Adabiyotshunoslik



Yüklə 296,19 Kb.
səhifə1/3
tarix08.03.2022
ölçüsü296,19 Kb.
#53481
  1   2   3
barno satiyeva





ADABIYOTShUNOSLIK” FANINING MAZMUNI, PREDMETI VA METODI. ADABIYOTNING NAZARIY MUAMMOLARI
REJA:


  1. Adabiyotshunoslik” fanining maqsad va vazifalari.




  1. Adabiyotshunoslikning tarkibiy qismlari va yordamchi sohalari



3.Adabiyotshunoslik va uning boshqa fanlar bilan aloqadorligi.

1 . “Adabiyotshunoslik” fanining maqsad va vazifalari.

Agar “Adabiyot nima?” degan savol bilan 5 yashar bola so‘roq qilinsa, bu oson. “Adabiyot - bu hikoyalar, she'rlar, p'esalar” deb, javob beradi. Agar so‘roq qilingan odam nazariyachi bo‘lsa, savolga «1.1-rasm» javob olish qiyinroq kechadi. Bu sizga ma'lum bo‘lgan adabiyotning tabiati va ob'ekti haqidagi umumiy savol bo‘lishi mumkin. Bu qanday ob'ekt yoki faoliyat bo‘lishi mumkin? Buning vazifasi nima? U qanday maqsadga xizmat qiladi

Fanning predmeti deyilganda o‘sha fan nimani o‘rganishi nazarda tutiladi. Adabiyotshunoslik ("adabiyot" + "shinos", ya'ni o‘rganish, yaxshi bilish + "lik") fanining nomidanoq uning o‘rganish sohasi adabiyot ekanligi ochiq-oshkor ko‘rinib turadi. "Adabiyot" so‘zi arabcha "adab" so‘zining ko‘plik shakli bo‘lib, u keng va tor ma'noda qo‘llaniladi. Keng ma'noda qo‘llanilganda "adabiyot" so‘zi o‘qishga mo‘ljallab yozilgan va chop qilingan barcha asarlarni o‘z ichiga oladi. Shunga qaramay, "adabiyot" so‘zi (termini) tor ma'noda ham juda faol ishlatiladi va bunda so‘z san'atiga daxldor bo‘lgan asarlar — badiiy adabiyot tushuniladi. E'tiborli jihati shuki, istilohning ayni shu tarzda (tor va keng ma'nolarda) qo‘llanilishi rus va boshqa bir qator tillarda ishlatiluvchi "literatura" so‘ziga ham xosdir. Zero, bu termin ham "litera" ("harf") so‘zidan olingan bo‘lib, keng ma'noda umuman chop etilgan mahsulotni, tor ma'noda badiiy adabiyotni anglatadi. Biz mutaxassis sifatida "adabiyot" so‘zining tor ma'nosini ishlatamiz va bunda badiiy adabiyotni nazarda tutamiz.

Demak, adabiyotshunoslikning o‘rganish sohasi — predmeti badiiy adabiyot ekan. Adabiyotshunoslik badiiy adabiyotning kelib chiqishi, rivojlanish qonuniyatlari, ijtimoiy aloqalarini har jihatdan va atroflicha o‘rganadi.

Adabiyotshunoslikning predmeti bo‘lmish badiiy adabiyotga taalluqli ilmiy muammolar ko‘lami juda keng. Ularning bir qismi umumestetik (badiiy san'at sohalarining barchasiga xos) muammolar sirasiga kirsa, boshqa bir qismi sof adabiyotshunoslik muammolari sanaladi. Deylik, badiiy obraz va obrazlilik, badiiy obraz va reallik munosabatlari, dunyoqarash va badiiy ijod, badiiy ijod jarayoni xususiyatlari, badiiy asarni qabul qilish jarayoni xususiyatlari kabi qator muammolar umumestetik xarakterga ega. San'atning barcha turlariga taalluqli bu muammolarni adabiyotshunoslik badiiy adabiyot nuqtai nazaridan, badiiy adabiyot bilan bog‘lagan holda va uning misolida o‘rganadi. Badiiy adabiyotning mohiyati, uning rivojlanish omillari va qonuniyatlari, badiiy (adabiy) asar tabiati, uning tuzilishi, badiiy (poetik) til xususiyatlari, adabiy tur va janrlar kabi qator masalalar borki, ular sof adabiyotshunoslik muammolari sanalishi mumkin.

Adabiyotshunoslik bu muammolarni nima maqsadda o‘rganadi? Umuman, ularni o‘rganishga zarurat bormi? Axir, adabiyotshunoslikdan bexabar bo‘lgan holda ham badiiy asarni o‘qib zavqlanish yoxud go‘zal asarlar yaratish mumkin emasmi? Bir qarashda bu xil savollarning yuzaga kelishi tabiiy va asoslidek, adabiyotshunoslikning badiiy adabiyotni o‘rganishdan maqsadi o‘rganishning o‘zi bo‘lib qolayotgandek ko‘rinishi mumkin. Aslida esa bu xil savollarning yuzaga kelishi adabiyotshunoslik ilmining ahamiyatini tushunmaganlikdan, uning vazifalari va rolini tasavvur qila olmaganlikdandir. Umumiy bir nazar tashlashdayoq adabiyotshunoslik ilmining ikki jihatdan — badiiy adabiyotning rivojlanishi va badiiy did tarbiyasi jihatlaridan ahamiyatli ekanligi ko‘rinadi. Ya'ni, aslida adabiyotshunoslik fani yutuqlari ijodkorlarga ham, o‘quvchi ommaga ham kerak. Zero, adabiyotshunoslik badiiy asarni tahlil qilib, unga joziba baxsh etayotgan, undagi ifodaviylik va tasviriylikni, badiiy ta'sir kuchini oshirayotgan unsurlarni, muallifning muayyan badiiy samaraga erishishiga yordam berayotgan usul va vositalarni ochib beradi (e'tiborda tutingki, adabiyotshunoslik bu ishni asrlar davomida bajarib keladi). Ya'niki, adabiyotshunoslik badiiy so‘z san'ati yutuqlarini ochib beradi va umumlashtiradi. Endi adabiyotshunoslikdan ozmi-ko‘pmi xabari bo‘lgan odamning va undan mutlaqo xabarsiz odamning badiiy ijodga qo‘l urgani yoki badiiy asar mutolaasiga kirishganini tasavvur qiling. Ulardan qaysi birining harakatlari ko‘proq samara beradi? Tabiiyki, adabiyotshunoslikdan xabardor kishining harakatlari samaraliroq bo‘ladi, chunki u "qaytadan velosiped kashf etish"dan qutuladi. Albatta, bunda kishining iqtidor darajasi, tug‘ma iste'dodi ham katta ahamiyatga molik. Biroq, birinchidan, o‘sha tug‘ma iste'dod degan narsa ham genlar bilan bog‘liq, ya'ni, undagi iste'dod ajdodlari to‘plagan bilimu tajribalarning qaymog‘idir. Ikkinchi tomondan, tug‘ma iste'dodlar barmoq bilan sanarli, shunday ekan, adabiyotshunoslik ommaning badiiy didini tarbiyalashda ham, badiiy tafakkur rivojida ham sezilarli ahamiyat kasb etaveradi.

Yuqoridagilarni xulosalab aytish mumkinki, badiiy adabiyotga taalluqli muammolarni atroflicha va chuqur ilmiy o‘rganish — adabiyotshunoslikning vazifasi; chiqargan ilmiy xulosa va umumlashmalari orqali badiiy adabiyot taraqqiysi, badiiy tafakkur rivojiga xizmat qilish, badiiy did tarbiyasiga ta'sir o‘tkazish uning maqsadidir.
2. Adabiyotshunoslikning tarkibiy qismlari va yordamchi sohalari.

Adabiyotshunoslik adabiyotni o‘rganuvchi juda ko‘p sohalarni o‘z ichiga oladi va hozirgi davrda adabiyot nazariyasi, adabiyot tarixi, adabiy tanqid kabi asosiy mustaqil qismlarga bo‘linadi. Mazkur sohalarning har biri adabiyotshunoslikning muayyan masalalar majmuini o‘z nuqtai nazaridan o‘rganadi. Shu bilan birga, mazkur sohalar o‘zaro mustahkam aloqada bo‘lib, biri ikkinchisini to‘ldiradi.


Yüklə 296,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin