Adabiyot nazariyasi fan sifatida reja: Adabiyot nazariyasi adabiyotshunoslikning tarkibiy qismi ekanligi



Yüklə 89,96 Kb.
tarix21.01.2020
ölçüsü89,96 Kb.
#30259
1- MAVZU. ADABIYOT NAZARIYASI FAN SIFATIDA

ADABIYOT NAZARIYASI FAN SIFATIDA

REJA:

1. Adabiyot nazariyasi adabiyotshunoslikning tarkibiy qismi ekanligi

2. Ular o‘rtasidagi munosabat

3. Istiqlol mafkurasi shakllanishida adabiyot nazariyasining o’rni.

4. Adabiyot nazariyasining boshqa fanlar bilan aloqadorligi.

Foydalaniladigan adabiyotlar:

Foydalaniladigan adabiyotlar:

  • Adabiyot nazariyasi 1-,2- tomlar. T..1979
  • Izzat Sultonov. Adabiyot nazariyasi. T..1980; T..2005
  • H.Homidov. Adabiyotshunoslik terminlari lug’ati. T..1983
  • T.Boboyev. Adabiyotshunoslik asoslari. T..2000
  • V.Xalizev. Teoriya literaturi. Moskva 1999
  • 6. O.Sharafiddinov. Ijodni anglash baxti. T..2004

  • A.She’r. Estetika. T..2014
  • Aristotel. Poetika. T..2004
  • 9. Yo. Ishoqov. So’z san’ati so’zligi. T..2006

Adabiyot nazariyasi badiiy adabiyotning yaratilishi haqidagi qonun-qoidalar haqidagi fandir.

  • Adabiyot nazariyasi badiiy adabiyotning yaratilishi haqidagi qonun-qoidalar haqidagi fandir.
  • Unda badiiy adabiyotning spetsifikasi, hayot bilan aloqasi, ijtimoiy-estetik qimmati, badiiy asarning tuzilishi, ijodiy jarayon hamda badiiy metod masalalari o’rganiladi.

Adabiyotshunoslikning tarkibiy qismlari: adabiyot nazariyasi, adabiyot tarixi, adabiy tanqid, adabiyotshunoslik metodologiyasi bilan aloqadordir. Bu fan adabiy asarlarning yaratilish qonun qoidalari bilan shug‘ullanadi.

  • Adabiyotshunoslikning tarkibiy qismlari: adabiyot nazariyasi, adabiyot tarixi, adabiy tanqid, adabiyotshunoslik metodologiyasi bilan aloqadordir. Bu fan adabiy asarlarning yaratilish qonun qoidalari bilan shug‘ullanadi.
  • Adabiyot nazariyasi fan sifatida shakllanishida, taraqqiy etishida jahon adabiyot nazariyasining o’z o’rni bor. Ijtimoiy badiiy tafakkurning tarkib topishi bevosita hayotiy jarayon bilan bog‘liqdir.

Adabiyot nazariyasi qator fanlar bilan aloqadordir. U jamiyat haqidagi falsafiy fikrlarni umumlashtirgan falsafa fani bilan mustahkam bog‘liq ravishda takomillasha boradi. CHunki har qanday badiiy asar xulosasida albatta umumlashma falsafiy fikrlarning mavjudligi ma’lum. Adabiyotda bevosita estetik munosabatlar birinchi o’rinda turadi. SHuning uchun estetika fani bilan aloqadordir. SHuningdek bu fan tilshunoslik, sanatshunoslik fanlari bilan ham uzviy bog‘liqdir.

  • Adabiyot nazariyasi qator fanlar bilan aloqadordir. U jamiyat haqidagi falsafiy fikrlarni umumlashtirgan falsafa fani bilan mustahkam bog‘liq ravishda takomillasha boradi. CHunki har qanday badiiy asar xulosasida albatta umumlashma falsafiy fikrlarning mavjudligi ma’lum. Adabiyotda bevosita estetik munosabatlar birinchi o’rinda turadi. SHuning uchun estetika fani bilan aloqadordir. SHuningdek bu fan tilshunoslik, sanatshunoslik fanlari bilan ham uzviy bog‘liqdir.
  • Ayniqsa, inson ruxiyatining nozik tomonlarini ko’rsatib beruvchi psixologiya fani, uni ilmiy o’rganish adabiyot nazariyasining yetakchi xususiyatidir. Demak, adabiyot nazariyasi psixologiya va boshqa fanlar bilan ham mustahkam bog‘liqdir.

Adabiyot nazariyasi va adabiyotshunoslikning tarkibiy qismlari orasida aloqa juda muhimdir.

  • Adabiyot nazariyasi va adabiyotshunoslikning tarkibiy qismlari orasida aloqa juda muhimdir.
  • Hozirgi zamon asarlariga baho berishda, zamona tarixiy protsessini tahlil etish «Adabiy tanqid»ning vazifasidir. O’tmish va hozirgi zamon adabiyotini o’rganishning prinsip va usullarini tayin etish ,,Adabiyotshunoslik metodologiyasi’’ zimmasiga tushadi.
  • ,,Adabiyot tarixi’’, ,,Adabiy tanqid’’ va «Adabiyotshunoslik metodologiyasi» adabiyotshunoslikning tarkibiy qismi bo’lib, ularning yutuqlari asosida ,,Adabiyot nazariyasi’’ fani bunyodga keladi.

Adabiyot nazariyasi badiiy so’z sanati namunalarining ijtimoiy hayotda o’ynagan roli, badiiy adabiyotning o’ziga xos xususiyatlari haqidagi, badiiy ijodning turlari, badiiy asarning strukturasi va ijodiy jarayonning qonuniyatlari to’g‘risidagi ta’limotdir.

  • Adabiyot nazariyasi badiiy so’z sanati namunalarining ijtimoiy hayotda o’ynagan roli, badiiy adabiyotning o’ziga xos xususiyatlari haqidagi, badiiy ijodning turlari, badiiy asarning strukturasi va ijodiy jarayonning qonuniyatlari to’g‘risidagi ta’limotdir.
  • Adabiyotshunoslik fanining yordamchi sohalari ham adabiyot nazariyasi fanining rivojiga munosib hissa qo’shadi. Jumladan bibliografiya (biblio-kitob, grafo yozuv - yunoncha) sohasi kitoblarining yozilgan, ko’chirilgan yoki bosib chiqarilgan vaqti haqida ma’lumot beradi. ,,Tekstologiya’’ ham adabiyotshunoslikning muhim sohasi bo’lib, badiiy asarlarning asl matnini tanlash va to’g‘ri ukish usullarini ishlab chiqadi.

Adabiyotshunoslikning tarkibiy qismlari orasidagi uzviy aloqa mavjud. Adabiyotshunoslikning tarkibiy qismlari orasidagi bu uzilmas aloqaga XIX asrdayoq Chernishevskiy N.G. katta e’tibor qilgan edi: «San’at tarixi san’at nazariyasiga asos bo’lib xizmat qiladi, keyin san’at nazariyasi san’at tarixining yana ham mukammalroq, yana ham to’laroq ishlanishiga yordam beradi. Tarixiy ishlash nazariyaning yana ham mukammallashuviga xizmat etadi. Nazariya va tarixning bu bir-biriga foydali ta’siri so’ngsiz davom etadi. Predmetning tarixisiz predmetning nazariyasi bo’lmaydi.»

  • Adabiyotshunoslikning tarkibiy qismlari orasidagi uzviy aloqa mavjud. Adabiyotshunoslikning tarkibiy qismlari orasidagi bu uzilmas aloqaga XIX asrdayoq Chernishevskiy N.G. katta e’tibor qilgan edi: «San’at tarixi san’at nazariyasiga asos bo’lib xizmat qiladi, keyin san’at nazariyasi san’at tarixining yana ham mukammalroq, yana ham to’laroq ishlanishiga yordam beradi. Tarixiy ishlash nazariyaning yana ham mukammallashuviga xizmat etadi. Nazariya va tarixning bu bir-biriga foydali ta’siri so’ngsiz davom etadi. Predmetning tarixisiz predmetning nazariyasi bo’lmaydi.»

Hozirgi zamon Adabiyot nazariyasi fani oldida qator muammolar mavjud: adabiy-nazariy qarashlarni chuqur ishlab chiqish, butun taraqqiyparvar adabiy merosni tanqidiy o’rganish va o’zlashtirish zaruriyatidan iboratdir. O’tmish va Hozirgi zamon adiblarining adabiyot to’g‘risidagi nazariy qarashlarini izchil o’rganish, ijobiy tajriba va fikrlarni zamonaviy adabiy jarayonga tatbiq etish – adabiyot nazariyasining eng asosiy, birinchi galdagi vazifasidir.

  • Hozirgi zamon Adabiyot nazariyasi fani oldida qator muammolar mavjud: adabiy-nazariy qarashlarni chuqur ishlab chiqish, butun taraqqiyparvar adabiy merosni tanqidiy o’rganish va o’zlashtirish zaruriyatidan iboratdir. O’tmish va Hozirgi zamon adiblarining adabiyot to’g‘risidagi nazariy qarashlarini izchil o’rganish, ijobiy tajriba va fikrlarni zamonaviy adabiy jarayonga tatbiq etish – adabiyot nazariyasining eng asosiy, birinchi galdagi vazifasidir.
  • Istiqlol mafkurasi shakllanishida adabiyot nazariyasining roli katta bo’ldi. Asarlarni badiiy tahlil qilib, ularga baho berishda adabiyot nazariyasining o’ziga xos o’rni va ahamiyati bor.

Yüklə 89,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin