Intellektual mulk huquqi obyektlariga mulk huquqining bemuddat ekanligi haqidagi qoida qo’llanilmaydi;
qonunda belgilangan muddatlar o’tishi bilan intellektual mulk sohibining ma’lum intellektual mulkiga nisbatan huquqlari bekor bo’ladi va bu obyektlar umuminsoniy boylikka aylanadi, har kim undan ma’lum shartlar asosida tekin va ruxsatsiz foydalanishga xaqli bo’ladi;
intellektual mulk obyektlariga nisbatan mulk huquqini ximoya qilishda vijdonan da’voni qo’llash imkoniyati amalda mavjud emas;
Nomoddiy aktivlarni Baholash quyidagi vaziyatlarda vujudga keladi:
Intellektual mulkni baholash jarayonida (“intellektual mulk” atamasi, asosan, texnologik aktivlarga nisbatan ishlatiladi), fundamental texnologiya boshqa texnologiyalarning asosi bo‘lib xizmat qiladi yoki u mavjud bo‘lgan texnologiyani rivojlantirishga xizmat qiladi. \texnologiya tayinlangan paytda to‘lanishi kerak bo‘lgan to‘lov, Texnologiya litsenziyalangan paytda to‘lanishi kerak bo‘lgan royalti va kompaniya tomonidan boshqaruvchi aktiv sifatida texnologiyani sotib olayotgan vaqtda pul mablag‘lari bilan bog‘liq bo‘lgan vaziyatlar mavjud bo‘ladiki, bunday vaziyatlarda texnologiyaning qiymatini pul miqdori jihatidan baholab ko‘rsatilishi lozim. Intellektual mulkni pul qiymati asosida baholashm miqdoriy baholash deb ataladi.
Uchta asosiy yondashuv intellektual mulk qiymatini baholashda qo‘llaniladigan yondashuvlar hisoblanadi. Ushbu yondashuvlar shuningdek, ko‘chmas mulk qiymatini baholashga ham qo’llaniladi:
a. Xarajat yondashuvi;
b. Qiyosiy yondashuv;
v. Daromad yondashuvi.
Bu yondashuvlarga qo’shimcha,,Real Opsion yondashuvi” ham boshqa hisobotlarda qo’llaniladi.Ushbu yondashuv kelajakda aktivni ekspluatatsiya qilishning turli xil potensial shakllari mavjudligi va aktivning egasi (yoki aktivning potensial egasi) bunday shakllardan birini tanlash huquqiga ega ekanligiga asoslanadi.aktiv egasi uchun intellektual mulkning kelajakdagi turli variantlardagi qiymatlari baholanadi. Patentli texnologiyalar bog‘liq bo‘lgan variantlar 2 xil hisoblanadi: uni sotib olish yoki sotib olmaslikdir.
Intellektual mulk qiymatini baholashda qo‘llaniladigan yondashuvlarga qisqacha ta’rif beradigan bo’lsam uni afzalliklari va kamchiliklari quyidagicha: