Abu Rayhon Beruniyning jahon ilm faniga qo’shgan hissasi
Prezedentimiz I.A. Karimov buyuk allomamiz Abu Rayhon Beruniy haqida
shunday bir ajoyib fikrlarni o‘z asarida keltirib o‘tgan edi. ―Milliy tariximizning
yana bir yorqin yulduzi Abu Rayhon Beruniy faoliyatiga haqqoniy baho berar
ekan, amerikalik fan tarixchisi Sarton XI asrni «Beruniy asri» deb ta‘riflaydi.
Bunday yuksak va haqli baho avvalo qomusiy tafakkur sohibi bo‘lmish buyuk
vatandoshimizning ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shgan beqiyos hissasi bilan
izohlanadi. Shu o‘rinda ta‘kidlash joizki, Beruniy ilmiy masalalarda ham, tarixiy
voqea-hodisalarga, o‘z zamondoshlariga baho berishda ham o‘ta xolislik va
haqqoniylik bilan fikr yuritgan. Shu bois ham u hayotda ko‘p aziyatlar chekkan,
hatto umrining oxirida turmush qiyinchiliklariga duchor bo‘lgan, ammo har
qanday og‘ir sharoitga qaramasdan, e‘tiqodidan qaytmagani uning o‘z ma‘naviy
ideallariga naqadar sodiq bo‘lganidan dalolat beradi‖
1
.
Turkistonlik ulug' alloma Abu Rayhon Beruniy 973-yil tavallud topadi. U
ota-onasidan juda yosh yetim qolgan va Iroqiylar xonadonida tarbiyalangan.
Iroqiylarning oxirgi vakili Xorazmshoh, Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad ibn
Iroq hisoblanadi. Xorazmshohning jiyani—amakisining oʻgʻli Abu Nasr Mansur
ibn Iroq Beruniyning ustozi edi‖
2
. ―Beruniy juda yoshligidan ilm va fanga qiziqadi.
U sevgan fanlar—astronomya, matematika, geodeziya, geografiya va mineralogiya
edi‖
3
. Abu Rayhon Beruniy deyarli barcha fan sohalarida ijod etgan buyuk
qomusiy alloma va mashhur mutafakkirdir. U yaratgan 152 ta asardan 30ga yaqini
bizgacha yetib kelgan.
Buyuk tabiatshunos Beruniy, o‗zining salaflari xususan, Ahmad Farg‗oniy
va Muhammad Xorazmiy ishlab chiqqan bilishning ilmiy usulini rivojlantirib,
yanada chuqurlashtirdi. Bundan tashqari alloma iqtisodiyotda ishlab chiqarishning
har xil mehnat turlarining o‘rnini tadqiq etgan. Oltin va kumushning umumiy
ekvivalenti sifatida shakllanish qonuniyatlarini ilmiy asoslagan va jamiyat
1
Karimov I. A. Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch. T: Ma‘naviyat, 2008. 31-bet
2
N. Mamatov, A. Hojeboyev, S. Yuldosheva. Falsafa.T-2005, 66-bet
3
O‘sha kitob, 67-bet
shakllanishida iqtisodiy omillarning o‘rni to‘g‘risidagi ta‘limotni jahon ilm fani
miqyosida katta hissa qo‘shdi. Uning aytishicha, ―Kuzatishning ko‗pligi ko‗rilgan
narsalarni eslab qolish qobiliyatini yaratadi‖
4
. Beruniy o‗zining o‗gitida: ―Biliming
shundayki, u yalang‗och bo‗lsang ham o‗zingda qoladi, uni hammomga
kirganingdagi xo‗llik ham yo‗qota olmaydi‖, -deydi. Beruniy inson xotirasini
―Allohning tuhfasi‖, deb hisoblaydi. U ―tirishqoqlik va ko‗p shug‗ullanish bilan
ham xotirani mustahkamlash mumkin‖, -deydi. Beruniy tabiat hodisalarini
bilishdagi nazariy-mantiqiy xulosa, qiyoslashning ahamiyatini benihoya katta
ekanligini uqtirib o‗tadi. Beruniy tarixiy hodisa va voqealar haqiqatini bilishga
taalluqli hamma masalalarni har taraflama o‗rganish zarurligini ko‗rsatadi va bu
bilan noto‗g‗ri yo‗lga tushib qolishdan ehtiyot bo‗lishga chaqiradi. U shunday
yozadi: ―Xabar ko‗z bilan ko‗rgandek bo‗lmaydi, degan kishining so‗zi juda
to‗g‗ridir. Chunki ko‗rish ko‗ringan narsaning o‗zi bor paytida va o‗z joyida
turganida qarovchi ko‗zining uni uchratishdan iboratdir. Xabarga yolg‗onyashiqlar
qo‗shilmaganda, u ko‗rishga nisbatan ortiqroq o‗rinda turgan bo‗lar edi. Chunki
ko‗rish va qarash shu payt, shu on bilan cheklanadi. Xabar esa narsaning ko‗ringan
payti va vaqtdan ilgari o‗tgan va keyin keladigan hollaridan darak beradi; ana
shuning uchun xabar mavjud narsalardan ham, kelajak narsalardan ham darak
beraveradi. Yozish xabar turlarining biri bo‗lib, uni boshqa turlardan ko‗ra afzalroq
hisoblash mumkin; qalamning mangu yodgorliklari bo‗lmaganda, xalqlarning
tarixini qanday bilar edik? So‗ngra, odatda bo‗lgan hol haqida berilgan xabar bir
xil emas, balki (farqsiz) rost va yolg‗on bo‗lishi mumkin‖
5
. Beruniy yolg‗on
xabarlarning muayyan va umumiy ildizlarini ochib tashlaydi. U bularni ma‘lum
guruh kishilarining manfaatlarini qaramaqarshiligida ko‗radi. Uningcha, chinakam
jasorat, qahramonlik so‗zdami yo amaldami, har ikki holatda ham yolg‗onga qarshi
kurashda o‗limni ham pisand qilmaslikda namoyon bo‗ladi. ―Yolg‗onchilikdan
chetlanib, rostgo‗ylikka yopishgan kishini boshqa odam u yoqda tursin,
yolg‗onchining o‗zi ham sevib maqtaydi. Axir, o‗z zararingizga bo‗lsa ham, rost
4
M.Qodirov. O‘rta asr yaqin va o‘rta sharq xalqlari naturfalsafasi.T. 2010. 77-bet
5
O‘sha kitob. 79-bet
gapiring deyilganku‖
6
, deb yozadi u. Kuzatish, ko‗rish, tajribalar qilish, mantiqiy
umumlashmalar chiqarish, ma‘lumotlarni to‗plash, xalq og‗zaki ijodi, yozma
yodgorliklarni o‗rganish, barcha xabar, manbalarga tanqidiy qarash haqiqatni
aniqlash uchun ularni birbiri bilan taqqoslab ko‗rish, til qurilishini, yozuvlarni
o‗rganish – bular hammasi o‗rta asrning buyuk qomuschisi Abu Rayhon Beruniy
ilmiy usulining asosini tashkil etadi. Alloma jismlarning o‘zaro tortishuvi, Quyosh
va Oyning tutilishi, zarra, inertsiya va sun‘iy tanlanish, rivojlanish anomaliyasi,
Yer qa‘rida ro‘y beradigan geotektonik siljishlar, Yer qiyofasining tadrijiy tarzda
o‘zgarib turishi, xilma—xil olamlar to‘g‘risida ilmiy bashoratlarni ilgari surgan.
Uning falsafiy qarashlari tabiiy-ilmiy qarashlari ta‘sirida shakllandi. U modda va
zamon, qonuniyat, zaruriyat va tasodifiyat, harakat va rivojlanish, ziddiyat, sabab
va oqibat kabi falsafiy muammolarga katta e‘tibor bergan Beruniyning asarlarida
bilish masalalari muhim maqomga egadir. Bilishga bo‘lgan qiziqishning ikkita
sababi bor. Birinchidan, bu o‘ziga xos lazzatdir. Ikkinchidan, bilishdan maqsad
odamlar ehtiyojlarini qondirishdir. Bilish sezgilar yetkazib bergan ma‘lumotlardan
boshlanadi. Ular bilishning yuqori bosqichi aqliy bilish uchun o‘ziga xos
ko‘makchi va asos bo‘lib xizmat qiladi. Bilimning chinligi kuzatuv va sinov—
tajriba orqali belgilanadi. Ular tufayli ashyolarning muhim jihatlari o‘rganiladi,
ularning miqdoriy tomonlari aniqlanadi, bilish jarayonining samaradorligi oshib
boradi.
Beruniy insonga tarif berarkan unga ko‘ra, ―inson qiyofasi tabiat ta‘sirining
natijasidir. Uning ichki qiyofasiga kelsak, uni inson cheksiz sa‘y harakatlar
oqibatida tubdan o‘zgartirishi mumkin. Har bir kishi o‘z xulq-atvorining sohibidir.
Jamiyat tadrijiy o‘zgarishlar orqali rivojlanib boradi. Adolat, fuqaro uchun
g‘amxo‘rlik, zulmni bartaraf etish, jamiyatni aql va adolat tug‘i ostida boshqarish
mutafakkirning idealidir‖
7
. Beruniy insonning jismoniy tuzilishida umuman uning
hayotida geografik omilning roli haqida ajoyib fikrlar bildirgan. Bu haqda u
shunday yozadi: «Odamlar tuzilishlarining rang, surat, tabiat va axloqda turlicha
6
O‘sha kitob. 80-bet
7
Q. Nazarov, Falsafa maruzalar matni. T. 2000. 43-bet
bo‘lishi faqatgina nasablarining turlicha bo‘lishi emas, balki tuproq, suv, havo,
joylarning ham turlichaligiga bog‘liqdir», deydi. Hatto tillarning turlichaligi ham
geografik sharoitlarga bog‘liq deb bilib, shunday yozadi: «Tillarning turlicha
bo‘lishiga sabab odamlarning guruhlarga ajralib ketishi va bir-birlaridan uzoq
turishidir. Beruniy moddiy va ma‘naviy ehtiyojlarni roli jamiyatda katta
ahamiyatga egaligi, ehtiyojlarning turli-tuman va son-sanoqsizligini aytadi. U faqat
ehtiyojlarni bir xilcha so‘zlashadigan kishilar birgalikda ta‘minlay olishlari
mumkin. Buning uchun kishilardan shaharlar tashkil etish zarurati tug‘iladi.
Kishilardagi hayotiy ehtiyojlarni birgalashib qondirishga intilish o‘zaro bir-
birlariga yordamlashish kabi yaxshi niyatlar ularni jamiyatga birlashishga olib
keldi, deb hisoblaydi. Ayni paytda Beruniy «Odamlar hammasi bir otaning
bolalari va bir-birlariga juda o‘xshaydi. Lekin ular oralaridagi raqiblik va
ko‘rolmovchiliklardan ham holi emas», deydi. Beruniy jamiyat kishilar tomonidan
o‗z ehtiyojlarini tushunib, o‗zlariga o‗xshash kishilar bilan o‗zaro, shartnoma "
asosida birga yashashdan iboratligini, ular birgalikda faoliyat ko‗rsatishlari,
mehnat qilishlari zarurligini aytgan.
―Beruniy fikricha, ba‘zi insonlar bu dunyodagi hayotida odamlarga ko‘p
yaxshiliklar qilgani tufayli, o‘lganlaridan keyin ularning ruhlari ham yaxshilik
qilishni davom ettirgani uchun, odamlar ularning ruhlariga hurmat va ta‘zim
bildirib, ularning haykallarini yasab, chiroyli maydonlarga qo‘yganlar‖
8
. Buyuk
allomamizning bu fikrida, barcha insonlarni ilm olishga va yaxshilik qilishga
unadayotgani bejiz emasdir. Zero ilmli va yaxshilik qilgan odam qulidan nopok,
nojo‘ya ish kelmas, bundan tashqari bunday aql zakovatli, saxovatli insonlar bu
dunyoni tark etganlaridan keyin ham ularning nomlari albatta xalqning yodida
qolur.
8
Abu Rayhon Beruniy ―Hindiston‖asari qarang 5-b0b
Dostları ilə paylaş: |