Guruh
|
FIO
|
ball
|
650-19
|
Mamajonov Izzatillo
|
|
Mavzu : Android Studio muhitida menyular va dialog oynalar bilan ishlash.
Reja:
Android Studioda menyu yaratish.
Android Studioda NavigotionMenu va ContextMenudan foydalanish.
Android Studioda Diolog menyular va ulardan foydalanish.
Biz sizlar bilan Android Studio da menyular bilan qanday ishlashni ko'rib chiqamiz. Ilovalardagi menyular android.view.Menu sinfini ifodalaydi va har bir activity ushbu turdagi ob'ekt bilan bog'lanadi. android.view.Menu ob'ekti boshqa elementlarni o'z ichiga olishi mumkin, bu esa o'z navbatida sub-elementlarni saqlashi mumkin.
Android Studio ni ochib, yangi ilova yaratamiz. Interfeys yoki rasm fayllari kabi menyu ham manba hisoblanadi. Menyu fayllari loyihada res/menu katalogida joylashadi. Empty Activity bilan yangi ilova yaratganda bizda res/menu katalogi bo'lmaydi va shunga ko'ra menyu resurslari mavjud bo'lmaydi, lekin ularni o'zimiz qo'shishimiz mumkin. Buning uchun kursorni loyihadagi res katalogiga olib borib, sichqonchaning o'ng tugmasini bosamiz va keyin ochilgan ro'yxatdan New -> Android Resource File bandini tanlaymiz:
Keyin paydo bo'lgan oynada fayl nomi uchun main_menu nomini kiritamiz va shuningdek manba(resurs) turi uchun Menu ni tanlaymiz:
Belgilanganlarni tanlab, OK tugmasini bosamiz.
Shundan so'ng, res katalogida menu ichki katalogi yaratiladi, u main_menu.xml faylini o'z ichiga oladi:
Ushbu faylda bitta bo'sh menu elementi bo'ladi:
;
Faylning tarkibini bir nechta punktlarni aniqlash(kiritish) orqali o'zgartiramiz:
;
android:id="@+id/sozlamalar"
android:orderInCategory="1"
android:title="Sozlamalar" />
android:id="@+id/ochish"
android:orderInCategory="2"
android:title="Ochish" />
android:id="@+id/saqlash"
android:orderInCategory="3"
android:title="Saqlash" />
Yuqoridagi kodni tahlil qilamiz.
tegi faylning ildiz elementidir va bir yoki bir nechta va elementlaridan tashkil topgan menyuni aniqlaydi.
elementi menyu elementlaridan biri bo'lgan MenuItem ob'ektini ifodalaydi. Ushbu element ichki
-(sub-element)ni o'z ichiga olishi mumkin, u bilan sub-menu yaratiladi. Yuqoridagi kodda elementining xususiyatlarini belgilaydigan quyidagi atributlar ishlatilgan:
android:title: element sarlavhasini o'z ichiga olgan string resursini oladi. Bizni kodda shunchaki sarlavhalarni yozib qo'yilgan. Masalan, android:title="Saqlash".
android:orderInCategory: menyuning elementlari tartibi.
Dostları ilə paylaş: |