Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy taxminan



Yüklə 79 Kb.
tarix07.12.2019
ölçüsü79 Kb.
#29837
Al-Xorazmiy

Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy - (taxminan 780-850 yillarda yashagan) - mashhur Markaziy Osiyolik qomusiy olim.

U taxminan, 780-yilda Xorazmda (hozirgi XivadaO’zbekiston) dunyoga kelgan va 850-yillarda Bag'dodda vafot etgan. Al-Xorazmiy o’z umrining aksariyatini Bag’dodda Bayt ul-Hikmada olim sifatida faoliyat yuritdi.

Uning Algebra asari chiziqli va kvadrat tenglamalarning tizimli yechimi to’g’risidagi birinchi kitobdir. Shu sababdan, u Diofant kabi"algebra fanining otasi" degan unvonga sazovor bo’ldi. Uning hind raqamlari haqidagi Arifmetika asarining Lotin tiliga tarjimasi 12-asrda G’arb olamiga o’nlik raqamlar tizimi haqidagi tushunchani olib kirdi. Al-Xorazmiy Batlimusning "Jo’g’rofiya" asarini ko’rib chiqib, yangiladi va shuningdek, uning o’zi ham astronomiya va astrologiyaga oid bir qancha asarlar yaratdi.

Al-Xorazmiy nafaqat matematika sohasiga, balki shuningdek tillarga ham katta hissa qo’shqan olimdir. "Algebra" so’zi, olimning kitobida qayd etilishicha, kvadrat tenglamani yechishda qo’llaniladigan 2 amaliyotning biri nomidan olingandir. "Algoritm" so’zining o’zagi esa Algoritmi bo’lib, u olimning ismini Lotinlashtirishdan kelib chiqqan.Shuningdek, ispan tilidagi guarismo’' va portugal tilidagi algarismo’' so’zlari ham(ikkalasi ham raqam ma’nosini beradi) uning ismidan kelib chiqqan. 1973 yilda Xalqaro astronomiya ittifoqi Oydagi kraterni Al-Xorazmiy nomi bilan atadi. Al-Xorazmiy krateri Oyning Yerga teskari tomonida ekvatorga yaqin joylashgan.

Xorazmiy, Abu Ja’far (Abu Abdulloh) Muhammad ibn Muso al Xorazmiy (783, Xiva — 850, Bag’dod) — matematik, astronom, geograf, fan tarixidagi ilk qomusiy olimlardan. Dastlabki ma’lumotni Xiva shahrida olgan va yetuk olim bo’lib shakllangan. Bunda arab istilosidan so’ng muayyan darajada saqlanib qolgan qadimgi Xorazm fani an’analari asosiy rol o’ynagan. Xalifa Horun ar Rashidning o’g’li va uning Xurosondagi voliysi al Ma’mun huzuriga — Marvga taklif etilgan. 819 yilda Bag’dodni egallagan al Ma’mun Markaziy Osiyolik olimlardan X., Ahmad al Farg’oniy, Habash al Hosib Marvaziy, Abul Abbos Javhariy va boshqalarni o’zi bilan olib ketib, o’ziga xos ilmiy jamoa tashkil etgan. Bu jamoa fan tarixidagi dastlabki rosmana akademiya deb qaraladigan ilmiy muassasa — "Bayt ul Hikmat" ("Donishmandlik uyi") ning asosini tashkil etgan. Bu akademiyada X. yetakchi olim va ilmiy rahbar bo’lgan. U shu davrdan boshlab Bag’dodda al Ma’mun (813 — 833), so’ng al Mo’’tasim (833 842), al Vosiq (842 —847) xalifaligi davrlarida yashab ijod etgan.

X.ning bizgacha o’ntacha asari to’liq, qisman yoki ayrim parchalar tarzida yetib kelgan. Shu asarlarning o’ziyoq ko’rsatadiki, X. insoniyat sivilizatsiyasiga buyuk hissa qo’shgan olimdir. Amerikalik fan tarixchisi Jorj Sarton X.ni "O’z zamonasining eng buyuk matematigi, agar barcha holatlar e’tiborga olinsa, barcha zamonlarning eng buyuk matematiklaridan biri", deb baholagan. Bunday baho X.ning matematika tarixida tutgan beqiyos o’rni sabab.

Mil. av. 6-a.dan milodiy 5-a.gacha ravnaq topgan yunon madaniyati 4-a.ga kelib inqirozga yuz tutdi. 415 yilda yunon fanining xazinasi bo’lgan Iskandariya kutubxonasi vayron qilinib, minglab kitoblar yoqib yuborildi. Natijada fan taraqqiyotdan to’xtab, xatto qo’lga kiritilgan yutuqlar ham unutila boshladi. 4 —8-a.larda olis Xitoy va Hindistondagi ayrim olimlar faoliyatini hisobga olmaganda Konstantinopol (Vizantiya) va Gandishapurda (Eronning hozirgi Huziston viloyatida) jon saqlagan yunon olimlari, ayrim suryoniy, yahudiy va nasroniy ruhoniylari omon qolgan yunoncha kitoblarni saqlash, tarjima kilish, sharxlar bitish bilangina shug’ullangan, diniy ehtiyojlar tufayli ayrim astronomik kuzatuvlargina olib borilgan.

9-a.da Arab xalifaligi kuchayib, uning poytaxti Bag’dod ulkan iqtisodiy-ijtimoiy markazga aylandi va bu yerga ilm ahli oqib kela boshladi. Al Hajjoj ibn Matar al Kufiy, Abu Zakariyya Yahyo ibn al Bitrik, Huaayn ibn Ishoq, Qusta ibn Luqo al Baalbakiy va boshqa yunon olimlarining asarlarini, Muhammad al Fazariy, Ya’qub ibn Tariq va boshqa olimlar hind tilidagi kitoblarni arab tiliga tarjima qila boshladilar, arab tilida dastlabki sharxlar bitildi. Lekin fan yangi marralarni egallashi uchun uni yangi rivojlanish bosqichiga ko’tarish lozim edi. Fan tarixchisi Adam Mets iborasi bilan "Musulmon renessansi" deb atalgan fan tarixidagi bu hodisa birinchi navbatda X. nomi va ilmiy jasorati bilan bog’liq.

X. Bag’dodda yunon fanining yutuqlarini o’rganadi, hind va eron manbalari, hatto bevosita Bobildan krlgan ayrim faktlar hamda xitoy manbalari bilan ham tanishadi, ularni o’zining muhim kashfiyotlari bilan boyitadi va fan tarixida abadiy iz qoldirgan fundamental asarlar yaratadi. Shuning uchun X. o’zigacha mavjud bo’lgan sivilizatsiya merosini sintez qilib, boyitib jahonga yoygan fan dahosi hisoblanadi.

X. algebra faniga asos solgani, bu fan atamasi uning "Kitob muxtasar min hisob aljabr valmuqobala" ("Aljabr valmuqobala hisobi haqida qisqacha kitob") asari nomidan kelib chiqqani yaxshi ma’lum. Lekin ba’zan X. faqat o’ziDan avval ma’lum bo’lgan chiziqli va kvadrat tenglamalar yechish usulini tizimga solgan, degan nuqtai nazar uchraydi. Bu fikr X. asari shu mavzudan boshlanganligi tufayli paydo bo’lgan. Holbuki, X.ning kitobi, birinchi navbatda, algebraik hisobga bag’ishlangan. Bu shundan ham ko’rinadiki, kitob nomi ikki muhim algebraik amal — aljabr va almuqobala bilan atalgan. X. algebraik amallarni, avval tenglamalarni yechishda qanday qo’llanishini bayon etib, so’ng algebraik shakl almashtirishlariga o’tgan. Aks holda kitobning maqsadini tushunish qiyin bo’lar edi. X. asari 12-a.ning boshlarida kremonalikGerardo, chesterlik Robert tomonidan lotinchaga tarjima qilingan, nomi qisqarib "aljebra" (fransuz, ingliz tillarida), "algebra" (nemis, rus tillarida) deb atala boshlagan va fan nomiga aylanib ketgan.

Uning muqaddimasida kitob nima maqsadda yozilgani bayon qilinadi: "Men arifmetikaning oddiy va murakkab masalalarini o’z ichiga oluvchi "Aljabr valmuqobala hisobi haqida qisqacha kitob"ni ta’lik qildim, chunki meros taqsimlashda, vasiyatnoma tuzishda, mol taqsimlashda, adliya ishlarida, savdoda va har qanday bitimlarda, shuningdek, yer o’lchashda, kanallar o’tkazishda, geometriyada va boshqa shunga o’xshash turli ishlarda kishilar uchun bu zarurdir".

Kitob uch qism (kitob)dan iborat. Uning 15 bobli birinchi qismi "Kitob almuxtasar filjabr valmuqobala" deb nomlangan va sof matematik faktlar bayoniga bag’ishlangan. Xususan, unda Qad. Bobildan ma’lum bo’lgan birinchi va ikkinchi darajali tenglamalarni yechish usullari bayon qilingan. X. manfiy sonlardan foydalanmagani uchun tenglamalarni quyidagi ko’rinishda qaraydi:ax2=bx, ax1=c, bx=c, ax2+bx=c, ax2+c=bx, ax2=bx+c. (Ular hozirgi fan tilida birinchi va ikkinchi darajali tenglamalarning musbat sonlar yarimmaydoni ustidagi kanonik ko’rinishlaridir).

X. har bir holda tenglamani yechish qoidalari hamda ularning qat’iy isbotlarini keltiradi. Isbot garchi tashqi ko’rinishda geometrik tilda bayon qilinsada, mohiyatan hozirgi algebraik isbot bilan moye tushadi.

Kitobning keyingi bobida algebraik hisob, xususan, aljabr va mukrbala amallari bayon qilinadi. Bu bobda "irratsionallik" tushunchasi kiritiladi, "ishoralar qoidasi" keltiriladi. Kitobning navbatdagi ikki bobi algebradan masalalar to’plami bo’lib, aljabr va muqobala amallari bilan yechiladigan murakkabroq misollarga, "O’lchashlar haqida bob"i geometriyata bag’ishlangan. Unda shakllarning yuz va hajmlarini o’lchash qoidalari, Pifagor teoremasi va boshqa faktlar bayon qilingan. Bu bob hajm jihatdan kichik bo’lsa ham, o’sha davr amaliyoti uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni o’z ichiga olgan. Lekin muallif muqaddimada qayd etganidek, bu bobdan ko’zlangan asosiy maqsad geometriyani bayon qilish emas, balki algebra geometriyada ham qo’llanishini namoyish qilish bo’lgan. Mac, uch tomoni berilgan uchburchakning balandligi algebra vositasida topilishi ko’rsatilgan.



Kitobning qolgan ikki qismi "Vasiyatlar kitobi" va "Takdir aylanishlari hisobi haqida" deb nomlanib, musulmon fiqhi bo’yicha, xususan, meros taqsimlashga oid masalalar algebra usullari bilan qanday hal etilishi ko’rsatilgan.

REFERAT

Mavzu: Al-Xorazmiy

Bajardi: ___________________
Tekshirdi: __________________


Yüklə 79 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin