91-variyant Poliamidlar ishlab chiqarish texnologiyasi. Ular asosida olingan polimerlarning xossalari va ekspluatatsiyasi. 1. Poliamidlar. Poliamidlar — makromolekula-sining asosiy zanjirida takrorlanadigan — SO—NH— guruhi tutgan sintetik polimerlar. Kimyoviy tuzilishiga koʻra karbozanjirli va geterozanjirli boʻladi. Karbozanjirli P. makromolekulasining asosiy zanjiri fa-kat uglerod atomlaridan tuzilgan, amid guruxlari esa tarmoklarda joylashganligi sababli (mas, poliakril-amid) ularni, odatda, P.ga taalluq-li deb hisoblanmaydi. Geterozanjirli P. da CONH guruhi makromolekulaning asosiy zanjirida joylashgan boʻladi. Geterozanjirli P. muhim ahamiyatga ega. Ular polikondenslanshi yoki polimerlanish usullari bilan olinadi. Kimyoviy tuzilishiga koʻra, oqsillar va peptidlar ham P., ammo tuzilishi va xossalari "odatdagi" sintetik P.dan keskin farq qilganligi uchun ularni alohida sinfga ajratiladi.
P. oq yoki oqish-qizgʻish rangli shoxsimon qattiq moddalar Suyuqlanish temperaturasi 150 dan 430° gacha. Baʼzi P. qovu-shoq suyuqliklar (smolalar). Mustahkamligi, qattiqligi, elastikligi, yeyilishga, issiqqa, kimyoviy reagentlar taʼsiriga barkaror.
P. sintetik tolalar, plyonkalar, loklar, sunʼiy charm olishda, fotografiya emulsiyalari tayyorlashda, mashinasozlikda, elektr-radio qurilmalari, antifriksion va boshqa turli detallar tayyorlashda qoʻllanadi Polimerlarch. dastlab murakkab boʻlmagan moddalar, kumir va yogʻochni qayta ishlash mahsulotlari (mas, fenol, formalin va boshqalar)ga asoslangan edi. Keyinchalik P. olish uchun neftni kayta ishlash mahsulotlari, tabiiy gaz, qattiq yoqilgʻilarni qayta ishlash mahsulotlari, yogoch va turli oʻsimlik xom ashyolari chiqindilari ishlatiladigan boʻldi. Xossasining yaxshiligi va xalq xoʻjaligiga keltiradigan foydasining kattaligi hamda xom ashyo zaxiralarining koʻpligi P.ni keng koʻlamda ishlab chiqarishga imkon berdi.
P. xossasiga koʻra, quyidagilarga boʻlinadi: kauchuklar — keng temperatura oraligʻida qayishqoklik xossasini yoʻqotmaydigan P.; plastmassalar — yuqori temperaturada yumshaydigan va keng temperatura oraligʻida juda puxta, qattiq, nisbatan qayishqoq P.; sintetik tolalar — yuqori temperaturada (180—200°) yumshaydigan va shu temperaturada puxta ip boʻlib choʻziladigan P.; lok va boʻyoqlar — yeyilishga chidamli, metall, yogʻoch va shishaga yopishadigan, atmosfera va mexanik taʼsirlarga chidamli P. Polimerlarning xossasi turlicha bulganligidan ular kora va rangli metallar, yogʻoch, tosh, suyak, shisha va boshqa urnida ishlatiladi. Baʼzi bir sintetik P. ion alma-shuvchi smolalar, qon plazmasi oʻrin-bosari sifatida, tuproqni strukturalashda va boshqalarda qoʻllanadi.