Aburauf fitrat va uning asarlari



Yüklə 51 Kb.
tarix13.12.2022
ölçüsü51 Kb.
#74507
273 ABURAUF FITRAT


ABURAUF FITRAT VA UNING ASARLARI

Abdurauf Fitrat adabiyotimiz tarixida shoir va olim, nosir va dramaturg, o'qituvchi va ma'rifatparvar sifatida muhim o'rin egallaydi. U 1886 yilda Buxoroda ziyoli oilasida tug'ilgan bo'lib, Buxoro, Isthambul madrasalari va dorilfununlarida o'qiydi. U arab, fors, turk tillarini mukammal bilganligi tufayli Sharqning buyuk allomalari ijodini yaxshi o'zlashtiradi.


Adibning otasi savdogarchilik bilan shug'ullangan bo'lib, 1918 yilgacha Qashqarda turib qoladi. U asosan onasi Mustafo bibi (Bibijon) tarbiyasida bo'lib, undan Navoiy, Uvaysiy, Zebunniso, Bedil, Fuzuliy kabi ulkan shoirlar g'azallariii birinchi tinglagan.


Fitrat 1909 yilda Turkiyaga o'qishga borib, 1913 qilgacha Isthambul dorilfununida tahsil ko'rgan. Turkiyada tashkil bo'lgan «Buxoro ta'limi maorifi» uyushmasida faollik ko'rsatgan. Behbudiy asos solgan jadid usulidagi maktablar takomiliga xizmat etgan. Uning ilk to'plami 1911 yilda «Sayha» («Chorlov») nomi bilan chop etiladi. «Sayyohi hindi», «Munozara» kabi asarlari ham shu yillarda nashr etilgan.
1909-1913 yillarda Turkiya dorilfununida o'qiyotganda uning zukko, bilimdonligi professor-o'qituvchlarni hayratga soladi. Unga Fitrat - Donishmand taxallusini beradilar. Fitrat ijodi Turkistonda inqilobiy harakatlar kuchaygan, «Sharq uyg'ongan» davrlarga to'gri keladi. U ham o'z salaflari kabi avvalo ma'rifatparvarlik g'oyalarini ilgari suradi. Uning1913 yilda tojik tilida yaratilgan «Munozara» nomli asarida o'z xalqini zulm botqog'idan qutqarib, «najot yo'li»ni izlagailigi seziladi.
Bu davrda rus tili va rus madaniyatini targ'ib qilish ham Fitrat ma'rifatparvarligi yo'nalishining muhim tarmogi bo'lgan.Bunday qarashlar uning o'zi tashkil etgan va muharrirlik qilgan «Hurriyat» ro'znomasida keng targ'ib etiladi. Xuddi shu yillar «Hayot yo'lida birinchi masala - maktab masalasidir» («Hurriyat», 1917 yil, 1-son) degan shior bilan chiqadi. Uning«Hurriyat» (1917, 31-son) ro'znomasida bosilgan «Yurt qayg'usi...» nomli lavhasida Turkiston uchun, uning ayollari ozodligi uchun kurashga bel boglaganligini aytadi.
«Men sen uchun tug'ildim, sen uchun yasharman, sening uchun o'larman, ey turning muqaddas o'chog'i!» degan da'vat eshitiladi. «Ulug' Turkiston» (1917, 2-son) ro'znomasida «Yashasin turklik, yashasin Islom» shiori bilan chiqadi. Uning «Hind ixtilolchilari», «Temur sag'anasi», «O'g'izxon», «Abo Muslim», «Turk tili» kabi asarlarida ham hurfikrlar, qarashlar, ko'zga tashlanadi. Shular qatorida «Qon», «Begijon», «Chin sevish», «To'lqin», «Vose' qo'zg'oloni», «Ro'zalar» kabi dramalari yaratildi.
Fitratning 1922 yilda nashr etilgan «O'zbek shoirlari» to'plamiga kirgan «Kecha», «Behbudiy mozorini izlab», «Sharq» kabi she'rlarida izlanish jarayoni uchraydi. «Shoir» she'rida «o'zim uchun ko'p umidlar to'qidim» degan xulosaga keladi. Uning 1920 yilda yozilgan «Kim deyay seni» kabi she'rida oshiqning ma'shuqqa katta umid bilan intilishi, kutishi, suyishi lirik bir ohangda kuylanadiki, shoir endi ijodning yangi pog'onasiga ko'tarilayotganligidan dalolat beradi.
Shoir ijodida, dunyoqarashida siljish, yangilikka, go'zallikka intilish seziladi. Xuddi shu hol uning«Abulfayzxon», «Arslon» va «Vose'» (tojik tilida), kabi dramalari g'oyasida ham seziladi. Uning«Qiyomat», «Shaytonning tangriga isyoni» kabi nasriy asarlarida endi ijodkor falsafasining chuqurlashganligi, katta ijtimoiy-hayotiy muammolarni hal etishga intilishi ko'zga tashlanadi.
Fitrat yirik olim, adabiyotshunos sifatida ham bir qancha asarlar yaratgan. Jumladan, «Adabiyot qoidalari», «Eski o'zbek adabiyoti namunalari», «Aruz haqida» kabi ilmiy kuzatuvlari adabiyotshunoslik fani tarixida muhim rol o'ynaydi. Shuningdek, uning Umar Xayyom, Firdavsiy, Navoiy, Bedil, M. Solih, Muqimiy, Furqat haqidagi tadqiqotlari ham adabiyotimiz tarixini o'rganishda muhim manba bo'lib xizmat etishi shubhasiz. Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirg'oniy kabi o'ndan ortiq mumtoz adabiyot vakillari haqida maqolalar yozgan. Fitrat ayni chog'da olim, ulkan pedagog, xalq maorifi tashkilotchisi sifatida ham faol ishladi.
1921- 1923 yillarda u Respublika Maorif xalq noziri bo'lib xizmat qildi. 1923-1924 yillar orasida Moskvadagi Sharq tillari institutida, so'ng Peterburg dorilfununida ma'ruza o'qidi. «O'zbek tili» darsligi, «O'zbek tili sarfi» (grammatikasi) kitoblari esa 1925-1930 yillarda besh marta chop etildi. Uning«Tilimiz», «O'zbekcha til saboqlari», «Imlo konferensiyasi munosabati bilan» maqolalari ham yaratildi. U ana shu ishlari uchun o'zbek olimlari orasida birinchilardan bo'lib professor degan yuksak ilmiy unvonga sazovor bo'lgan.
Fitrat 1938 yil 4 oktyabrda Abdulla Qodiriy, Cho'lpon, Otajon Hoshim, Qayum Rhamazon, G'ozi Olim kabi xalqimizning buyuk ziyolilari qatorida qatl etildi. Faqat 1956 yilga kelib u oqlandi. Oqlandiyu, qariyb yana o'ttiz besh yildan so'nggina, mustaqillik davri sharofati bilan u haqdagi haqiqatni aytish va yozish imkoniyati tug'ildi. Abdurauf Fitrat hayoti va adabiy faoliyati ziddiyatlarga o'ta boyligi bilan ajralib turadi. 1991 yil 25 sentyabrda Abdurauf Fitratga o'zbek dramaturgiyasini rivojlantirishdagi, realistik adabiy tanqidchilik hamda adabiyotshunoslik maktabiga asos solishdagi xizmatlari uchun Alisher Navoiy nomidagi Respublika Davlat mukofoti berildi.

1886 yili Buxoroda tug’ilgan. Dastlab eski maktabda, so’ng «Mir Arab» madrasasida o’qidi. U 18 yoshlariga qadar Buxoroda yashadi. So’ng haj qildi. Turkiya, Hindiston, Arabistonda bo’ldi. Shuningdek, u Markaziy Rusiyaning Moskva, Peterburg shaharlariga ham sayohat qiladi. 1909—1913 yillarda Istanbuldagi «Voizon» madrasasida o’qiydi va bu yerda «Buxoro ta’mimi (umumiy) maorif» jamiyatini tuzadi. 1913 yili Buxoroga qaytib keldi. Shahrisabz va Karshida yangi maktablar ochdi. Qisqa muddatda Buxoro jadidchilik harakatining etakchi vakillaridan biriga aylandi. 1917 yili Fevral voqealaridan so’ng siyosiy faoliyat bilan shug’ullandi. «Yosh Buxorolilar» inqilobiy partiyasiga sarkotib bo’lib saylandi. Samarqandlik ilg’or yoshlarning «Hurriyat» (1917) gazetasida keskin maqolalar bilan chiqdi. Ko’p o’tmay, unga redaktorlik qildi. (1917 yil 27-sondan 1918 yil 87-sonigacha). Yangi Rusiya Muvaqqat hukumati bilan o’zaro tenglik aloqalarini yo’lga qo’yish ishlarida faol qatnashdi. Biroq, bir tomondan, amir va u suyangan mutaassib a’yonlar, ikkinchi tomondan, chor kalonial siyosatining bolsheviklar tomonidan o’zgarishsiz qolishi Yosh Buxorolilarning mustaqillik va demokratiya haqidagi orzulari amalga oshishiga yo’l bermadi. Shu sababli «bolshevik balosi» bosh ko’targan 1917 yilning Oktyabrini «Yurt qayg’usi» deb baholadi. Shunga qaramay, u kelajakdan umid uzmadi. 1917 yilgi Turkiston muxtoriyatini so’ngsiz mehr bilan qarshi oldi. U e’lon qilingan 27 noyabrni «Milliy laylatulqadrimiz» deb atadi. 1918 yil 19-20 fevralidan Turkiston muxtoriyati sovetlar tomonidan qonga botirildi va u «Qo’qon voqeasi» nomi bilan tarixga kirdi.


Fitrat. Muqaddamatul adab

Fitrat o’sha yili Toshkentga keldi. Dastlab Xadradagi maktabda, may-iyun oylaridan Turkiston musulmon dorulfununi qoshida tashkil topgan dorulmualliminda til va adabiyotdan dars berdi. 1919—20 yillarda Afg’onistonning Toshkentdagi elchixonasida tarjimonlik qildi. Fitratning Toshkentdagi eng yirik ishlaridan biri «Chig’atoy gurungi» jamiyatini tashkil etishi bo’ldi. Jamiyat o’zbek tili va adabiyotinigina emas, umuman o’zbek madaniyatining shakllanish va taraqqiyot tarixini yangi, zamonaviy ilm asosida o’rganishga asos soldi. Fitrat 1920 yil 9 aprelida «Tong» jurnalining 1-sonini bosmadan chiqardi. Jurnalda «Chig’atoy gurungi» a’zolarining deyarli barchasi ishtirok etdi. Afsuski, uning 3-soni chiqib, to’xtab qoldi.


Fitratning til darsliklaridan Nahv (sintaksis)


1920 yili Fitrat Buxoroga keladi. 1921 yildan xalq maorifi noziri, yana bir yil o’tgach, Xorijiya noziri, xalq xo’jaligi yig’ilishining raisi, jumhuriyat MIK o’rinbosari. Xalq nozirlari sho’rosining muovini, Hukumat plan va smeta tashkiliy hay’atining raisi, BXShJ Mehnat kengashining Prezidium a’zosi vazifalarini olib boradi. Jumhuriyat ijtimoiy-madaniy hayotining hamma masalalarida faol ishtirok etadi. Uning tashabbusi bilan 1921 yili Buxoroda Sharq musiqa maktabi ochiladi. 1923-24 yillarda Fitrat Moskvadagi sobiq Sharq tillari (1921 yildan Sharqshunoslik ilmiy tadqiqot) institutida ishladi, ilm bilan shug’ullandi. Leningrad Davlat universitetining Sharq fakultetida Sharq xalqlari tili, adabiyoti, madaniyatidan ma’ruzalar o’qidi, professorlikka saylandi. Fitrat O’zbekistonga 1927 yili qaytib keldi. Samarqandda yangi tashkil topgan Oliy pedagogika instituti (hozirgi SamDU)da ish boshladi. U o’z hayoti davomida yuzlab jangovor maqolalar, o’nlab ijtimoiy-siyosiy risolalar yaratdi. Birgina Turkiston matbuoti emas, Afg’oniston, Hindiston, Turkiya, Kavkaz, Volgabo’yi matbuotida faol ishtirok etdi.


Fitrat. Munozara. Istanbul.


1930 yildan unga siyosiy ayb qo’yila boshlandi. 1937 yil 24 aprelda hibsga olindi va bir yarim yillik qiynoqlardan so’ng 1938 yil 4 oktyabrida otib o’ldirildi.


1909 yili «Munozara» (Hindistonda bir farangi ila Buxoroli mudarrisning bir necha masalalar ham usuli jadida xususida qilgan munozarasi") asari Istanbulda chop etildi. 1911 yili «Sayha» she’riy to’plami, 1912 yili «Sayyoh hindi» («Bayonoti sayyohi hindi») bosilib chiqdi. «Rahbari najot» (1915), «Oila» (1916), «Begijon» (1916), «Mavludi sharif» (1916), «Abo Muslim» kabi asarlari nashr etildi.
Fitrat usuli jadid maktablari uchun yangi darsliklar ham yozdi. «O’qu» (1917, Boku) kitobi, Shokirjon Rahimiy va Qayum Ramazon bilan hammualliflikda yozilgan «Ona tili» (1918) darsligi, «Cho’zg’ilar» («Unlilar»), «Bitim yo’llari» (1919), «Bedil» (1923, 1924) «O’zbek tili qoidalari», Sarf (1-kitob), Nahv (2-kitob) (1925), Sarfi zaboni tojik (1925), «Adabiyot qoidalari» (1926) kabi darslik-qo’llanmalari shular jumlasidandir.

Fitrat darsliklaridan O’quv, 1917.

Fitrat o’zbek dramaturgi sifatida «O’g’izxon», «Temur sag’anasi» «Chin sevish» (1920), «Hind ixtilolchilari» (1923) «Abulfayzxon» (1924), «Shaytonning tangriga isyoni» (1924), «Arslon» (1926) kabi asarlarini yaratdi.

Ayni paytda, uning o’z ahamiyatini bugungi kungacha saqlab kelayotgan «Eng eski turkiy adabiyot namunalari» (matn, tadqiqot, izohlar, 1927), «O’zbek adabiyoti namunalari» (matn, tadqiqot, izohlar, 1929), «Sharq shaxmati» (1928), «O’zbek klassik musiqasi va uning tarixi» (1927), «Fors shoiri Umar Hayyom» (1929) kabi ko’plab tadqiqotlari e’lon qilindi.

Adabiyot nazariyasiga oid «She’r va shoirliq» (1919), «Adabiyot qoidalari» (1926), «San’atning mansha’i» (1926), «Aruz haqida» (1936) asarlari bilan o’zbek adabiy-estetik tafakkurini yangi bosqichga ko’tardi. Yusuf Xos Hojibdan Mashrabga qadar bo’lgan mumtoz adabiyot namoyandalari haqida chuqur nazariy maqolalar (30dan ortiq) yozdi.

Vatan va millat mustaqilligi, ilm-fan rivoji, ta’lim-tarbiya ravnaqi kabi masalalar Fitrat asarlarining leytmotivini belgilaydi.

Fitrat asarlari u hayotlik paytidayoq yuksak baho olgan, boshqa tillarga tarjima qilingan. Uni qayta «tanitish» 80-yillarning ikkinchi yarmida boshlandi. O’zMU professori B. Qosimov 1994 yili «Fitrat» monografiyasini e’lon qildi. H. Boltaboev «20 asr o’zbek adabiyotshunosligi va Fitratning ilmiy merosi» (T., 1996), I. G’aniev «Fitrat dramalari poetikasi» (T., 1998) mavzularida doktorlik dissertatsiyalarini himoya qildilar. Uning ijodiy merosi B. Ergashev, D. Toshqo’ziev kabi faylasuflar, huquqshunoslar tomonidan ham o’rganilmoqda.

Fitrat nomida Toshkent va Buxoroda ko’chalar, maktablar bor. Tug’ilgan shahrida yodgorlik muzeyi ochilgan, xiyobon barpo etilgan, 1996 yili tavalludining 110 yilligi mamlakat miqyosida nishonlandi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga ko’ra Navoiy mukofoti va Mustaqillik ordeni bilan taqdirlandi.


Nashr qilingan asarlari

* Fitrat. She’rlar. «O’zbekiston adabiyoti va san’ati», 1987 yil 11 dekabr.


* Fitrat. She’rlar. «Sharq yulduzi», 1991, 6-son.
* Fitrat. Hind ixtilolchilari. «Sharq yulduzi», 1990, 4-son.
* Fitrat. Turkistonda ruslar. «Sharq yulduzi», 1992.
* Fitrat. O’zbek klassik musiqasi tarixi. T.: «Fan», 1993.
* Fitrat. Tanlangan asarlar, Ikki jildlik. T.: «Ma’naviyat», 2001.
* Fitrat. Chin sevish. T.: «Adabiyot va san’at», 1996.
* Fitrat. Najot yo’li. T.: «Sharq», 2002.





Yüklə 51 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin