Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti


Qog’oz va materiallardan qurish-yasash



Yüklə 158 Kb.
səhifə8/9
tarix23.03.2023
ölçüsü158 Kb.
#89290
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Kurs ishiiiii

2.3. Qog’oz va materiallardan qurish-yasash.
Maktabgacha ta'lim muassasasida turli xil o'yinchoqlarni yasash uchun qog'ozdan, tabiat materiallaridan keng foydalaniladi. Bolalarga qog'ozning turli xil turlari beriladi: vatman, karton, yupqa va turli qog'ozlar.
Tarbiyachi bolalar bilan birga tabiiy materiallarni tayyorlab, bir yil ichida ularni g'amlaydi. Yozda somon, manzarali daraxt mevalari, yong'oqlar teradilar. Mevalar urug'i yaxshilab yuvilib, quritiladi, bunday urug'lar maxsus qutilarda saqlanadi. Bu xildagi qo'llanmalarni yasash uchun: qog'oz, karton, plastilin, sim, gugurt cho'pi, yelim, qaychi kabi materiallardan ham foydalaniladi.
Qog'oz, tabiatdagi tashlandiq, materiallar. Bu materiallardan bolalar bog'chasida turli-tuman o'yinchoqlar yasash jarayonida foydalaniladi. Bu jarayon faqatgina foydali bo'lib qolmay, balki qiziqarli hamda' bolalar tomonidan sevib bajariladigan jarayondir. Bolalar xilma-xil turlardagi qog'ozlar bilan ishlaydilar. Xilma-xil tabiat materiallari, manzarali daraxt mevalari, shox-shabbalar va boshqalarni tarbiyachi bolalar bilan birgalikda oldindan tayyorlab boradi. Masalan, urug'lar, danaklar yaxshilab yuvilib, quritilib yig'iladi. Jolud va kashtanlarni daraxtdan to'kilishi bilan terib oladilar. Klen va yasen daraxtining urug'i esa qishda yig'iladi. Har bir tabiat materialining turi alohida qutichalarda saqlanadi. Shuningdek, ulardan o'yinchoqlar yasashda, yordamchi materiallar, qog'oz, karton, plastilin, simlar, kley va mehnat qurollaridan: qaychi, bigiz, igna va boshqalar qo'llaniladi.
O'rta guruhda tabiiy material va qog'ozdan qurish-yasashga o'rgatishning vazifalari. Bolalarni yangi qurilish materiali - qog'oz bilan, uning xususiyati bilan tanishtiriladi. O'rta guruh tarbiyalanuvchilari tabiat materiali bo'lgan - shox, barg, ildiz, turli yong'oqlar, ularning po'stlaridan narsa yasashga o'rgatib boriladi. Tarbiyachi bolalarga turli tabiiy materiallar borligi va undan turli xil narsalar yasashda foydalanilishi yoritib beriladi. Bolalarda umumiy ko'nikma va malakalar shakllanib boradi, ya'ni predmetlarni tekshirish, ketma-ketlikka asoslanib ishlash, boshlagan ishni oxirigacha bajarish hamda qo'llarni aniq harakatlantirish va hokazolar.
Dastlabki mashg'ulotda tarbiyachi bolalarga bir necha predmetlarni, qog'ozdan yasalgan o'yinchoqlarni ko'rsatib, uni buklab, yopishtirish orqali archani yasatish uchun o'yinchoq va sovg'alar uchun turli xil qiziqarli o'yinchoqlar yasash mumkinligi haqida gapirib beradi. Birinchi mashg'ulotdayoq bolalar tarbiyachining ko'rsatmasi va tushuntirishi asosida qog'ozni teng ikkiga buklashni o'rganadilar. Keyingi mashg'ulotlarda archa uchun o'yinchoq, sovg'a yasalgan paytlarda bu ko'nikma mustahkamlanadi. Mashg'ulotlarda uycha, avtobus, yuk mashinasini yasatganlarida bolalar tayyor elementlardan o'yinchoq yasash, asosiy qismga alohida detallarni yopishtirishni ham o'rganadilar. Masalan, uychaga - eshik, deraza; avtobusga - oyna, g'ildirak yopishtiradilar. Topshiriqning bunday turini bajarish faqat texnik malakalarni shakllantirib qolmay, balki bolalarning aqliy faoliyatini, mustaqil ishini ham rivojlantiradi. O'yinchoqni yasashdan avval bolalar qaysi qismni bir-biri bilan birlashtirishni, qaysi qismni yopishtirish kerakligini o'ylaydi. Yoz paytida bolalar tabiiy materiallardan foydalana boshlaydilar. Avvalo, tarbiyachi bolalarni shu material bilan oldindan yasalgan sodda qurilmalar bilan tanishtirib, alohida predmetlarni, ular o'rtasidagi o'xshashlik, undan qanday foydalanish kerakligini tushuntiradi. Tabiiy material, qog'ozdan qurish-yasash mashg'uloti bilan qurilish materialidan qurish-yasash mashg'uloti almashinib turadi.
O'rta guruhda tabiiy material va qog'ozdan qurish-yasashga o'rgatishning metod vausullari.O'rgatishningasosiy usuli-namunani ko'rsatish va tushuntirishdir. Tushuntirish qisqa va aniq bo'lishi kerak. Tarbiyachining aniq, tushunarli qilib tushuntirishi uchun bolalar vazifani to'liq bajarishlari lozim. Qog'ozdan uycha yasash davomida, tarbiyachi bolalarga tayyor uychani ko'rsatadi (ikkiga buklangan qalin qog'oz, ustida esa mo'rili tom) va u nimadan qilinganini so'raydi (qog'ozdan - uy, rangli qog'ozdan esa tomi, chiqizlardan mo'ri, deraza, eshiklar va hokazo). Oldingi tajribalarga tayangan holda, tarbiyachi bolalar bilan birga uychani ketma-ketlik asosida qurishni davom ettiradi. Qachonki bolalarga murakkab konstruksiya berilsa, ularning tajribalarini hisobga olgan holda, tarbiyachi bajarish usulini to'laligicha ko'rsatib, tushuntirib beradi. Agar yasaladigan narsa sodda bo'lsa, bolalar o'zlari mustaqil bajarishlari mumkin, lekin tarbiyachi namunani bolalarga ko'rsatadi. Masalan, yozuv kitobchalari yasash mashg'ulotida tarbiyachi bolalarga bir necha xil applikatsiya bilan bezatilgan yozuv kitobchalarini namoyish qiladi va bolalarga mustaqil bajarib, so'ng uni bezashni topshiradi. Yilning oxirida bolalarda qog'oz bilan ishlash tajribasi ortganligi uchun tarbiyachi bolaning xohishi bo'yicha qurish-yasash mashg'uloti o'tkazadi. Tarbiyachi bu mashg'ulotdan 1-2 kun oldin qog'ozdan yasalgan narsalardan ko'rgazma qilib, bolalarga ularning qanday yasalganligini eslatib qo'yadi. Mashg'ulot davomida tarbiyachi bolalar ishiga rahbarlik qilib, tekshirib boradi. Tayyor bo'lgan narsalarni tahlil qilganda, tarbiyachi asosiy e'tiborni to'g'ri va ozoda bajarilgan ishlarga qaratadi. Tabiiy materialdan narsa yasashga o'rgatish yilning oxirida boshlanadi. Masalan, yong'oq po'stidan tipratikan yasashga o'rgatishdan oldin tarbiyachi bolalarga tipratikanning o'zini ko'rsatadi. Yoki uning rasmini ko'rsatadi, uni tanasi igna bilan qoplanganligini, oyoqlari kaltaligini tushuntiradi. Keyin mashg'ulotda tayyor o'yinchoq bilan rostakam, tirik tipratikanni solishtiradi, so'ng uni qanday yasashni birma-bir ko'rsatadi. Uning tanasi yong'oq po'stidan, ignalari, yuzi plastilindan yasaladi. Avval yong'oq ustiga plastilin surtiladi, yuz tuzilishi va ignalarini yasaydi. Mashg'ulot davomida tarbiyachi bolalarga maslahat berib, yordamlashadi. Bolalarning barcha yasagan narsalari ma'lum bir maqsad uchun ishlatiladi. Albomlar - rasm uchun, yuk mashinasi, uychalar - o'yinlar uchun. Shunda bolalarda qiziqish uyg'onadi, shuning uchun narsalarni qiziqib, chiroyli, toza bajaradilar. Qurish-yasash uchun kerak bo'lgan materialni tayyorlash tarbiyachidan ko'p vaqtni talab etadi.
Bolalarda qurilish materiallari bilan turli xil predmetlarning turlicha timsollarini yaratish kabi ijodiy faoliyatini shakllantirish amalga oshiriladi.
Katta guruhda tabiiy material va qog'ozdan qurish-yasashga o'rgatishning vazifalari. Bolalarga qog'ozni teng buklash, to'rt buklash, buklangan joyni tekislash malakalari o'rgatib boriladi. Qog'ozni 16 kvadratlarga buklash, burchak va tomonlarini aniq joylashtirish, doirani diametri bo'ylab buklash va konus hosil qilib yopishtirish o'rgatiladi. Masalan, qog'oz silindrni birlashtirib, turli, murakkab bo'lmagan kompozitsiyalarni yasaydilar. Yana bolalar gugurt qutisini bir-biriga yopishtirib, narsalar yasashni ham o'rganadilar. Tabiiy materiallardan archa shishkasi, gulning urug'lari, o'tlar, yong'oqdan turli narsalar yasab, ularni yelim, gugurt bilan birlashtirishni, ulardan to'g'ri foydalanish kabi malakalarni egallab boradilar. Bolalar o'z faoliyatlarini rejalashtirish va uni mustaqil bajarishni ham o'rganadilar.
Dastlabki mashg'ulotlarda o'tgan materiallar takrorlanadi, natijada bolalarda qog'ozni teng buklash, tomonlarini qo'l bilan tekislash malakasi yanada mustahkamlanadi. Bolalar bu amallarni qanday bajarishni esga oladilar. Birinchi mashg'ulotda qog'ozdan savatcha yasaydilar. Tayyor namunani kuzatib borgach, tarbiyachi kvadrat qog'ozni qanday buklab qirqish, qanday yopishtirishni ko'rsatadi. Savatchaning bandini qanday yopishtirishni esa bolalar o'zlari o'ylab topadilar. Ikkinchi mashg'ulotda esa kvadratni diagonal bo'yicha buklashni o'rganadilar. Bunda kvadrat qog'ozni 16 kvadratga buklash ko'rsatilmaydi. Tarbiyachi tushuntirayotganda ikki tomoni qirqilgan, buklangan tayyor kvadratdan foydalaniladi. Bolalar oldingi mashg'ulotdan olgan bilimlarini uycha qurishda qo'llaydilar, o'zlari qirqib yopishtiradilar. Mashg'ulotning boshida namunani kuzatayotganda tarbiyachi ishni qanday bajarishni bolalarga o'rgatadi va yordam beradi. Qog'ozdan narsa yasashni ma'lum bir vaqtdan so'ng qaytarish mumkin, lekin bolalar o'zlari mustaqil bajaradilar (masalan, ochiq quticha). Tayyor shakllardan biror bir narsani yopishtirish orqali yasashni bolalar asta-sekin o'rganadilar. Birinchi mashg'ulotda tarbiyachi gugurt qutisidan qanday qilib avtobus yasashni ko'rsatadi: qutini qanday qilib bir-biriga yopishtirish, g'ildiraklarni qanday qilib birlashtirish va hokazo. Bolalar topshiriqni ko'rsatish va tushuntirish asosida bajaradilar. Ikkinchi mashg'ulotda tarbiyachi bolalardan avtobusni qanday yasaganlarini eslatib, so'ng tayyor yasalgan mebelning bir necha namunasini bolalarga namoyish qiladi. Bu qurilmalarni bolalar kuzatib bo'lgach, uni qanday qilib bir-biriga yopishtirilganligini va boshqalarni ko'radilar. Qurishlari kerak bo'lgan predmet uchun kerakli materiallar tanlaydilar. Bu mashg'ulotlarda hosil bo'lgan malakalarni tarbiyachi bolalarni o'ylaganlari bo'yicha narsa qurish mashg'ulotlarida mustahkamlaydilar. Bunda bolalar o'zlari qaysi materialdan nima yasashlarini, qanday qilib yasashlarini mustaqil hal qiladilar. Lekin keyingi mashg'ulotlarda mavzu ancha murakkablashadi, ya'ni quticha, karton, qog'ozdan yuk mashina, kema yasash va hokazo. Bu paytda tarbiyachi yana bolalar bilan birgalikda ish olib boradi, ya'ni o'zi ko'rsatib, tushuntirib beradi. Ish faoliyatining bunday olib borilishi bolalarning keyingi ijodiy faoliyatida katta ahamiyatga ega. Bolalarga doirani diametri bo'ylab buklash, konusni yopishtirish, kontur bo'ylab qirqishdan avval, tarbiyachi parashyut, uzun ko'ylak kiygan matroshka, o'yinga tushayotgan matroshkani yasashni o'rgatadi. Shunday qilib, topshiriq murakkablashib boradi: bolalar tayyor yarim doiradan qirqishni o'rganadilar. Bu jarayonni tarbiyachi tushuntiradi, qolganini esa bolalar bajaradi. Yil oxirida bolalar o'z bilimlarini tekshiradilar. Kvadratni diagonal bo'ylab buklash tomonlarni, burchaklarni to'g'ri birlashtirish, qayiq, o'yinchoqlar yasashni mashg'ulotlarda o'rganadilar. Mashg'ulotlarda bolalar tayyor murakkab bo'lmagan andoza bo'yicha ishlashni ham o'rganadilar. Shunday qilib, bolalar silindrni turli konstruksiyalarga birlashtirishni egallaydilar. Ularda fikrlash, ijodiyot, fantaziya rivojlanib boradi. Boshqa materiallardan narsa yasashga o'rgatishdan oldin tarbiyachi materialning xususiyati bilan tanishtiradi, bolalarga shu materialni ushlab, uning qanday ekanligini so'raydi, parolon - yumshoq, yengil, uni ezsa, yana o'z holatiga qayta oladi. Parolondan bolalar qorbobo, nayzangul, quyoncha, jo'ja va hokazolar yasaydilar. Narsa yasashni tushuntirayotganda tarbiyachi asosiy diqqatni alohida predmetlarni qanday birlashtirishga qaratadi, mashg'ulot davomida eslatib o'tadi.
Xulosa
Maktabgacha pedagogikada bolalar qurilishi bolani har tomonlama rivojlantirish vositasi sifatida qaraladi. Qurilish, birinchi navbatda, bolalarni aqliy tarbiyalashning muhim vositasidir. Aqliy tarbiya tizimida hissiy qobiliyatlarni shakllantirish katta rol o'ynaydi. Eng muvaffaqiyatli hissiy qobiliyatlar samarali faoliyatda, xususan, dizaynda rivojlanadi. Bu yerda hissiy jarayonlar faoliyatdan ajralgan holda emas, balki uning o'zida amalga oshiriladi, keng ma'noda sensorli tarbiyaning boy imkoniyatlarini ochib beradi. Qurilish jarayonida bola nafaqat ob'ektning tashqi xususiyatlarini (shakli, o'lchami, tuzilishi va boshqalarni) farqlashni o'rganadi, u kognitiv va amaliy harakatlarni rivojlantiradi. Qurilishda bola ob'ekt sifatini vizual idrok etishdan tashqari, namunani amaliy jihatdan detallarga ajratadi va keyin ularni modelga yig'adi (shunday qilib, u harakatda ham tahlilni, ham sintezni amalga oshiradi). Muayyan maqsadga erishishga qaratilgan faoliyatda nafaqat ushbu faoliyatning o'zi, balki bolaning atrofidagi dunyodagi narsalarni vizual idrok etishi ham takomillashtiriladi. U ko'proq diqqat markazida bo'ladi. Shuningdek, maktabgacha yoshda model va ob'ektni haqiqiy parchalanishga murojaat qilmasdan chuqurroq vizual tahlil qilish qobiliyatiga ega bo'lish uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi. Shunday qilib, idrok jarayonida fikrlash jarayonlarini o'z ichiga olgan, taqqoslash, vizual tahlil qilish qobiliyati shakllanadi.
Faoliyat tuzilishini o'zlashtirgandan so'ng, bola o'zining kelajakdagi dizaynini tasavvur qiladi, uni o'qituvchining modeliga yoki fotosuratga ko'ra yaratadi. Agar bola qurgan bo'lsa, baho olgan bo'lsa, o'ynagan va keyin uni qismlarga ajratib qo'ygan bo'lsa - bu juda yaxshi, o'qituvchi uchun asosiy narsa vazifa bajarilganligini qayd etishdir. Bunday holda, har bir bola baholanishi kerak.
Loyihalash jarayonida bolaning jismoniy rivojlanishi amalga oshiriladi. Turli xil harakatlardagi doimiy mashqlar, hissiy yuksalish bilan birga, bu harakatlar tez, epchil bo'lib, ko'z nazorati ostida oson bo'lishiga yordam beradi. Shaxsiy mushaklarning muvofiqlashtirilgan ishi yaxshilanadi.
Dizayn ham estetik tarbiyaning samarali vositasidir. Bolalarni ekskursiyada ba'zi inshootlar va binolar (kanallar, turar-joy binolari, bolalar bog'chalari, maktablar, teatrlar binolari), shuningdek, ular tushunishi mumkin bo'lgan me'moriy yodgorliklar (Moskva Kremli, Katta teatr va boshqalar) bilan tanishtirish, o'qituvchi bolalarning badiiy didini rivojlantirish, go'zal binolarni tomosha qilishda ularga estetik zavq bag'ishlash, odamlarning ijodiy mehnati bilan yaratilgan narsalarni qadrlash, o'z shahri, mamlakatining me'moriy boyliklarini sevish, ularni himoya qilish qobiliyatini shakllantirish. Bundan tashqari, bolalarda me'moriy echimlarning maqsadga muvofiqligi haqida tushuncha paydo bo'ladi.
Bolalarni maktabga tayyorlashda bolalarni maqsadli va tizimli ravishda loyihalashga o'rgatish katta rol o'ynaydi. Bu bolalarning bilim olish qobiliyatini shakllantirishga yordam beradi, ularga faoliyatning asosiy ma'nosi nafaqat natijalarga erishish, balki bilim va ko'nikmalarni egallashda ekanligini ochib beradi. Bunday kognitiv motiv psixik jarayonlarda sezilarli o'zgarishlarni keltirib chiqaradi. Bu o'zgarishlar, asosan, o'z bilim jarayonlarini o'zboshimchalik bilan boshqarish (ularni ta'lim muammolarini hal qilishga yo'naltirish), aqliy operatsiyalar rivojlanishining ma'lum darajasiga erishish va bilimlarni ongli ravishda o'zlashtirish uchun zarur bo'lgan aqliy mehnatni tizimli ravishda bajarish qobiliyatidan iborat.



Yüklə 158 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin