Adabiyot 11- sinf
Anbar Otin yashab o’tgan davrlar qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?
A)XIX – XX asrlar B) XVIII- XIX asrlar
C)XIX asrning ikkinchi yarmi-XIX asrning boshlari D)XIX asrning oxiri-XX asr boshlari
2. Anbar Otin qanday oilada yashagan?
A) bo’zchi B) dehqon C) to’quvchi D) kosib
3. Anbar Otinning “Qoralar falsafasi” asari qanday yo’nalishda yozilgan?
A) didaktir asar B) tarixiy asar C) avtobiografik asar D) falsafiy-publitsistik asar
4.Kajraftor so’zining lug’aviy ma’nosi nima?
A) falak B) teskari yuruvchi C) so’zning ochig’i D) ko’k rangli osmon
5. A.Fitrat asarlari to’g’ri berilgan javobni toping?
A)”Abulfayzxon”,”Bedil”,”Qiyomat”,”Shaytonning tangriga isyoni”
B) ”Abulfayzxon”,”Buxoroning jin ko’chalari”,”Bedil”
C) ”Abulfayzxon”, ”Qiyomat”,”Padarkush”,”Hammomi hayol”
D) ”Abulfayzxon”, ”Shaytonning tangriga isyoni”,”Kimyoyi saodat” ,”Qiyomat qarz”
6. ”Abulfayzxon” dramasi necha pardadan iborat?
A)4 pardali B)5 pardali C)8 pardali D)9 pardali
7. ”Abulfayzxon” dramasida Buxoroning qozi kaloni berilgan javobni toping.
A)Ulfat B)Hakimbiy C)Mir Vafo D)Qozi Nizom
8.Cho’lponning “Kecha va kunduz “asarining epigrafini toping.
A)Osmon-uzoq, yer-qattiq. B)Hamal keldi, Amal keldi.
C)Otnining o’limi, itning bayrami. D)Yotib yeganga tog’ chidamas.
9. Cho’lponning “Kecha va kunduz “asaridagi Razzoq so’fi xotinini nima deb chaqirar edi?
A)Qizining nomi bilan B)Kampir C)Fitna D)Hooy
10. Cho’lponning “Kecha va kunduz “asaridagi qaysi obrazga “ko’rgazmaga qo’yilgan antiqa maxluq “ deb ta’rif berilgan?
A)O’lmasjon B)Razzoq so’fi C)Akbarali D)Miryoqub
11.E.Vohidovning “Ruhlar isyoni” dostonida “Onajonim, Menga bu kun Sendan o’zga dilxoh yo’q” misralari qaysi faslda qanday nom bilan atalgan?
12. “Ruhlar isyoni “dostonidagi Nazrul Islom kim?
13.R.Parfining birinchi she’riy to’plami qaysi nom bilan bosilgan?
14.Har bir narsa yaqindir menga, Har bir narsa menga qadrdon.
Qarab qoldingizmi yo’limga Issiq nonlar yopib tandirdan? Ushbu misralar R.Parfining qaysi she’ridan olingan?
15.Mahram so’zining lug’aviy ma’nosi nima?