Allohning goʻzal ismlari



Yüklə 40,84 Kb.
tarix28.07.2020
ölçüsü40,84 Kb.
#32323
ALLOHNING GO'ZAL 99 ISMLAR MA'NOSI

Bu maqolada Allohning goʻzal ismlari (arabcha: أسماء الله الحسنى, ʾasmāʾ allāh al-Ḥusnā) va ularning mazmuni berilgan. Qurʼoni Karimning Aʼrof surasi 180-oyatida Alloh ismlari haqida shunday deyiladi:



Allohning goʻzal ismlari bordir. Bas, uni oʻsha ismlar bilan chorlangiz (yod etingiz),Uning ismlarida haqdan ogʻib (nooʻrin joylarda ularni qoʻllaydigan mushrik) kimsalarni tark qilingiz“



Bu ismlar 99 ta. Ular musulmon ilohiyotida muhim oʻrin tutadi. Alloh ismlari koʻp duolarda qoʻshib aytiladi. Qur’oni Karimning Hashr surasida (22-24 oyatlar) Allohning goʻzal ismlarining qisqa roʻyxati bor: ar Rahmon, ar-Rahim, al-Malik, al-Quddus, as-Salom, al-Moʻmin, al-Muhaymin, al-Aziz, al-Jabbor, al-Mutakabbir, al-Xoliq, al-Bori’, al-Musavvir. Boshqa hamma ismlar Qur’oni Karimning turli joylarida uchraydigan Alloh sifatlaridan kelib chiqadi va ular bilan bogʻlangan feʼllardan hosil boʻlgan. 99 ta ism roʻyxati Abu Hurayra r.a (601-679) rivoyat qilgan hadisda bor. Ana shu hadisga koʻra, Muhammad(s.a.v) 99 raqamini keltirgan va har kim Allohning mazkur ismlarini birma-bir aytib chiqsa, albatta, InshaAlloh jannatdan joy ato qilinadi deganlar. Boshqa Hadis toʻplamlarida ham Alloh ismlari roʻyxati keltiriladi:

Ismlar roʻyxati va maʼnosi:[tahrir]



#

Arabcha

Oʻqilishi

Tarjima va maʼnolari

Qur’ondagi manbasi

1

الله

Alloh

Xudoning ismi. Barcha suralarning (bittasidan tashqari) boshlanishida qoʻllaniladi




2

الرحمن

Ar-Rohmān

Mehribon — Ulugʻ neʼmatlarni beruvchi.Bu sifatfaqat Allohga xos boʻlib, barchaga kofirga ham, moʻminga ham mehribon va neʼmat beruvchi maʼnosini anglatadi.Rahmon sifatini Alloh taolodan boshqa hech kimga nisbatan ishlatib boʻlmaydi.

Rahmon surasi.

3

الرحيم

Ar-Rohīm

Rahmli — „Rohiym“ latif neʼmatlarni beruvchi.Bu sifat xosroq boʻlib, qiyomat kuni faqat moʻminlarga rahm qiluvchi maʼnosini anglatadi.Va Allohdan oʻzgalarga, jumladan Paygʻambar alayhissalomga nisbatan ham ishlatiladi.

Barcha suralarning (bittasidan tashqari) boshlanishida qoʻllaniladi

4

الملك

Al-Malik

Podsho — Barcha narsani egasi."Malik" haqiqiy egadir.Undan oʻzga ega yoqdir.Shuning uchun bandalar faqat unga qul boʻladilar.Hech vaqtda bir qulga ikki xoʻjayin boʻlmaydi.Shuning uchun insonlar oʻzlariga oʻxshaganinsonlarga emas, balki yagona yaratganga, haqiqiy Malikka qul boʻlish lozim.

59:23, 20:114

5

القدوس

Al-Quddūs

Muqaddas, nuqsonlardan holi — Barcha ayblardan xoli, noloyiq sifatlardan munazzah, mutlaq muqaddaslik va mutlaq poklik Allohning oʻzigagina hosdir.

59:23, 62:1

6

السلام

As-Salām

Ofat va balolardan solomat. Qutqarayotgan — „Salom“-barcha nuqsonlardan salomat. Shuningdek, tinchlik, xotirjamlik va rohat beruvchi degani. Alloh „Salom“ sifati ila bandalarga tinchlik, omonlik, xotirjamlik ato qiladi.

59:23

7

المؤمن

Al-Mu’min

Moʻmin-iymon va omonlik beruvchi.

59:23

8

المهيمن

Al-Muhaymin

Hamma narsani qamrab oluvchi.Alloh bandalarning barcha holatlariga guvoh boʻlib turadi.Undan hech narsa maxfiy qolmaydi.

59:23

9

العزيز

Al-Aziz

Izzat va qudrat sohibi. Ulugʻ — Barchaning ustidan gʻolib. Undan biror narsa gʻolib kelolmaydi.

3:6, 4:158, 9:40, 48:7, 59:23

10

الجبار

Al-Jabbār

Bandalarini ishlarini isloh etuvchi. Jabbor — oliy qadar ulugʻ, Uning oldida hamma oʻzini xor tutadi.

59:23

11

المتكبر

Al-Mutakabbir

Kattalik yarashuvchi zot. Mutakabbir — kibriyosi va ulugʻligi behad. Uning oldida boshqalar qul boʻlib turadi.

59:23

12

الخالق

Al-Holiq

Yaratuvchi, vujudga keltiruvchi. Xoliq — Asli va oʻxshashi yoq narsaning oʻlchovini mos qilib yaratuvchi. Xoliq mutloq vujudga keltiruvchidir.

6:102, 13:16, 39:62, 40:62, 59:24

13

البارئ

Al-Bāri'

Bori' — Yoʻqdan paydo qiluvchi, vujudga keltiruvchi, yaratuvchi. Bori’ning vujudga keltirishida tafovut yoqdir.

59:24

14

المصور

Al-Musovvir

Maxluqot va mavjudotlarga suvrat va shakl beruvchi.

59:24

15

آل الغفار

Al-Gʻoffār

Gʻaffor — Koʻplab magʻfirat qilib, bandalarning aybini oʻz fazli ila kechib yuboruvchi. bandalarning aybu nuqsonlari va gunohu maʼsiyatlarini fosh qilmay yopib turuvchi.

20:82, 38:66, 39:5, 40:42, 71:10

16

القهار

Al-Qohhār

Qahhor — Barcha maxluqotlarni qabzasida tutib, ularni oʻz hukmiga yuritib va qudrati ila boʻysundirib turuvchi.

13:16, 14:48, 38:65, 39:4, 40:16

17

الوهاب

Al-Vahhāb

Oʻz neʼmatlarini tekin ato etuvchi.

3:8, 38:9, 38:35

18

الرزاق

Ar-Rozzāq

Barcha tirik mavjudot rizqini yetkazib beruvchi.

51:58

19

الفتاح

Al-Fattāh

Hukm etuvchi, rahmat hazinalarini ochuvchi.

34:26

20

العليم

Al-'Alīm

Biluvchi, dono, ilm sohibi. Boʻlgan va boʻladigan, avvalgi va oxirgi, zohir va botin narsalarning barchasini biluvchi.

2:158, 3:92, 4:35, 24:41, 33:40

21

القابض

Al-Qobiz

Kimlarningdir rizqini qiyuvchi, ruhlarni qabz etuvchi (oluvchi).

2:245

22

الباسط

Al-Bāsit

Kimlargadir keng rizq beruvchi, ruh baxsh etuvchi.

2:245

23

الخافض

Al-Hofiz

Kofirlar martabasini tushiruvchi.

95:5

24

الرافع

Ar-Rāfi'

Moʻminlar martabasini koʻtaruvchi.

58:11, 6:83

25

المعز

Al-Mu’izz

Kimlarnidir aziz, qadrli etuvchi.

3:26

26

المذل

Al-Muzill

Kimlarnidur xoru zalil qiluvchi.

3:26

27

السميع

As-Samī

Maxfiy va oshkora gap va sharpalarni, xatto dildan oʻtganini ham, eshituvchi.

2:127, 2:256, 8:17, 49:1

28

البصير

Al-Basīr

Hamma maxfiy va oshkora narsalarni koʻruvchi.

4:58, 17:1, 42:11, 42:27

29

الحكم

Al-Hakam

Qatʼiy hukm etuvchi.

22:69

30

العدل

Al-`Adl

Oʻta adolatli.

6:115

31

اللطيف

Al-Latīf

Bandalariga sezdirmay oʻz lutfu ehsonini yetkasizb beruvchi.

6:103, 22:63, 31:16, 33:34

32

الخبير

Al-Hobīr

Hamma maxfiy va oshkora ishlardan xabardor.[1][2][3][4]

6:18, 17:30, 49:13, 59:18

33

الحليم

Al-Halīm

Jazolashga shoshmaydigan, hilm bilan yaxshilik qilib turuvchi.

2:235, 17:44, 22:59, 35:41

34

العظيم

Al-'Azīm

Azamatli va ulugʻ zot. Aql tasavvur qila olmaydigan darajada azamatli va ulugʻ.

2:255, 42:4, 56:96

35

الغفور

Al-Gʻofūr

Koʻp magʻfirat qiluvchi.

2:173, 8:69, 16:110, 41:32

36

الشكور

Ash-Shakūr

Oʻz amaliga koʻp savob beruvchi.

35:30, 35:34, 42:23, 64:17

37

العلي

Al-'Aliyy

Martabasi oliylikda benihoya.

4:34, 31:30, 42:4, 42:51

38

الكبير

Al-Kabīr

Hammadan ulugʻ.

13:9, 22:62, 31:30

39

الحفيظ

Al-Hafīz

Har bir narsani komil muhofaza qiluvchi.

11:57, 34:21, 42:6

40

المقيت

Al-Muqīt

Barcha moddiy va ruhiy rizqlarni yaratuvchi.

4:85

41

الحسيب

An-Hasīb

Hisob qiluvchi, kifoya qiluvchi.

4:6, 4:86, 33:39

42

الجليل

Al-Jalīl

Sifatlarida ulugʻlikka ega.

55:27, 39:14, 7:143

43

الكريم

Al-Karīm

Saxovatli va karami keng. Birov soʻramasa ham, hech bir evaz olmasdan, narsalarni ato qiluvchi. Qarama-qarshilikdan pok. Karamli ishlar va xislatlar sohibi.

27:40, 82:6

44

الرقيب

Ar-Roqīb

Doimo kuzatib turuvchi. Raqiyb — hech bir zararni ham qoʻymay tekshirib turuvchi.

4:1, 5:117

45

المجيب

Al-Mujīb

Duolarni ijobat qiluvchi.

11:61

46

الواسع

Al-Vāsi'

Keng va keng qamrovli zotdir

2:268, 3:73, 5:54

47

الحكيم

Al-Hakīm

Dono

31:27, 46:2, 57:1, 66:2

48

الودود

Al-Vadūd

Bandalarini sevuvchi

11:90, 85:14

49

المجيد

Al-Majīd

Eng ulugʻvor

11:73

50

الباعث

Al-Bā'is

Oʻliklarning tiriltiruvchisi

22:7

51

الشهيد

Ash-Shahīd

Har bir narsaga hoziru nozir. Barchaga shohidlik beruvchi.

4:166, 22:17, 41:53, 48:28

52

الحق

Al-Haqq

Oʻzgarmas sobit zot. Haqni yuzaga chiqaruvchi zot.

6:62, 22:6, 23:116, 24:25

53

الوكيل

Al-Vakīl

Barchaning ishi unga topshirilgan zot.

3:173, 4:171, 28:28, 73:9

54

القوى

Al-Qovviyy

Quvvatli zot.

22:40, 22:74, 42:19, 57:25

55

المتين

Al-Matīn

Matonatli zot.

51:58

56

الولى

Al-Valiyy

Himoya qiluvchi doʻst, homiy va yordamchi

4:45, 7:196, 42:28, 45:19

57

الحميد

Al-Hamīd

Barcha maqtovlar ila maqtalgan zot.

14:8, 31:12, 31:26, 41:42

58

المحصى

Al-Muhsi

Barcha narsaning hisobini olgan zot.

72:28, 78:29, 82:10-12

59

المبدئ

Al-Mubdi'

Barcha narsalarni avval boshdan bor qilgan zot.

10:34, 27:64, 29:19, 85:13

60

المعيد

Al-Mu'īd

Yoʻq boʻlgan narsalarni yana qaytadan bor qiluvchi.

10:34, 27:64, 29:19, 85:13

61

المحيى

Al-Muhyi

Tiriltiruvchi. U zot oʻliklarni tiriltiruvchidir va bu ismga ularni tiriltirishdan oldin sazovordir. Uni ularni oʻlik boʻlganlaridan keyin jon kiritib tirik qilganidan keyin tiriltiruvchi, deb atalganidek, ularni xalq qilishdan oldin, ularga hayot berishidan oldin ham, tiriltiruvchi, deyilaveradi. Xuddi, xaloyiqni xalq qilishidan oldin Xoliq boʻlganidek.

7:158, 15:23, 30:50, 57:2

62

المميت

Al-Mumīt

Oʻldirivchi. Barcha jonzotlarning jonini oluvchi.

3:156, 7:158, 15:23, 57:2

63

الحي

Al-Hayy

Tirik. U tirikdir, oʻlmas. Yaʼni, Allohning hayoti abadiydir, oʻlim ila yoʻq boʻlmas. Shuningdek, Allohning hayoti azaliydir, oldindan yoʻq boʻlgan emas.

2:255, 3:2, 25:58, 40:65

64

القيوم

Al-Qoyyūm

Oʻz oʻzidan qoim boʻlgan va boshqalarni qoim qilgan zot.

2:255, 3:2, 20:111

65

الواجد

Al-Vājid

Topuvchi. Xohlagan narsasini topuvchi. Bu ishda birov Uni toʻsa olmaydi.

38:44

66

الماجد

Al-Mājid

Majdu sharaf sohibi boʻlgan zot.

85:15, 11:73,

67

الواحد

Al-Vāhid

Yagona. Bita. Boʻlinmas. U zot oʻz zotida ham, sifatlarida ham va ishlarida ham birdir.

2:163, 5:73, 9:31, 18:110

68

الصمد

As-Somad

Somad sifati koʻp maʼnolarni oʻz ichiga oladi:- itoat qilingan ulugʻ-Usiz hech bir ish bitmaydi.- hech kimga hojati tushmaydi, barchaning hojati Unga tushadi.- butun maxluqot bitib tugasa ham, Oʻzi doim boqiydir va hokazo.

112:2

69

القادر

Al-Qodir

Cheksiz qudrat sohibi. U zot har bir narsaga qodirdir. har bir ish unga osondir.

6:65, 36:81, 46:33, 75:40

70

المقتدر

Al-Muqtadir

Juda ham qudratli.

18:45, 54:42, 54:55

71

المقدم

Al-Muqoddim

Oldinga suruvchi. U zot xohlagan shaxs va narsani xohlaganidan oldinga suradi.

16:61, 17:34,

72

المؤخر

Al-Mu’ahhir

Orqaga suruvchi. U zot xohlagan shaxs va narsani xohlaganidan orqaga suradi.

71:4

73

الأول

Al-'Avval

„Avval“ — U hamma narsadan avval, yaʼni, barcha mavjudotlar yoʻqligida Alloh bor edi. Mavjudotlarni „Avval“ sifatiga ega boʻlgan Alloh yaratdi. Yaʼni, Alloh vujudga kelishining boshlanishi yoʻqdir.

57:3

74

الأخر

Al-'Ahir

„Oxir“ — U hamma narsa yoʻq boʻlib ketganda ham Oʻzi qoladi.

57:3

75

الظاهر

Az-Zohir

„Zohir“ — Uning mavjudligi oshkor, ochiq-oydindir. U hamma narsadan zohir-ustundir.

57:3

76

الباطن

Al-Bātin

"Botin" — U koʻzga koʻrinmaydi. Hammadan pinhon-maxfiy narsalarni bilib turuvchidir.

57:3

77

الوالي

Al-Vāli

Har bir narsaga voliy — ega boʻlgan zot.

13:11, 22:7

78

المتعالي

Al-Mutā'ali

Nuqsonlardan yuqori turuvchi zot.

13:9

79

البر

Al-Barr

Ulugʻ yaxshilik qiluvchi.

52:28

80

التواب

At-Tavvāb

Bandalarni tavbaga yoʻllovchi va ularning tavbasini koʻplab qabul qiluvchi zot.

2:128, 4:64, 49:12, 110:3

81

المنتقم

Al-Muntaqim

Zolim va osiylardan intiqom oluvchi.

32:22, 43:41, 44:16

82

العفو

Al-Afuvv

Afv qiluvchi.

4:99, 4:149, 22:60

83

الرؤوف

Ar-Roʻūf

Oʻta shafqatli va mehribon.

3:30, 9:117, 57:9, 59:10

84

مالك الملك

Mālik-ul-Mulk

Mulk egasi. Bu dunyodagi ishlarni oʻzi xohlaganicha qiladi. Uning qazosini qaytaradigan va hukmini oʻzgartiradigan yoʻq.

3:26

85

ذو الجلال والإكرام

Zūl-Jalāli
val’ikrom

Sharaf va kamol egasi. Karam va ikrom egasi.

55:27, 55:78

86

المقسط

Al-Muqsiţ

Oʻz adolati ila mazlumlarga nusrat va zolimlarga jazo beruvchi.

7:29, 3:18

87

الجامع

Al-Jāmi

Jamlovchi. Barcha haqiqatlarni jamlovchi. Odamlarni qiyomat kuni jamlovchi.

3:9

88

الغني

Al-Gʻoni

Behojat. Uning hech kim va hech narsaga hojati tushmaydi.

3:97, 39:7, 47:38, 57:24

89

المغني

Al-Mugʻni

Behojat qiluvchi. U zot Oʻz bandalaridan qay birini xohlasa behojat qilib qoʻyadi.

9:28

90

المانع

Al-Māni'

Man qiluvchi.

67:21

91

الضار

Az-Zorr

Zarar qiluvchi. Zararli narsalarni ham yaratuvchi.

6:17

92

النافع

An-Nāfi

Manfaat beruvchi.

30:37

93

النور

An-Nūr

Oʻz-oʻzi ila zohir boʻlgan va oʻzgalarni zohir qilgan.

24:35

94

الهادي

Al-Hādi

Hidoyat qiluvchi. U zot Oʻz fazli ila xohlagan kimsani hidoyat qiladi. Yaʼni, Alloh kimni toʻgʻri yoʻlga hidoyat qilsa, albatta, Oʻz xohishi va fazli ila hidoyat qiladi.

22:54

95

البديع

Al-Badī

Oʻxshashi yoʻq narsalarni keltiruvchi.

2:117, 6:101

96

الباقي

Al-Bāqi

Boqiy qoluvchi. U doimiy bordir, unga foniylik oriz boʻlmas.

55:27

97

الوارث

Al-Vāris

Muvjudotlar yoʻq boʻlganda ham boqiy qoluvchi zot.

15:23

98

الرشيد

Ar-Roshīd

Toʻgʻri yoʻlga irshod qiluvchi.

2:256

99

الصبور

As-Sobur

Oʻta sabrli. Osiylarni azoblashga shoshilmaydi.

2:153, 3:200, 103:3

Manbalar[tahrir]

    1.  Allohning ismlari va sifatlari

    2.  Hadith: Book of Invocations - Sahih al-Bukhari - Sunnah.com - Sayings and Teachings of Prophet Muhammad (صلى الله عليه و سلم)sunnah.com.

    3.  Hadith - Book of Oneness, Uniqueness of Allah (Tawheed) - Sahih al-Bukhari - Sunnah.com - Sayings and Teachings of Prophet Muhammad (صلى الله عليه و سلم)sunnah.com.

    4.  Khadem, Dhikru'llah (March 1976). "Bahá'u'lláh and His Most Holy Shrine"Bahá'í News (540): 4–5. Archived from the original on 2017-06-20.

Yüklə 40,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin