A 5 marta b 10 marta c 25 marta d 50 marta



Yüklə 43,14 Kb.
tarix28.08.2023
ölçüsü43,14 Kb.
#140799
4-sinflar uchun test javoblari bilan


1. 1366-yilda Qarshi shahrida Amir Temur bor-yo‘g‘i 240 kishi bilan 12 ming kishilik dushmanga qarshi jang qildi va sarkardalik salohiyati bilan zafar qozondi. Ushbu jangda Amir Temur o’zi qo’shinidan necha marta ko’p bo’lgan dushman qo’shini ustidan g’alaba qozonadi?
A) 5 marta B) 10 marta C) 25 marta D) 50 marta
2. Prezident maktablarida 1 o’quvchi uchun davlat budjetidan oyiga 6 mln so’m xarajat qilinadi. Bitta Prezident maktabi o’quvchisi uchun 7 yil davomida davlat qancha xarajat qiladi?
A) 72 mln so’m B) 504 mln so’m C) 54 mln so’m D) 450 mln so’m
3. Prezident maktabi saralash imtihonida 1-10 savollarga 2,1 balldan, 11-20-savollarga 3,2 baldan va 21-30 savollarga 4,3 baldan beriladi. Aziz imtihonda dastlabki 28 ta savol javobini belgiladi. Imtihon natijasini chiqqanida u 25 tasiga to’g’ri javob bergani aniq bo’ldi. U eng ko’pi bilan necha ball olgan bo’lishi mumkin?
A) 74,5 B) 80,6 C) 85,5 D) 81,1
4. Eng yirik harbiy salohiyatga ega davlatlardan Rossiyada 55 ta va Xitoyda 67 ta harbiy suv osti kemalari mavjud. Xitoy nechta suv osti kemasini Rossiyaga bersa, ikki davlatdagi kemalar soni teng bo’ladi?
A) 12 B) 10 C) 8 D) 6
5. Ramazon oyining oxirgi 10 kunligining toq kechalaridan birida ming oydan yaxshiroq hisoblangan qadr kechasi bor. Qadr kechasi ramazon oyining qaysi kechalarida bo’lishi mumkin?
A) 11, 13, 15, 17, 19 B) 25, 26, 27, 28 C) 21, 23, 25, 27, 29 D) 27, 28, 29, 30
6. Azizning $100 000 mablag’i bor. U bu mablag’dan foydalanmaydi. Ikki yil qirqdan bir ulush zakot bergandan so’ng bu mablag’ qancha bo’lib qoladi? (javobni minglarda yaxlitlang)
A) $90 000 B) $93 000 C) $95 000 D) $105 000
7. Barcha ikki xonali toq sonlar o'sish tartibida yozib chiqildi. Ushbu sonlar qatorida 25-o'rinda turgan sonni toping
A) 59 B) 51 C) 53 D) 61
8. Jahonning 106 mamlakati qurolli kuchlari oʻrin olgan jahon armiyalari reytingida O’zbekiston 48-o’rinni, Qozog’iston 80-o’rinni egallagan. Ushbu reytingda O’zbekiston va Qozog’iston davlatlari orasida nechta davlat bor?
A) 31 ta B) 32 ta C) 33 ta D) 48 ta
9. Yuotube ijtimoiy tarmog’ini Google kompaniyasi 2006-yilda $1,65 milliard ga sotib olgan bo’lsa, 2020-yilda Youtubening sof foydasi $19.8 milliard ga teng bo’ldi. Endilikda Google bu tarmoqni yillik sof foydasining kamida 10 barobariga sotishi mumkin. Hozirda Youtube ning bozor qiymati qancha bo’lishi mumkin?
A) $16,5 milliard B) $19,8 milliard C) $198 milliard D) $165 milliard
10. To‘g‘ri to‘rtburchakning perimetri 82 cm, bo‘yi 22 cm bo‘lsa, enining uzunligini toping. A) 19 B) 20 C) 41 D) 60
11. Amir 60 ta ruchka va 30 ta daftar, Olim esa 30 ta ruchka va 60 ta daftar sotib oldi. Amirning xaridi Olimnikidan 60 000 so‘mga qimmat bo‘ldi. Ruchkaning narxi daftar narxidan necha so‘m qimmat?
A) 2 000 B) 1 000 C) 1 500 D) 2 500
12. Ushta kema yonma-yon turibdi. Ko'k kema qizil kemaning o'ng tarafida va yashil kemaning chap tarafida turibdi. Agar ko'k va yashil kemalar o'rinlari almashtirilsa, quyidagilarni qaysi biri hosil bo'ladi?
A) qizil va ko`k kema yonma yon turipti
B) qizil kema ko`k kemaning chap tomonida
C) yashil kema qizil va ko`k kema o`rtasida turipti
D) qizil kema o`rtada
13. Oshxonada kuniga 20 kg dan sabzi sarflanadi. Agar oshxonada 67 kg sabzi qolgan bo‘lsa, 4 kunga yetishi uchun necha kg sabzi sotib olish kerak?
A) 80 B) 63 C) 26 D) 13
14. Sinfda to‘rtta o‘quvchi bir-biri bilan qo‘l berib ko‘rishmoqda. Ko‘rishishlar soni nechta bo‘ladi?
A) 10 B) 6 C) 8 D) 16
15. Men yigirmadan kichik ikki xonali toq sonman. Mening raqamlarim yig’indisi 10 ga teng. Meni toping. A) 28 B) 17 C) 15 D) 19
16. Agar 2-dekabr dushanba kuni bo’lsa, 25-dekabr haftaning qaysi kuni bo’lgan?
A) Seshanba B) Chorshanba C) Payshanba D) Juma
17. Do‘konda jami 120 ta sport anjomlari sotildi. Ulardan chorak qismi futbol to‘pi, uchdan biri tennis raketkasi, qolganlari shaxmat doskasi edi. Nechta shaxmat doskasi sotilgan?
A) 50 B) 40 C) 30 D) 20
18. Qatorda yozilgan 5 ta sonning yig’indisi 27 ga teng. Dastlabki uchtasining yig’indisi 16 ga, oxirgi uchtasining yig’indisi 15 ga teng bo’lsa, qatorning o’rtasidagi sonning qiymatini toping.
A) 3 B) 4 C) 5 D) 7
19. Duradgorda 9 ta yog‘och taxta bor edi. U bir nechta taxtaning har birini 5 bo‘lakka bo‘lib arraladi. Shunda taxtalar soni 29 taga yetdi. Duradgor nechta taxtani bo‘laklarga bo‘lib arraladi?
A) 4 B) 5 C) 6 D) 7
20. Choynakda 900 ml choy bor edi. Choyning yarmi A va B stakanlarga teng taqsimlandi. Qolgan choy esa C, D va E stakanlarga teng taqsimlandi. E stakanda qancha choy bor?
A) 225 ml B) 250 ml C) 150 ml D) 200 ml
21. Issiqxonada yetishtirilgan 784 kg pomidor va 672 kg bodring uzildi. Pomidor 7 kg dan, bodring 8 kg dan yashiklarga joylandi. Barcha pomidor yashiklarga joylandi. Bodring yashiklari soni esa pomidor yashiklari sonidan ikki marta kam edi. Qancha bodring yashikka joylanmagan?
A) 112 B) 224 C) 252 D) 200
22. Uzunligi 78 cm bo‘lgan sim 12 cm va 15 cm bo‘laklarga shunday bo‘lindiki, natijada sim ortib qolmadi. Nechta bo’lak hosil bo’lgan?
A) 7 B) 5 C) 6 D) 4
23. Teng yonli va teng tomonli uchburchaklar bir xil perimetrga ega. Teng tomonli uchburchakning tomoni 24 cm dan, teng yonli uchburchakning yon tomoni esa 20 cm. Teng yonli uchburchakning asosini toping.
A) 32 B) 26 C) 30 D) 28
24. Yuzi 36 ga teng bo’lgan to’g’ri to’rtburchakning tomonlari natural sonlar. Uning perimetri quyidagi sonlardan qaysi biri bo’lishi mumkin emas?
A) 40 B) 26 C) 24 D) 28
25. Zavodda reja bo‘yicha 21 ish kunida jami 94 500 ta detal tayyorlanishi kerak edi. Lekin detallar muddatidan oldin 15 ish kunida 450 ta ortig’i bilan tayyorlandi. Zavodda har kuni rejadagidan nechta ortiq detal tayyorlangan?
A) 6300 B) 1500 C) 1800 D) 1830
26. Aziz to‘g‘ri to‘rtburchakning uchta tomoni uzunligini qo‘shganida 22, Olim esa shu to‘rtburchakning boshqa uchta tomoni uzunligini qo‘shganida 20 hosil qildi. To‘g‘ri to‘rtburchakning yuzini toping.
A) 28 B) 96 C) 48 D) 440
27. Amir 60 ta ruchka va 30 ta daftar, Olim esa 30 ta ruchka va 60 ta daftar sotib oldi. Amirning xaridi Olimnikidan 60 000 so‘mga qimmat bo‘ldi. Ruchkaning narxi daftar narxidan necha so‘m qimmat?
A) 2 000 B) 1 000 C) 1 500 D) 2 500
28. Mahmud elektron soatning har bir daqiqada ko‘rsatayotgan raqamlari yig‘indisini yozib boryapti. U 00:00 dan 01:59 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida quyidagi qaysi sonni boshqalaridan ko‘proq marta yozgan?
A) 1 B) 4 C) 10 D) 7
29. Boladan qancha puli borligini so‘rashdi. U shunday javob berdi: “Agar mendagi pulga bor pulimning yarmini va yana 20 000 so‘m qo‘shilsa, 200 000 so‘m hosil bo‘ladi”. Bolada qancha pul bor?
A) 60 000 B) 120 000 C) 90 000 D) 180 000
30. Sarvar narxi bir xil bo‘lgan 8 ta yarim litrlik suv sotib oldi. U pulni 20 000 so‘mlik bilan to‘ladi va sotuvchi unga 8 000 so‘m qaytardi. Har bir yarim litrlik suv qancha turadi?
A) 1 500 B) 1 000 C) 2 000 D) 960
Yüklə 43,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin