A. qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 49,6 Kb.
səhifə1/4
tarix27.02.2020
ölçüsü49,6 Kb.
#30560
  1   2   3   4
ISHCHI DASTUR YANGISI

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

A.QODIRIY NOMLI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

«TASDIQLAYMAN»

O’quv ishlari bo’yicha prorektor

prof. F.Jo’raqulov

«__» _____________ 2019 yil



HUQUQ FANLARINI O’QITISH METODIKASI FANIDAN

ISHCHI O’QUV DASTURI

Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar soha

Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika

Ta’lim yo’nalishi: 5111600 –Milliy goya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi




JIZZAX – 2019

Fanning ishchi o’quv dasturi, o’quv dasturiga muvofiq ishlab chiqildi.



Tuzuvchi:

Anarboyev J.B – JDPI, “Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi assistenti


Taqrizchilar:

Shodiyev.F. – JDPI, “Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi katta o’qituvchisi.

Mamanazarov.S – JizPI, “Tarix va ijtimoiy gumanitar fanlar” kafedrasi katta o’qituvchisi.

Fanning ishchi o’quv dasturi Ijtimoiy-iqtisod fakulteti kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (2019 yil __- avgustdagi __-sonli bayonnoma).

Kafedra mudiri: _____________ f.f.d. M.Xoshimxonov.
Fakultet kengashi raisi: _____________ __. __. ___________.
Kelishildi, O’UB boshlig’i ___________ ___. ___._________.

KIRISH
Oliy ta’limning Davlat ta’lim standartiga ko’ra ushbu dastur huquq fanlarini o’qitish fanining predmeti, uning vazifalari, metodlari, usullari, vositalari ularning tushunchasi, belgilari, mohiyati va tiplari, pedagogik funksiyalari, davlat hokimiyatini amalga oshirish mexanizmi, ijtimoiy munosabatlar va huquq, huquqiy ong va huquqiy madaniyat, huquq normalari, huquq shakllari (manbalari), huquq ijodkorligi, huquq tizimi, huquqiy munosabatlar, huquqni amalga oshirish, huquq normalarini sharhlash, yuridik amaliyot, huquqiy xulq-atvor, huquqbuzarlik va yuridik javobgarlik, huquqiy tartibga solish mexanizmi, qonuniylik va huquqiy tartibot, hozirgi zamonning asosiy huquqiy tizim va oilalari, davlat va huquqining rivojlanish istiqboli va yo’llari kabi masalalarni qamraydi. Shuningdek, mazkur fanning predmetini o’rganish jarayonida ma’muriy huquq asoslarini, mehnat huquqi asoslarini, oila huquqi asoslarini, jinoyat huquqi asoslari kabi huquq sohalarini o’rganish asosiy maqsad qilingan. Ushbu o’quv dasturi fani bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga qo’yilgan talablarga muvofiq ishlab chikilgan. Fan dasturi tarkibi fanning maqsadi, vazifalari va o’rganadigan muammolari, talabalarning fan bo’yicha egallashi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar tavsifi, nazariy, amaliy va mustaqil ish mashg’ulotlari hajmi va mazmuni, metodik tavsiyalar, rejalar, o’quv-uslubiy adabiyotlar va didaktik vositalar ro’yxati hamda baholash mezonlarini qamrab olgan.

Fanning maqsad va vazifalari

Fanni o’qitishdan maqsad – O’zbekistonda adolatli fuqarolik jamiyatini shakllantirish hamda demokratik huquqiy davlat barpo etishda bosh huquqiy omil hisoblangan O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining jamiyatdagi o’rni va huquq sohalarining asosi sifatidagi ahamiyatini, huquqiy fanlarni oqitish metodikasi nazariyasiga oid asosiy tushuncha va qonuniyatlari va boshqa huquq tizimi sohalarining asoslari yuzasidan talabalarning bilimlarini shakllantirishdan iboratdir.

Fanning vazifasi - talabalarda huquq fanlarini o’qitish metodikasi uni rivojlanishi hamda O’zbekiston milliy huquq tizimining asosiy sohalari borasidagi umumnazariy bilimlarni shaxs va jamiyat manfaatlaridan kelib chiqqan holda normativ-huquqiy hujjatlarni qo’llash mahoratini o’rgatishdan iborat.

Fan bo’yicha talabaning malakasiga qo’yiladigan talablar

“Huquq fanlarni o’qitish metodikasi” o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida o’rganiladigan masalalar doirasida bakalavr:

- huquq fanlarini o’qitish metodikasi, xususan, har bir fanning o’ziga xos xususiyatlari, rivojlanishi, amal qilishi va istiqboli, demokratik huquqiy davlat barpo qilish va adolatli fuqarolik jamiyatini shakllantirish, fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, Konstitusiya va qonun ustuvorligini ta’minlovchi huquqiy tizim hamda asosiy qonun haqida tasavvurga ega bo’lishi;

- huquq fanlarini o’qitish metodikasi va har bir fanning o’ziga xos qonunlari, huquqiy tizim va qonunchilik asoslarini, huquqni muhofaza qilish idoralari faoliyatini, O’zbekiston Respublikasining ma’muriy hududiy tuzilishi, davlat hokimiyati idoralarining tuzilishi va faoliyati haqida nazariy va amaliy bilimlarga ega bo’lishi;

- ixtisosligi bilan bog’liq mehnat faoliyati davomida sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlardan to’g’ri foydalanish va o’ziga tegishli huquq hamda yerkinliklari, majburiyatlarini qonunchilik doirasida qo’llash ko’nikmasiga ega bo’lishi lozim.

O’quv rejadagi boshqa fanlar bilan bog’liqligi

“Huquq fanlarini o’qitish metodikasi” fani ijtimoiy-gumanitar fanlar tizimida o’ziga xos umummetodologik ahamiyatga ega. Mazkur fan davlat va huquq hodisalarini o’rganuvchi falsafa, tarix, sosiologiya, pedagogika, politologiya kabi boshqa bir qator ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan ham chambarchas bog’liq.

Ushbu fan yuzasidan mashg’ulotlarni olib borishda falsafiy qarashlar, tarixiy jarayonlar va ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar hamda pedagogik uslublar yordamida olib borish talab etiladi.

Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar

Talabalarning “Huquq fanlarini o’qitish metodikasi” fanini o’zlashtirishlari uchun o’qitishning an’anaviy va ilg’or uslublaridan, jumladan, ekspress so’rovlar, test so’rovlari, dasturiy o’qitish, aqliy xujum, debat, davra suhbatlarini o’tkazish, kollokviumlar, muammoli o’qitish, texnik vositalarni qo’llash, yuridik klinika va boshqa interaktiv ta’lim usullaridan hamda (yechimlar daraxti, ishbilarmon o’yini, debatlar va h.k.) zamonaviy informasion texnologiyalardan (internet saytlari, darslik va qo’llanmalarning elektron shakllari) foydalaniladi.



Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim. Bu ta’lim o’z mohiyatiga ko’ra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to’laqonli rivojlanishlarini ko’zda tutadi. Bu esa ta’limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog’liq o’qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshilishni nazarda tutadi.

Tizimli yondoshuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o’zida mujassam etmog’i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo’g’inlarini o’zaro bog’langanligi, yaxlitligi.

Faoliyatga yo’naltirilgan yondoshuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va intensivlashtirish, o’quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo’naltirilgan ta’limni ifodalaydi.



Dialogik yondoshuv. Bu yondoshuv o’quv munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o’z-o’zini faollashtirishi va o’z-o’zini ko’rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.

Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish. Demokratik, tenglik, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e’tiborni qaratish zarurligini bildiradi.

Muammoli ta’lim. Ta’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta’lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni obektiv qarama-qarshiligi va uni hal yetish usullarini, dialektik mushohadani shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo’llashni mustaqil ijodiy faoliyati ta’minlanadi.

Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo’llash - yangi kompyuter va axborot texnologiyalarini o’quv jarayoniga qo’llash.

O’qitishning usullari va texnikasi. Ma’ruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash), muammoli ta’lim, keys-stadi, pinbord, paradoks va amaliy ishlar.

O’qitishni tashkil etish shakllari: dialog, polilog, muloqot hamkorlik va o’zaro o’rganishga asoslangan frontal, kollektiv va guruh.

O’qitish vositalari: o’qitishning an’anaviy shakllari (darslik, ma’ruza matni) bilan bir qatorda – kompyuter va axborot texnologiyalari.

Kommunikasiya usullari: tinglovchilar bilan operativ teskari aloqaga asoslangan bevosita o’zaro munosabatlar.

Teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blis-so’rov, oraliq va joriy va yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili asosida o’qitish diagnostikasi.

Boshqarish usullari va vositalari: o’quv mashg’uloti bosqichlarini belgilab beruvchi texnologik karta ko’rinishidagi o’quv mashg’ulotlarini rejalashtirish, qo’yilgan maqsadga erishishda o’qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati, nafaqat auditoriya mashg’ulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati.

Monitoring va baholash: o’quv mashg’ulotida ham butun kurs davomida ham o’qitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida test topshiriqlari yoki yozma ish variantlari yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi.

“Huquq fanlarini o’qitish metodikasi” fanini o’qitish jarayonida kompyuter texnologiyasidan ham foydalaniladi. Ayrim mavzular bo’yicha talabalar bilimini baholash test asosida va kompyuter yordamida bajariladi. “Internet” tarmog’idagi rasmiy saytlardan foydalaniladi, tarqatma materiallar tayyorlanadi, test tizimi hamda tayanch so’z va iboralar asosida oraliq va yakuniy nazoratlar o’tkaziladi.


Huquq fanlarini o’qitish metodikasi” fanidan mashg’ulotlarning mavzular va soatlar bo’yicha taqsimlanishi:



Mavzular

Ma’ruza

Seminar

Mustaqil

ish

  1. 1

Huquqiy ta’limning maqsad va vazifalari

2

2






Huquq fanlarini o’qitishda pedagogning umumiy va kasbiy madaniyati

4

4






Ta’lim tizimida huquqiy ta’limning tutgan o’rni

4

4






Huquq ta’limi metodlari

4

4






Huquq ta’limida yangi axborot va pedagogik texnologiyalar

4

2






O’zbekiston respublikasida ta’lim –tarbiya jarayonlarini tashkil etishning normativ huquqiy asoslari

4

4






O‘MKHTda huquqiy fanlarni o’qitishda tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar va ixtisosliklar umumdavlat tasniflagichi, O‘MKHT ning Davlat ta’lim standarti (DTS), tarmoq ta’lim standartlari (TTS), O‘MKHTga tegishli so‘nggi yillarda qabul qilingan tegishli nizomlar, yo‘riqnomalar.


4

4






Huququiy fanlarni o’qitishda pedagogning asosiy faoliyat turiga qo’yiladigan vaqt m’yorlari tushunchasi va mazmuni

2

4






Umumiy o’rta ta’lim tizimida huquq fanini o’qitish metodikasi


4

4






Huquq ta’limi fani ilmiy-pedagog xodimlari malakasini oshirish tartibi

2

4







Jami

36

38




Yüklə 49,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin