AMALIYOT XISOBOTI
13.02.2023y-25.02.2023y
MAS’UL O’QITUVCHI J.Qodirov
HISOBOT MAZMUNI
I.Malakaviy amaliyot olib borilgan muassasa.
II.Bajarilgan ishlar.
2.1. O’quv ishlari.
2.2. Ma’naviy ma’rifiy ishlar.
III. Xulosa va takliflar.
I.Malakaviy amaliyot olib borilgan muassasa.
Men Navoiy viloyati Zarafshon tumanidagi kasb hunar maktabida amaliyot òtadim . Maktab binosi ma’muriy xonalardan tashqari 45 xonali. Bino 2ta korpus va 1ta sport zalidan tashkil topgan .Maktabning barcha pedagog xodimlari o’quvchilarga ta’lim tarbiyani uzviy ravishda berib bormoqda . Maktab xonalari barcha kerakli jihozlar bilan jihozlangan. Maktab tashkil topgandan beri shu kunga qadar bir qancha o’quvchi yoshlar fan olimpiadalarida nufuzli o’rinlarni olib kelishgan. 13.02.2023-yil ilk bor maktabga tashrif buyurdim. Malakaviy amaliyot davomida nafaqat o’quv balki, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bilan ham tanishib, o’rganib chiqdim.
II.Bajarilgan ishlar.
2.1 O’quv ishlari
- ta’lim muassasiga kelishim bilan barcha dars jarayonining bir daqiqa vaqtini ham e’tiborimdan chetda qoldirmaslikka harakat qildim.Universitetda o’qituvchilarimiz bergan bilimlari asosida dars uchun tahlil yozdim va o’zim uchun kerakli xulosalarni oldim.
- ustozlarimiz aytganlaridek malakaviy amaliyotim uchun alohida ish reja tuzib oldim.
- malakaviy amaliyot davrida yordamlari katta bo’ldi.
Ish reja tuzish tartibini o’rgatdilar.Ish rejani tuzib olgach , kunlik rejalarni tuzishni ya’ni darslarning samaradorligi uchun qanday metodlar tanlash joizligi haqida tushuntirib bordilar.Bu esa bilimlarimni mustahkamlab olishimga yordam berdi.Dars ishlanmalarini yozilish qoidalarini amaliy tahlil qilishni o’rgatdi.Bunda asosan dars jarayoning usuliga e’tibor berish lozimligiga alohida urg’u berib tushuntirdi.Sababi dars usulini tanlash orqali 45 minutlik darsning qanday tashkil qilinishi mumkinligini, darsning samaradorligi qanday bo’lishini oldindan bilib olish mumkin ekan .
2.2 Ma’naviy –ma’rifiy ishlar
III.Xulosa va takliflar.
Xulosa
Malakaviy amaliyot haqida xulosam shuki, o’rgangan bilim va ko’nikmalarni amaliyotda sinamasdan biror kasb egasi bo’lish qiyin. Bunday tajriba oshirish uchun yillar davomida harakat qilinar ekan.Buning uchun esa 4yil o’qishning o’zi kamlik qiladi.Bo’lajak pedagok xodim uchun eng kerakli narsa o’quv jarayonini nazorat qila olish .Bunda bizga eng kerakli xislatlar mutaxasislik fanlarimizning barchasi hamda psixologiya, nutq madaniyati, metodika kabi fanlarni mukammal bilishni taqozo etadi.