Agar meni tanqid qilishsa



Yüklə 15,5 Kb.
tarix17.05.2023
ölçüsü15,5 Kb.
#114924
Agar meni tanqid qilishsa


Agar meni tanqid qilishsa
Hayotimning har lahzasida bir maqsad bilan yashayman.Yetuk, fikrlari teran, o'quvchi tarbiyasida to'g'ri metodlarni qo'llay bila oladigan pedagog bo'lish maqsadida.Bilaman bu uchun ancha harakat qilishim, bilimlarimni charxlashim va albatta o'z xatolarimni menga oynadek ko'rsatib beruvchi insonlar so'zini to'g'ri qabul qilgan holda bu xatolarga qayta qo'l urmasligim darkor.
Barchamiz asosli tanqidga va amaliy maslahatga muhtoj bo‘lib turamiz. Chunki ular ishimizni hamda munosabatimizni yaxshilashimizga yordam beradi. Shuni yodda tutgan holda, keling, quyidagi vaziyatlarni ko‘rib chiqaylik.
Ba’zi yoshlarning ko‘ngli hatto salgina tanqidga dosh berolmaydigan darajada nozik bo‘ladi. Siz ham shunaqamisiz? Agar shunday bo‘lsa, ko‘p narsani qo‘ldan boy berasiz! Nima uchun deysizmi? Chunki asosli tanqidga to‘g‘ri munosabat bildirishni o‘rganish muhim ko‘nikmalarga ega bo‘lishingizga yordam beradi. Bu esa hozir va kelajakdagi hayotingizda sizga asqatadi.
Bugungi kunda aksariyat insonlar tanqidni ko‘tara olmaydi, ular boshqalardan ularning tuyg‘ulariga e’tiborli bo‘lishini kutadi. Bunday munosabat dastidan ular izzattalab bo‘lib ketadi va hech qanday maslahatni qabul qilmaydi. Agar darhol maslahatni qabul qilsangiz, bu o‘zingizga va boshqalarga faqat foyda keltirishini payqash mushkul emas.
Diqqatingizni maslahat beruvchiga emas, maslahatga qarating. Tinglashga tayyor turing. O‘zingizni oqlashga shoshilmang. Tanqid yaxshilanishingizga hissa qo‘shadi.
Hatto shunday tanqidchilik kasbi ham mavjud. Bu adabiyotshunoslik sohasida keng tarqalgan aslida. O'zbekiston Qahramoni Ozod Sharafiddinov va P. Shermuhamedovlar o'rtasida tanqid haqida shunday suhbat bo'ladi:
Kunlarning birida Ozod akaga tegajoqlik qilib soradim:
-Tanqidchining obro'si nima bilan o'lchanadi?
- Bilasizmi, bu savolingizga Rasul Hamzatovning quyidagi so'zlari bilan javob berish mumkin. U shunday deydi:
1.Yomonni har doim yomon deb, yaxshini har doim yaxshi deb ayt.
2.Pashshadan fil yasama, lekin fildan pashsha yasashni xayolingga ham keltirma.
3.Kitobda yo'q narsa to'g'risida emas, unda bor narsa haqida gapir.
4.O'z fikringni asoslash uchun Belinskiydan boshlab, hamma ulug' kishilardan hadeb misollar keltiraverma. Agar shu fikr haqiqatan seniki bo'lsa, uni o'zingning aqling bilan isbotla.
5.Ravshan fikrni ravshan va tushunarli til bilan insho qil. Noaniq gaplarni asti yozma.
6.Shamolning yo'nalishini ko'rsatib turadigan pirpirak bo'lma.
Agar har bir tanqidchi ustoz aytgan mana shu fikrlarga amal qilganida edi, tanqidchiligimiz yutuqlari yana ham ko'paygan bo'lardi.
Ozod akaning maqolalarida ,,dovon'', ,, cho'qqi" iboralari tez-tez tilga olinadi. Ustoz bu so'zlarni ramziy jihatdan ijodiy o'sish, yuksalish ma' nolarida qo'llaydi. Bir dovonga chiqqan odam ikkinchisini, undan balandrog'ini oshib o'tishni ko'zlaydi. Tanqidchining o'zi ham ijod dovonlari osha qutlug' niyatlar bilan yuksalib bordi."
Mening fikrimcha hamma joyda to'g'ri va o'rinli tanqid bo'lishi kerak. Avvalo insonga tanqid to'g'ri ta'sir qilishi kerak. Ushbu fikrlardan o'z xulosasini chiqarib, o'z xato va kamchiliklaridan xulosa chiqargan holda ko'zlangan maqsad sari olg'a qadamlar tashlashi maqsadga muvofiq.Inson hayotidagi har bir shaxsning fikridan to'g'ri xulosa chiqarish kerak. U xoh katta yosh bo'lsin xoh kichik. Biz pedagoglar ayniqsa tanqiddan juda to'g'ri foydalanishimiz kerak. Oddiy holatlarda ham o'quvchi fikri hech qachon yerda qolmasligi darkor. Bola bilim olishida o'qituvchining o'rni beqiyos. Uning xato qilishga haqqi yo'q. Xato qilsada uni tezlik bilan to'g'rilashi tavsiya etiladi. Albatta tanqid sabab u o'qituvchi bo'lsin yoki boshqa kasb egasi bo'lsin tanqid kishining o'sib borishida o'zining ta'sirini ko'rsatmay qolmaydi.
Yüklə 15,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin