Alisher Navoiyning adabiyotshunoslik faoliyati



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə1/3
tarix11.12.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#73760
  1   2   3
adab faoliyati

Alisher Navoiyning adabiyotshunoslik faoliyati


Alisher Navoiyning adabiyotshunoslik faoliyati
Alisher Navoiy adabiyotshunoslikka doir uch asar yaratgan bo‘lib, uning “Mufradot” yoki “Risolai muammo” asari hijriy 890, milodiy 1485-yilda fors-tojik tilida yaratilgan. Manbalarda asar nomi “Risolai mufradot” (“Makorim ul-axloq”), “Mufradot dar fanni muammo” (“Qomus ul-a'lom”, “Tuhfai Somiy”), ayrim qo‘lyozma nusxalarida “Risolai muammo” tarzida ham qayd qilingan. Asarning muqaddimasida esa bu haqda shunday deyiladi: “Va chun in muhaqqar dar in fan ba mushobihai “alif” va “be” bud, musammo ba “Mufradot” namud” (Mazmuni: Ushbu arzimas asar bu (muammo) fanda “Alifbe”ga o‘xshagani sababli “Mufradot” deb ot qo‘yiladi). Mufradot so‘zi istiloh sifatida quyidagi ma'nolarni ifodalagan: 1) mumtoz o‘zbek she'riyatida eng kichik janr hisoblanmish fardning ko‘pligi; devon va kulliyotlarda fardlarga ajratilgan qismning nomlanishi; 2) alifbodagi harflarning alohida-alohida shakllari hamda birdan o‘ngacha bo‘lgan raqamlarning umumiy nomi. Harflarning yolg‘iz shakllarini yozishda husni xat bo‘yicha qo‘llanmalar “Mufradot”, to‘la kalligrafik mashqlar esa “Murakkabot” deyiladi.
Alisher Navoiy “Risolai muammo” asarida o‘zidan avval yaratilgan asarlarning murakkabligi va ulardagi kamchiliklar haqida gapirar ekan, o‘z asarida iloji boricha ularni bartaraf qilishga intiladi. Shoir risolaning kirish qismida g‘oyat kamtarlik bilan uni yaratishdan maqsad olimlar e'tiboriga havola qilish emas, balki keng xalq ommasi, xususan yosh avlodga muammo sirlarini o‘rgatish ekanligini ta'kidlaydi.
Risolaning yozilish tarixi haqida “Xamsat ul-mutahayyirin” asarida ham ma'lumot beriladi. Asarda aytilishicha, bir kuni Alisher Navoiy o‘zidan avval muammo haqida yaratilgan asarlar va ulardagi murakkabliklar haqida o‘ylab o‘tirganida, uning huzuriga Abdurahmon Jomiy tashrif buyuradi. Navoiy unga muammoga doir sodda va oddiy xalq ommasi uchun tushunarli bo‘lgan asar yozmoqchi ekanligini aytadi. Shunda Jomiy o‘zi ham anchadan beri shu haqda o‘ylab yurganligini ta'kidlab, qisqa muddat ichida “Risolai muammoi manzum” asarini yaratadi va Alisher Navoiyga ko‘rsatadi. Navoiy asarning ancha murakkab (xalq ommasi uchun tushunarsiz) ekanligini ko‘rib, o‘zi “Risolai muammo” asarini yaratadi va Jomiyga tuhfa qiladi. Jomiy asarni nihoyatda yuksak baholab, o‘g‘li Ziyovuddin Yusuf uchun darslik sifatida tavsiya etadi.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin