Adabiyot 5-sinf, III chorak 14 dars Ochiq dars



Yüklə 26 Kb.
tarix24.01.2023
ölçüsü26 Kb.
#80498
Adabiyot 5 дарс иш


Adabiyot 5-sinf, III chorak 14 dars Ochiq dars

MAVZU: G’. G’ulomning “Mening o’g’rigina bolam” hikoyasi (2 soat)


Darsning maqsadi: - o’quvchilarni hikoya mazmuni bilan tanishtirsh va har qanday urush odamlarning orzu – umidlariga ziyon yetkazishi mumkinligini o’rgatish:- o’quvchilarning o’qigan asarlari yuzasidan xulosa chiqarish va ularni asoslab berish malakalarini rivojlantirish.:- o’quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish.


Darsning jihozi: G’. G’ulom portreti, uning asarlari, hikoyaga ishlangan rasm, hikoyaga oid lug’at, vatman qog’oz, marker, tarqatma. Uyga vazifani so’rash: savol – javob bo’lib o’tadi, o’quvchilar shoirning hayoti va ijodi haqida so’zlaydilar.


Darsning borishi: “Mening o’g’rigina bolam” hikoyasi “voqeiy hikoya”bo’lib, asarning asosiy qahramoni kampir “qora buvi”, hamda o’g’ri bola.“Mening o’g’rigina bolam” hikoyasi matni yuzasidan suhbat (O’qituvchi hikoyani mazmunini rasm orqali so’zlab beradi Otamizning o’lganiga ancha bo’ldi. Bu yil onamizdan ham ajraldik. Urushning dahshatli kunlarida biz to’rt yetimdan buvimiz onamning onalari tez-tez xabar olib turardi.Shunday kunlarning birida tunda biznikiga o’g’ri tushdi. Buvim kim bilandir anchagina baland ovoz bilan gaplashayotganlarida men uyg’onib ketdim. O’g’rini buvim “o’g’rigina bolam, hoy o’g’rigina bolam” – deb chaqirdilar…


Jarayon: o’quvchilar 4 guruhga bo’linib ishlaydilar. 1-bosqich: Suhbat quyidagi savollar asosida tashkil qilinadi:· Hikoyaning asosiy qahramonlarini sanab bering.· Xonadonga o’g’ri tushganda Qora buvining holatiga qanday munosabat bildirasiz?· Sizningcha, Qora buvi qanday yo’l tutish kerak edi?· 2-bosqich: Individual ishlash. Har bir o’quvchiga ilovada ko’rsatilgan javal tarqatiladi.O’quvchilar jadval bilan tanishib, undagi kataklarni to’ldiradilar. Hikoya nomi Qahramonlar Ularning o’ziga xos fazilatlari Orzu maqsadlari Maqsadgag’ov bo’lgan omil




3- bosqich: Guruhlarga topshiriq beriladi, vatman qog’oz va marker tarqatiladi.1) Siz Qora buvining o’rnida bo’lganingizda qanday yo’l tutar edingiz?2) Bugungi kundagi o’g’rilarning hikoyadagi o’g’ridan farqi nimada?3) Hikoyada tasvirlangan davr bilan bugungi davrni qiyoslang.( Guruhdan bir o’quvchi chiqib yozganlarini doskaga ilib, so’ng sharxlab beradilar.) 4- bosqich: Kam ball to’plagan o’quvchiga tarqatma(kartochka) beriladi. So’ng javobi tinglanadi. Darsni mustahkamlash. (savol-javob)1. Bolaning o’g’rilik qilishiga majbur qilgan narsa nima, deb o’ylaysiz?2. Asarda o‘g’riga xos bo’lmagan narsani sezdingizmi? Ha bo’lsa, u nima bilan ifodalanadi?3. Sizningcha, Qora buvining mehr – muruvvati o’g’riga qanday ta’sir etdi? Mehr – shavqat har qanday yovuzlikni yengishiga qodirligini qanday izohlaysiz?4. Qora buvi va o’g’ri boladan siz nimani o’rgandingiz?5. O’g’ri nega qozonni olib ketmadi? ( O’qituvchi savol berganda qaysi guruh a’zolari tez va to’g’ri javob berishlari kuzatiladi.) Uyga vazifa: hikoyani o’qing, uyda oila a’zolaringiz bilan hikoya mazmuni haqida suhbatlashing. Ota – onangizning nima uchun hozir odamlar orasida o’g’irlik hollari uchrab turgani haqidagi fikrlarini daftaringizga yozing.
Yüklə 26 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin