AMALIY MASHG’ULOT №6 MEHNATNI MUHOFAZA QILISH BO’YICHA DAVLAT NAZORAT TASHKILOTLARI VA JAMOAT NAZORATI
Mehnatni muhofaza qilish qoidalari va normalari, shuningdek mehnat qilish qonuniyatlarining bajarilishini ta’minlovchi umumiy va maxsus davlat nazorat tashkilotlari mavjud.
Hamma vazirliklar, birlashmalar va sanoat korxonalarida mehnat qonunlarining aniq bajarilishini О‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi kuzatadi. Prokuratura mahkamalari qonunlarning buzilmasligini mehnat- kashlarning arzlari asosida yoki korxona va ayrim shaxslarning signallari asosida, mehnatni muhofaza qilish talablari bajarilayotganligini tekshirish yuli bilan amalga oshiradilar.
Prokuratura umumiy nazorat tartibida tekshirish natijalaridan sanoat korxonalari rahbar xodimlarini xabardor qiladi va mehnat qilish qoidasi buzilishini tezda bartaraf etishni talab qiladi, rahbar xodimlarga ma’muriy chora kо‘rilishini talab qilib yuqori rahbar xodimlarga murojaat etadi. Agar jinoyat sodir bо‘lganligi aniqlansa (xavfsizlik texnikasi qoidasi jinoiy ravishda buzilgan bо‘lsa), rahbar xodimlarni jinoiy javobgarlikka tortadi. О‘lim sodir bо‘lgan og‘ip va bir guruh (bir necha kishi bilan) baxtsiz hodisaga uchragan holatlarda prokuratura mustaqil tekshirish о‘tkazadi.
Mehnat qonuniyatlari buzilmasligining umumiy nazoratini mehnatkashlar deputatlari kengashi va ularning ijroiya komitetlari ham amalga oshiradi.
Mehnatni muhofaza qilish buyicha maxsus davlat nazorati tashkilotlariga kuyidagilar kiradi:
Kasaba uyushmasining texnik nazorati.
“Sanoatgeokontexnazorat” DI.
Sanitar nazorati.
Energetika nazorati.
Yog‘inga qarshi kurash nazorati.
Jamoat nazorati.
Kasaba uyushmasining texnik nazorati. Har bir sanoat korxonasiga kasaba uyushmasining texnik nazoratchisi biriktirib qо‘yilgan. U korxonada mehnatni muhofaza qilish masalalarini kuzatib turuvchi davlat nazoratchisi hisoblanadi. Uning asosiy vazifalari qatoriga baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olishni korxona ma’muriyati tomonidan tо‘g‘ri olib borilayotganligini kuzatib borish, о‘lim bilan tugagan hamda og‘ir va bir guruh kishilarning baxtsiz hodisaga uchrashi hollarini tekshi- rishga qatnashish va tekshirish materiallari bо‘yicha baxtsiz hodisaga aybdor bо‘lganlar haqidagi ma’lumotlarni, aybdorlarni jinoiy javobgarlikka tortish maqsadida tekshirish organlariga jо‘natish ham kiradi. Kasaba uyushmasining texnik nazoratchisi yangi uskunalarni va yangi korxonalarni qabul qilish va foydalanish uchun topshirish davlat qabul komissiyasining a’zosi hisoblanadi. Shuningdek u mehnatni muhofaza qilish nomenklatura chora-tadbirlarining amalga oshirilishini kuzatib boradi.
О‘zbekistan Respublikasining sanoatda xavfsiz ish olib borish va kon nazorati bu nazoratning asosiy vazifasi kon ma’dan sanoati, neft qazib chiqarish, metallurgiya, geologiya-qidiruv nazoratidan tashqari, 70 kPa (0,7 atm) dan ortiq bosimda ishlaydigan bug‘ qozonlari va idishlarni, 115°S dan ortiq haroratdagi suv isitish qozonlari, bug‘ va issiq suv о‘tkazish quvurlari, yuk kо‘tarish kranlari, liftlar, eskalatorlar, osma yullar ishlarini nazorat qiladi. Shuningdek ular qozon va kо‘tarish qurilmalarini hisobga oladi, foydalanish uchun ruxsat beradi, texnik jihatdan xizmatga yarasha ekanini tasdiqlaydi.
О‘zbekiston Respublika sanoatda xavfsiz ish olib borish nazorati xodimlari kapital qurilish korxonalarini va yangi sanoat uskunalarini qabul kilish va foydalanish uchun topshirishda davlat komissiyasi qatorida qatnashadi.
Nazorat olib borayotgan korxonada yuz bergan ulim bilan tugagan, og‘ip va guruh bilan yuz bergan baxtsiz hodisalarni tekshirishda katnashadi.