2-mavzu. Qadimgi va ilk o‘rta asrlar davlatchiligi: asosiy bosqichlari va o‘ziga xos xususiyatlari. 1. Qaysi mamlakat «Ming bir shahar mamlakati» deb atalgan? A)Katta Xorazm B)Qadimgi Baqtriya C)Qangʻ davlati 2.O‘rta Osiyoda harbiy yurishlarning birinchi bosqichi miloddan avvalgi nechinchi yillarda boʻlib oʻtgan? A)545-540-yillarda B)539-543-yillarda C) 541-546-yillarda 3.Kir II ning O‘rta Osiyo hududidagi ikkinchi yurishi miloddan avvalgi nechinchi yillarda boʻlib oʻtgan? A) 544-540-yillarda B)539-530-yillarda C)539-531-yillarda 4.Miloddan avvalgi nechinchi yillarda Xitoy askarlari Davanga ikki bor hujum qilgan? A) 105-102-yillarda B) 107-102-yillarda C)104-101-yillarda 5. Hududiy qo‘shnichilik jamoasi nima deb atalgan? A)Varzana B)Nmana C) Vis 6. O‘zbekistondagi ayrim ko‘hna shaharlarning yoshi necha yildan kam emas?
A) 2500-2900-yildan B)2700-2800-yildan C) 2700-3000-yildan
7.Miloddan avvalgi nechinchi asrlarda Xorazmda uzunligi bir necha oʻn kilometr, eni bir necha o‘n metrni tashkil etgan ulkan sun‘iy sug’orish kanallari mavjud bo`lgan? A)Vlll-Vl-asrlar B) Vll-V-asrlar C) Vl-lV- asrlar
8.Gerodot ma‘lumoticha, qadimda Oks (Amudaryo) daryosi bo‘ylab qanchadan ziyod sun‘iy sug‘orish kanallari mavjud?
A) 360 B) 365 C) 380
9.Miloddan avvalgi nechinchi asrda Amudaryo quyi oqimi hududida Qadimgi Xorazm davlati tashkil topdi?
A) V asr B)lV asr C) Vl asr
10. Baqtriya Yunon – rim mualliflari tomonidan nima deb atagan?
A) Baxdi B) Baqtrish C) Baqtriana
11. Qadimgi Soʻgʻdiyona davlatning poytaxti qaysi shahri bo‘lgan?
A) Zarafshon B) Samarqand C) Buxoro
12.Tarixiy manbalarda yozilishicha, mil. avv. nechinchi yilda podsholik taxtini egallagan Doro I ga qarshi Marg‘iyonada Frada boshchiligida xalq qo‘zg‘oloni ko‘tarildi?
A) 522- yil B) 521- yil C ) 520- yil
13.Frada ham qo‘lga olinib, mil. avv. nechinchi yilda qiynab o‘ldiriladi?
A) 520- yil B)519- yil C) 521- yil
14.Kimning«Harbiy hiylalar» asaridagi Shiroqning (asarda Shiroq —Siyrak deb nomlangan) afsonaviy harbiy jasorati diqqatga molikdir?
A)Ammian Martsellin B) Polien C) Zenob Glak
15.Mil. avv. nechinchi yilda Fillip II (mil.av. taxm. 382 – 336) Makedoniyani birlashtirib, yagona davlat tuzishga erishadi?
A)359- yil B) 345- yil C) 360- yil
2-mavzu. Qadimgi va ilk o‘rta asrlar davlatchiligi: asosiy bosqichlari va o‘ziga xos xususiyatlari.
1.B
2. A
3. B
4. C
5. A
6. C
7. A
8. A
9. B
10.C
11. B
12. A
13. C
14. B
15. A