Amaliy Mashg`ulot N1 Mavzu: Arduino kontroller to`plamining tarkibi va imkoniyatlarini o`rganish



Yüklə 0,72 Mb.
tarix02.01.2022
ölçüsü0,72 Mb.
#39192
1-amaliy Shirinkulova Madinabonu


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNALOGIYALAR UNIVERSITETI


Amaliy Mashg`ulot N1
Mavzu:Arduino kontroller to`plamining tarkibi va imkoniyatlarini o`rganish

214-18 guruh talabasi

Bajardi:Shirinkulova Madinabonu

Toshkent – 2020

Arduino – bu elektron konstruktor va elektron qurilmalarni tez yaratishning qulay platformasidir. Bu platforma dunyoda keng tarqalishining sababi dasturlash tilining qulayligi va soddaligi, shuningdek arxitekturasining hamda dasturlash kodlarining ochiqligidir. Arduino platasi Atmel AVR mikrokontrolleridan va dasturlash hamda boshqa sxemalar bilan bog’lash elementlaridan tashkil topgan.

Arduino - bu o‘rnatiluvchi apparat platformasi bo‘lib, asosan avtonom interaktiv ob’ektlarni hosil qilish va ularni tarmoq orqali, yaqin va uzoq masofadan boshqarish uchun ishlab chiqilgan. Arduinoning Ethernet, Wi-Fi, CDMA, GSM kabi deyarli barcha tarmoq modullari ishlab chiqilgan bo‘lib, istalgan ko‘rinishdagi va tarmoq bilan ishlovchi boshqaruv tizimlarini yaratish mumkin

Arduino platasiga raqamli va analog signallarni kiritish yoki chiqarish imkoniyati bor. Uning analog porti ixtiyoriy qiymatdagi raqamlarni berishi yoki qabul qilishi mumkin, ammo uning raqamli porti faqat ikki xil turdagi (0- LOW, 1- HIGH) signalni qabul qilishi yoki chiqarishi mumkin. Analog signallarning qiymatini o'lchash uchun Arduino-da o'rnatilgan analog-raqamli konvertor (ADC) mavjud. ADC analog kuchlanishni raqamli qiymatga aylantiradi. Analog signalning qiymatini olish uchun foydalanadigan funksiya analogRead(pin). Ushbu funktsiya analog kirish pinidagi kuchlanish qiymatini o'zgartiradi va mos aniqlangan qiymatiga nisbatan 0 dan 1023 gacha raqamli qiymatni qaytaradi. Standart mos qiymatlar kuchlanisi 5V (5V Arduino platasi uchun) yoki 3,3 V (3,3Vli Arduino platalari uchun). U bitta pin raqamli parametrga ega.

Arduinoning apparat qismiga to‘xtaladigan bo‘lsak, bugungi kunda bir necha versiyalari ishlab chiqarilgan. Eng ko‘p tarqalgani Uno hisoblanadi. Arduino Uno ATmega32u4 mikrokontrollerlari asosida qurilgan. Shuningdek, boshqa Arduino tizimlarida Atmel ATmega168, ATmega8, ATMega2560, ATmega2560 va ARM protsessorlari qo‘llanilgan.

Mavjud Arduino tizimlari quyidagilardir:



  • Due —32bit Cortex-M3 ARM SAM3U4E mikroprotsessori asosida ishlab chiqilgan Arduino hisoblanadi. Yuqori tezlikda ma’lumotni qayta ishlash imkonini beradi. Shu sababli, bugungi kunda ko‘proq videokuzatuv tizimlarida keng qo‘llaniladi.

  • Leonardo — ATmega32u4 mikrokontrolleri asosida ishlab chiqilgan eng so‘nggi Arduino platformasi hisoblanadi. Tuzilish jihatidan Arduino Uno ga o‘xshash tuzilgan.

  • Yun - ATmega32u4 va Atheros AR9331 mikrokontroller tizimlari asosida ishlab chiqilgan WiFi va Ethernet interfeysiga ega bo‘lgan Embedded linux asosida ishlovchi Arduino platformasi hisoblanadi.

  • Micro —ATmega32u4 asosida ishlovchi kichik o‘lchamli Arduino boshqaruv tizimi.









2-rasm. Tincercad.com online simulyatorda dasturning ishlashi

Yozilgan kod

void setup() {

// initialize digital pin 8 as an output.

pinMode(8, OUTPUT);

}

// the loop function runs over and over again forever



void loop() {

digitalWrite(8, 1); // turn the LED on (HIGH is the voltage level)

delay(500);

digitalWrite(8, 0); // turn the LED off by making the voltage LOW

delay(500);

}

Xulosa



Men bu labaratoriya ishini bajarish davomida Arduino 1.8.1 dasturiy muhitini o’rnatish jarayoni bilan tanishib chiqdim. Unda yozilgan kodni Arduino da ishlatib ko’rdim. Labaratoriya ishi sifatida bajargan ishimda online simulyatordan foydalandim. Bunda 8-registrning yonib o’chishini boshqarish uchun dastur kodini ishlatib ko’rdim.
Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin