Annotatsiya: Tizimning entropiyasi bu termodinamik yoki yopiq tizimda



Yüklə 14,05 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix22.12.2023
ölçüsü14,05 Kb.
#189755
Entropiya



Entropiya
Ismoilov Muzaffar Zoir O'g'li
Jizzax Davlat Pedagogika Universiteti
Annotatsiya:
Tizimning entropiyasi - bu termodinamik yoki yopiq tizimda
mavjud bo'lmagan energiya o'lchovining bir turi bo'lib, u ko'pincha tizimning
buzilishi o'lchovi sifatida qaraladi.
Kalit so'zlar:
Entropiya, Termostat, Kanonik taqsimoti, makroskopik
sistema, kvazistatik jarayon, termodinamik sistema.
Kirish
Entropiya. Bu tushuncha ne-ne kallalarni qotirmagan deysiz. To‘g‘rirog‘i, bu
tushunchani mohiyatini anglash uchun ne-ne kallalar qotimagan, ne-ne
miyalar qiynalib qolmagan deysiz. Chunki, mavzular o‘ta jiddiy izchillik bilan
yoritiladigan fizika darsliklarida entropiya tushunchasi biroz murakkab
ta'riflanadi. Odatda, entropiya tushunchasining ta'rifini birinchi marta
o‘qigan o‘quvchi yoki talaba taxminan quyidagi memda tasvirlangan
holatga tushadi.
Asosiy qism
Avval boshdan aytish kerakki, entropiya tushunchasi termodinamikadagi
bosim, hajm, yoki ichki energiya singari tushunchalaridan sifat jihatdan farq
qiladi. Chunki, entropiya bu sistemaning xususiyati emas, balki, ushbu
sistemani biz qay tarzda idrok etayotganimizning xususiyatidir. Ya'ni,
entropiya aslida bilvosita, subyektiv xossa bo‘ladi. Fikrimcha, entropiyani
oson tushunib olishda g‘ov bo‘ladigan eng birinchi holat mana shunda. Ya'ni,
termodinamika kurslarida entropiya boshqa obyektiv termodinamik
funksiyalar bilan teng tarzda, birgalikda ko‘rib chiqiladi.


Qisqa qilib aytganda, entropiya bu - sistema haqidagi axborotning qanchalik
Agar menga biror odam xorijdan pochta yubormoqchi bo‘lsa va mendan
manzilimni so‘rasa, men unga O‘zbekiston deb javob bersam, bu pochta
xizmati uchun g‘oyat katta entropiyaga aylanadi. Chunki, O‘zbekistonda
millionlab aholi yashaydi va u jo‘natmani aynan kimga berishni aniqlay
olmaydi. Endi, men pochta uchun manzilimni yanada aniqlashtirib, unga
"O‘zbekiston Respublikasi, Farg‘ona viloyati" desam, vaziyat biroz
yengillashadi. Biroq, bunda ham entropiya hali hamon katta. Chunki, garchi,
O‘zbekistonning qolgan 11 ta viloyati istisno qilinib, manzil Farg‘onada
ekani oydinlashgan bo‘lsa-da, Farg‘onaning o‘zida ham qancha qishloq,
mahalla mavjud va pochta uchun baribir bu ma'lumot ham kamlik qiladi.
Shu tarzda, men manzilim Marg‘ilon shahri ekanini aytishim, keyin
mahallamiz va ko‘chamiz nomini, uy raqamini keltirishim bilan,
qaralayotgan masala uchun entropiyani pasaytiraman... Albatta, yuqoridagi
ikkita misol biroz dag‘al o‘xshatish bo‘lib, haqiqiy fizik termodinamik
sistemalar bilan taqqoslash biroz g‘alati tuyulsa kerak. Lekin,
maqolamizning maqsadi entropiya tushunchasini soddaroq tarzda
tushuntirib berish bo‘lgani uchun, bu misollardan foydalanish o‘rinli deb
oo‘yladik Keling yana bir misol ko‘rib chiqamiz. Masalan, menda 10 dona
narda toshlari bor. Ularni "gardkam!" deb tashlab, sizga esa, tushgan
toshlarning umumiy yig‘indisi 30 ga teng ekanini aytaman va toshlarda
aynan qaysi raqamlar tushganini topishingizni so‘rayman. Hozirgi holatda
siz buni aniq topa olmaysiz. Chunki sizga ma'lumot kamlik qiladi. Narda
toshlaridagi har bir raqamlarni statistik fizika nuqtai nazaridan
"mikroholatlar" deyiladi. Umumiy yig‘indini (bizning misolimizda 30 ni) esa


"makroholat" deyiladi. 10 ta narda toshi bilan qilingan tajribada 30 sonini
olish imkonini beradigan mikroholatlarning jami miqdori 2930455 tani
tashkil qiladi. Shunga ko‘ra, mazkur makroholatning entropiyasi taqriban
6,5 ga teng bo‘ladi.
Xulosa
Makro holatning o‘zgarishi bilan entropiya qanday o‘zgaradi? Buni
tushunish oson. Masalan, biz gazni qizdirsak, uni tashkil qiluvchi
zarralarning tezligi ortadi. Tezlik oshgani sari, bizning zarrachalar
haqidagi bilgan ma'lumotlarimiz kamayib boradi. Yoki, biz porshenni
keskin ko‘tarish orqali hajmni orttirsak, gaz molekulalarining joylashuv
vaziyati ham darhol o‘zgarib ketadi va ularning vaziyati haqidagi
ma'lumotimiz yanada kamayadi. Ya'ni, bilmaganlarimiz ko‘payadi.
Demakki, sistemaning entropiyasi biz ichida yana ortadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Abdumalikov A. A. "Nazariy fizika kursi".
2. Musayev R. X. "Statistik fizika va termodinamika".
3. O. Pardayev "Termodinamika va statistik fizika".

Yüklə 14,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin