Adabiy til – muayyan umumxalq tilining qayta ishlangan va me’yorlash-tirilgan, mazkur tilda soʻzlashuvchi xalqning madaniy ehtiyojlariga xizmat qiluvchi shakli. "Qayta ishlangan" tu-shunchasi nisbiy (tarixan turli davrlar-da, turli xalqlarda Adabiy til oʻzgarib turgan). Hatto ayrim bir xalqqa ham Adabiy til turli davrda turlicha boʻlgan (mas, qadimgi tur-kiy adabiy til, hozirgi oʻzbek adabiy tili). Ba’zi davrlarda bir xalq uchun boshqa bir xalq tili Adabiy til vazifasini oʻtagan. Mac, fors va turkiylar uchun mumtoz arab tili, yaponlar uchun mumtoz xitoy tili; ba’zi Yevropa xalqlari uchun lotin tili va boshqa Adabiy til boʻlgan.Adabiy til ning ikki – ogʻzaki ham yozma koʻrinishi mavjud. Har qanday Adabiy til xalq ogʻzaki nutqi asosida shakllanib, shu xalq tiliga xos shevalarni umumlashti-radi va barcha sheva vakillari uchun tushu-narli shakl oladi. Rivojlangan Adabiy til siz boy madaniyatga ega xalq boʻlishi mumkin emas. Shu ma’noda Adabiy til jamiyatning dol-zarb muammolaridan hisoblanadi. Adabiy til deganda ba’zan uni turli koʻrinishlari bilan qorishtirib yuboradilar. Xususan, yozma Adabiy til va ogʻzaki Adabiy til hamda badiiy adabiyot tili bilan Adabiy til ni ayni bir deb boʻlmaydi.Adabiy til oʻz mezonlarini egallagan shu tilda soʻzlashuvchilar barchasi uchun bir-dekabr U ham yozma, ham ogʻzaki shakllarda amalda qoʻllanadi. Badiiy asar (yozuvchi) tili ham Adabiy til me’yorlariga boʻysunsada, 181koʻplab xususiylik hamda umum e’tirof etmagan jihatlarni oʻzida mujassam-lashtiradi. Turli xalqlarda hamma dav-rlarda ham Adabiy til bilan badiiy asar tili bir taxlitda boʻlmagan. Adabiy til bilan milliy til oʻrtasida ham farq bor. Milliy til shu tilning egasi boʻlgan xalq millat boʻlib shakllanganda yuzaga keladi. Milliy til Adabiy til vazifasiii oʻtaydi, lekin har qanday Adabiy til darhol milliy tilga aylana olmaydi.Adabiy til bilan shevalar oʻrtasidagi munosa-bat alohida muammoni tashkil etadi (qarang Shevalar). Shevalar tarixan qanchalik barqaror boʻlsa, Adabiy til uchun shevalarning vakillarini lingvistik nuqtai nazar-dan umumlashtirish shunchalik murakka-blashadi. Hozirgi kunda koʻpgina mamlakatlar (mas, Italiya, Indoneziya va boshqalar)da she-valar Adabiy til bilan teng suratda qoʻllanmoqda.Adabiy til tushunchasi odatda til uslublari tushunchasi bilan bogʻlanadi. Ammo bu bogʻlanish bir tomonlama. Chunki til us-lubiyatlarining oʻzi Adabiy til koʻrinishlari hisoblanadi. Ular tarixan shakllangan, muayyan belgilar majmuidan iborat boʻladi. Mazkur belgilarning bir qismi boshqa uslublarda takrorlanishi mum-kin. Lekin, bu takroriy belgilarning ma’lum shaklda birikishi va vazifasining oʻziga xosligi bir uslubning ik-kinchi uslubdan farqini belgilaydi.Oʻzbek tiliga Davlat tili maqomining berilishi (1989) oʻzbek Adabiy til rivojini ta’minlovchi muhim voqea boʻldi. Oʻzbek Adabiy til i turli xalqlar Adabiy til i rivojlanish tajribasi asosida yanada takomillashib bormoqda (yana qarang Oʻzbek adabiy tili).
Milliy til — umumiy hudud, iqtisod va maʼnaviy boylik bilan birga millatni tashkil etuvchi ijtimoiytarixiy kategoriya. Millatning oʻzaro aloqa vositasi hisoblangan Milliy til 2 shaklga ega: ogzaki va yozma. Milliy til kabila, elat tillaridan farqlanadi.U, odatda, millatni birlashtirib turuvchi yagona til vazifasini bajaradi. "Milliy til" tushunchasi tilning yashash shakllariga aloqadordir, u til mavjudligining alohida turi boʻlib, mavjudlikning boshqa tur(lar)iga (urugʻ, kabila yoki elat tiliga), shuningdek, boshqa Milliy tillarga qarama-qarshi qoʻyilishi (mas, oʻzbek tilining qozoq tilidan farqlanishi) mumkin. Har bir millat oʻz tiliga ega. Baʼzan bir millat bir necha tilga ega boʻlishi mumkin: belgiyaliklar — bir millat, lekin fransuz va vallon tillarida soʻzlashadi. Shveysariyaliklar — yagona millat, lekin ular nemis, fransuz, italyan va retoroman Milliy tillarida soʻzla-shadi. Aksincha, bir necha millatlar bir Milliy tildan foydalanadilar, xususan, AQSH, Angliya, Avstraliya va boshqa inglizcha soʻzlashuvchi mamlakatlarda ingliz Milliy tilining variantlari, yaʼni britaniya ingliz, amerika ingliz, avstraliya ingliz variantlari qoʻllanadi. Milliy tilning hosil boʻlishi uzoq va murakkab jarayondir. Milliy tilning shakllanishidagi eng oliy bosqich milliy adabiy til hisoblanadi. Biroq Milliy til adabiy tildan farqdanib, ogʻzaki nuqt va xalq shevalarini ham oʻz ichiga oladi.