Andijon davlat universiteti nemis tili va adabiyoti kafedrasi



Yüklə 256,46 Kb.
səhifə1/3
tarix14.12.2019
ölçüsü256,46 Kb.
  1   2   3



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI

NEMIS TILI VA ADABIYOTI KAFEDRASI

403-guruh talabasi Jalilova Madinaning

5141400 –Xorijiiy tillar va adbiyoti(nemis tili va adabiyoti) ta’lim yo’nalishi bo’ycha bakalavr darаjasini olish uchun

Kasb - hunar kollejlarida maxsus atamalarni o’qitish muammolari (to’qimаchilik sohasiga oid atamalar) mavzusidagi

Bitiruv malakaviy ishi

ILMIY RAXBAR: N.A.Karimova

ANDIJON – 2014
MUNDARIJA
Kirish…….……………………………………………………....………4

Birinchi bob. Soha atamalari va atamashunoslik masalalari…….…10

    1. Atama va amashunoslik...........………………………………………10

1.2 Soha atamalariga doir lug’atlar masalasi .……………...……………14

1.3 Soha atamashunosligi……………………………………………….20



Ikkinchi bob. Sanoat kasb-hunar kollejlarida nemis

tilida ixtisoslik atamalarini o’rgatish muammolari………………….34

2.1 Zamonaviy pedagogik tehnologiyalar va ularning turlari...................34

2.2 Ihtisoslik atamalarini chet(nemis) tili darsida qo’llash........................

Xulosa…………………………………...………………………………..57__Foydalanilgan_adabiyotlar…………..…………………………….........59__Ilova_……………………………………………………………............61'>Xulosa…………………………………...………………………………..57

Foydalanilgan adabiyotlar…………..…………………………….........59

Ilova ……………………………………………………………............61


Kasb - hunar kollejlarida maxsus atamalarni o’qitish muammolari (to’qimachilik sohasiga oid atamalar) mavzusidagi

Reja

Kirish

Mavzuning dolzarbligi

Mavzuning o’rganganlik darajasi

BMIning ilmiy yangiligi

BMIning maqsad va vazifalari

BMIning predmeti va objekti.

BMIni bajarishda qo’llanilgan tadqiqot me’todlari

BMIning metodologik asosi.

BMIning amaliy ahamiyati.

B MI natijalarining amaliyotda sinalganligii



Birinchi bob. Soha atamalari va atamashunoslik masalalari

    1. Soha atamalari.

    2. Soha atamalariga doir lug’atlar masalasi

    3. Atamashunoslik masalalari

Ikkinchi bob. Kasb - hunar kollejlarida maxsus atamalarni o’qitish muammolari (to’qimqchilik sohasiga oid atamalar)

2.1 Zamonaviy pedagogik tehnologiyalar va ularning turlari.

2.2 O’qitishning zamonaviy usullari va ularning ta’limtarbiya tizimadagi o’rni.

2.3 Ihtisoslik atamalarini chet(nemis) tili darsida qo’llash.



Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar

Ilova

KIRISH

Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi ta’lim tizimida bilimlarni egallashning yangi konsepsiyasi – noan’anaviy ta’lim tehnologiyalarning turli uslublarini qo’llashni taqazo etmoqda. Ta’lim jarayoniniga bir tizim deb qarasak,uni tashkil etuvchi elementlariga quyidagilar kiradi: o’quv maqsadi, kutilayotgan natijalar, o ‘qituvchi, o’quvchi, ta’lim mazmuni, ta’lim metodi,shakli va vositalari,nazorat va baholash.Ta’lim jarayonini loyihalashda ana shu elementlardan biri chetda qolsa yoki to’g’ri tanlanmagan bo’lsa tizim ishlamaydi,demakki,ta’lim maqsadiga erishib bo’lmaydi.

Prezidentimiz ta’kidlaydilarki: “Biz buyuk ajdodlarimizga munosib avlod bo’lishimiz darkordir. Buning uchun esa eng avvalo tarbiyali, ilmu – ma’rifatli farzandalar yetishtirish kerak bo’ladi. Mana shuning uchun ham bu masalaga qaratilgan loyixalar jamoatchiligimiz diqqat e’tibori markaziga o’tmoqda, tarbiya sohasi isloxoti bugungi eng dolzarb, ertangi taqdirimizni hal qiluvchi muammoga aylanmoqda. Qisqacha qilib aytganda, bugungi kunda oldimizga qo’ygan buyuk maqsadlarimizga, ezgu niyatlarimizga erishishimiz jamiyatimizning yangilanishi, xayotimizning taraqqiyoti va istiqboli amalga oshirilayotgan isloxotlarimiz, rejalarimizning samarasi taqdiri – bularning barchasi avvalambor, zamon talablariga javob bera oladigan yuqori malakali, ongli mutahasis kadrlar tayyyorlash muammosi bilan chambarchas bog’liqlikni barchamiz yaxshi anglab yetmoqdamiz.”1

Shuning uchun ham, so’nggi yillarda o’rta mahsus, kasb-hunar ta’lim tizimida malakali kichik mutahassislar tayyorlash jarayonida talabalarning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantiruvchi noan’anaviy ta’limni tashkil qiilish, faol usullardan foydalanishga ko’proq e’tibor berilmoqda. Ma’lumki, ta’lim olishning bu usuli-talabalarni o’z kasbiga qiziqtiruvchi, bilim doiralarini kengaytiruvchi,ularda hozirjavoblik hususiyatlarini tarbiyalovchi, faollashtiruvchi va ularning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantiruvchi kabi didaktik funksiyalarni bajaradi.

Soha tilini o’rgatishda zamonaviy usullardan foydalanishning samaradorligi yana shundan iboratki, uning qatnashchilari yahlit tizimli bilimga ega bo’ladi va mustaqil ijodiy fikrlash qobiliyatlari rivojlanishi negizida bo’lajak kasbiy faoliyatga oid boshlang’ich ko’nikmalar shakillantirilib, o’quv tarbiyaviy jarayonni amaliyot bilan bevosita bog’lab olib borishni ta’minlaydi.Bunda KHK talaba yoshlari o’rganayotgan sohasini nafaqat o’z ona tilida balki o’rganayotgan chet tilida ham ish yurita olish imkoniyatiga ega bo’ladilar. O’qitishning yangi texnologiyasini ishlab chiqishga, intensivlashtirilgan usullardan foydalanishga, namunali, davr talabiga javob beradigan darsliklar, qo’llanmalar va lug’atlar yaratishga aloxida e’tibor talab qilinadi. O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»2 talablarini bajarish asosida, ta’lim muassasalarining moddiy-texnika imkoniyatlarini oshirish, ularni zamonaviy binolar, o’quv va laboratoriya uskunalari, kompyuter va adabiyotlar bilan ta’minlash ayniqsa dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Zero, Prezidentimiz uqtirganidek, «… o’quv muassasalarini bitirgan farzandlarimiz ertaga oliy o’quv yurtlari, litsey va kollejlarga har taraflama puxta bilim va tayyorgarlik bilan kelishi zarurligini unutmasligimiz kerak»3.

To’qimachilik sohasining rivojlanishi natijasida yangi tushunchalar, yangi jarayonlar ishlab chiqildi. To’qimachilik sohasi atamalarini ajratib olish muammosi,ularni jarayonga tadbiq qilish,qo’llashda hatolikka yo’l qo’ymaslik,chet tilida ularni amaliyotga tabiq qilinishi mobaynida qo’pol hatoliklarni oldini olishda bitiruv malakaviy ishim qo’l keladi degan umiddaman.

Chunki o’quvchi yoshlarga atamalarning asl mohiyatini o’rgatmay turib, ularni chet tiliga tarjima qilish,amaliyotda qo’llash,rivojlangan davlatlarga o’qishga yuborish va o’sha davlatlar yutug’idan baxramand bo’lish, jaxon andozasiga mos keladigan yetuk mutahassislar yetkazib chiqarish mumkin emas.

Kasb – hunar kollejlari uchun mo’ljallangan nemis tili darslari kasbga yo’naltirilishi dolzarb masaladir.

Muhtaram Prezidentimiz I.A.Karimovning 2012 yil 10 dekabrda “Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari” to’g’risida4 chiqargan qaroriga asosan hozirgi kunda yurtimizda zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalangan holda o’qitishning ilg’or uslublarini joriy etish yo’li bilan o’sib kelayotgan yosh avlodni chet tillarga o’qitish, shu tillarda erkin so’zlasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish hamda dunyo ahborot resurslaridan keng ko’llamda foydalanishlari, halqaro hamkorlik va muloqotni rivojlantirishlari uchun shart-sharoit va imkoniyatlar yaratish maqsadida ko’plab chora-tadbirlar olib borilmoqda.



Mavuning o’rganilganlik darajasi. Ilmiy texnik atamalar tahlili, ularning ilmiy tomoni, ilmiy muammolari o’zbek atamashunos olimlaridan akademik M.A.Xojinova, Q.Zokirov, V.N.Musaeva va boshqalar tomonidan tadqiq qilingan. Rus va xorij olimlaridan Volkova, Gerd, Golovin, Grinyev, Danilenko, Lotte, Wüster va boshqalar.

Hozircha o’zbek tilida to’qimachilik, tikuvchilik sohalariga oid sanoqligina qo’llanma, darsliklar yaratildi, bir qancha darsliklar,o’quv qo’llanmalari rus tilidan o’zbek tiliga tarjima qilindi.

Tabiyki,yuqorida tilga olingan darslik qo’llanmalarda muayyan kamchiliklar mavjud edi. Bunday kamchiliklar biror narsa,buyum,jarayon,usul va h.k.ga doir atamalarning har hilligida ayniqsa ko’zga tashlanadi.Bunining ustiga yurtimizdagi mavjud umumiy lug’atlarda ham, o’zbek tilining izohli lug’atida ham, 14 jildlik “Ensiklopedik lug’at”da ham to’qimachilik tikuvchilik atamalariga kam o’rin ajratilgan.Shu bois so’nggi vaqtlarda bu sohadagi atamalar lug’atiga ehtiyoj orta bordi.To’qimachilik va tikuvchilik sohalariga oid KHK larida ham, oily o’quv yurtlarida ham hozirga qadar rus tilidagi manbalardan foydalanib kelingan. Ushbu mavzuni yoritishda H.H.Ibrohimov va boshqalarning “Yigiruv

mashinalari”, Sh.R.Marasulov5, E.Sh.Olimboyev va boshqalarning To’quvchilik tehnologiyasi va to’quv stanoklari”, M.Sh.Jabborovanin “Tikuvchilik texnologiyasi”, S.Ch.Ojegov6 ning ikki tomlik ”Ruscha-o’zbekcha lug’at, ”Politexnicheskiy slovar”, “Словар иностранных слов”, ikki tomlik “O’zbek tilining izohli lug’ati”, ”Entsiklopedik lug’at”, “Politexnika lug’ati” asar va lug’atlar katta rol o’ynaydi. Ammo shunga alohida urg’u berishimiz zarurki, chet tillarini o’rganish, milliy ona tilimizdagi maxsus atamalarni unutish xisobiga bo’lmasligi lozim.

Kechagi tariximizda bizning g’arb tillarini o’rganishimizda asos rus tili vositachi bo’lib keldi. Shuning xisobiga xozirgacha misol uchun,nemischa – o’zbekcha, inglizcha – o’zbekcha lug’atlar deyarli yo’q, buning natijasida o’zbek maktablarini bitirgan yoshlarimiz qisilib qolib, chet tillarini o’rganishda juda ko’p to’siqlarga uchrayabdi va ko’nikmalari darajasida chiqarish maqsadiga katta etibor berib kelinmoqda.

Mavzuning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: Tadqiqotda ilk bor turli tizimdagi tillarda nemis va o’zbek To’qimachilik atamalarni kasb-hunar kollejlarida darslarga tadbiq qilish, taxlil qilish maqsad qilib qo’yiladi darslarda chet(nemis) tilida tadqiq qilish methodlari yaratilishi asosida ilk bor quyidagilar amalga oshiriladi:

1)To’qimachilikka oid atamalarning, jumladan ularning tabiatini ochib berish ular bilan bog’lik masalalar va muammolar doirasiini aniqlash;

2) To’qimachilikka oid atamalarni kollej talabalariga o’rgatishning zamonaviy pedagogic tehnologiyalarni qo’l keladigan mos variantlarini aniqlash va yoritish;

BMIning maqsadi To’qimachilik sohasi atamalarini o’rganishni zamonaviy pedagogic uslublarini o’rganib chiqish kerakli variantini tanlab amalda tadbiq qilishni yo’lga qo’yish.shu bilan birga sohaga oid atamalarni lingvistik taxlil qilish, ularni umumiy va xususiy jixatlarini ochib berish va shu yo’sinda o’zbek atamalarini nemis tilida izoxlashni o’rgatish nazariyasini yanada rivojlantirishdan iboratdir.

Vazifasi oldiga qo’yilgan aniq maqsad bilan uzviy boglik bo’lib, quydagilarni tashkil etadi: O’quvchilarning soha atamalarini qay darajada o’zlashtirayotganligini taxlil qilishga va ulardagi umumiylik va hususiylik xolatlarini o’rganish; Kasb – hunar o’quvchilarining soha atamalarini o’rgatishda qanday chora tadbirlar qo’llanilayotganligi va lug’atlar orqali muloqot malakalarini o’sib borayotganlik darajasi va qanday kamchiliklarga yo’l qo’yilayotganligini bilish, soha atamalarini o’rganishda qanday yordam, tavsiyalar va ko’nikmalar berishni o’rganish.

Mavzuga oid yoki yaqinlug’atlarni o’rganib, ularga tanqidiy yondashish va tadqiqotning nazariy va amaliy yo’nalishini aniqlab olish;

2.Nemis va o’zbek tillarida soha atamalarini leksik jihatlarini o’rganish ham mavzuning vazifasiga kiradi.

Mavzunning predmeti va objekti. Kasb-hunar kollejlarida maxsus atamalarni o’qitish muammolari (to’qimqchilik sohasiga oid atamalar) mavzusining predmetini nemis vа o’zbek tillаridаgi ihtisoslik atamalarini qiyosiy tаsnifi, ulаrning qiyoslаnаyotgаn tilgа tаrjimа mаsаlаlаri, etimologiyasi va sintаgmаtik munosаbаtlаrining tаdqiqoti belgilаydi.

Ilmiy ishning objekti to’qimachilik sohasini qamragan darslik va lugatlardan tanlab olingan soha atamalari.



BMI ishinini bajarishda qo’llanilgan tadqiqot metodlari Mavzuni yoritishda qo’llangan metodlar.Kasb - hunar kollejlarida maxsus atamalarni o’qitish muammolari (to’qimqchilik sohasiga oid atamalar) mavzusidagi mavzusini o’rganishda keng tarqalgan an’anaviy usullardan foydalandim.

Mavzuni yoritish uchun maxsus lug’atlarnii o’rganish va ularni taxlil qilish metodidan,nemis tilida qanday tarzda muloqot olib borilishini o’zbek tilida o’xshash va farqli tomonlarini aniqlashda taqqoslash metodidan foydalandim. Ushbu metodlar orqali o’z ona tilimizdagi soha atamalarini va nemis tilida soha atamalarini o’rgatish masalalari mavzusini yoritishga harakat qildim.

O’quv majmui quydagilarni o’z ichiga oladi:


  1. Maxsus atamalar lug’ati

  2. Ish daftari.

  3. Prezentatsion ma‘lumot.

  4. Sohaga oid darslik.

Maxsus atamalar lug’ati horijiy til o’rgatishdagi interferensiya (salbiy xolat)ni yuzaga kelishini oldini oladi. Intelektual salohiyati cheksiz bo’lgan yoshlarimizga qisqa vaqt ichida bu usul xam sodda informatsiya bo’lib qolishi tabiy.

BMIning metodologik asosi. Mazkur bitiruv malakaviy ishning metodologik asosini O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning Respublikamizda ta’lim va tarbiyani rivojlantirishga bag’ishlangan nazariy asarlarida oldinga surilgan goyalar, xulosalar, O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” xaqidagi me’yoriy hujjatlar hamda fan, ta’lim-tarbiya va madaniyat soxasidagi strategik yunalishlarga doir karorlar tashkil etadi. BMIning amaliy ahamiyati O’ragnilayotgan mavzuni amaliy axamiyatiga to’xtalib o’tadigan bo’lsak: nemis tilida bemalol gaplasha olish, yoza olish, matnlarni tarjima qilish xamda nemis tilida aniq, ravon va nuxsosnsiz soha yuzasidan muloqotni amalga oshirish malaka va ko’nikmalarni shakillantirish imkoni paydo bo’ladi.

Kasb-hunar kollejlarida taxsil olivchilar uchun nemis tilida soha atamalaridan xabardor bo’lishi nazariy va amaliy jihatdan katta ahamiyatga ega.



BMI natijalarining amliyotda sinalganligi: Bakalavr darajasida bitirayotgan har bir talaba 4 yil davomida olgan bilimlar saviyasini davlat imtihonlari natijalarida va bitiruv malakviy ishlarida ko`rilishi mumkin. 4 yillik nazariy bilimlarni amaliy qo`llash uchun men o`z pedagogik amaliyotimni Namangan shahridagi pedagogila kollejida olib bordim. Ana shu o’quv yurtining guruhlarida o’tkazilgan nemis tilt amaliyoti darslarida ushbu malakaviy ishning natijalari amaliy sinovdan o’tlazildi.Amaliyot davomida biz nafaqat oddiy so`z birikmalari, balki soha atamalaridan foydalanishni ularning ahamiyatini ham kata ekanligini ham ko`rdim. O’quvchilarning intellektual salohiyatini oshirish, shu bilan birga nemis tiliga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida chet tilini o’rganishning qulay va samarali usullarini o’rganish va qo’llash hozirgi kunimizdagi hamon dolzarb masalalardan bo’lib qolmoqda. Darslarni jonliroq va qiziqarliroq tashkil qilish maqsadida soha atamalaridan nemis tilida og’zaki nutq blim va ko’nikmalarini shakillantirishda qo’llash o’z samarasini berdi, bu men o’z pedagogic amaliyotim davomida sinab ko’rdim. Xususan kollej talabalari atamalar ishtirokidagi topshiriqlarni dars jarayonida qo’llashga harakat qildim. Dars jarayonida olgan bilimlarini talabalar mustaqil bajargan taqdimotlar yordamida so’zlashga harakat qildilar.Natijada o’zlashtirish darajasi quyidagi ko’rsatkichni berdi: 14ta talabani 100% deb olsak, bulardan 52%-yahshi,30% a’lo, 18% qoniqarli.

Birinchi bob. Soha atamalari va atamashunoslik masalalari

    1. Atama- ma’lum fan yoki xunar sohasiga oid tushunchalarni qayt qilish, saqlash

va bu sohada to`plangan bilim, tajriba, texnik maxorat va malakani boshqalarga berish vositasidir. Shuning uchun ilm - fan, texnika ijtimoiy munosabatlarning rivojlanishi atamalarning nazariy va amaliy qimmatini oshiradi. Mutaxasisislarning bir birini tushunish uchun, imiy va ilmiy pedagogik va muxandis mutaxasislarini tayorlashhda, ilmiy, ilmiy texnik adabiyotlar va darsliklarni yaratishda, ilmiy-statik xisoboti, xalq xo`jaligi tarmoqlarini rivojlantirishda sifatli va ko`pchilig maqullagan atama lug`atlarining bo`lishi muxim axamiyatga ega.Fach-spra-che die; alle Fachausdrücke u.spezifischen Formulirungen(od.Berufzweig) verwendet werden u.für Laien mst nur schwer od.gar nicht zu verstehen sind: die juristische, medizinische F.7

Xozirgi texnikaning yuqori taraqiy etgan bir paytda adabiy til yanada zakovatli bir shakilga ega bo`lib muxitning malum bir sohalar bo`yicha ixtisoslashi ro`y beradi. Shu sababli ham mutaxasisilar bilan tilshunoslar va oddiy til ixlosmandlarini manfatlari va qiziqishlalri to`qnashadi. Bu toqnashish munozara masalani tog`ri xal bo`lishiga muvofiq manzur atamani tanlab olishga yordam beradi va yagona yo`nalishni vujudga keltiradi.

Atama- ifodaloyotgan tushunchani aniq ifodalashi kerak. Tilshunos olim G Shuxrad “atamashunoslikdagi noaniqlik, chalkashlik tuman ichidagi paroxodni boshqarish bilan barobar” degan edi. Atama qo`lashdagi aniqlik darxol ro`y bermaydi, yillar davomida tanlash, tartibga solish, nixoyat umumlashtirish, standartlashtirsh orqali ro`y beradi.

Atamalarning aniqligi millatning, ma’rifati, madaniyati darajasini ko`rsatadi.

Umuman ona tilida atamalarni puxta ishlanishi, tartibga solishni darslik qo`lanmalar tuzishi uchun ham zarur bo`lgan manbadir. Atamalarning ishlanmaganligi va tartibga solinmaganligi nutq uslubiga ham ta’sir etadi, chunki uslubning turli sohalarini yaratuvchi vositalardan biri atamadir.

Ma`lumki, so`zlar bir nechta ma`noga ega bo`ladi. Ko`p ma`noli so`zlarning aniq ma`nosi kontekstda gap tarkibida aniqlanadi. Bunday so`zlar nuqtaning ta`sirli, jonli ixcham va badiiy bo`lishida nihoyatda katta rol o`ynaydi. Shu bilan birga, har bir tilda o`zining ishlatish doirasiga ko`ra cheklangan, asosini birgina ma`noga ega bo`lgan birgina tushunchani ifodalaydigan so`zlar ham bo`ladi. Bunday so`zlar, xususan fan, texnika, sanoat, siyosat, til va adabiyot, hunarmandchilik kabi turli sohalarda uchraydi. Bu sohalarda hamma diqqat borligini faqat mantiq jihatidan bilishga qaratilgan. Shuning uchun fan, texnika, siyosat sohalarida nihoyatda aniq bo`lishi talab qilinadi.Rus tilidagi so’zi termin so‘zi lotincha “terminus” so`zidan olingan bo`lib, chegara, chegara belgisi, chek ma`nolarini anglatadi. Fan-texnika va boshqa sohaga oid narsa-hodisa haqidagi tushunchani aniq ifodalaydigan, ishlatish sohasi shu sohalar bilan chegaralangan so`zlar yoki so`z birikmasi atama deb ataladi. Atamalar bir ma`noli bo`lishi ekspressivlik va emotsionallikka ega bo`lmasligi kabi belgilari bilan ham umumiste`moldagi so`zlar bilan farqlanadi.

Atamalarning muhim xususiyati shundaki, ular ko`p ma`noli bo`lmaydi. Ko`chma ma`nolarda ishlatilishi nihoyatda kam uchraydi. Masalan, operatsiya atama sifatida 1) tibbiyot sohasida yorish, kesish, kesib olib tashlash va shu yo`llar bilan kasallikni tuzatish va davolash maqsadida. 2) Harbiy sohada biror vazifa va maqsadni amalga oshirishga qaratilgan urush harakatlari ma`nosida. 3) Davlat idoralarida rasmiy muomala (masalan: bank pochta operatsiyasi kabilar ma`nolarda qo`llaniladi.

Fan-texnika, adabiyot, san`at ishlab chiqarishning taraqqiy etib borishi bilan atamashunoslik ham rivojlanib boradi, ya`ni atamalar paydo bo`ladi. Ba`zi bir eskirib keraksiz bo`lib qolgan atamalar esa iste`moldan chiqib qoladi.

K.M.Musayev atamashunoslikni tilninng leksikasi sifatida go`yo bir shaharga qiyoslaydi. Uning fikricha atamashunoslik yagona reja asosida qurilsada, lekin birdaniga barpo etilmaydi. U tarixiy shart-sharoit asosida shakllanadi, uni yaratishda har xil avlodga mansub bo`lgan turli me`morlar, loyihachilar, kashfiyotchilar ishtirok etadi. Ular har bir qurilayotgan inshootni yaxshi o`rgangan holda barpo etadilar.

Atamashunoslikni tartibga solishdagi o`ziga xos murakkablik shu bilan belgilanadi8. Rus tilshunosi D. S. Lotte atamashunoslik bag`ishlangan asarlarda barcha sohaviy atamashunosliklar uchun umumiy bo`lgan quyidagi kamchiliklarni k`orsatib o`tgan.



  1. Barcha atamashunoslik sistemalar uchun taniqli bo`lgan kamchiliklardan bir atamalarning ko`p manoliligidir. Bunda bir atama ikki va undan ortiq manolarda qo`llaniladi.

  2. Ikkinchi yirik nuqsonlardan biri atamalar sinonimyasi xodisasidir. atama- sinonim (dublet) lar deganda muayyan bir tushunchani ifodalash uchun ikki undan ortiq atamaing muomilada bo`lishi tushuniladi.

  3. Atamashunoslikdagi muayyan bir kamchilik bu ma’lum bir tushunchani ifodalashga xizmat qiluvchi atamaning anglatishi lozim bo`lgan tushuncha moxiyatiga uyg`un bo`lmasligidir. Bazi xolatlarda so`zning aynan manosi bilan tushuncha moxiyati o`rtasidagi nomutanosiblik vujudga keladi.

  4. Atamaning ko`p komponentlardan iborat bo`lishi va natijada, uni qo`lashdagi noqulaylikdir. Bunday muayyan bir trushunchani ifodalashga xizmat qiliuvchi atama ikkii va undan ortiq komponentlardan ibort bo`ladi.

  5. Atama talafuzining noquylayligi. Bunday atamalar ikki sababga ko`ra vujudga keladi: 1) Asosiy treminnni yaratishda uning derivatvlik imkoni imkoniyatlari yetarlicha inobatga olinmaydi. 2) Xorijiy atamani o`zlashtirishda unga jiddiy etibor bilan qarab, tanqidiy yondashilmaydi.

  6. Atamashunoslikdagi eng katta kamchilik bu atamashunoslikni keragidan ortiq miqdorda xorijiy atamalar bilan to`ldirib tashlashdir.

Xech qanday til faqat o`z atama elimentlari bilan hisobiga atamashunosliksini qura olmaydi. Til qurish jarayoni shuni ko`rdsatadiki, dunyoda sof tilni o`zi umuman mavjud emas.

  1. Ko`p hollarda bazi tushunchalarni ifodolovchi atamalar iste’molda mavjud bo`lmaydi. Natijada bunday tushunchalar o`ta muxim va axamiyatli bo`lishiga qaramasdan, keng tarqalish imkoniyatidan maxrum bo`ladi.

  2. Yana bir kamchilik shuki, atama yaratishda u ang`latishi lozim bo`lgan tushuncha moxiyati bilan o`zaro batartiblikni yetishmasligidir.

D.S.Lotte tomonidan ko`rsatib o`tilgan barcha soha atamashunosliklariga oid bu kamchiliklar, oradan 40 yildan ortiq vaqt o`tishiga qaramasdan bugungi kunda ham o`z axamiyati va dolzarbligini yo`qotmasdan turibdi.

Ma’lumki atamashunoslik lug`atlar ham soha atamashunosliksini tartibga solishda o`ziga xos axamiyat kasb etadi. Akademik G` Abduraxmonov atamashunoslik lug`atlarni ma’lum fan sohasiga xizmat qilibgina qolmay atamaallarni tartibga solish, takomillashtirish hamda standartlashtirishda ham muhim ro`l o`ynashini ta’kidlab o`tgan. Atamashunoslik lug`tlar uchun atama tanlash nixoyatda ma’sulyatli ish. Chunki har bir atama ma’lum tushunchani to`g`ri ifodalashi o`zi ifodalangan sohaga va ayni chog`da ona tili qonuniyatlariga mos bo`lishi shart. Tanlangan atama bir manoli, ihcham so`z yoki birikmadan iborat bo`lishi, qolaversa u sinonimlarga ega bo`lmasligi kerk. Atamashunoslik lug`atlar bir tilda yoki ikki tilda tuzilib uning vazifasi har bir sohadagi atamalarni izoxlab, tushuntirib berishdan iborat. Bunday lug`talar “Maxsus lug`tlar”, ya’ni “Soha lug`tlar” Deb ham yuritiladi. Atamashunoslik lug`atlar har qaysi soha bo`yicha tuziladi.ilmiy uslubdagi leksikada atamalar aloxida o`rinni egallaydi.

Atamashunoslik ilmiy uslubining alomatlari yetakchi deb tan olingan.

Xozirgi zamon fani va texnikasi diferensiyalashish va maxsuslashish bilan xarakterlanadi. Masalan, zamonaviy fanlar 500 dan ortiq soha va tarmoqlarga bo`linib ketganki, ularning xar qaysisi o`zining takomilashtirilgan atamashunosliksiga ega. Shu bilan birga fan va texnikaning barcha soha va tarmoqlari maxsuslashgan bo`lishi bilan bir qatorda umumiy xamdir, binobarin, ular soha mutaxasislarining tor manfatlari bilan cheklanib qolmaydi.

Provardida, atamalar aniq amaliy ishlarda qo`llash uchun qulay bo`lmog`i lozim. Zamonaviy atamashunoslik xarakterli xususiyatlardan biri.

Mutonasib bo`lmagan keng ommaning u yoki bu darajalari tor mutaxasislar o`rtasida qo`laniladigan atamalar bilan duch kelishini taqazo qiladi. Negaki fan va texnika, ayniqsa, bizning mamalaktimizda keng ommaning mulki bo`lib qoladi.



1.2 Soha atamalariga doir lug’atlar masalasi Xozirgi kunda bir lug`atni barpo qilish uni o`xshashligini, mosligini, unga qanday erishishni ko`rsata bilish va xal etish zarurdir. Unin birinchi darjadagi, muhimligi leksikografya faoliyatini uslublarini qayta ishlashdir.

Bizning kilassiklarimiz allaqachon leksikografyaning ham nazariy amaliy kerakli yo`nalisharini tanlab olganlar. V.Vinogradov yozgan edi “So`zlarining ma’nolari diferensiyasidagi kamchilik va xatolar va ularning hilma hiligida ularning semantik, manaviy, ma’rifiy leksikografik ishlarining uslubi va texnikiasiga bog`lidir”.

Uslubning bunday turi xaqida I. V. Sherba aniq g`oyalar bildirgan. Shunday qilib tilshunoslika tajriba prinspini kiritiladi. Ma’lum bir gapning u yoki bu so`zning ma’nosi, u yoki bu formasini so`z yasashning yoki forma yasashning qonuni asosini va shunga o`xshashlar. Bu qonunlar yordamida bir qator xar xil jumlalarni ishlatish mumkun.

Ayniqsa natija usuli sintaksis va leksikografiyada va albatda stlistikada muvofaqiyatlidir.men shunday demoqchi edimki yozardi A.V.Sherva tajribasiz tiulshunoslikning bu bo`limida shug`ulanish mumkun emas. Faqatgina uni yorgdami bilan biz kelajagda gramatika va lug`atning xaqiqiy mosligini yoritishga erishishimiz mumkun.

Leksikografiya faoliyati qator etaplarga bo`linadi. Uning taxminiy davomiligi quyidagilar.


    1. lug`atlarning tashqi parametrlari ishlab chiqish sistemasi talablari.

    2. Lug`atlarning ichki parametrlari ishlab chiqarish sistemasi talablari.

    3. Til osti formal inventorizatsiyasi.

    4. Tasvirlanyotgan birlikning ma’no jihatidan tajribada kuzatish.

    5. O’tkazilgan tajribani umumlashtirish.

    6. Til uslubining differensiya tuzilishi va ularda yangi tajribalar borishini tekshirish.

    7. Xar bir lug`aviy birliklarning to’ldiruvchi informatsiyasi va ularni yig`ish.

    8. Lug`aviy ma’nolarni bir formaga keltirish.

    9. Sistemali taxlil va lug`aviy ma’nolarini tartibga solish.

    10. Lug`atni bir butun fo’rmaga keltirish.

Agar bir bu etaplarning muhimligiga axamiyat bersak demak ularni birinchi o`ringa qo`yishimiz kerak bo`ladi. Semantik tajriba kuzatishlari diferensiya tuzilishiga bog`liq. Keyingi etapni, so`z xaqidagi to`ldiruvchi informatiyani vujudga kelishio etapi deb atash mumkun, va nixoyat lug`atni korib chiqish etapni, talab sistemasini ishlab chiqishdan boshlab, matin massivining formal inventarizatsiyasigacha lug`tni isbot qilish rejasi axamyatlidir. Etapning muximligiga beriladigon baho shartli.

Leksikografik faoliyat kabi keltirilgan vazifalar xulosasai lug`at saviyasining yuqoriligi bilan bog`liq. Biz ajratib olgan 3 ta asosiy vazifa yuqorida takitlanganidek leksikografik faoliyat o`z moxiyatiga ko`ra tilning semantik inventarizatsiyasi kabi bo`lishi mumkun.

Tilning semantik strukturasini to`liq tasvirlab berish faqat uning chqurligini keng tasvirlashga bog`liq. Shuning uchun xaqiqiy tasvirlash chegaralangandir. To`liq va o`xshash tasvirlash birligi yo`lida sementik faktlarni inventarizatsiyasini to`liq va o`xshash tasvirlashga birinchini qadim bo`ladi. U doimo ochiq tarzda bo`lmaydi. Lekin bunday vazifalar uchun ayanan ochiq tarzdagi bunday qadam zarur mano inventarlari bu aniq bir to`plam tuzilishdir.

Xar bir berilgan inventarizatsiya uchun invntr aspektlar maqsadga muvofiqligi semantik tuzilishi bilan xarakterlanadi. Semantik tasvirlashning davomiligi birinchi qadam bilan inventarizatsiyasi ro`li muximligini bildiradi yani umumiy kortinoning to`lqiligidan qochib, uning tarkibidagi aniq bir fragmentini o`rganishga beradi. Obyektlarni to`liq tasvirlash darajasiga aniq fakultativlik xam bo`g`liqdir. Inventarizatsiyasi xar hil maqsadlarda to`liqlikning turli darajalari esda saqlanib qolishi mumkun.

Yana boshqa tomonlari inventarizatsiyada tabiy va qulay unga deyarli diqqatini oz jalb qilish, inventar birliklar va komplekslarni semantik tasvirlarni, ko`priklar va komplekslarni esda saqlash, yana boshqa tomoni chegaralangan umumiy kuchi: element turlari tasvirni tushuntirish usulining o`zi emas. Biroq o`ylab tashkil qilinib inventar xotiralarga berilgan umumiylikni yengillatadi va tezlashtireadi. Inventarizatsiyaнинг ajratilib ko`rsatlganligi semantik tasvirlashda shu bilan imkon berdiki yukori ligivistik klasifikatsiyaning barcha muommolarini talab qilmaydigan kisman olgaritmik etapni ajratib beradi.

Xar bir semantik inventlar mahlum bir uxshash belgilar tasviri bilan xoxlagan semantik obek yordamida aytish mumkun u mahlum sementik inventlarga xos yoki yuq. Inventarizatsiyasiyaga u yoki bu obektlar kiradiki qaysiki ularning ichki munosabati mahno inventlari quydagi umumiy tahlablarni qo`yadi:



  1. bir xillik (bir ildizlik )

  2. to’liqlik

  3. tenglik

  4. ajratish kuchi

Semantik inventorlar mana shu talablarga bysunadi. Talablar sistemasi, aynan bir aniq lug`atda undagi maqsadiy yo’nalishda ko`pincha uning tuzilishini, formasini aniqlaydi.

Lug`atlarni yaratishda eng muximi asosiy pozitsiyadan kelib chiqib, ularni birlamchi muomlarni yechish kerak .

Shuning uchun yuqoridagi talablar bir biri biln bog`liq:ularning munosabatlari, qanday konkret voqeylikda qanday izlanishlarga bog`liq. Nazariy qayta ko`rish bilan birga amaldaxam o`rganish lug`atlarning tuzilishiga yani strukturasiga ta’siri bo`ladi. Sanab o`tilgan talablar lug`atlarni klasifikatsiyalashda xizmat qiladi. Shuning bilan birga u yoki bu bu talablarga mos keladigan darajadagi lug`atlar kelib chiqadi.

Biroq bunday lug’atlar talabalarga faqat matn o’qishda yordam beradi. Talabalarda esa ko’pncha uy vazifasidan darsda ma’lum masalalar muxokama qilinishini anglab, unga tayyorlanayotgan vaqtlarida biror so’zning ma’nosini to’g’ri emasligiga shubxalangan vaqtda ushbu so’zni lug’atdan ko’rish istagi paydo bo’lib qoladi. Bunday xollarda darsliklardagi chet tili ona tili lug’atlari ularga yordam bermaydi. Ba’zi mualliflar, chunonchi I.E. Anichkov aloxida olingan so’zlarning axamiyatini inkor etadi, u faqat gaplarni va og’zaki nutqni o’rgatishni taklif etadi. Biroq masalaga shu nuqtaiy nazardan qarasa, u vaqtda aloxida ajratib olingan so’zlarni tushunish uchun mo’ljallangan nutq xam o’z fikrini bayon qilish uchun nutqni xam o’rgatish lozim deb xisoblash kerak. Shunday bo’lganda chet tili rus lug’atlariga xam nisbatan extiyoj qolmaydi.

Bunday nuqtaiy nazarlar va ularning talabalarga chet tilini o’rganish jarayonida foyda keltirish eksperimental tekshirib ko’rilmaganligi va bu nuqtaiy nazarlarni tasdiqlovchi ma’lumotlarga metodikada xam ega bo’linmaganligi sababli darsliklarning shevasida xam chet tili – ona tili va ona tili – chet tili lug’atlarining bo’lishi maqsadga muvofiqdir.Chet tili va ona tili lug’atlari xam ona tili – chet tili lug’atlarida aloxida ajratib olingan so’zlardan tashqari maskur o’quv davrida talabalar tomonidan o’zlashtirilgan frazeologik iboralar xam bo’lishi kerak, ular bundan tashqari birikma tamoili asosida tuzilgan bo’lishi kerak. Bu tamoyilga asoslangan lug’at mavxum so’zlarning faqat ma’nosinigina emas balki o’tilgan boshqa so’zlar bilan birga kelishi mumkin bo’lgan variantlarni ifoda etadi. Izchil leksikografik faoliyat lug`atlar tuzishda mayda detalalargacha e’tibor beradi. Asosiy etaplardan farqli o`laroq undan muxim talab va tartiblar yuqoridir.

Hozirgi zamon fani va texnikasi deferensiyalanish va maxsuslanish bilan harakterlanadi. M: zamonaviy texnikalarning 500 mingdan ortiq soha va tarmoqlarga bo’linib ketganki, ularning har qaysisi o’zining takomillashgan maxsus atamashunoslikka ega. Shu bilan birga fan va texnikaning barcha soha hamda tarmoqlari maxsuslashgan bo’lishi bilan bir qatorda umumiy hamdir, binobarin ular soha mutahassislarining tor manfaatlari bilan cheklanib qololmaydi. Pirovardida atamalar aniq amaliy ishlarga qo’llash uchun qulay bo;lmog’I va va umumiyat manfaatini ko’zlamog’I lozim. Zamonaviy atamalarning harakterli hususiyatlaridan biri yani mutaxssis bo’lmagan keng ommani u yoki bu darajasi tor mutahassislar o’rtasida qo’llanadigan atamalar bilan duch kelishni taqazo etadi. Negaki fan va texnika ayniqsa bizning mamlakatimizda keng ommaning mulki bo’lib qoldi. Manashu sababli o’zbek halqining jumladan. Boshqa xalqlarningatamashunosliklarini tartibga solish hayptimizning, qolaversa, tilimizning dolzarb vazifalaridandir.atamashunoslik muammosiga termenologik tartibning mazmuni haqidagi fikrlarini o’z ichiga oladi, shu bilan bi qatorda fan va texnikaning zamonaviy rivojlanishini o’zida aks ettirishi kerak, shu bilan birga atamashunoslikni mantiqiy rasmiylashtirish va mantiqan bir tekisda joylashni o’z ichiga oladi.

Atamashunoslik muammosi juda murakkab ilmiy muammolar qatorida turadi. Uni tuzishda har hil soha tilshunoslarigina emas balki turli boshqa fanlar doirasidagi mutahassislari ham ishtirok etishi mumkin.

Atamashunoslikni yaxshi bilish bizga u yoki bu mahsus bir doirani chuqurroq o’rganishga yordam bersa (M: matematikatamaalogiyani tushunmay turib matematika bilan shug’ullanib bo’lmaydi)atamashunoslikdan noto’gri foydalanishimiz yoki uni keraksiz so’zlarni to’ldirishimiz bizni ilmlardan uzoqlashtiradi va unga bo’lgan yo’lni chegaralaydi. Xalqning bilim darajasi qanchalik yuqori bo’lsa unga tildagi keng tarqalganatamalar shunchaki tushunarli bo’ladi. Lekin har qanday vaziyatda hamatamalarni noaniq va noto’g’ri qo’llashlar uchrab turadi. L.N. Baranikova, A.A Reformatskiy R.A Budagovlar o’z asarlari atamaga quyidagicha ta’rif beradi.

Atamashunoslik bu qat’iy bir ma’noni anglatuvchi so’z. Qoida bo’yichaatamaologiya bir ma’noni bildiradi.Aniqroq qilib aytganda atamashunoslik bir ma’nolilikka intiladi(monosemiya)to’g’risini aytish kerak,o’zbek tili Atamashunosligning nazariy masalalari amaliyotdan ajralib qoldi.Natijada sifati bir muncha past bo’lgan qator atamalar lug’atlari yuzaga keldi.70-80-yillarda nashr etilgan darslik va o’quv qo’llanmalarida,ma’lumotnomalarida,shuningdek,davriy nashrlarda atamashunoslik talablarga javob bera olmaydigan atamalar tez-tez qo’llana boshladi.O’zbek tili atamashunosligidagi asosiy kamchiliklar nimalardan iborat ?Quyida manashu savolga javob berishga urinamiz.

Ma’lumki,sinonimiya har bir tilning ko’rki va husni.U nutqimizning nafisligi va hilma-hilligini ta’minlaydi.Biroq har tilning shunday o’ziga hos bir qatlami mavjudki, unga o’ziga hos bir qatlami mavjudki, unda ayni manashu holat inkor etiladi. Bu tilning atamashunoslik sistemasidir. Shuning uchun ham atamashunoslik bag’ishlangan ilmiy ishlardagina emas, maxsus tafsiyanomalarida ham atamashunoslikdagi sinonimiya eng birinchi va eng qusurli hodisan ekanligi alohida uqtiriladi. O’zbek tilining ilmiy texnik atamashunosligiga shu nuqtai nazardan qaralar ekan har qadamda sinonimiyaga yo’l qo’yilyotganligini guvohi bo’lish mumkin. Pirovardida muayyan bir tushunchaning ikki va undan ortiq til birliklarini ifodalanishi o’qish o’qitish ishlarini qiyinlash tirishga olib kelmoqda,atamalar sistemasi iqtisodkorligiga putur yetkazishga sabab bo’lmoqda.

Dalillar o’zbek tili atamashunosligida xilma xil sinonimik hodisalarga yo’l qo’yilib kelinayotganligini yaqqol tasdiqlab turibdi. Bular quydagi ko’rinishga ega. So’zdan iborat atamalarning so’zlar yoki birikmalar bilan sinonimiyasi. Achinarlisi shundaki, bu hildagi sinonimiya ayni bir asar yoxud lug’atning o’zida ham uchrab turadiki, va bundan o’sha ishning aftori yoki bu tushunchani ifodalash uchun hohlagan sinonimlardan foydalanaverishi mumkin, huaniqrog’i xohlasang unisni xohlasang bunisini ishlataver degan hulosa kelib chiqadi.Ayniqsa,terminalogik lug’atlarda shunday prinsipga rioya etib kelinayotganligi fakti bizni tashvishga solmay qo’ymaydi.Fikrimizni dalili uchun quyidagi misollarga murojat etaylik kultivatorda chopiq mashina,маркер\\nishon,тортар\\Xatkash;chuqurxaydar\\chuquryumshatgich (Paxtachilikda ruscha-o’zbekcha lug’at 1977) va boshqalar

Boshqa- boshqa manbalarda tanlab olish misollarida bir joyga jamujam qilsak bulardan ham achinarliroq manzaraga duch kelish mumkin. M: ruscha atamai turli mahbalarda shunchalik ko’p uchraydiki,ularning miqdori 10tagacha borib qoladi:yarimo’tkazgichda yarim o’tkazgichda chalaotkazgichda chala otkazgichda nimotkazgich nim otkazgich va nihoyat,yana qiyos qileylik kimyoviy riagentlar,kimyo sanoati kimyoviy birikma;kimyoviy riagentlar, kimyo sanoati.Ma’lum bolyaptiki ruscha birikmaatamaining besh xil korinishga ega.

Barcha tillarning atamashunoslikida bo’lganidek o’zbek tili atamashunoslikida ham ilmiy texnik tushunchalarni ifodalash uchun minglab birikmaatamalardan foydalanib kelinmoqda.

Shu bilan birga birikma atamalarning quydagi formadagi sinonimyasi ham manbalarda tez-tez uchrab turadi:ishchi g’idirakda ish g’idiragi; tormozlash qurilmasi tormoz qurimasi;konussimon reduktor konus redukto;payvantlama konstruktsiya payvant konstruksiyasi,bu o’rinda birikmaning aniqlovchi kompanenti goh yasovchi qo’shimchalar bilan goh ular ishtrokisiz qo’llanmoqda.

Birikmaatamalarning boshqa bir guruppasi aniqlovchi komponentlarning hilma xil afikslar yordamida yasash bilan harakterlanadiki,bu ham sinonimyani keltirib chiqarmoqda.M:terish apparati teruvchi apparat tergich aparat;kesgich asbob kesuvchi asbob;buriladigan qurilma burilma qurilma burish qurilmasi va boshqalar

O’zbek tilining ilmiy texnikatamaalogiyasini shakllantirish va absolyut ko’pchilik fondini boyitishda rus tili muhim rol o’ynaydi va o’ynamoqda.Bu jarayon rus tilidan atamalarni aynan o’zlashtirish yohud ruscha atamalarni o’zbek tilining qonun qoidalari asosida biror tarzda u amalga oshmoqda. Rus tilidagi yangi leksik birlik hosil qilish,ya’ni kalkalashtirish,garchi juda qiyin bo’lsada,har holda,bu borada ijobiy ko’rsatkichlarga egamiz.Biroq ruscha birikmaatamalarini o’zbek tilida to’g’ri va aniq ifodalash masalasi nihoyatda chalkashligicha qolib ketayotir.Albatta shuni aytish kerakki,rus va o’zbek tillari o’rtasida o’zaro munosabat boshlangan paytlardayoq ruscha birikmaatamalarini o’zlashtirishi lozim bo’gan aniqlovchi qismini qay tarzda ifodalash masalasi ko’ndalang bo’lgan.

Atamashunoslik masalalari mutlaqo kun tartibiga qo’yilgan o’sha paytda bu masala jo’ngina’ hal qilib qo’ya qolish edi;elektricheskaya mashina elektricheski mashina tehnicheskoe uchilishie tehnicheski uchilitsa kabi. Bu tarzdaatama yasash noto’g’ri edi albatta. Shuning uchun ularni o’zbek tilida to’g’ri ifodalashga harakat qilindi. Natijada ruscha birikmaatamalarni o’zbek tilida ifodalashning xilma xil formalari hosil bo’la boshladiki, hozirda ham amal qilib kelinmoqda. Bu esa xilma xilliklar binobarin chalkashliklarni keldirib chiqaradi.Bular quyidagi ko’rinishlarda nomoyon bo’ladi .


  1. Ruscha birikmaatamalarni aniqlovchi komponentlarning o’zak negizi o’zbek tili bazasida yuzaga kekgan yangi formalar bilan ifodalana boshlandi. Maslan: mexanik ishlov mexanik samara, matematik ifoda va boshqalar.

  2. Birikmaatamalarning aniqlovchi qismi bosh kelishik formasidagi ot bilan aniqrog’i // til izofa asosidagi birikmalar tizimida boshlandi urg’u yordamida leksema bo’lib birlashadi.

Juftatama sifatida birlashuvchi qismlar ayni bir turkumga mansub va ayni bir Grammatik formalardagi so’zlar bo’ladi. Atamashunoslik asosan ikki ot turkumiga mansub so’zlar juftlanadi, bunda har bir qism birlik va bosh kelishik formasidagi egalik affiksi olmagan so’z qatnashadi.(molekulyar mexanik nazariya) yahlitligicha ot leksemaga teng bo’ladi. Son kelishik kategoriyalarining formalari shu juftatamaga nutqda yaxlitligicha qo’shiladi.Ikki mustaqil so’zdan juftatama yasalavermaydi. Juftlashish semantikaga asoslanadi. Juftlashuvchi so’zlar semantic jihatdan o’zaro bog’liq aloqada bo’lishi kerak. Ko’pincha bir sohaga tegishli bolgan ikki musaqil so’zlar juftlashadi (volt-amper, vakkum- vakseniya). Juftatamalar strukturasiga ko’ra takrorlanish yo;li bilan yasalgan so’zlarga ancha o’xshamasa ham aniqlovchi aniqlanmish tipidagi qo’shma so’zlar va so’z birikmalaridan bir qancha tomonlari bilan ajralib turadi. (69-bet Xojiyev A. qarang).Atamalardagi normativlik dinamik harakterda ekanligini juftatamalarda ham ko’ramiz. Bir qatoratamalar jumladan o’zlashtirilgan qismlar orasiga garchand defies qo’yilsa ham bu qismlar semantic jihatdan teng holatda bo’lmaydi. Shunga ko’ra bu tashqi ko’rinishi jihatdan juft ancha o’xshaydiyu mazmunan esa izohlovchi- izohlanmish munosabatini eslatadi.

Juftatamalar atamashunoslikning rivojlanish, boyish yo’llarihar xil: boshqa tillardan so’z olish, so’z yasash, ayrim Grammatik kategoriyalarning leksikalizatsiyasi, so’zning semantik bir butun holiga kelib qolishi va boshqalar. Hozirda o’zbek tili atamashunosligining boyishi asosan boshqa turdan so’z olish va so’z yasash hisobiga bo’lyapti.

O’zbek tillarida atama yasashning vositalarida har xil bo’lib ularning bir necha turlari mavjud atamashunoslikda keng qo’llanadigan tiplari affiksal va kompozitsiya (so’z qo’shish) usullaridir. Bu usul orqali sodda yasama va murakkab (qo’shma)atamalar hosil qiladi.

Atamashunoslikda , jumladan o’zbek atamashunosligida hozirgi kunda qo’shma juft sostavli (birikmali)atamalari chegarasi ularning atamashunoslikda qo’llanish mezonlari belgilanmagan ularni orfografiyasida qator chalkashliklar mavjud.

Hozirdaatamaalogiyada so’z va birikmalar orasida turuvchi o’ziga hos modeli atamalar ko’plab xosil bo’lmoqdaki, bu masalani yanada chuqurlashtiradi. Shunga ko’ra quyidagi murakkab atamalardan biri juftat amalardir.

Ikki mustaqil leksik ma’noli komponentning teng bog’lanishi asosida tashkil topib umumlashtirish jamlik kabi manolarni ifodalovchi so’z juftatamalardir. Juftlanuvchi qismlar orasidagi tenglik munosabati yozuvda defies bilan ko’rsatiladi. Talaffuzda bu qismlar teng fonetik cho’qqiga ega bo’ladi. Ayni vaqtda, ikkisi yagona leksik manoni bildiradi.M: texnika xavfsizligi, energetika sistematik ifodalar va boshqalar.

Birikmaatamaining aniqlovchi komponenti yuqoridagidek sintaktik forma bilan aniqlanish komponenti esa egalik qo’shimchalarsiz, aniqrog’i, birinchi tip izofa asosidagi birikma hosil qilina boshlandi. M: plastina qopqoq, avtomat , telefon, tormoz, yo’l va boshqalar.

Birikmaatamalarini aniqlovchi komponentini –iy(-viy) so’z yasovchisi bilan yasashga kirishib ketildi. M: matematikaviy ifoda, kinematikaviy juft va hakazolar. Achinarlisi shundaki oxirgi usul bilan birikma atamalar hosil qilish ayniqsa, 70-yillarning ikkinchi yarmidan keyin avj olib keldi. Natijada o’zbek tili atamashunosligida diploma va kurs ishi, botanik tadqiqotlar tipidagi birikma atamalar yuzaga keladi. Xayriyatki, hozirgi atamashunosligmiz uchun ijobiy bo’lib chiqmagan bunday xatti harakatlarga o’z vaqtida barham beradi. To’g’ri, hozirgi kunda ham atamalar yaratishning bunday usulidan foydalanish inersiyasi davom etmoqda. Biroq jamoatchilik atamashunoslik masalalari bilan shug’ullanuvchi mutasaddi kishilar bunday inersiyani to’xtatibatamalarni narmal bo’lishi uchun harakat qilmoqda.



Yüklə 256,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2020
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə