Alisher navoiyning farhod va shirin dostonini 9- sinflarda organilishi


Mavzuning o‘rganilganlik darajasi



Yüklə 304,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/22
tarix02.01.2022
ölçüsü304,56 Kb.
#41466
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
alisher navoiyning farhod va shirin dostonini 9- sinflarda organilishi
alisher navoiyning farhod va shirin dostonini 9- sinflarda organilishi
Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. Adabiyot metodikasini o‘rganish u 

haqida ilmiy maqola, metodik qo‘llanma va darslik yaratishga, o‘tgan asrning  60-

80-2000-yillarida katta ishlar qilingan. V – VII sinflar uchun “Adabiyot” 

darsliklari, IX sinflar uchun “O‘zbek adabiyoti tarixi” yaratilgan. Respublikamizda 

badiiy adabiyotni o‘qitishga oid ilmiy metodik konferentsiyalar o‘tkazilgan, 

pedagogik ishlar tashkil etilgan. 




 

 



     Bu borada metodist olimlardan professorlar : G‘.Karimov, A.Zunnunov, 

S.Dolimov, shuningdek, dotsentlardan: Q.Ahmedov, H.Ubaydullayev, 

R.Usmonov, K.Jo‘rayev va universitetimizning metodist olimi F.Badriyevlar 

tomonidan adabiyot o‘qitishning ilmiy – nazariy va amaliy masalalariga oid darslik 

va metodik qo‘llanmalar yaratilgan. Eng muhimi o‘sha vaqtdagi maktablarning 

ahvoli va ayrim darsliklar tahlil etilgan. Bu borada taniqli metodist olim Asqar 

Zunnunovning fikrlari hozirgi kunda ham o‘zining qimmatini yo‘qotgan emas. 

     V – VIII sinf  xrestomatiyalarida adabiy asarning badiiy qimmati va tili haqida, 

umumiy qoida tusiga kirib qolgan tartib bo‘yicha, asosiy obrazlarga qisqacha 

xarakteristika berilgach, kompazitsiyasi mohirona qurilgan, badiiy vositalardan 

yozuvchi unumli foydalangan, tili ravon kabi umumiy gaplar  bilan chegaralanib, 

ular xarakterli faktlar orqali namoyish qilinadi, natijada o‘quvchilarda barcha 

asarlar bir xilda yozilar ekan, degan tushuncha tug‘iladi. Darslikda asarning badiiy 

qimmati asosiy qismlardan uzib olingan holda tahlil qilinadi. Unda obrazlardagi 

ziddiyatni ochish o‘rniga, ularning ijtimoiy qiyofasi, asarda peyzaj tasviri, tili 

haqida gapiriladi. Ayrim darsliklardagi yana muhim bir kamchilik shundaki, ularda 

klassik adabiyotdan olingan namunalar mazmuni yetarli, to‘liq yoritilmagan. 

Masalan, VII sinf darsligida Alisher Navoiyning : 

         

To reja chekmas yeriga bog‘bon, 

         

Bog‘ hamon zebda changal hamon. 

baytiga  shunday sharh beriladi: “ Daraxtlar tartibsiz o‘tqazilgan bog‘ 

changalzordan farq qilmaydi”. Aslida bu hikmatli so‘zning sharhi shunday bo‘lishi 

kerak: “Bog‘bon yeriga reja bilan daraxt o‘tqazmas ekan, bog‘i ko‘rinishda 

changalzordan farq qilmaydi ”. Bizning nazarimizda Alisher Navoiy  bog‘bonning, 

binobarin, tajribachining rejali ishqilishini, bog‘ning go`zal bo‘lishini o‘ylab ish 

qilishini aytadi. 

          V-VIII sinf darsliklarida adabiy tekstlar yuzasidan berilgan savol va 

topshiriqlar ko‘proq asar mazmunini hikoya qilish, yodlashga qaratilgan bo‘lib, 

o‘quvchilarda mustaqil ishlash ko‘nikmasini o‘stirishga, asarning badiiyligini 

chuqur his etishga yetarli yordam bermaydi. Avtorlar savol va topshiriqlarni 




 

 



berishda o‘quvchilarning o‘qish mashg‘ulotlari bilan ortiqcha band bo‘lib 

qolishlariga yetarli e’tibor bermaganlar. 

           IX-X sinf darsliklaridagi eng muhim kamchilik yozuvchining badiiy  

mahorati, o‘ziga xos uslubi, murakkab nazariy tushunchalarning yetarli 

yoritilmaganligi, obrazlarning badiiy vositalar orqali yetarli ochilmaganligida 

ko‘rinadi. “O‘zbek adabiyoti tarixi “ (1967-yil) darsligida Furqatning mashhur 

“Saydining qo‘yaber, sayyod” musaddasining g‘oyaviy mazmuni yoritilgani holda, 

badiiy xususiyati ochilmagan, shoir qo‘llagan istiora, o‘xshatish va sifatlashlar aniq 

misollarda, obrazlarga bog‘liq holda yoritilmagan. 

 

Darsliklarda, ayniqsa, adabiyot darsliklarining tili sodda, yorqin, aniq, qisqa 



va ta’sirchan bo‘lishi kerak. Mavjud darslik mualliflari bu masalaga ma’lum 

darajada e’tibor bergan bo‘lsalar ham, darsliklarda o‘quvchilar uchun tushunish 

qiyin bo‘lgan jumlalar, bayonlar bor. Ularda obzor materiallari ko‘p, tarixiy 

faktlar, joylar va kishilar nomi juda ko‘pki, ularni esda qoldirish qiyin. Yuqori sinf 

darsliklarida obzor materiallarining ko‘pligi darsda turli metod va usullarni 

qo‘llashga imkoniyat bermaydi, sinfda esa ko‘proq ma’ruza usuli hukmronlik 

qiladi.

4

  



Yuqorida tilga olingan metodik qo‘llanmalarning ilmiy-metodik va amaliy 

ahamiyatga ega ekanini nazarda tutgan prof. A. Zunnunov maktabda adabiyotdan, 

sinfdan tashqari ishlarning nihoyatda samaradorligini qayd qilgan holda 

F.Badriyevning “Yuqori sinflarda adabiyotdan sinfdan tashqari ishlar “ nomli 

metodik qo‘llanmasi haqida quyidagi metodik fikrlarni bayon etadi. Qo‘llanmada 

muallif sinfdan tashqari ishlarga rahbarlik qilishda kitobxonlar qiziqishini 

o‘rganish muhim rol o‘ynashini va bu ishni amalga oshirishning forma va 

metodlarni yoritdi. F.Badriyevning ilmiy – metodik, amaliy – praktik xususiyatga 

ega bo‘lgan ushbu qo‘llanmasi maktabda sinfdan tashqari o‘qishni uyushtirish va 

rivojlantirishda o‘qituvchilarga katta yordam beradi.  

 

Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy barcha asarlarida komil inson obrazini 



yaratishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan va bunga to‘liq erishgan. Adibning 

                                                 

4

 Зуннунов А.Ўзбэк адабиёти методикаси тарихидан очерклар.- Т.: “Ўқитувчи”,1980, 127-131- б. 




 

10 


 

mukammal inson haqidagi orzu – o‘ylari, ayniqsa, “Xamsa”ning ikkinchi 

dostonidagi Farhod timsolida o‘z ifodasini topgan. Bu haqda taniqli 

adabiyotshunos olim, prof. G‘.Karimov quyidagilarni bayon etadi: “Ulug‘ 

san’atkor va donishmand mutafakkir Navoiy inson va uning ichki his – tuyg‘ulari 

to‘g‘risida so‘zlaydimi, koinot kengliklaridan bahs ochadimi yoki bo‘lmasa kichik 

lirik she’rlarida muhabbat qo‘shig‘ini to‘qiydimi, lirik, epik asarlarida tiyran 

falsafiy tushunchalarni bayon etadimi ─ hamma o‘rinda, u yoki bu munosabat 

bilan gul va gulshandan bahs ochadi… 

Navoiy yaratgan bog‘ning kishini hayratga soluvchi gulshani bu uning 

“Farhod va Shirin” dostonidir. Adib ushbu asarni yozishga kirishar ekan, bu 

ko‘hna sharq afsonasini yangi mazmun bilan boyitib, unga yangicha ruh va bo‘yoq 

berishga jazm qilganini aytadi va shunday yozadi: 

Oni nazm etki, tarhing toza bo‘lg‘ay, 

Ulusqa mayl beandoza bo‘lg‘ay. 

Yo‘q ersa nazm qilg‘onni xaloyiq, 

Muqarrar aylamak sandin na loyiq.” 

Navoiy ushbu dostonda inson erki, muhabbati mehnati, adolat haqidagi 

qarashlarini kuylab, o‘zigacha mavjud ilg‘or adabiyotga xos insonparvarlik 

mavzularini yangi sharoitda boyitgan. Asarda insonparvarlik, mamalakat 

obodonligi, xalqlar do‘stligi g‘oyalari ilgari surilgan. 

 

Prof. A.Hayitmetov: “Navoiy Farhod obrazi ustida ishlar ekan, o‘z idealiga 



real hayotda har qadamda uchrab turuvchi kishi obrazini emas, balki yetishish, 

hayotda uchratish qiyin bo‘lgan orzudagi, fantaziyadagi ideal kishi obrazini 

yaratishni maqsad qilib qo‘ygan…” – deb yozadi. Buni Farhodning tug‘ilishidanoq 

uning qalbida ishq dardi joylashganini, ko‘zida muhabbat ashki, damida oh dudi, 

jamolida “vafo to‘g‘rosi” borligini tasvirlashidanoq payqash mumkin. 

 

Alisher Navoiy turkiy adabiyotni misli ko‘rilmagan yangi bosqichiga 



ko‘tardi. Adabiyot har qachongidan ko‘ra ham inson qalbi, ruhi va tafakkurining 

jonli ifodasiga aylandi. She’riyat millat va Vatan ravnaqi uchun haq so‘z 

yalovbardori ekanligiga xalqda kuchli ishonch uyg‘ondi. Shu bois qisqa 



 

11 


 

muddatlarda Navoiy ijodiyoti ulug‘ bir  ma’rifat maktabi darajasiga ko‘tarildi. Bu 

maqom bugun ham pastlagani yo‘q. Xususan, mustaqillikdan so‘ng Navoiy shaxsi 

va ijodiyotiga munosabat tubda yangilanganligini adabiyotshunos olim I.Haqqulov 

o‘zining ilmiy xulosalarida ta’kidlagan.

5

  



 

Umuman olganda, o‘tgan asrning 60 – 80 va 2000- yillarida yaratilgan 

darslik va metodik qo‘llanmalarda adabiyot darslarini tashkil etishning samarali 

usullariga oid ilmiy –nazariy va metodik xarakterga ega bo‘lganligi bilan katta 

ahamiyatga ega ekanligini qayd qilish maqsadga muvofiqdir. Yuqorida ta’kidlab 

o‘tilgan darslik va metodik qo‘llanmalar mustaqillik davrida adabiyot darsliklarini 

yaratish, eng muhimi badiiy adabiyot vositasida yoshlarning ma’naviy – estetik 

olamini boyitishga ma’lum darajada xizmat qilishini ta’kidlash lozim bo‘ladi. 

 

Mamlakatimizning mustaqilligi davrida umumta’lim maktablari, kollej, 



litseylar uchun adabiyot darsliklarning yangi avlodi yuzaga keldi. Bu darsliklar 

albatta mamlakatimizning ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy hayoti bilan bevosita 

bog‘liq bo‘lib, unda mumtoz adabiyotimizning va hozirgi o‘zbek adabiyotining 

eng yaxshi namunalari kiritilgan. Darsliklar albatta, ilmiy didaktik tomondan 

o‘quvchilarning yoshi, bilimi va ma‘naviy olamini boyitishga qaratilgan. Shu bilan 

birga darsliklarda yozuvchi ijodiga xos xususiyatlarni aniqlash, uning poetik 

mahoratini belgilash, falsafiy – estetik qarashlarini yoritishda eng muhimi, ular 

ijodiga xos xususiyatlarni ilmiy jihatdan baholashda ayrim kamchiliklar ko‘zga 

tashlanadiki, bu haqda biz malakaviy bitirish ishimizning keyingi boblarida 

shaxsiy fikrlarimizni bayon etamiz. Mamlakatimizning mustaqilligi davrida 

adabiyot fanidan yangi darsliklar bilan birga metodik qo‘llanmalar ham yuzaga 

keldi. Bu darslik va qo‘llanmalarda adabiyot fanini o‘qitishning ilmiy-didaktik va 

nazariy hamda metodika bilan bog‘liq bo‘lgan fikrlar, shuningdek, dars 

samaradorligini oshirishga oid tavsiyalar keltirilgan, eng muhimi darslik va 

qo‘llanmalarda o‘sayotgan yosh avlodga adabiyot vositasida bilim berishning 

mohiyati, ayniqsa, komil inson ma’naviyatini boyitishdagi o‘rniga oid mavzular 

tavsiya etilgan. Metodist olim B.To‘xliyevning “Adabiyot o‘qitish metodikasi” 

                                                 

5

 Алишер Навоийнинг ҳаёти ва ижоди (алъбом).-T. 2010. 46 - б. 




 

12 


 

(2010) qo‘llanmasida “Adabiyot o‘qitish metodikasi” faning maqsadi, ta’lim 

bosqichlarida adabiyot kursining mazmuni, badiiy asarni tahlil qilish, epik,  lirik, 

dramatik asarlarni o‘rganish usullari, yozuvchi tarjimai holini o‘rganish, adabiy – 

nazariy tushunchalarni o‘rganishga oid metodik fikrlar berilgan. 

 


Yüklə 304,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə