#Akrom Malik jangchi



Yüklə 26,96 Kb.
tarix05.09.2023
ölçüsü26,96 Kb.
#141615
JANGCHI


#taqriz
#Akrom_Malik_JANGCHI
Avvalida bu qissani biror jangari asar deb o’ylagan edim. Ammo kitobning epigrafi bu qarashlarimni butkul o’zgartirib yubordi:” Bu savolning javobini bilganingdan so’ng, sen uchun mangu saodat eshiklari ochiladi”.
Jangchi qissasi qadimg Falastin, Shom va Isroil o’lkalarida kechgan tarixiy voqealardan so’zlaydi. Qissa Qur’oni Karimning BAqara surasi 246-252-oyatlarini badiiy usulda biz kitobxonlarga yetkazib bermoqchi bo’lgan. Va bu turdagi baddiy asarni ilk bor o’qishim, shu sabali asar o’qish mobaynida biroz chalkashliklarga dush keldim. Ya’ni asarda kelgan Payg’ambarlarni oddiy bir inson sifatidagina tasvirlab qo’ygan. Ammo asar oxirida esa ularga favqulotta martaba bergan.(osmondan tarasha tushganday)
O’rtadan boshlagandan ko’ra boshidan kela qolay.
Roqib, uning onasi Ashia, zolim hukmdor Jolut, haqida bu asarning ilk sahifalarida, Alloh va Uning payg’ambari yo’liodan chiqqan qavm halok bo’lishligi kitobning ayol qahramoni Ashia tomonidan ajoyib tarzda bayon etilgan. Va u o’g’liga Allohning dinida sobit turishlikni, unga shirk keltirmaslikni, shirk keltirish natijasida balolarga yo’liqishligi haqida tarbiya bergan.
Kitobning kelgusi sahifalari kofir bo’lishiga qaramay rohin Antinos Saqif G’obaga Muso va Xorunhaq payg’ambarligi, Muso alayxissalomga nozil bo’lgan kiton Xaq Taolo tomonidan ekanligi, Kitobni o’qiganlarning qalbida iymon paydo bo’lishligiva Musoning diniga kirib ketishligi haqida, hamda bu kitobni odamlardan uzoqroq tutishlikni aytib o’tgan. Qisqa qilib aytganda rohib Allohda o’zga iloh yo’qligini dilida bo’masa ham tilidan tasdiqlagan va keyinchalik bu so’zlarni diliga joylagan hamda iymon keltirib Alloh yo’lida jonini qurbon qilgan.
Va kitobning men uchun eng qiziqarli bo’lgan qismi bu Saqif G’oba va “Quvilgan”ning o’zaro aloqalaridir.
«Dastavval u bu ovozni shunchaki bir hayol deb o’ylagan G’oba keyinchalik bu ovozni xaqiqatan eshitayotganini idrok etdi. Ovoz egasini ko’rishga qanchalik urinmasin buni uddalay olmadi. Bir kuni voz egasidan ismini so’radi. Bir necha marta so’rayvergach, ovoz:”Quvilgan, o’z haqqini talab qilayotgan bir buyukman”, - deb javob berdi.
G’oba hayron bo’lib, “ Unda sening isming Quvilganmi?”- dedi.»
Xulosa qilib aytadigan bo’sak, bu kitobni sizning kitob javoningizda shunchaki turishi yaramaydi. Ishonch bilan ayta olamanki bu qissa qayta-qayta o’qib chiqishga arziydi. Ilk bor o’qilgancha yetarli darajada mag’zi chaqilmas , ammo uning o’qiganingiz sari tag mohiyati chiqaveradi.
Va men epigrafni o’qigandan so’ng o’zimga birinchi bergan savolim:” Bu qaysi savol ekan?” Asarda bu savol ham yaqqol ko’rsatib o’tilgan.
--Yakka Allohga ibodat va itoat etish nima degani?
Bu o’sha agar biz buning javobini bilsak, biz uchun mangu saodat eshiklari ochiladigan savoldir.
#iqtibos
*Robbimiz sari sayr etib bormoqdamiz, borar manzilimiz aniq, ne uchun qayg’u chekaylik.
@Mehoy_Private_Library
Yüklə 26,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin