Ahmad Yassaviying Devoni hikmatida insoniy fazilatlarning ulug\'lanishi, nopoklik, nodonlik, dunyoparastlik kabi illatlarning qoralanishi
Mavzu:Ahmad Yassaviying "Devoni hikmat"ida insoniy fazilatlarning ulug'lanishi, nopoklik, nodonlik, dunyoparastlik kabi illatlarning qoralanishi Reja: Kirish Asosiy qism I bob Ahmad Yassaviy hayoti va ijodi
"Devoni hikmat" asarida insoniy fazilatlarning ulug‘lanishi,nopoklik,nodonlik,dunyoparastlik kabi illatlarning qoralanishi
II bob Ahmad yassaviy hikmatlarida komil inson masalasi
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Bugungi kunda jamiyatda yaxshilikka intilib, yomonlikdan tiyilish, o‘z faoliyatiga tanqidiy yondashish, zo‘ravonlikdan voz kechish va hayotni hurmat qilish, hamjihatlik va ijtimoiy adolatga asoslangan tartib o‘rnatish, sabr-toqat va bag‘rikenglik, burch va ma’suliyat bilan inson omilini to‘liq ro‘yobga chiqarish qadriyat darajasiga ko‘tarildi va bunday ma’naviy muhitni qaror toptirish ahamiyati kun sayin o‘sib bormoqda.
Chunki, axloqiy ong va munosabat, ijtimoiy faoliyat, ijtimoiy siyosiy muloqot va o‘zini o‘zi anglash, o‘z-o‘zini tanqid orqali o‘z-o‘zini baholash va o‘z-o‘zini takomillashtirish zarurati jamiyatning ma’naviy-axloqiy muhitini, uning qiyofasini va ijtimoiy taraqqiyotining yo‘nalishlarini belgilab beradi. O‘zbekistonda Prezident Sh.M.Mirziyoyev tomonidan, yangicha tizimni shakllantirish borasidagi siyosat zamirida ham, eskirgan, qotib qolgan tizim elementlarini xaotik holatda beqarorlashtirish asosida yangicha sistemani barpo etish usuli ham sinergetik tafakkur asosida amalga oshirilmoqda1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasining yoshlarga doir davlat siyosatini takomillashtirish bandida, 2017-yil 18-iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi PQ-3138-son, 2017-yil 28-iyuldagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi PQ-3160-son qarorlarida, 2018- yil 5 iyunda qabul qilingan 3775- sonli “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarorlari mazmunida ham shu kabi masalalar, xususan, garmonik rivojlangan, kreativ fikrlaydigan, moddiy va ma’naviy qadriyatlarni yaratadigan shaxslarni tarbiyalash vazifasi belgilandi.
Hozirgi vaqtda axloqsizlikni madaniyat deb bilish va aksincha, asl ma’naviy qadriyatlarni mensimasdan, eskilik sarqiti deb qarash bilan bog‘liq holatlar bugungi taraqqiyotga, inson hayoti, oila muqaddasligi va yoshlar tarbiyasiga katta xavf solmoqda va ko‘pchilik butun jahonda bamisoli balo-qazodek tarqalib borayotgan bunday xurujlarga qarshi kurashish naqadar muhim ekanini anglab olmoqda.
Shunday bir sharoitda A.Yassaviy ijodini o’rganish uni yoshlar tarbiyasida qo’llash muhum ahamiyat kasb etadi.
Ahmad Yassaviy hayoti va ijodi, shoir ijodidagi tasavvuf adabiyoti namunalariva adabiy merosini o‘rganish o‘ziga xos jarayondirki, uning ildizlari olis davrlarga borib tutashadi. Yassaviy ijodiyotiga yaqinlashish, keng omma nigohini unga qaratish ehtiyoji 60-yillarning oxirida O‘zbekistonda paydo bo‘ldi. Mustaqillik arafasida ma’naviy hayotimizda katta o‘zgarishlar sodir bo‘la boshladi. Ana shu o‘zgarishlar natijasida atoqli adabiyotshunos olim Ibrohim Haqqul tomonidan 1990-yilda shoirning hikmatlari nashrga tayyorlandi2. Mustaqillikdan keyin Yassaviy shaxsiyati va ijodiyotiga qiziqish o‘zo‘zidan kuchaydi. Natijada 1993-yil Xalqaro “Ahmad Yassaviy yili” deb e’lon qilindi.
Bu hol nafaqat O‘zbekistonda, balki boshqa turkiy davlatlarda, xususan, Turkiyada ham bu buyuk mutasavvufning hayoti, adabiy-ma’rifiy faoliyati, shuningdek, uning izdoshlari xizmatiga qiziqishni kuchaytirib yubordi. Xuddi shu yili O‘zbekiston va Turkiyada Yassaviyga bag‘ishlab ilmiy anjumanlar o‘tkazildi, ma’ruzalar matni alohida kitob holida nashr etildi3 . Turkiyada Ahmad Yassaviy fondi tuzilib, “Yassaviy” jurnali chiqarila boshlandi. Matbuotda Yassaviyning shaxsiyati, tariqati va she’riyatidan bahs yurituvchi o‘nlab maqolalar bosilib chiqdi.