymiz. Yordamchi so‘z turkumiga mansub birliklar sonini aniqlang.
A) 3 ta
B) 4 ta
C) 2 ta
D) 5 ta
3. Qaysi gapdagi mantiqiy urg‘u olgan so‘zning urg‘uli bo‘g‘ini ot turkumidagi so‘zga shakldosh
A) Borini olib kelavering: bu yerda hammaga qog‘oz-qalam kerak.
B) Bugun-erta uyga akam keladilar.
C) Olgan narsalarimni egasiga bus-butun qaytarganman.
D) Bizga keragi ham qop-qora parda.
4. Qaysi javobda miqdor-daraja ravishi qatnashgan?
A)G‘afurjon tashqariga chiqib boydan ketishga izn so‘radi.
B)U raisga muammoni yotig‘i bilan tushuntirdi.
C)Bugun bir qop somon, o‘n-o‘n beshta xoda olib kelindi
D)Bo‘ying sal cho‘zilsin, duradgorga shogirdlikka beraman
5. Yulduzi issiq” iborasining ma’nosini aniqlang.
A) omadli
B) yoqimli
C) xushsuxan
D)kasal bo’lishga moyil
6. Imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan otlar qatorini aniqlang.
A) talafot, istehzoomuz, tatbiq
B) tadqiqot, baht, imtihon
C) halokat, ahil, monelik
D) taqiq, ehtimol, naqarot
7. Qaysi so‘zlardagi imloviy xatolik unlini cho‘zish uchun qo‘llanadigan tutuq belgisining yo‘qligi bilan izohlanadi?
A) mo‘tabar, mo‘jiza
B) sanat, qala
C) taqiqlanadi, tamagir
D) maraka, ezozlamoq.
8. Qaysi qatorda ravish qo‘llanmagan?
A) Bir yil avval o‘g‘lining og‘zidan birdan shu gap chiqib ketdi.
B) O‘sha voqeadan so‘ng biz ahil, ajralmas do‘stlar bo‘lib qoldik.
C) Xabar etgach, kampir darrov kalishini kiyib yo‘lga otlandi.
D) Toshmurod haqiqatan ham anchagacha o‘zini ko‘rsatmadi.
9. Quyida berilgan parchada ot turkumiga mansub nechta so‘z ega vazifasida qo‘llangan? O‘zbekiston – go‘zal diyor, Saodatga mehnati yor, O‘zgacha bir hikmati bor, Halollikka aytar alyor.
A) 3 ta
B) 4 ta
C) 5 ta
D) 2 ta
10. Qaysi javobda o'zlik nisbatidagi fe’llar berilgan?
A) jimirlamoq, silkinmoq
B) ko‘rinmoq, kiyinmoq
C) taralmoq, yiqitmoq
D) o‘ylanmoq, sarg‘aymoq
11. Qaysi javobda miqdor-daraja ravishi qatnashgan ?
A) Keyin bozorga olib boribdi. B) Halima ta’tilda ham ko‘p o‘qishni kanda qilmadi.
C) Uzoqdan bir ayol kela boshlabdi.
D) Bir kishi uni to‘xtovsiz chaqirib kelyapti.
12.Asosi unli va jarangli undoshlargina ishtirok etgan yasama otlar berilgan javobni belgilang.
A) G’azalxon,supurgi
B) Arrani,lolani
C) Bezak,bo’yoq
D) Suzgich,tuzdon
13.Imloviy jihatdan xato yozilgan so’zlar qatorini aniqlang.
A) Mashuqa,namuna,manaviyat
B) Anana,taminot,memor
C)Masud,mezon,madan
D) Dafatan,bemor,mayor
14.Shuni unutmangki,vatanning istiqboli sizning qo’lingizda . Ushbu gapda nechta ot turlangan ?
A) 3 ta
B) 6 ta
C) 5 ta
D) 2 ta
15. Ilk kitobi "Istar ko'ngil" bo'lgan ijodkorning asari berilmagan qatorni toping.
A. "Sizni eslayman"
B. "Qora ko'zginam"
C. "Hamshaharlarim"
D. "Jahongashta"
16. ."Musofir bo'lmasang, musulmon bo'lmaysan" maqoli "Sariq devni minib" asarida qaysi qahramon tilidan aytiladi?
A. Hoshimjon
B. Polvontog'a
C) Otajon Azizovich
D) Shokir
17. Bolaligida haydovchi bo'lishni orzu qilgan adibning asari to'g'ri berilgan qatorni toping.
A. "Jamila"
B. "Mening Dog'istonim"
C. "Shahzoda Plombir"
D. "Yovvoyi hayvonlar hayoti 1
8.Otning tuyog’idagi gulmixlarni tishi bilan sug’urgan qahramon kim ?
A) Alpomish
B) Hasanxon
C) Gulanor
D) Oybarchin
19. “...Shabistonida tug’ldi bir yangi oy, Yangi oy yo’qki, mehri olamoroy” – ushbu fikr kim haqida?
A. Shirin
B. Iskandar
C. Bahrom
D. Farhod
20. Nizomiy Ganjaviy Arzinjon hokimi Faxriddin Bahromshohga bag‘ishlab qaysi asarini yozgan?
A) ,,Gulshan ul-asror’’
B) ,,Haft paykar’’
C) ,,Matla’ ul-anvor’’
D),,Maxzan ul-asror’’
21.,,Alpomish’’dostonida insoniy fazilatlari bilan ko‘pchilik erkaklardan baland tura oladigan ayollar obrazlarini toping.
A) Oybarchin, Qaldirg‘och
B) Qaldirg‘och, Surhayl C)uqsuroy, Oybarchin
D) Oybarchin, Surhayl
22. Yuz jafo qilsa manga,bir qatla faryod aylamon, Elga qilsa bir jafo,yuz qatla faryod aylaram. Ushbu misralar muallifi kim?
A.Zahiriddin Muhammad Bobur
B.Lutfiy
C.Alisher Navoiy
D.Atoyi
23. Turob To‘laning ,,Do‘nan’’ hikoyasi qaysi asardan olingan?
A) ,,Yetti zog‘ora qissasi’’26
B) ,,Qanotlan, qo‘shiqlarim’’
C) ,,Bolalar dostoni’’
D) ,,Baxt tongotari’’
24.,,Shum bola’’ qissasida shum bolani to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘g‘rilik qilishga kim yo‘llaydi?
A) eshon
B) mahalla imomi
C) Hoji bobo
D) Sariboy
25.Tilidan rashk qilib yorining ismini aytmaydigan obraz qaysi asarda uchraydi ?
26.Har kim o’z eliga bekmi ,to’rami, O’zi o’lmay ,kishi yorin berami ? Xalq dostonlaridan qaysi qahramon raqibiga qarata ushbu so’zlarni aytadi ?
27.“Alpomish”dagi “Kelganboy”kim ?
28.Farhodning atobegi,ya’ni tarbiyachi-ustozi kim ?
29.Qismlarning qanday bog’lovchi vositalar yordamida bog’lanishiga ko’ra qo’shma gaplar necha guruhga bo’linadi ?
30. Quyidagi misralar kim haqida? ,,Yuzingda ishq asrori yozilgan, Ichinda dard ta’vizi qozilg‘on’’.