Ahloqning mezoniy tushunchalari Reja



Yüklə 74 Kb.
səhifə1/2
tarix13.12.2022
ölçüsü74 Kb.
#74434
  1   2
Ahloqning mezoniy tushuchalari


Ahloqning mezoniy tushunchalari
Reja:


1. Ahloqning maydonga kelishi haqida.
2. Ahloqning insonparvarlik, vatanparvarlik tamoyillari.
3. Ahloqning mezoniy tushunchalari mohiyati.

1. Ahloq, ahloqiy munosabatlar insonga hos fazilat bo'lib, u er yuzidagi insonlar paydo bo'lgan davrga borib taqaladi. Er va hotin, ota- ona va farzand o'rtasidagi, yaqin qarindoshlar, qabiladoshlar o'rtasida samimiy o'zaro hurmat, bir- biriga mehribonlik, ahloqning ilk kurtaklari hisoblanadi.


Quldorlik jamiyatida Qadimgi Hitoy, Hindiston, Yunon, Turon, Rim mutafakkirlarining asarlarida ahloqning diniy, badiiy, ilmiy asoslari yaratilgan. Zardusht, Arastu, Aflotun, Budda, Konfutsiy asarlarida ahloqiy ta'limotlar ifodalangan.
Gumanizm (lot. Insoniylik ma'nosini bildirib insonparvarlik deganidir) insonni shahs sifatida qadr- qimmatini, uning ozodlik, bahtga erishish huquqini tan oluvchi, inson o'z qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlanishiga imkoniyat yaratuvchi, kishilar o'rtasidagi munosabatlarda tenglik, adolatli insoniy normalarning qaror topishini, ijtimoiy hayotda inson uchun qulay shart- sharoit yaratib berish haqida `amho'rlik qilishni, shuningdek insonni har tomonlama kamol toptirishni aks ettiruvchi qarashlarning majmuasidir.
Kishilarning hayotiy munosabatlari odamlarning o'zaro- hurmat qilishga, yahshilikka, sabr- toqatliligiga, qaramligida namoyon bo'lgan. Ijtimoiy munosabatlarning qondoshlik shaklidan hududiy shaklga o'ta boshlashi bilan qabilaviy tor tafakkur qilishdan insonparvarlik `oyasi, ya'ni eramizdan oldingi I asr o'rtalardan boshlab hamma kishilar tengdir degan `oya shakllana boshlagan.
Masalan, (er. Oldingi IY asr) qadimgi Hindiston "Mahabharati"da ta'kidlanicha, boshqalarning hatti- harakatini o'zingga munosib ko'rmasang, u senga yoqmasa, uni boshqalarga ham ravo ko'rmagil.
Hayot donishmandligining asosiy qoidasi haqidagi savolga Konfutsiy shunday javob beradi: "O'zingga ravo ko'rmagan narsani boshqalarga ham ravo ko'rma". Shulardan keyinchalik ahloqning "oltin qoidasi" shakllangan, asta- sekin u madaniylashgan halqlarning ijtimoiy ongidan mustahkam o'rin oldi. Har bir kishi insonparvarlik nuqtai nazaridan ozod, bahtli bo'lishi, o'z qadr- qimmatiga egalik qilish, bu qoidalarga asosan boshqalarni hurmat qilish, unga ishonish va `amho'rlik qilish huquqiga ega.
Halqning doim o'sib boruvchi moddiy va ma'naviy ehtiyojlarini to'la qondira oladigan jamiyatni haqiqiy insonparvar jamiyat deyish mumkin.
Insonparvarlikning o'ziga hos hususiyatini konkret- tarihiy harakteriga ega bo'lishidir. Insonparvarlikning ahloqiy normalari mazmuni va mohiyatiga ko'ra umuminsoniydir. Umuminsoniy ahloqiy printsip sifatida u tarihan rivojlanib boradi, halq manfattlarini ifodalanib, chuqur ma'naviy mazmunni kasb etaveradi.
Vatan ko'p qirrali tushuncha, ya'ni ma'lum halq yashaydigan hudud ijtimoiy- iqtisodiy va siyosiy tuzum, ya'ni kishi mansub bo'lgan jamiyatning moddiy va ma'naviy hayot sharoitlari majmuasini o'z ichiga oladi.
Vatanpavarlik (grek vatan ma'nosini bildiradi) vatanga mehr- muhabbat, unga sodiq bo'lish, uning o'tmishi va hoziri uchun fahrlanish, uning manfaatlari yo'lida hizmat qilishga tayyor turish demakdir. Vatanparvarlik murakkab, tarihan o'zgaruvchan ijtimoiy- ahloqiy hodisadir.
Ona erga, ona tilga, urf- odat va an'analarga tabiatan bo`liqlik hislari shakli sifatida vatanparvarlikning dastlabki tarihiy belgilari ibtidoiy jamoa tuzumi davrida shakllana boshlangan. Uru` a'zolari o'rtasidagi qon- qardoshlik vataparvarlikning negizi bo'lib hizmat qilgan.
Halqlarning dehqonchilik bilan shu`ullana boshlanishi tufayli ularning onglarida ona erga muhabbat hissi muhim ahamiyat kasb eta boshlagan. Shu davrdan bolab vatanparvarlik hisi chuqurlashib, ijtimoiy hayotga kira boshlagan va uning geografiyasi kengayib boradi.
Antik davr mutaffakirlari vatanparvarlik muammosini ahloqiy majburiyatlarni eng yuqori o'ringa ko'targanlar. Masalan, Aflotun "Vatan ota va onadan ham qadrlidir" degan edi.
Vatanparvarlik baynalmillalik bilan uzviy bo`liqdir. Vatanparvarlik muayyan siyosiy, ijtimoiy va madaniy muhitda yashovchi kishilarni o'zaro yordam, boshqa halqlar bilan hamkorlik qilishni nazarda tutgan holda birlashtiradi. Shu bilan bir qatorda u o'z mamlakati taraqqiyoti, gullab- yashnashiga va kamchiliklariga ongli munosabatda bo'lishini talab etadi.
O'zbekiston halqining hozirgi kundagi asosiy vazifasi insonparvar, demokratik, huquqiy davlat barpo etishdir. Bunday sharoitda har bir fuqaroning o'z ona Vataniga muhabbati, unga sodiqligi, o'z faoliyatini uning ravnaq topishiga ba`ishlashi barcha yutuqlarimiz, muvafaaqiyatlarimiz garovidir.
Yahshilik va yomonlik ahloqiy ongning eng umumiy mezoniy tushunchalariga kiradi. Bu o'rinda yahshilikni baht- saodat, ezgulikdan farqlay bilish lozim, chunki yahshilik insoniyat baht- saodati ezgu niyatlarining ahloqiy tomonini ifoda etadi. Chunki voqelik har doim kishilar uchun baht- saodat hodisasi sifatida, kishlarining moddiy va ma'naviy ehtiyojlarini qondirish tushunchasida namoyon bo'ladi. Yahshilik ijtimoiy hodisalarni, shuningdek ahloqiy hatti- harakat, hulq- atvor kishilar nuqtai nazaridan ijobiy baholari majmuini anglatadi.
Yomonlik tushunchasida kishilarning maqsadiga, ular e'zozlaydigan narsalarga zid keladigan, bahtga erishishga, odamlar orasidagi munosabatlarda ijobiy o'zgarishlarning qaror topishiga hamda insonning kamol topishiga to'sqinlik qiladigan hamma narsalar haqidagi tasavvurlar ifodalanadi.
O'tmishda turli falsafiy yo'nalishdagi ta'limotlarda yahshilik va yomonlik, ezgulik tushunchasi turlicha talqin qilingan.
Masalan, ba'zilar yahshilik inson hatti harakterlariga ahloqiy baho beradi, yomonlik esa ezgulikka zid tushuncha sifatida, Aflotun talqincha yahshilik o'zgarmas abadiy "Himmat", chunki inson tabiatni o'zgarmas deb, yana boshqalari yahshilik bu ehtiros va orzu- havasni qondiruvchi narsa, deb talqin qildilar. Bu kategoriya u yoki bu ma'noda talqin etilmasin, ular bu kategoriya kishilarning amaliy faoliyatlari, iqtisodiy zaruriyat bilan, ya'ni ob'ektiv voqelik bilan bo`liqligini ko'ra olmadilar. Boshqacha aytganda, ular bu kategoriya shahsning sub'ektiv olami mahsulidir, degan `oyani ilgari surdilar.
Natijada yahshilik va yomonlik haqidagi tasavvurlar halqdan halqqa, asrdan asrga o'tib shu qadar o'zgarib ketganki, ko'pincha ular bir- biriga tomomila zid kelib qolgan.
Bu hil qarashlar O'rta Osiyo mutafakkirlari Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Umar Hayyom, Nizomiy, Alisher Navoiy va boshqalar qarashlarida ham yaqqol ko'rinadi. Hususan, Forobiy yahshlik va yomonlik tushunchalarini insonning ma'lum ruhiy holati va tarbiya natijasida vujudga keluvchi muayyan ma'naviy hislatlari bilan bo`langan holda talqin qiladi. Umuman o'tmishda yahshilikning asosi kishilarning amaliy faoliyatida ekanligi, u iqtisodiy zaruriyati bilan bo`liqligina tushuna olmadilar.
Inson hatti- harakatidagi nama'qul, qoralanadigan narsalarning hammasi- yomonlikdir. Yahshilikning ob'ektivligi kishilarning jamiyatga foyda keltirish uchun intilish va bu foyda jamiyat rivojlanishining ob'ektiv manfaatlariga muvofiq kelishidan iboratdir.
SSSRning parchalanib ketishi, uning (SSSR) uchun yomon hodisa hisoblansa, uning tarkibiga kirgan barcha respublikalar uchun esa yahshilik tantanasi hisoblanadi, chunki bu respublikalar o'zining mustaqilligiga, istiqloliga erishdi, o'z er osti va usti boyliklariga o'zi ega bo'ldi. Jumladan, O'zbekiston ham 1991 yil 1 sentyabrda o'z mustaqilligini e'lon qildi, natijada "tilimizni, dinimizni, urf- odatimizni, ma'naviy qadariyatlarimizning butkul yo'qolib ketish havfidan saqlab, asrab- avaylab, ularning azaliy mazmunini va qudaratini tiklashga o'tdik". (Qarang: "O'zbekiston ovoz" gazetasi, 1991 yil 1 sentyabr soni). Er osti va er usti zahiralarimiz, avlod- ajdodlarimiz mehnati bilan yaratilgan iqtisodiy, ilmiy- tehnikaviy, ma'naviy boyliklarimiz va imkoniyatlarimiz yurtimiz farovonligiga hizmat qiladigan bo'ldi.
Agar yahshilik bilan yomonlik aralashtirib yuborilsa, har qanday ahloq yo'qoladi va har kim o'zicha hatti- harakat qiladi. Yahshilik va yomonlik o'zaro aloqadar va ayni vaqtda bir- birini inkor etuvchi tushunchalardir.
Yomonlik hamisha ochiq ko'rinavermaydi, ba'zan hatto yahshilik niqobi ostida ham ro'y beradi. Uni fosh etish va unga qarshi kurashish garchi qiyin bo'lsada, taraqqiyotni ta'minlovchi manba hisoblanadi. Yahshilik ongsiz ravishda tantana qilmaydi. Yomonlikni yo'qotish ko'p kuchni talab etadi. Faqat yomonlikka qarshi faol kurash olib borishgina kishilarning ahloqiy o'zaro munosabatlarida yanada insonparvarroq po`onalarga ko'tarilishlariga yordam beradi.
Adolat ahloqning normativ tushunchasi bo'lib, u tenglikning, taqdirlash- ning haqiqiy, zaruriy o'lchovidir. Bu tushunchalar ommaning ijtimoiy- siyosiy ongida muhim ahamiyatga ega. Adolat shahs va ijtimoiy birlikning real iqtisodiy, huquqiy, siyosiy holatini ifodalaydi. Shuning uchun Suqrot adolatni "Qonunga muvofiq hulq" deb baholangan edi. Adolat ijtimoiy munosabatlarning hamma tomonlariga aloqadar bo'lgani uchun kishining qadr- qimmati bilan uning taqdirlanishi o'rtasidagi, huquq bilan majburiyat o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni o'z ichiga oladi. bu munosabatlarning buzulishi adolatsizlik deb baholanadi. Demak, adolatlik va adolatsizlik tushunchalarining mazmuni, tarihiy harakterga egadir.
Adolat bilan adolatsizlik tushunchalarini aralashtirib yubormaslik kerak. Adolat tushunchani huquq, vujudga kelishidan ancha oldin shakllangan bo'lsa, huquq sinflar, davlatning kelib chiqishi bilan vujudga kelgan.
Forobiy o'zining ahloqiy qarashlarida ijtimoiy adolat haqida kishilarning hamkorligi haqidagi `oyalarini ilgari surdi. U ideal shahar va uning hokimi haqida gapirar ean, eng avvalo shahar boshli`i "Haqiqatni sevuvchi va haqiqat uchun kurashuvchi, boylikka nafrat bilan qarovchi, o'z tabiati bilan adolat uchun kurashuvchi, adolatsizlik va zulmga nafrat bilan qarovchi, botir, jasur va qo'rqmas hamda qat'iy bo'lishi zarur" deb uqtiradi.
Adolat- ijtimoiy- siyosiy, huquqiy va ahloqiy ahamiyatga ega bo'lgan keng tushunchadir.
Adolatning chuqurlashib, murakkablashib borishi sotsialistik sistemaning emirilishiga olib keldi. Sobiq SSSRda ittifoqqa birlashgan millatlar o'rtasidagi tenglik, qadr- qimmat ham buzila borib, ohir oqibatida unda yashayotgan har bir millat o'z huquqini talab qilib adolatli, demokratik jamiyat qurish istagini bildirdilar va asta- sekin respublikalar o'z mustaqilligini yo'lga kirtdi.
Demak, adolat tenglikni ifodalar ekan, sobiq SSSR davlati faoliyatini kuzatadigan bo'lsak, ahloqning adolat printsipi buzulganligini, O'zbekiston Respublikasiga bo'lgan munosabatda ham ko'rishimiz mumkin, ya'ni er osti va usti boyliklarimizni tekinga tashib ketilganligi, unda yashayotgan millatlarning kamsitilishi, ya'ni bir millatni ulu` millat, ikkinchisini kichik millat deb qarash tendentsiyasi hukmron bo'lib keldi.
Boshqa millatlar qatorida o'zbek halqi ham 1991 yil 31 avgustida O'zbekiston Respublikasining mustaqilligiga erishdi. Bu halqimizning ko'p asrlik tarihidagi buyuk voqea bo'ldi. Bu voqea yuqoridagi ko'p yillar davomida hukmron bo'lib kelgan tengsizlik, adolatsizlikka chek qo'ydi, adolat tantana qildi.
Mana shu adolatni mustahkamlash borasida halqimiz ajoyib yutuqlarni qo'lga kirtmoqda. Jumladan 1992 yil 2 martda O'zbekiston Respublikamiz Birlashgan Millatlar Tashkilotiga teng huquqli a'zolikka qabul qilindi va hozirgi kunda Jahondagi 130 dan ortiq davlatlar Respublikamiz mustaqilligini tan oldi.
Shunday qilib, adolat qotib qolgan tushuncha emas, u ishlab chiqarish munosabatlarning o'zgarishi bilan, jamiyatning ma'naviy rivojlanishi bilan o'zgarib boradi. U halq ommasining ijtimoiy va shahsiy hayotda insoniy munosabatlarini o'rganish uchun olib boradigan qurashi jarayonida qaror topib beradi.
Inson hatti- harakatida burch ichki ma'naviy zarurat, ya'ni ahloqning muayyan printsiplari, normalariga muvofiq ravishda shahsning jamiyatga, sinfga, kollektivga, kishilarga va o'ziga bo'lgan ahloqiy majburiyatini anglatadi.
Burch o'z tabiatiga ko'ra tarihiy taraqqiyot mahsuli. Burch kishilar hatti- harakatlari uy`unlashuvining o'ziga hos usuli sifatida vujudga keldi va shakllandi, u imperativ- nazorat mehanizmi funktsiyasini bajaradi hamda inson amaldagi ahloqiy qadriyatlar sistemasiga muvofiq jamiyat manfaatini ko'zlagan holda o'z hatti- harakatlarini nazorat qilishga imkon beradi.
Burch ahloqiy ong hodisasi sifatida shahs erkinligi bilan ahloqiy erkinlikning kengayib borishi va shahs ahloqiy ma'suliyatining o'sishi bilan shakllanib boradi.
Umumiy intizomga bo'ysungan mutahassis yangi ish joyiga kelgach, tezda o'z ishiga qiziqish bilan, ijodiy, tashabuskorlik bilan mehnat qila boshlaydi, shu bilan u o'z burchini mamnuniyat bilan bajaradi.Shu vaqtdan boshlab o'z burchini yuksak darajada anglashida qoniqish hosil qiladi, istak bilan majburiyat o'rtasidagi nomuvofiqlik yo'qola boshlaydi, uning o'rnini o'z mehnatiga mehr, shahs qadr- qimmati egallaydi.
Ahloqiy burchni anglashda shahsiy va ijtimoiy manfaatlar o'z ifodasini topdi. Ijtimoiy burchni bajarish har bir kishining ehtiyojiga, odatiga aylansa, ijtimoiy majburiyatlarni ongli ravishda amalga oshiradi, shahsning qobiliyatlari va istaklarini yanada yuksaltiradi. Inson yashayotgan ijtimoiy muhit, majburiyatlari doirasi va unga bo'ladigan munosabat, qaysi jamoaga mansubligiga qarab ahloqiy burch turli shaklda, ya'ni vatanparvarlik, grajdanlik, milliy baynamilal, oilaviy do'stlik, o'rtoqlik va hokazolarda namoyon bo'ldi.
Shunday qilib, ahloqiy burch- bu ijtimoiy majburiyat, inson uni ongli va ichki e'tiqodiga ko'ra bajaradi. Shundagina shahs hatti- harakati ahloqiy hisoblanadi. Ahloqiy burch kelajak uchun mas'uliyatnigina emas, balki o'tmish uchun ham ma'suliyat yuklaydi. Bunday burch hozirgi hayotimiz uchun jonini fido etgan kishilar hotirasi burchidir.
Ahloqiy burch oldidagi ma'suliyat qanchalik yuksak bo'lsa insoniyatning kelajagi uchun kafolat bo'ladi.
Or- nomus tushunchasi insonning jamiyatidagi o'z qimmatini anglashini hamda bu qimmatning jamiyat tomonidan tan olinishini ifodalaydi. Or- nomus va qadr- qimmat shahs bilan jamiyat o'rtasidagi munosabatlarni tartibga solib turadi va kishilar hatti- harakatga ta'sir ko'rsatish vositasidir.
Or- nomus shahs bilan jamiyat o'rtasidagi munosabatni tartibga solib turadi, qadr- qimmat individual o'z- o'zida baho berish sifatida insonning ijtimoiy hizmatlarini inkor etmagan holda uning o'z ahloqiy qimmatini anglash ehtiyoji bilan bo`liqdir.
Shahsning ijtimoiy ahamiyati va jamiyatdagi hizmatlariga baho beradi. Demak or- nomus tushunchasi shahsiy qadr- qimmatni anglashdir. Or- nomus va qadr- qimmat yuksak ahloqiy fazilat shuning uchun hamma intiladi. Buning uchun inson dastlab bu fazilatlar ahamiyatini anglay olgandagina o'z- o'ziga hurmat shakllandi. O'z- o'zini hurmat qilish shahs taqdirini belgilovchi, insonni kamsitilishidan saqlaydigan fazilat shuningdek o'z- o'zini nazorat qilish vositasi hamdir. Or- nomus va shahsiy qadr- qimmat faqat hurmat qilish, fahr, shuhrat hissi sifatidagina emas, balki hulq harakteri sifatida, shahs hulqini jamoatchilik ma'qullashida va shu bilan obro'ni saqlash va qo'llab- quvvatlashidagi ahtiyoj sifatida ham namoyon bo'ladi. Qadr- qimmat haqiqiy va sohta bo'lishi mumkin. Agar kishi jamoatchilikni aldasa, burch, vijdon hissini sezmasa, o'z hatti- harakatlarini sun'iy namoyish etsa, bu holda uning barcha harakterlari sohta bo'ladi. Aksincha jamotchilik tomonidan shahs hatti- harakatlari yuqori baholansa, uning qadr- qimmati haqiqiy bo'ladi.
Chunonchi jamiyat a'zosi ijtimoiy bahodan chetda qolmaydi, bu tushunchani insonning fuqaro sifatida harakterlab beradi.
Shahs or- nomusi jamoa or- nomusi bilan chambarchas bo`liqdir. Jamoaning shon- sharafi uning har bir a'zosining ham shon- sharafidir.
O'zbek halqining olijanob milliy fahri, `ururi, or- nomus tuy`usi, shon- sharafi tarihiy hotirasi va intilishlari uning bayroq, tam`a madhiyasida mujassamlashtirilgan. Mana shu ramzlarni e'zozlash- o'zining qadr- qimmatini, o'z mamlakatiga va shahsan o'ziga bo'lgan ishonchni mustahkamlash demakdir. O'z mamlakati bilan fahrlanadigan inson juda ko'p narsalarga qodir. Bu esa oilaning ham, o'z Vatanining ham shon- shuhratini oshiradi. O'zbek halqining yuksak milliy qadr- qimmati, or- nomusi va shon- sharafi uning o'ta mehribonlik va sof vijdonliligiga asoslangandir.
Shunday qilib, inson o'zida ijobiy hususiyatlarni ongli ravishda anglab va tarbiyalasagina u vaqtda boshqalarni ham hurmat qila oladi, bular ahamiyatini anglash bilan shahs o'z- o'ziga hurmatini shakllantiradi, bu o'z navbatida o'z- o'zini nazorat qilishdir.
Inson qadr- qimmatining mezoni adolatli va insonparvarlik, ya'ni insoniylik darajasi bilan, burchni bajarish darajasi bilan belgilanadi. Umuman or- nomus va qadr- qimmat tushunchasi kishining ichki ma'naviy asosini shakllatirishga hizmat qilishi lozim. Bu kishidan ijtimoiy- siyosiy faollikni, ol`a intilishni, intizomli, madaniyatli va ishchan bo'lishni talab etadi.
Insoniyat tarihi turli- tuman voqea va hodisalarga juda boy. Tarihda shunday hodisalar borki, ular necha asrlardan keyin ham avlodlarning tahsiniga sazovor bo'ladi. Biroq yana shunday voqealar ham borki, ular cheksiz nafratu `azab bilan tilga olinadi. Bu o'rinda gap vijdon haqida borayotir.
Vijdon murakkab muammo, shuning uchun bo'lsa kerak, uning tabiati haqidagi masala insoniyatning il`or mutafakkirlarini qiziqtirib kelgan. Vijdon nima, u abadiy mavjudmi, hammada vijdon bir hilmi, u insongagina hosmi, uni qanday tarbiyalash mumkin? kabi masalalar, ya'ni vijdon tushunchasining kelib chiqishi, uning mohiyatini o'tmishda muayyan manfaatini ko'zlagan holda hal etilgan.
Vijdon ijtimoiy jihatdan shartlangan ijtimoiy tuy`u, u jamiyat talablariga muvofiq mehnat jarayonida vujudga keldi, boshqacha aytganda vijdon shahsning ahloqiy jihatdan qaror topishida muhim rolь o'ynaydi. Vijdon azobi shahsning ma'naviy hayotida salbiy rolь o'ynaydi, reja va maqsadlarini barbod qilish, shuningdek shahsiy yo'lini tubdan burib yuborishi ham mukin.
Vijdon ahloqning umuminsoniy oddiy normalari adolat va insonparvarlik printsiplari bilan, shuningdek yahshilik, baht va burch kategoriyalari bilan chambarchas aloqadordir. Chunonchi vijdon faqat shahsning o'ziga emas, balki boshqa kishilarga, ijtimoiy manfaatlarga munosabatni ham ifodalaydi. Demak ona Vatan manfaati jamiyat oldidagi burch hissi, uning ahloqiy ma'suliyat hissi vijdon tuy`usi bilan uy`unlashib ketgan.
Shunday qilib, vijdon tushunchasi o'z- o'zini anglash mahsuligina emas, u ob'ektiv mazmunga ega bo'lib vijdon erkinligi bilan bo`liqdir. Chunki jamiyatdan ajralagan holda erkin, ozod insonning bo'lishi mumkin emas. Vijdon erkinligi- kishining jamiyat talablariga muvofiq qilish zarurligini anglashdir.
O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 31 - moddasida shunday deyiladi:
"Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson hohlagan dinga e'tiqod qilish, hech qaysi dinga e'tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo'l qo'yilmaydi"
Vijdon insonning o'z hulqini muayyan ahloq normalari nuqtai nazaridan ahloqiy baholashi va nazorat qilishi, boshqacha aytganda, ya'ni ma'suliyat hissi, shahsning jamiyat, sinf, oila oldida, boshqa odamlar oldidagi ahloqiy ma'suliyat hissi, o'z hatti- harakatlariga o'zi baho berishdir, shuningdek kishining o'z harakatlarigagina emas, balki tevarak- atrofida sodir bo'layotgan voqealar uchun javobgarlik hissi hamdir. Vijdon kishining ijtimoiy yo'sinida tarbiyalandigan qobiliyatidir, shu bilan birga uni voqeilikka amaliy munosabat undovchi hamdir.
Inson o'z hayotida turli hatti- harakatlar qiladi, bu hatti- harakatlar kishilarning ijtimoiy manfaatlariga biron darjada taalluqli bo'ladi. Vijdon shahsni ahloqiy hatti- harakatga undasa u buyruq harakaterida bo'ladi va kishini faollashtiradi. Bu buyruq harakteri hatti- harakatini tanlash vositasiga aylantiradi. Vijdon ehtiros, hissiyot shaklida, ya'ni o'zining noto'`ri harakatlari uchun pushaymon bo'lish, uyalish yoki ahloqiy qoniqish shaklida namoyon bo'ladi. Hissiy kechinmalar kishini amaliy faoliyatiga undaydi. Vijdon hissini tarbiyalashda jamoaning fikri `oyat muhim rolь o'ynaydi. Uyoki bu kishi ishlayotgan va yashayotgan jamoa unga muayyan talablar qo'yadi va bu talablarga hilof ishlar sodir bo'lgan taqdirda shahsga nisbatan turli ta'sir choralari qo'llashi mumkin. Kishining ahloqiy onglilik darajasiga va uning hatti- harakatlariga qarab, jamoa uning ishlarini ma'qullamasligi keskin tanqid kuchi bilan ta'sir ko'rsatishi mumkin.
Aksincha kishi o'z vazifalariga vijdonan qarasa, jamoa uni ma'qullaydi, bu shahsning qadr- qimmatini oshiradi.
Vijdon hissi mustaqil respublikamiz hayotining barcha sohalarida kishilararo munosabatni tartibga solishda, halq iste'mol mollarnii sifatli ishlab chiqarishda, tinchlikni, barqarorlikni saqlashda, iqtisodiy qaramlikdan qutulish va qo'shma korhonalarni ochish, qishloq ho'jalik mahsulotlarini ko'paytirish va hokazolarda ahloqiy omilga aylanib bormoqda. Yangicha tafakkur, yangicha tashabbus, mustaqillik yo'lida yangicha qadam shiori- bu mehnatkashning vijdoni, uning vijdon amridir. Bularning hammasi mustaqil O'zbekiston halqining ahloqiy pokligining dalilidir.
Ular o'z vijdon, amri bilan faqat o'zi haqida emas, balki butun mamlakat, halq manfaati bilan yashayotganligidan dalolat beradi. Demak jamiyatimiz insoniy vijdonning takomillashuviga amalda ko'maklashmoqda.



Yüklə 74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin