Aholi turmush madaniyatini yuksaltirish va zararli odatlarga qarshi kurash zaruriyati



Yüklə 22,46 Kb.
tarix23.02.2022
ölçüsü22,46 Kb.
#52996
Hujjat (147)


Aholi turmush madaniyatini yuksaltirish va zararli odatlarga qarshi kurash zaruriyati

Zararli odatlar deganda biz, odatda, faqat alkogolli ichimliklarni meyoridan oshirib, muttasil istemol qilish, tamaki va nosvoy chekish, giyohvandlik kabilarni tushunishga organib qolganmiz. Aslida, zararli odatlar tushunchasi birmuncha keng bolib, oz doirasiga ovqatlanish tartibiga rioya qilmaslik, organizm ehtiyojiga qaraganda koproq ovqat yeyishga organib qolish, dangasalik va ishyoqmaslik, badjahllik, axloqsizlik, ust-bosh, hovli va uy xonalari iflosligi bilan konikib yashash, oz hayotini jamiyatda qabul qilingan meyor va olchamlar asosida tashkil qila bilmaslik, pala-partish otkazish va hech bir maqsadsiz yashash, madaniyatsizligi va johilligi tufayli vegetativ turmush madaniyatida yashash bilan chegaralanib qolish kabi odatlarni ham oladi. Biz bu yerda zararli odatlarning ijtimoiy ahamiyatga molik, keng tarqalgan ayrim turlari togrisida oz fikrlarimizni bayon qilishni lozim topdik. Zero, yuqorida sanab otilgan zararli odatlarning boshqa turlari haqida ushbu qollanmaning tegishli boblarida batafsil malumotlar berilgan.

Tamaki chekish va uning zarari

Chekuvchilik chekuvchi uchun ham, atrofdagi chekmovchilar uchun ham katta zarar keltiradi. Chekish bilan juda kop kasalliklar uzviy boglangan bolib, insonlarni barvaqt va tasodifan olimga olib keladigan, ularning umrini ortacha 8-15 yilga qisqartirishga sababchi boladigan omildir. Opka raki kasalligi qariyb 90% hollarda chekish bilan boglangan.

Chekuvchilar ortasida olim korsatkichi, chekmovchilarga qaraganda 70% kop, kuniga 20 dona sigaret chekuvchilarda esa 2 barobar ortiq ekanligi, chekuvchilar chekmovchilarga nisbatan 6-10 yil kam yashayotganligi hisoblab chiqilgan. Oddiy chekuvchi har bitta chekkan sigaretasi bilan oz umrini 6 minutga qisqartiradi.

Chekish opka, traxeya va bronxlardagi osma shishlar (rak); labdagi osma shishlar; qizilongachdagi osmalar; ogiz boshligi va xalqumdagi osmalar; hiqildoq osmalari; opka emfizemasi va obstruktiv kasalliklar; yurakning ishemik kasalliklari kabi ogir xastaliklarni kelib chiqishida asosiy rol oynaydi.

Chekuvchilar ortasida chekmovchilarga nisbatan: stenokardiya 13 marta, miokard infarkti 12 marta, oshqozon yarasi 10 marta kop uchraydi. Obliteratsiyalangan endoarteriit kasalligi bilan esa har yettinchi chekuvchi kasallanadi. Oshqozon raki 1,5 marta, qizilongach raki 3-6 marta, ogiz boshligi raki 3-4 marta, xalqum raki 6-10 marta, bachadon boyni raki 2 marta, buyraklar raki 2 marta kop uchraydi. Chekuvchi ayollardan tanasining vazni 2500 g.gacha bolgan bolalar 2-3 marta kop tugilar ekan. Shuningdek, yangi tugilgan bolalarda turli xil tugma nuqsonlar kuzatiladi.

Mutaxassislarning hisobiga kora, chekuvchining opkasidan qaytib chiqayotgan tutun oqimida kanserogen benzipirin moddasi, yutilgan tutun oqimiga qaraganda 4 marta, nitrozaminlar 50-100 marta kopligi aniqlandi.

Chekuvchilar atrofdagilarning bunday majburiy chekishi har 3-4 soatda bitta sigaret chekish bilan, sigaret tutuni bilan ifloslangan havoda 8 soat bolishi 6 dona sigaret chekishi bilan barobardir.

Sigareta tarkibidagi tamakida 9% - nikotin, 20% - uglevodlar, 13% - oqsillar, 14% -gacha smola, 2% gacha efir moylari borligi aniqlangan. Chekilgan har bir dona 0,5 g. ogirlikdagi sigaretada 0,09 g nikotin, 0,11 piridin asoslari, 0,032 g ammiak, 0,006 g sinil kislota va 369 ml uglerod I oksidi bor. Sigareta yonganda 50% nikotin tutun bilan atrofga tarqalib, 25% parchalanadi, 5% - sigareta qoldigida qolib, 20% organizmga tushadi. Nikotin tamakining asosiy zaharli moddasi bolib, zaharligi jihatidan sinil kislotasidan qolishmaydi. Tamakinnig kok bargida 2-9%, quritilganida 1-5% nikotin bor, eng yaxshi nav tamakida 0,7-1,5% va eng past navlarida 8-10%gacha nikotin borligi aniqlangan. Tamakining zararini biroz bolsada kamaytirish maqsadida maxsus filtrli sigaretalar, nikotinni tutib qoluvchi patronlar ishlab chiqarilgan bolsa-da, maxsus patronlarda 50%, filtrli sigaretada atigi 20% nikotin tutib qolinadi xolos. Sof nikotin 0,08-0,16 g miqdorda inson organizmiga halokatli tasir qiladi. Kuniga 20 dona sigaret chekuvchi kishi organizmiga 0,1 g nikotin kiradi. Yiliga 6-7 ming dona sigeret chekuvchi organizmiga (bu 5 kg tamakiga teng) 30 g nikotin tushadi, bu 330 olim dozasiga teng. Tamaki tutuni yonganda hosil boladigan boshqa bir modda smola opka, oshqozon va boshqa organlarda rak kasalligini keltirib chiqaruvchi asosiy omil hisoblanadi. Tamaki yonganda hosil boladigan radioaktiv poloniy 210 a-nurlar chiqarishi aniqlangan. Kuniga 2 pachka sigaret chekuvchi kishi organizmi 36 rad. nur oladi. Bu radiatsiyadan himoyalash boyicha xalqaro kelishuvda ruxsat etilgan darajadan 7 marta kopdir. Filtrlar tamaki tarkibidagi jami margimushning 1,9 mkg yutsa, qolgan 14,2 mkg opkaga otadi. Tamaki yonganda hosil boladigan qurumda (is) 100 dan ziyodroq turli smolalar, jumladan, benzipirin, benzatrotsen va margimush, radioaktiv kaliy kabi xavfli konserogen moddalar borligi aniqlangan. Tarkibida bir necha benzol xalqasi bolgan bunday konserogen moddalar opka va boshqa organlarda rak kasalligini keltirib chiqaruvchi asosiy omillardir. Hisoblar shuni korsatadiki, 1 kg tamaki yonganda 40-70 g. qurum hosil bolib, kuniga bir pachkadan sigert chekuvchi organizmga bir yilda 800 g. qurum kiradi. Nafas yollari va opkaga kirgan kanserogen moddalar bronx va opka hujayralarining strukturasini buzib, ularni yomon sifatli osmaga rak hujayralariga aylantirib yuborishi aniqlangan. Chekish ayniqsa yurak va qon tomirlar faoliyatiga kuchli salbiy tasir korsatadi.

Agar chekmaydigan soglom odamning yuragi minutiga 72-80 marta qisqarsa, 3-4 dona sigaret chekilgach, puls tezlashib, minutiga 100-120 gacha yetadi yoki boshqacha aytganda tamaki yurakni tez ishlashga majbur qiladi, yurak har minutga 15-18 marta kop qisqaradi. Agar chekmaydigan kishi yuragi sutkada 100 ming marta qisqarib 6 tonna qonni haydasa, chekuvchi odam yuragi sutkasiga 10-15 ming marta kop qisqarib, nikotinning qon tomirlarga toraytiruvchi tasiri oqibatida 2-3 tonna kam qon haydaydi. Bu yurak mushaklari holatiga salbiy tasir korsatadi va tasodifiy olim holatlarini kopaytiradi. Nikotinning qon tomirlarni toraytiruvchi tasiri chekish toxtalgandan keyin ham 20-30 minut davom etadi. Agar kishi 30-40 dona sigaret cheksa uning tomirlari doimiy ravishda qisqargan (spazm) holatida boladi. Shu sababli chekuvchilar yurakning ishemik kasalligi bilan birga, oyoqlar qon tomirlari spazmi bilan boglangan yana bir kasallik obliteratsiyalovchi endoarteriit yoki damba-dam oqsoqlanib yurish kasalligi ham keng tarqalgan. Bunday bemorlar oxir-oqibat oyoqlarini amputatsiya qildirish (kesib tashlash) darajasigacha borib yetadilar. Muttasil ravishda chekish insonning aqliy faoliyatini pasaytiradi. Chekuvchilar chekish uyquni haydaydi, odamni tetiklashtiradi, aqlni peshlaydi degan sabablarni aytishadi. Chekish bilan boglangan aqlning vaqtincha tiniqlashuvi, keyinchalik miya qon tomirlari spazmi bilan tugaydi, asta-sekin xotira susayib boradi. Tamaki tutunidagi uglerod oksid gazi qonda kislotali reaksiya keltirib chiqaradi va bioximik jarayonlarning kechishiga salbiy tasir korsatadi.

Statistika malumotlariga qaraganda planetamizda yashaydigan erkaklarnnng 60 foizi, ayollarning 20 foizi chekadi. Osiyo mamlakatlarida nosvoy chekish keng tarqalgan. Ozbekistonda ham nos chekishga organib qolish 13-14 yoshdan boshlanmoqda. Nima uchun odam tamaki yoki nos chekadi? Chekishning keng tarqalishiga sabab nima? Tadqiqotchilarning aniqlashicha, chekishning sabablari turlicha: Birinchi sabab qiziqish, tamaki tamini bir tatib korish bolsa, ikkinchi sabab kattalarga taqlid qilishdir. Chekish keng tarqalishiga klublar, kechalardagi kompaniyalar, turli uchrashuvlar sabab bolishi mumkin.

Bir marta chekib korgan odam papiros tutunini hidini yana tatib korishni yoqtirib qoladi, yana chekkisi keladi, song chekish odatga aylanib qoladi. Tamaki chekish odati hozirgi vaqtda yer shari aholisining kopchilik qismini qamrab olgan. Osmir dastlab chekkanda kattalarga taqlid qilmoqchi boladi. Birinchi papiros yoki nos chekilganda osmir organizmida himoya reaksiyalari vujudga keladi. Uning kongli ayniydi, kop solak ajraladi, qon tomirlar torayadi, osmirning rangi oqaradi. Bazida hushidan ketadi. Bir necha marta chekkanidan song osmir organizmida himoya reaksiyalari kamayib boradi va oxir-oqibat osmir organizmi tamaki va nosga organib qoladi.

Alkogolizm va uning xavfli oqibatlari

Butunjahon Sogliqni Saqlash Tashkilotining tarifiga kora, ichkilikbozlikka ruju qoyganlar qatoriga har kuni 150 ml hajmdagi toza spirt istemol qiluvchilar kiradi. Bu taxminan 375 ml 40 % aroq yoki vino, yoki 3 litr pivoga barobardir.

Ichkilikbozlikka olib keluvchi omillar ortasida bola tarbiyasidagi kamchiliklar, zararli odatlar, yetarli daromad, ichimlikni osongina topish imkoniyati, atrofdagilarning salbiy namunasi, jamoatchilik tomonidan etiborsizlik va boshqalar yetakchi rol oynaydi. Alkogolizm faqat tibbiy muammo bolib qolmasdan, katta ijtimoiy muammo hamdir.

Alkogolizm bu kasallik bolib, unda bemorlarda spirtli ichimlikka nisbatan ozini boshqara olmaydigan xasta intilish paydo boladi. Bemor kishi organizmida ruhiy va somatik buzilishlar kuzatiladi. Dastlab bu ozgarishlarni qaytarish imkoniyati bolsa, keyinchalik qaytarib bolmaydigan ozgarishlar paydo boladi. Voyaga yetgan erkak kishilarda bunday holat ichishga ruju qoygandan 3 yildan to 10 yilgacha bolgan muddatlarda va yoshlarda 3 yilgacha bolgan muddatlarda shakllanadi.

Alkogolizm madaniy saviyasi past odamlarning yoldoshi bolib, ularning manaviy jihatdan qashshoqligini korsatadi va ular tomonidan bosh vaqtlarini oldirishning usuli bolib hisoblanadi. Ichuvchilarning shahar joylarda 63%, qishloq joylarda 86% madaniy saviyalari past bolganlar tashkil qiladi. Ularning 50% dan koprogi ichuvchi oilalarning farzandlari bolganlar.

Alkogolizmning dastlabki bosqichi. Ichishga organish asta-sekinlik bilan oylik maoshdan ichish, dam olish kuni va bayramda ichish, dostlar bilan otirishda ichish kabilardan boshlanadi. Birinchi bosqichda bemor ichimlikni ichish uchun bahona izlaydi. Bu davrda kuzatiladigan ikkinchi belgi istemol qilingan yechimlik miqdori ustidan nazorat yoqoladi, chegara bolmaydi. Ichimlikka intilish kuchaya boradi, chanqoqni bosguncha ichishni davom ettiraveradi, atrofdagilarning tanbeh berishiga xafa bolib, ozini kasal deb hisoblamaydi. Bu davrda tezda jahl chiqishi, charchash, qopollik kabi belgilar kuzatiladi. Ayni shu bosqichda davolash yaxshi natija beradi.

Ikkinchi bosqich yuqoridagi belgilarga yana qoshimcha ichki organizmlardagi ozgarishlar qoshiladi. Eng asosiysi abstinentli sindrom ichimlikka jismoniy bogliqlik paydo boladi. Bemor ichmasa tura olmaydi. Qaltiroq, terlash, yurak urishi, oyoq-qoli muzlashi kabilar paydo boladi. 2-3 kunlab toyib ichish holatlari kuzatiladi. Bemorning shaxsida yemirilish almoatlari yuz beradi. U tubanlikka tushib qoladi.

Giyohvandlik va uning xavfli oqibatlari

Zararli odatlar orasida inson salomatligi va uning taqdiri uchun ham, jamiyat uchun ham eng xavflisi bu giyohvandlikdir.

Giyohvandlik deganda inson organizmining narkotik va psixotrop moddalarni muttasil ravishda oshib boruvchi miqdorini qabul qilishga moyillikning shakllanishi bilan bogliq ogir kasalliklar guruhining rivojlanishi tushuniladi. Giyohvandlik inson shaxsining va ruhiy holatining chuqur ozgarishiga, shuningdek, tana ichki azolari faoliyatinnig jiddiy zaharlanishiga olib keladi. Giyohvandlik narkotik xususiyatga ega bolgan va qonun bilan taqiqlangan kimyoviy narkotik moddalarni yoki dori-darmonlarni istemol qilish natijasida ham shakllanadi.

Odamlarni giyohvand moddalarni istemol qilishga undaydigan asosiy vaj, ularning bunday narkotik moddalar tomonidan chiqariladigan subyektiv yoqimli kechinmalarini takroriy ravishda his qilishga bolgan intilishdir. Har bir giyohvand oz xohish-irodasi bilan yoki oziga bogliq bolmagan holda, ozining kayfiyatini kotarish, emotsional holatini yaxshilash uchun haddan tashqari kuchli ehtiyoj sezadi. Giyohvand moddalarni dastlabki paytda istemol qilishdan maqsad odamlarning ozlarini bezovta qilayotgan hislardan charchoqlik va hayotdan qoniqmaslik, shuningdek ruhiy qashshoqlik, diqqinafaslik kabi hissiyotlar iskanjasidan, vaqtinchalik bolsa ham, qutulishdir.

Umuman olganda, har bir inson oz hayotidan qoniqish hosil qilib, ijobiy sezgilar ogushida yashashga intilishi tushunarli va tabiiy holdir. Biroq, bunday ijobiy hissiyotlarni sezishga erishish, qoniqish hosil qilish, hayotda osonlikcha erishib bolmaydigan, katta hajmdagi, murakkab ishlarni bajarish bilan bogliq bolgan, oz oldiga qoyilgan qiyin vazifaga erishish uchun tinimsiz mehnat qilishni talab etadigan jarayondir. Hayotda hamma ham birdek bunday sharafga muyassar bola olmaydi. Oqibatda oz irodasini boshqara olmaydigan ayrim kishilar hayotdan qoniqish hosil qilish, shirin xayollar ogushida oz tanalarini yayratishning oson yolini axtaradilar. Bu yol giyohvandlikka ruju qoyish yolidir. Giyohvandlikka olib keluvchi omillar qatorida: ayrim odamlarga xos irodasizlik, shuningdek, ozining nuqsonli tabiati, qobiliyatsizligi tufayli odamlar ortasida muloqot ornata olmasligi kabi salbiy tasirlardan qutulishga intilish singari holatlarni korsatib otish mumkin. Osmirlarda esa giyohvand moddalarini istemol qiluvchi kattalarga taqlid qilishga moyillik, giyohvand moddalarning mojizali tasiriga ishonuvchanlik, kopchilikning irodasiga sozsiz boysunish kabi xususiyatlari, ularning ushbu ogu tuzogiga tushib qolishiga sabab boladi. Giyohvandlar narkotik moddalarga nisbatan dastlab ruhiy, songra jismonan boglanib qoladilar.

Ruhiy boglanish deganda insonning giyohvand moddalar tasirida dastlab his etgan yoqimli sezgi va kechinmalarini yana qaytadan his etishga intilish tushuniladi. Ana shu dastlabki bosqichdayoq organizmning talabini u yoki bu sabablarga kora qondirmaslik bemor kayfiyatining buzilishi, Yani depressiya holatini keltirib chiqaradi va unda narkotik moddaga nisbatan boglanish paydo bola boshlaydi. Bu bosqichda nevroz alomatlari kozga tashlanib, jahlning tez chiqishi, charchash, fikrning tarqoqligi, sezuvchanlikning ortishi, vegetativ asab tizimi faoliyati buzilishi belgilari paydo boladi.



Giyohvandlik uchta bosqichda shakllanadi:

Dastlabki bosqichda bir necha bor giyohvand moddasini istemol qilgandan song bunday moddalarga nisbatan ruhiy boglanish paydo boladi. Bu bosqichda hali abstinent sindromi yoq, jismoniy boglanish shakllanmagan. Giyohvand modda kayfiyatni yaxshilash uchun istemol qilinadi. Ikkinchi bosqichda giyohvand moddani istemol qilish davom ettirilganda unga nisbatan jismoniy boglanish paydo boladi. Bunday kishilar uchun giyohvand moddaning navbatdagi dozasini oz vaqtida qabul qilmaslik kishi organizmida inson uchun ota azobli giyohvandlik kasalligi belgilari paydo bolishiga olib keladi. Bunday azob-uqubatlardan xalos bolish uchun bemorlar har qanday yol bilan ogrilik, jinoyatga qol urish va shu kabi yollar bilan giyohvand moddani topishga va istemol qilishga majbur boladilar. Uchinchi bosqichda inson organizmida organik ozgarishlar sodir boladi, inson ruhan va jismonan shaxs sifatida tola yemiriladi, oxir oqibatda esa halok boladi. Giyohvand moddalarga nisbatan jismoniy boglanish deganda narkotik moddalarni istemol qilish toxtatilganda organizmda jadal ravishda jismoniy buzilish alomatlarining paydo bolishi bilan boglangan (buning sababi - giyohvand moddalar organizmning modda almashinuv jarayonlari bilan chambarchas boglanib ketganligidir) abstinent sindromining shakllanishi tushuniladi va bu sindrom faqat narkotik moddalarning navbatdagi oshirilgan miqdorini kiritish bilan toxtatiladi. Jismoniy boglanish bemorda ruhiy buzilishlar, vegetosomatik va nevrologik buzilishlar alomatlari bilan tavsiflanadi. Opiy moddasiga nisbatan jismoniy boglanish, hatto uni bir-ikki marta qabul qilish bilan shakllanib ulguradi. Navbatdagi dozani olmaslik natijasida bemorning butun tanasida sinish alomatlari paydo boladi. Bu alomatlarga mushaklarda kuchli ogriq va tortilish, kuchli terlash, yurak tez urishi, qon bosimi pasayishi, kongil aynishi, qusish, ich ketish, nafas qisish, kokarish kabilar kiradi. Bunday holatlarning paydo bolishi bemorlar uchun katta xavf tugdirib, tezda tibbiy yordam korsatilmasa olim bilan tugashi mumkin. Bemorlar ozlaridagi bunday holatlarni narkotik moddaning navbatdagi dozasini kiritishi bilan davolaydi. Ozlarini bunday holatdan chiqarish uchun bemorlar narkotik moddalarni topish maqsadida ogrilik va jinoyatga qol uradilar. Giyohvand moddalarni muttasil istemol qilish inson shaxsini qashshoqlashtiradi, irodasini boshashtiradi, mehnat qilish qobiliyatini pasaytiradi. Giyohvand moddalar tasirida asab tizimi hujayralari halok boladi, organizmning immun himoya xususiyati pasayadi, yomon sifatli osmalar (rak) osishi faollashadi. Insonning umri qisqaradi. Bunday insonlar bevaqt olimga mahkumdirlar. Giyohvand moddalarni istemol qilish inson shaxsining yemirilishiga olib keladi, shaxsning jamiyat bilan aloqasi buzilib, turmushda va jamiyatda axloqiy nopokliklarga yol beradi, jinoyatlarning osishiga sababchi boladi. Giyohvandlar ota xavfli kasallik bolgan OITS (SPID) kasalligini tarqatuvchi asosiy manbaga aylanib qoladi. Giyohvand moddalarning istemol qiluvchilar jamiyat uchun ham, oz shaxsi Men uchun ham yoqotilgan deb hisoblanadi, bundaylarning kelajagi yoq. Agarda jamiyatda ularning soni kopayib ketsa, jamiyatning ham kelajagi yoqolib inqirozga yuz tutadi. Giyohvandlikning barcha turlari shaxsning har taraflama rivojlanishi, ozligini anglashi uchun, otib bolmaydigan tosiq bolib hisoblanadi. Giyohvandlik girdobiga tortilgan kishilar bilan adolatli jamiyatni qurib bolmaydi. Bunday bemorlarning yashashdan bosh maqsadi ozining barcha imkoniyatlarini faqat giyohvand moddasini topishga qaratishdan iborat bolib qoladi. Barcha giyohvandlar faqat oz maqsadini kozlab ish tutadigan va yolgon sozlaydigan bolib qoladi, ularda samimiylik xususiyati yoqoladi. Ular axloqiy xususiyatlarini yoqotib qolmasdan, balki tubanlikka yuz tutib, ozining yurishiga, turishiga, kiyinishiga etibor bermay qoyadilar, ozlarining kasb xususiyatlarini yoqota boshlaydi. Bunday kishilar vijdonini ham yoqotadilar. Ozlarinnig yashash tarzlarining notogri ekanligini bilgani holda atrofdagilarni ham shunday yashashga unday boshlaydilar. Tovlamachilik, yolgon sozlash kabi axloqiy buzilish belgilari kundalik hayotining mazmuniga aylanib qoladi. Giyohvandlar mast holatga tushib qolganlarida sergap, serharakat, hazil-mutoyibaga moyillik, kotarinki kayfiyat, atrofdagilar bilan sozlashishga intilish kabi xususiyatlarini namoyon qiladi. Giyohvand moddaning dozasi oshib ketganda organizmning zaharlanishi oqibatda ruhiy buzilishlar sodir bolishi mumkin. Giyohvandlikka qarshi kurash: giyohvand moddalarni istemol qilishni man etuvchi, tarkibida giyohvand moddalari bolgan osimmlik turlarini ostirishni taqiqlash, giyohvandlarni oz vaqtida topib olish ishiga keng jamoatchilikni jalb qilish, davlat chegaralari orqali giyohvand moddalarni olib otishga tosiq yaratish, giyohvandlarni davolash kabi chora-tadbirlarni amalga oshirish yoli bilan olib boriladi.

Zararli odatlarning hammasi inson va jamiyat hayoti uchun xavfli bolsa-da, ular ichida ota xavflisi giyohvandlik hisoblanadi. Shuning uchun ham jahon boyicha bu illatga qarshi qattiq kurash ketmoqda. Mamlakatimizda ham giyohvandlikka qarshi muntazam va tizimli kurash olib borilmoqda. Huquqiy nuqtai nazardan uning mustahkam va aniq asoslari yaratilgan. Jumladan, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar. 270-modda. Taqiqlangan ekinlarni yetishtirish. Taqiqlangan ekinlarni, Yani koknori yoki moyli koknori, kannabis osimligi yoxud tarkibida giyohvandlik vositalari yoki psioxotrop moddalar bolgan ekinlarni qonunga xilof ravishda ekash eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadilar.

Ilgari giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalari bilan qonunga xilof ravishda muoamala qilishdan iborat jinoyatni sodir etgan shaxs tomonidan: Bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, ortacha kattalikdagi ekin maydonida sodir etilgan bolsa, eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravar miqdorida jarima yoki olti yilgacha qamoq yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Osha harakat: ota xavfli retsidivist tomonidan: uyushgan guruh yoki uning manfaatlarini kozlab: katta ekin maydonida sodir etilgan bolsa mol-mulki musodara qilinib, besh yildan on beshgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Giyohvandlik vositalari yoki moddalarni qonunga xilof ravishda, ogirlik yoki firibgarlik yoli bilan egallash uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki olti oygacha qamoq yoxud mol-mulki musodara qilinib yoki musodara qilinmay besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Osha harakat: ilgari giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatni sodir etgan shaxs tomonidan: Bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib: ozlashtirish yoki rastrata (isrof) qilish yoli bilan; talonchilik yoli bilan: mansab mavqeini suistemol qilib: tamagirlik yoli bilan; mol-mulki musodara qilinib, besh yildan on yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Ota xavfli retsidivist tomonidan: uyushgan guruh yoki uning manfaatlarini kozlab: Bosiqinchilik yoli bilan sodir etilgan bolsa, mol-mulki musodara qilinib, yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

272-modda. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda otkazish (sotish). Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda otkazish (sotish) mol-mulki musodara qilinib besh yildan on yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Giyohvandlik vositalari yoki psixtrop moddalarni ozginadan koproq miqdorda qonunga xilof ravishda otkazish (sotish) mol-mulki musodara qilinib, on yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki olim jazosi bilan jazolanadi. 273-modda. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni otkazish (sotish) maqsadini kozlab qonunga xilof ravishda tayyorlab, egallash, saqlash va boshqa harakatlar. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni otkazish (sotish) maqsadini kozlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash, tashish yoki jonatish olti oygacha qamoq yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlar ozginadan koproq miqdorda sodir etilgan bolsa, mol-mulki musodara qilinib, besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi. Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlar: ilgari giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar sodir etgan shaxs tomonidan: bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib: ozodlikdan mahrum qilish jazosini otash joylarida: oquv yurtlarida yoki oquvchilar, talabalar oquv joyi yoki jamoat tadbirlarini otkazadigan boshqa joylarda kop miqdorda sodir etilgan bolsa, mol-mulki musodara qilinib, yetti yildan on yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Korinib turibdiki, giyohvandlikning eng xavfli odat ekanligidan kelib chiqib, unga nisbatan qollaniladigan jazo choralari ham juda ogirdir. Har bir insonning yuqorida takidlangan zararli odatlardan uzoq bolishi uning oz tafakkuri va irodasi bilan bogliqdir. Bunday xavfli odatlardan saqlanishdan tashqari unga qarshi kurashish ham jamiyatda turmush madaniyatining shakllanishiga yordam beradi.

Mavzu boyicha savol va topshiriqlar.

Zararli odatlar deganda nimani tushunasiz?

Soglom turmush madaniyatiga zararli odatlarning salbiy tasirlari nimalardan iborat?



Yoshlarning giyohvandlikka kirib qolishiga nimalar sabab bolmoqda?
Yüklə 22,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin