O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI Oliy ta’limning 5310600 –« Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi» yo’nalishi talabalari uchun «Аvtоmоbillаr teхnik ekspluatatsiyasi va servisi » fanidan
LABORATORIYA ISHI TAQDIMOTI “TRANSPORT VOSITALARI MUHANDISLIGI” KAFEDRASI Andijon 2022 Laboratoriya ishi № 6 Mavzu: Uz-auto MOTORS kompaniyasining diler tarmog‘ida texnik servisni tashkil etish. And.M.I Transport va logistika fakulteti
I. Ishdan maqsad: Avtomobil ishlab chiqaruvchi korxona o‘zining maxsuloti bo‘lgan avtomobillarni sotish bilan shug‘ullanuvchi dilerlik tarmog‘ida tashkil etilgan servis xizmat ko‘rsatish ishlari bilan tanishish. II. Ishning mazmuni: Mavjud avtomobillarga servis xizmati ko‘rsatish uchastlalarining texnologik va ishlab chiqarish jarayoni va xujjatlari bilan tanishish. III. Ishni bajarish joyi: Andijon “Avtotexxizmat” MChJda bajariladi. IV. Ishni bajarish tartibi: 1. Darsning birinchi yarim bo‘limida o‘qituvchi tomonidan talabalarga qisqacha nazariy bilimlar eslatib o‘tiladi. Nazariy qismning asosiy mazmuni avtomobil ishlab chiqaruvchi korxona tashkil etgan dilerlik tarmog‘ida texnik servisni tashkil etish jarayonini o‘rganishdan iborat. 2. Talabalarning keyingi faoliyatlari o‘qituvchi topshirig‘iga asosan, dilerlik tarmog‘ida bajariladigan ishlar rasmiylashtiriladigan hujjatlar bilan tanishadilar. .
IV. Umumiy malumotlar: Avtomobilsozlik kompaniyalari o‘zlari tashkil etgan avtoservis tizimiga juda katta e’tibor va jiddiylik bilan qaraydilar. Chunki bu tizim avtomobilsozlarni o‘z mijozlari, ya’ni avtomobillarni sotib oluvchi va ishlatuvchilar bilan bog‘lovchi muhim vazifani bajaradilar, o‘z kompaniyalari avtomobillarini, servis xizmati ko‘rsatishdagi mijozlar uchun yaratilgan qulayliklarni reklama qiladilar. Xullas, o‘z kompaniyalari avtomobillarini sotib oluvchi va ishlatuvchilari bilan aloqa bog‘lashda muhim vazifani bajaradi, ya’ni o‘z kompaniyalarining xaqiqiy jonkuyarlari ekanligini namoyish etadi. Shu sababli kompaniyalarning avtomobillar bozorlaridagi mavqei, tijoriy ishlarining muvaffaqiyati aynan shu servis xizmati tizimining samarali ishlashiga bog‘liqdir. Bu servis xizmatining firmaviy usuli deb atalishini sababi esa, har bir avtomobilsozlik kompaniyasi avtoservisining o‘ziga xosligi, boshqa kompaniyalar servisidan biron-bir jihati bilan ajralib turishidir. Albatta, bu o‘ziga xosliklar birinchi navbatda mijozlar manfaatilariga xizmat qilishlari shart.
Masalan, ba’zi avtomobilsozlik kompaniyalari o‘z avtomobillariga yoki ularning muhim qismlariga kafolatli ishlash davrlarini boshqalarga nisbatan ko‘proq belgilasalar, boshqa birlari esa servis xizmatida mijozlar uchun turli qulayliklar yaratish bilan shug‘ullanadilar.
Shuni ta’kidlash zarurki, firmaviy usulda ishlovchi avtoservis xizmatini tashkil etish avtomobilsozlik kompaniyalari uchun oson ish emas. Buning uchun kompaniya mutaxassislari katta hajmdagi iqtisodiy-tashkiliy masalalarni tahlil va hisob-kitob qilib chiqadilar, so‘ngra firmaviy usulda avtoservis xizmati tashkil qilinishining quyidagi variantlaridan birini tanlab oladilar:
-o‘zining maxsus tizimini yaratish;
-avtomobillar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar bilan maxsus shartlar asosida ishlovchi, asosiy faoliyati boshqa soha bo‘lgan (sug‘urta kompaniyalari, AYoQSH egalari va boshqa firmalar yordamida servis xizmatini tashkil qilish);
-tijorat firmalarning maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan mutaxasislari tomonidan tashkil qilish;
-avtomobillar sotuvchi agentlar (dilerlar) yordamida (Reno, Frantsiya);
-avtomobillarning ayrim qismlarini va tizimlarini (motor, elektr jihozlar, shinalar, akkumulyatorlar va h.k.) ishlab chiqaruvchi firmalar tashkil etgan servisdan foydalanish;
-mahsulotlar ishlab chiqaruvchining (boshqa avtomobilsozlik kompaniyalarining) firmalari orqali tashkil etilgan avtoservis xizmati (Lada, Hunday, Uz-auto MOTORS).
Bu usullarning har biri o‘z afzallik va kamchiliklarga ega, ulardan qaysini qo‘llash murakkab taxliliy ishni talab etadi. Ammo qaysi usulni qo‘llashdan qa’tiy nazar sotuvchi mahsulot (avtomobil) sifatiga javob beradi va bu esa tijorat muvaffaqiyatining kalitidir.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT