Alkogolizm va uning asoratlari.Alkagolizmning homilaga ta'siri.
Alkogoll ichimliklari tarkibida boʻlgan etil spirtini muntazam istemol qilish bilan qoʻzgʻalish (intoksikatsiya) bosqichi tez rivojlanib boradi, bu oʻz harakatlariga tanqidiy munosabat, fikrlash va xotiraning buzilishi bilan tavsiflanadi.
Etil spirti issiqlik regulyatsiyasiga sezilarli ta‘sir koʻrsatadi. Mastlik paytida terining qon tomirlari kengayishi tufayli issiqlik tarqalishi kuchayadi (sub'ektiv ravishda, bu issiqlik hissi sifatida qabul qilinadi) va tana harorati pasayadi. Past haroratli sharoitda mast boʻlgan shaxslar tetik turgan shaхslarga nisbatan tezroq muzlaydilar.
Etil spirtining dozasi oshishi bilan qoʻzgʻalish bosqichi ,markaziy asab tizimiga salbiy ta‘sir , harakatlarni muvofiqlashtirishning buzilishi, chalkashlik, soʻngra ongni yoʻqotish bilan almashtiriladi. Nafas olish va vazomotor markazlarga salbiy ta‘sir , nafas olishning zaiflashishi va qon bosimining pasayishi belgilari yuzaga keladi. Kuchli etil spirtl bilanzaharlanish, hayotiy markazlarning falaji tufayli oʻlimga olib kelishi mumkin.
Etil spirti (alkogol) bilan oʻtkir zaharlanish markaziy asab tizimining chuqur zararlanishi belgilari bilan tavsiflanadi. Jiddiy alkogol zaharlanishida ongni toʻliq yoʻqotish va sezgirlikning har xil turlari, mushaklarning boʻshashishi va reflekslarni bostirish sodir boʻladi. Hayotiy funktsiyalarni zaralanishi alomatlari mavjud - nafas olish va yurak faoliyati, qon bosimining pasayishi.
Spirtli ichimliklar bilan zaharlanishda birinchi yordamda, birinchi navbatda, spirtni soʻrilishini oldini olish uchun zond orqali oshqozonni yuvish qoʻllaniladi. Spirtli ichimliklarni inaktivatsiyasini tezlashtirish uchun tomir ichiga 20% glyukoza eritmasi yuboriladi va metabolik atsidozni tuzatish uchun 4% natriy gidrokarbonat eritmasi ishlatiladi. Chuqur komada etil spirtini tanadan chiqarilishini tezlashtirish uchun majburiy diurez usuli boʻlgan gemodializ qoʻllaniladi.Alkogolli ichimliklarni muntazam ravishda iste'mol qilish alkogol bilan surunkali zaharlanishi (alkogolizm) rivojlanadi. Markaziy asab tizimining, qon aylanish tizimining
funksiyalarida, nafas olishda va ovqat hazm qilishda turli xil buzilishlari bilan namoyon qiladi. Shunday qilib, alkogolizmda: xotira, intellekt, aqliy va jismoniy ish qobiliyatini pasayishi, va kayfiyatning beqarorligi yuzaga keladi. Alkogolizm asosida koʻpincha ruhiy kasalliklar (alkogolli psixozlar) paydo boʻladi. Homiladorlik paytida spirtli ichimliklarniiste'mol qilish ―xomilalik alkogol sindromi‖ rivojlanishiga olib kelishi mumkin, bu tashqi koʻrinish (peshonaning pastligi, keng koʻzlar, bosh suyagi aylanasini kichiklashishi) bilan tavsiflanadi, keyinchalik bu bolalar aqliy va jismoniy rivojlanishda sustkashlik, asotsial xattiharakatlar.
Spirtli ichimliklarni muntazam ravishda iste'mol qilishini keskin toʻxtatilganda, taxminan 8 soatdan soʻng, abstinetsiya simptomi rivojlanadi - tremor, koʻngil aynish, terlash va keyinchalik klonik tirishish va gallyutsinatsiyalar boʻlishi mumkin. Ogʻir holatlarda delirium tremens (―belaya goryachka-oq istmalash‖) atamasi bilan belgilanadigan holat rivojlanadi: chalkashlik, qoʻzgʻalish, tajovuzkorlik, ogʻir gallyutsinatsiyalar.
Benzodiazepinlar (diazepam) abstinensiya simptomlarini kamaytirish uchun, propranolol esa simpatik faollashuv belgilarini kamaytirish uchun tavsiya etiladi.
Alkogolizm, shaxsning axloqiy va jismoniy tanazzuliga olib keladi. Bunga markaziy asab tizimining shikastlanishi va spirtli ichimliklardan surunkali zaharlanishida ichki a‘zolar kasalliklari sabab boʻladi.
Miokard distrofiyasi, oshqozon (gastrit) va ichakning surunkali yalligʻlanishi (kolit), jigar va buyrak kasalliklari rivojlanadi. Alkogolizm koʻpincha ishtaxaning pasayishi, charchash va yuqumli kasalliklarga qarshilikning pasayishi bilan namoyon boʻladi. Akogolizmda erkaklar va ayollar reproduktiv tizimning funksiyalari sezilarli darajada buziladi. Ota-onaning alkogolizmi va naslning aqliy va jismoniy rivojlanishidagi ba‘zi tugʻma nuqsonlar (tugʻma aqli pastlik, oʻsishdan ortda qolishi va boshqalar) oʻrtasida aloqa mavjud.
Alkogolizmga chalingan bemorlar tibbiyot muassasalarining ixtisoslashtirilgan narkologik
boʻlimlarida davolanadi. Alkogolizmni davolashning aksariyat usullari bemorni alkogoldan nafratlanishiga qaratilgan. Davolash spirtli ichimliklar uchun salbiy shartli reflekslarning rivojlantirishga asoslangan. Masalan, ular oz miqdordagi spirtli ichimliklarni iste'mol qilishni apomorfin (qustiruvchi vosita) kiritish bilan birlashtiradi. Natijada, spirtli ichimliklarni koʻrish yoki hidlash bemorlarda koʻngil aynishi va qayt qilishni keltirib chiqaradi.
Xuddi shunday prinsip bilan disulfiram (teturam, antabus) yordamida alkogolizmni davolashda qoʻllaniladi.
Alkogol degidrogenaza ta‘sirida etil spirti atsetaldegidga aylanadi, bu zaharliligi jihatidan etil spirtidan ancha ustundir. Odatda asetaldegid, atsetaldegid degidrogenaza bilan tez oksidlanadi. Disulfiram asetaldegid degidrogenazni ingibirlaydi va atsetaldegid bosqichida etil spirtining oksidlanishini kechiktiradi.
Ixtisoslashgan shifoxonada alkogolizmga chalingan bemorlarga muntazam ravishda disulfiram tabletkalari buyuriladi. Muayyan davolanish kunlarida bemorlarga oz miqdordagi spirtli ichimliklar (40-50 ml aroq) beriladi. Natijada paydo boʻlgan asetaldegid ―antabus reaktsiyasi‖ ni keltirib chiqaradi - yuzning qizarishi, pulsatsiyalovchi bosh ogʻrigʻi, arterial gipotenziya, bosh aylanishi, yurak urishi, nafas olish qiyinlashishi, mushaklarning titrashi, xavotir, terlash, chanqoqlik, koʻngil aynish, qayt qilish. Shu tarzda, bemorlarda asta-sekin alkogolli ichimliklarga salbiy shartli refleks (nafrat) paydo boʻladi.
Shuni yodda tutish kerakki, disulfiram bilan davolanish fonida spirtli ichimliklarni iste'mol qilish dan kelib chiqgan intoksikatsiya juda qiyin kechishi va qon tomirlari kollapsi, nafas olish sustligi, hushidan ketish va tutqanoqlar bilan kechishi mumkin. Shuning uchun disulfiram bilan davolashda faqat qattiq tibbiy nazorat ostida amalga oshirilishi mumkin.Implant tabletkalari koʻrinishidagi disulfiramning uzoq muddatli ta‘sirli shakli ―Esperal‖ nomi ostida chiqariladi.
Tabletkalar teri osti toʻqimalariga tikiladi; ularning asta-sekin soʻrilishi, disulfiramning qonda uzoq muddat aylanishini ta‘minlaydi. Bemorlarga preparatning ta‘sir qilishi davrida spirtli ichimliklarni qabul qilishga yoʻl qoʻyilmasligi, va xavfi toʻgʻrisida qat'iy ogohlantiriladi.
Akamprozat – GAMK retseptorlari agonisti; etil spirtiga boʻlgan ishtiyoqni kamaytiradi.
Alkogolizmni davolash kursidan keyin uzoq muddatga buyuriladi.
Dostları ilə paylaş: |