Amaliy qism
Elektron mundarija yaratish
Mundarija - bu hujjat sarlavhasi ro’yxatidir. Mundarija yaratishning eng oson
usuli - struktura tabaqasi yoki sarlavhalar stilining tanlangan formatlarini
qo’llashdir. Buning uchun, matndagi hamma sarlavhalarni topish va unga mos stil
bilan belgilash zarur. Keyin, kursorni mundarija qo’yiladigan joyga joylashtirib
“Oглавление” tugmasini bosing va menyudan bir nomli bandni tanlang. Ochilgan
oynaning (1- rasm) “Oглавление” bandida mundarija parametrlarini sozlang.
1-rasm. Mundarija qo’yish.
Kursorni mundarija o’rnatilishi kerak joyga qo’ying. “Ссылки” menyusidan
“Оглавление” bandidan “Автособираемое оглавление” buyrug’uni tanlang.
2-rasm.
Natijada, quyidagicha standart elektron mundarija hosil bo’ladi.
3-rasm.
“Оглавление” so’zi o’rniga “Mundarija” so’zini yozib, uning formatini
to’g’rilaymiz. “Элементы оглавления не найдены” so’rovini mundarija bandlari
bilan to’ldirish uchun, kerakli mavzu belgilanib, “Ссылки” menyusidagi “Добавить
текст” “Уровен 1” tanlanadi. “Уровен 1” 1-darajali mavzuni bildiradi.
4-расм.
Keyin “Элементы оглавления не найдены” so’rovini ustiga kursor qo’yilib
“Обновить таблицу” buyrug’i tanlanadi.
5-rasm.
Natijada quyidagicha mundarija hosil bo’ladi.
6-rasm.
Mundarijaga keying mavzularni joylashtirish uchun, keyingi mavzular ham
belgilanib, yuqoridagi buyruqlar ketma-ketligi bajariladi. Faqat “Обновить
таблицу” buyrug’i berilganda “Обновить целиком” bandi tanlanishi kerak.
7-rasm.
Natijada quyidagicha “Elektron mundarija” hosil bo’ladi.
8-rasm.
Mundarija va matn formatini to’g’rilab quyamiz. Ikkinchi va undan keyingi
darajali mavzular quyidagicha o’rnatiladi. Belgilanadi va “Ссылки” menyusidagi
“Добавить текст” “Уровен 2” tanlanadi.
9-rasm.
10-rasm.
Uni joylashtirish uchun, “Обновить таблицу” buyrug’i berilganda
“Обновить целиком” bandi tanlanishi kerak. Natijada quyidagi ko’rinish paydo
bo’ladi.
11-rasm.
Ko’p varaqli hujjatlarda “Eletron mundarija” foydalanuvchilarga qulaylik
beradi. CTRL tugmasi orqali kerakli mavzuga tezkor utish imkonini beradi.