A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI
O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT
INSTITUTI
“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi
Fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari
moduli bo‘yicha
“Adabiyot darslarida zamonaviy pedagogik texlogiyaga asoslangan
noan’anaviy darslarni tashkil etish va didaktik o‘yinlardan
foydalanish usullari”
o‘quv kursining
“Xotira mashqlari va lug‘atlar bilan ishlashda yangicha yondashuv”
mavzusidan ma’ruza matni
Ma’ruzasi:
Raxmatova Nilufar Negmatullayevna
Toshkent 2022
5-Mavzu: Xotira mashqlari va lug‘atlar bilan ishlashda yangicha
yondashuv
Reja:
1.
Xotira mashqlarihaqida.
2.
Lug‘atlar bilan ishlashda yangicha yondashuv.
3.
Xotirani mustahkamlovchi mashqlardan namunalar.
Xotira – inson asab tizimining eng muhim funktsiyalaridan biridir. Xotirani
mustahkamlash ko‘pchilikni qiziqtiradigan savoldir. Uning buzilishida inson
hayoti davomida noquaylik sezadi va bu jiddiy nevrozlar, depressiyalarga olib
keladi. Agar xotiraning buzilishi uzoq davom etsa, bu insonni mehnat qilish
qobiliyatidan mahrum etib, nogironlikka olib kelishi mumkin. Ko‘p hollarda
qariyalar xotira pasayishi tufayli hayot davomida oddiy yumushlarni ham bajara
olishmaydi. Qarilik tufayli xotira zaiflashuvini odatda tuzatib bo‘lmaydi, ammo
yoshlikda kuzatiladigan bunday muammolarni tuzatsa bo‘ladi.
Xotira bilan bog‘liq muammolarga hatto bolalar ham duch kelishadi.
Bunday muammolarni e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak, chunki inson
kelajakdagi hayotiy qobiliyatlari xotira bilan chambarchas bog‘liq. Bolalar xotira
pastligi tufayli o‘qishdan ortda qoladi, ta’lim olish muassasalariga borgisi
kelmaydi, bola asabiy, jaxldor va yig‘loqi bo‘lib qoladi. Muammoga e’tiborsizlik
qilinsa, unda xotirani rivojlantirish qiyin bo‘ladi, shu sababli choralarni o‘z vaqtida
ko‘rish kerak.
Hozirgi kunda xotirani yaxshilash uchun medikamentoz terapiya va xalq
tabobati vositalarini qo‘llash mumkin. Agar xotira juda ham pasaygan bo‘lsa,
shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
XOTIRANING BUZILISHI: U NEGA PASAYADI?
Inson xotira funktsiyasining mexanizmi juda ta’sirchan, u ko‘pgina sabablar
natijasida buzilishi mumkin. Shifokorlarning fikricha, xotiraning pasayishiga
quyidagi bir qator omillar sabab bo‘lishi mumkin:
•
Jismoniy va aqliy zo‘riqish.
•
Haddan ortiq ko‘p aqliy mehnat qilish, charchash.
•
Surunkali uyqusizlik.
•
Surunkali stress.
•
Kuchli stressni boshdan kechirish.
•
Tamaki mahsulotlari chekish.
•
Alkogolli ichimliklarni suiste’mol qilish.
•
Narkotiklar qabul qilish.
•
Bosh miyadagi yoshga bog‘liq o‘zgarishlar.
•
Insult.
•
Kalla suyagi jarohatlari (ochiq va yopiq).
•
Qalqonsimon bez kasalliklari.
•
Qon tomirlar kasalligi.
•
Yurak kasalliklari sababli miyada qon aylanishi buzilishi.
•
Ba’zi dori preparatlarini qabul qilish.
Ko‘p hollarda bolalar maktabga chiqa boshlaganida yoki yuqori sinfga
o‘tganida ular xotira pasayishi seziladi, bu bola miyasining zo‘riqishi bilan
tushuntiriladi. Bunday vaziyatda ota-onalar bolalariga e’tiborli bo‘lishlari, ularni
koyimasliklari zarur.
Xotira pasayishi belgilari
Xotira pasaygan holatlarning barchasida ham davolash talab qilinavermaydi.
Medikamentoz davolash va xalq tabobati bilan muolajalar o‘tkazish uchun
ko‘rsatma – xotiraning qisqa muddatlarda tiklanmasligi bo‘ladi. Masalan:
•
Biron bir narsani esda saqlab qolishga istak bo‘lsada, ularni
yodda saqlab qola olmaslik;
•
Doimiy unutib qo‘yish;
•
Katta hajmdagi ma’lumotlarni eslab qolish qobiliyati yo‘qolishi.
Xotirani kuchaytirish uchun mashqlar
Xotiraniyaxshilashvakuchliqilishuchun,
ishjoyidahambajarsabo‘ladigan,
harqandayyoshdagiinsonlaruchunto‘g‘rikeladiganmashqlarbor.
Samarali mashqlardan biri rasmlarni eslab qolish. Bunday mashqni o‘tkazish
uchun biron bir qiziqarli rasm olish kerak, unda 10 tadan 15 tagacha bo‘lgan jism,
hayvon va shu kabilar bo‘lsin. Ushbu rasmga 60 soniya davomida diqqat bilan
qarang va u yerdagi narsalarni eslab qolishga harakat qiling. 60 soniya o‘tgandan
keyin rasmni berkitib, eslab qolgan narsalaringizni ayting yoki ularni yozing.
Bunday mashqni bolalar bilan o‘yin sifatida o‘tkazsangiz, bolaning kayfiyati ham
ko‘tariladi. Faqatgina bir rasmdan emas, 2-3 xil rasmlar bilan mashq qilganingiz
afzalroq.
Sanash – xotirani kuchaytirish uchun yaxshi mashq. Bu samarali usul bo‘lib,
1 dan 20 gacha yoki 20 dan 1 gacha bo‘lgan sonlarni parallel ravishda sanash
kerak. Masalan: 1, 20, 2, 19, 3, 18 va hokazo. Har kuni ushbu mashqni takrorlab 10
ta songa oshirib boring va 100 gacha yeting. Mashqni uyqudan oldin bajarsangiz
ancha samarali bo‘ladi. Agar inson sonlarning boshqa tillardagi talaffuzini bilsa,
parallel ravishda o‘z tili va boshqa tilda sonlarni sanash xotirani tiklashga tezroq
yordam beradi.
Xotirani yaxshilash uchun foydali usullardan biri “chapaqay” qo‘l mashqini
bajarishdir. Chapaqay insonlar uchun o‘ng qo‘lni, o‘naqaylar uchun esa chap
qo‘lni ko‘proq ishlatish talab etiladi. Bunday mashq bilan miyaning ishlashi
kuchayadi va xotira tiklanishi yaxshilanadi.
Xotira mashqi sifatida o‘qish paytida ikkita bir xil kelgan harflarni topish va
ularga e’tibor qaratish ham miyani ishlashga majburlaydi. Sizga yaxshi tanish
bo‘lgan jism yoki xonaning ta’rifi haqida batafsil ma’lumot bering, u yerda
joylashgan buyumlarni birma bir sanab o‘ting. Bu ham miyaning turli xil
qismlarini ishlatib, xotirani kuchli qilishga yordam beradi.
LUG‘AT USTIDA ISHLASH METODIKASI
Lug‘at ustida ishlashning lingvistik asoslari va vazifalari
So‘z tilning ma’no bildiradigan asosiy birligidir. So‘z va so‘z birikmasi aniq
narsalarni, mavhum tushunchalarni, hissiyotni ifodalaydi. Tilda mavjud bo‘lgan
barcha so‘z va iboralarning yig‘indisi
Dostları ilə paylaş: |