Ajralmaydigan birikmalar payvand birikmalar



Yüklə 463,33 Kb.
səhifə1/6
tarix09.03.2022
ölçüsü463,33 Kb.
#53514
  1   2   3   4   5   6
AJRALMAYDIGAN BIRIKMALAR





AJRALMAYDIGAN BIRIKMALAR

1. Payvand birikmalar.

Ikki yoki undan ortiq detaldan payvandlash yo'li bilan hosil qilingan ajralmas birikma payvand birikma deb ataladi.

Detallarning birikish joyida elektr yoyi yoki gaz alangasida suyuqlanib qotgan metall payvand chok hosil qiladi. Detallarning payvand birikmalari quyidagi ikki usulda: suyuqlantirib payvandlash va bosim ostida payvandlash usullarida bajarilishi mumkin. Sanoatda suyuqlantirib payvandlash usulidan keng kulamda foydalaniladi. Suyuqlantirib payvandlash: elektr yoyi, elektr shlak, gaz, gaz-elektrik, elektronlar nuri va termik usulida payvandlash turlariga bo'linadi. Bulardan elektr yoyi bilan payvandlash usuli kvp qo'llanadi.

1-jadval


Payvand birikmaning turi

Xarfli-son belgilar

Uchma-uch (Sto'kovoye-S)

S1, S3, S5, S9, S10 . . .

Burchakli (Uglovoye-U)

U1, U2, U3, U6, U8, U10

Tavrsimon (Tavrovoye-T)

T1, T2, T6, T7, T9, T10

Ustma-ust (Vnaxlestku-N)

N1,N2, N3

1-shakl


Elektr yoyi bilan dastaki payvandlash orqali hosil qilingan payvand birikma

(GOST 5264-80)



2-jadval
Payvandlanuvchi detallarning o'zaro vaziyatiga qarab, payvand birikmalar: a) uchma-uch (1- shakl. a), burchakli (1-shakl, b), tavrsimon (1-shakl, v) va ustma-ust (1-shakl, g) turlarga bo'linadi. Bu choklarning harfiy-son belgilari 1-jadvalda keltirilgan.

Payvand choklar uzunligiga qarab uzluksiz va nuqtali (1-shakl, d,ye), tashqi shakliga qarab esa qavariq, tekis va botiq bo'ladi.

Payvand choklar bir yoqlama va ikki yoqlama qilib bajariladi.

Payvandlashga tayyorlangan detallarning birikish joylari «Y» yoki «X» shaklida keltirilgan yohud kertilmagan bo'lishi mumkin.

2-jadvalda payvand birikma choklarining ayrim turlari, konstruktiv elementlari va harfiy belgilari keltirilgan.


Yüklə 463,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin