Ahmad Zaki Validiy qalamiga mansub “Bo’linganni bo’ri yer asari”
Ahmad Zaki Validiyning Rossiyadagi Sank-Peterburg davlat universiteti oldida qoyilgan haykali.
Qozon shahrida Qosmiya madrasasida tahsil olgan .(1908-1912) Yillarda shu yerda turkiy xalqlar tarixi va adabyotidan dars bergan.(1910-1913) yillarda yozgan <> asari bilan mashhur bo’lgan.1913-yil u Qozon davlat universiteti tarix va arxeologiya jamiyati tomonidan sharq qo’l yozmalarini organish uchun Farg’ona vodiysiga jo’natildi.1914-yildan boshlab Buxoroda yashadi va turkiy xalqlar tarixiy va madanyati ustida tatqiqotlar olib bordi.
U 1915-yildan Sank-Peterburgda davlat dumasi musulmonlar fraksiyasi azosi.U Turkitonda turkistonda yashagan vaqtda Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Cho’lpon , Mustafo Cho’qay, Nazir To’raqulov va boshqalar bilan tanishdi
U o’zining bir qator kitoblari bilan mashhur misol uchun “Turkiy xalqlar tarixiga kirish” “O’rta osiyo tarixining islom davri” “Turkiston” “Turkiylar shajarasi” “Temurning g’rabga yurishlari” “Temur avlodlari” “Bugungi turk eli Turkiston va yaqin tarixi” “Sharqda sho’rolar siyosati” “Beruniyning dunyo qarashi” “Alisher navoiy” “Shayboniyxon sheriyati”
“Tarixda turklar va forslar” “Xotiralar” va boshqa kitoblari turk nemis rus fransuz va ibroniy tillariga tarjima qilingan.
Sank-Peterburg prokuraturasi turkshunos olim Zaki Validiy To’g’on byustining Sank-Peterburg davlat universiteti hududida o’natilganini “ektrimizmga qarshi kurash qonunchiligini buzulishi” deya baholadi. Prokuratura universitet hududida joylashgan haykal va uning nomidagi markaz faolyatini to’xtatishni talab qildi. Universitet bu talab qonuniy ekanini tan olgani aytilmoqda.
Prokuratura Zaki Validiy To’g’onga “ekstremist” va “bo’lg’inchiga” chiqardi. Mutaxasislar Zaki Validiy To’g’onga qo’yilayotgan “fashistlar hukmdori” va “ayirmachi” ayblovlarini mutlaqo asossiz deb aytmoqda. Boshqirdlar ham butunjahon qurultoyiga bu masala yuzasidan norozilik bildirdi.
Zaki Validiy nomidagi Toshkent shahar Boshqird ijtimoiy madaniy markazi
Bugungi kunda O’zbekistonda boshqird xalqining 30 mingga yaqin vakili yashaydi , ularning ajdodlari turli davrlarda O’zbekistonga kelib qolib shu yerni Vatan sifatida tanlaganlar.O’zbekistonlik boshqirdlarning birinchi jamoat birlashmasi hisoblanmish Zaki Validiy nomidagi Toshkent shahar boshqird ijtimoiy madaniy markazi 1990-yil iyun oyida tashkil etilgan.
Uning asosiy maqsadi boshqird anana va urf-odatlarini tiklash va rivojlantirishdan iboratdir. Boshqird xalqining bebaho folklore merosi hisoblangan “Uralbatir” “Akbuzat” “Kuziykurpyas va mayabxilu”kabi xalq dostonlari o’rganishga va ommalashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.Boshqirdlik yozuvchi Yavdat Ilyasovning “So’g’diyona” “Qora beva” “oltin sanam” kabi asarlari xalq orasida mashhurdir.